Deutschland
9 subscribers
10 photos
2 files
Download Telegram
Live stream finished (506 days)
❤1
Pul bilan nimalar qilsa boʻladi ? 🇩🇪

☆ sparen — tejamoq
☆ überweisen — oʻtkazmoq
☆ spenden — hayriya qilmoq
☆ verdienen — ishlab topmoq
☆ abheben — yechib olmoq
☆ verlieren — yoʻqotmoq
☆ leihen — qarz olmoq
☆ ausgeben — sarflamoq
☆ investieren — investitsiya qilmoq
☆ zurücklegen — olib qoymoq (yigʻmoq)
☆ zum Fenster rauswerfen — oynadan uloqtirmoq (isrof qilmoq
)
🚀 A2 darajangizni ushbu 5 ta bog‘lovchi yordamida B2 ga olib chiqing! 📈🇩🇪

Nemis tilida chiroyli va ishonchli gapirishni xohlaydiganlarga salom! 🤩

A2 darajasida nutqimiz ko‘pincha juda sodda eshitiladi:

Ich lerne Deutsch. (Men nemis tilini o‘rganaman.)
Ich schaue Filme. (Men filmlar tomosha qilaman.)

B1–B2 darajasiga chiqish uchun fikrlarni bir-biriga bog‘lashni o‘rganish juda muhim.

1️⃣ Darum — shuning uchun

Sabab va natijani bog‘laydi.

📖 Ich lerne Deutsch. Darum schaue ich deutsche Filme.
(Men nemis tilini o‘rganaman. Shuning uchun nemis filmlarini tomosha qilaman.)

⚠️ Grammatika:
Darum gap boshida keladi va undan keyin darhol tuslangan fe’l keladi.

Formula:
Darum + fe’l + ega + qolgan qism

⸻

2️⃣ Nämlich — chunki, gap shundaki

Nemislar juda ko‘p ishlatadigan so‘z.

📖 Ich schlafe schlecht. Ich bin nämlich krank.
(Men yomon uxlayapman. Chunki men kasalman.)

⚠️ Grammatika:
Nämlich hech qachon gap boshida kelmaydi. Odatda fe’ldan keyin ishlatiladi.

⸻

3️⃣ Trotzdem — shunga qaramay

Biror ish qiyinchilik yoki to‘siqqa qaramay bajarilishini bildiradi.

📖 Es regnet. Trotzdem gehe ich spazieren.
(Yomg‘ir yog‘yapti. Shunga qaramay sayrga chiqaman.)

⚠️ Grammatika:
Trotzdem ham darum kabi inversiya talab qiladi.

Formula:
Trotzdem + fe’l + ega + qolgan qism

⸻

4️⃣ Sondern — balki, aksincha

Oldingi inkor qilingan fikrni tuzatish uchun ishlatiladi.

📖 Er ist nicht faul, sondern müde.
(U dangasa emas, balki charchagan.)

⚠️ Grammatika:
Sondern faqat nicht yoki kein dan keyin ishlatiladi.

❌ nicht …, aber …

✅ nicht …, sondern …

⸻

5️⃣ Obwohl — garchi, bo‘lsa ham

Nutqni yanada tabiiy va yuqori darajali qiladi.

📖 Ich fahre zu ihr, obwohl ich müde bin.
(Men uning oldiga boraman, garchi charchagan bo‘lsam ham.)

⚠️ Grammatika:
Obwohl ergash gapni boshlaydi, shuning uchun fe’l gap oxiriga ketadi.

Formula:
Obwohl + ega + … + fe’l

⸻

🧠 Qisqa eslab qolish uchun

✅ darum / trotzdem → fe’l darhol bog‘lovchidan keyin keladi

✅ obwohl → fe’l gap oxiriga ketadi

✅ nämlich → gap ichida, odatda fe’ldan keyin keladi

✅ sondern → faqat nicht yoki kein dan keyin ishlatiladi

⸻

🎓 Mashq

Quyidagi gapni nemis tiliga tarjima qiling:

“Men bu mashinani sotib olyapman, garchi u qimmat bo‘lsa ham.”

💡 So‘zlar:

kaufen — sotib olmoq
das Auto — mashina
teuer — qimmat

✅ To‘g‘ri javob:

Ich kaufe dieses Auto, obwohl es teuer ist.

Grammatik tahlil:

Ich kaufe dieses Auto — asosiy gap.
obwohl — ergash gapni boshlaydi.
es — ega.
teuer — sifat.
ist — fe’l va gap oxirida kelgan.

Shu kabi bog‘lovchilarni faol ishlatsangiz, nutqingiz A2 darajasidan B1–B2 darajasiga ancha tabiiy va ravon ko‘rinadi.
📌vorstellen = tanishtirmoq, tasavvur qilmoq
📌kommentieren = izoh bermoq, fikr bildirmoq
📌anwenden = qo‘llamoq, amalda ishlatmoq
📌zunächst = avvalo, dastlab
📌erfüllen = bajarmoq, talabga javob bermoq
📌Unterlagen = hujjatlar
📌Bewerbungsfrist = ariza topshirish muddati
📌Vergütung = maosh, ish haqi
📌einzeln / die einzelnen = alohida, har bir
📌schließlich = yakunda, nihoyat
📌Unternehmenschancen = kompaniyadagi imkoniyatlar

🔸️Bog‘lovchilar (B2 uchun juda muhim)

📌zunächst = avvalo
📌außerdem = bundan tashqari
📌darüber hinaus = qo‘shimcha ravishda
📌schließlich = yakunda
📌denn = chunki
📌deshalb = shuning uchun
📌daher = shu sababli
📌trotzdem = shunga qaramay
📌während = paytida, holbuki
📌obwohl = garchi
📌sowohl ... als auch = ham ... ham
📌entweder ... oder = yo ... yo
📌nicht nur ..., sondern auch = nafaqat ..., balki

🔹️Bewerbung va Ausbildung uchun muhim so‘zlar

📌die Bewerbung = ariza
📌das Anschreiben = motivatsion xat
📌der Lebenslauf = tarjimai hol (CV)
📌das Zeugnis = attestat, sertifikat
📌die Ausbildung = kasbiy ta'lim
📌der Ausbildungsplatz = Ausbildung o‘rni
📌die Voraussetzung = talab, shart
📌die Erfahrung = tajriba
📌die Fähigkeit = qobiliyat
📌die Kenntnisse = bilimlar
📌die Vergütung = maosh
📌die Bewerbungsfrist = ariza muddati
📌die Unterlagen = hujjatlar
📌das Vorstellungsgespräch = suhbat (intervyu)
📌die Unternehmenschancen = kompaniyadagi imkoniyatlar
📌erfüllen = talabga javob bermoq
📌anwenden = qo‘llamoq
📌präsentieren = taqdim etmoq
📌analysieren = tahlil qilmoq
📌strukturieren = tartibga solmoq
📌argumentieren = dalillar bilan
1. Gegenwart (Hozirgi zamon)

heute – bugun
momentan – hozirda, ayni paytda
heutzutage – hozirgi kunda
jetzt – hozir
nun – endi, hozir
gegenwärtig – hozirgi vaqtda

2. Vergangenheit (Oʻtgan zamon)

gestern – kecha
vorhin – hozirgina, biroz oldin
früher – ilgari, avvallari
damals – oʻsha paytda, oʻsha kezlarda
neulich – yaqinda (oʻtgan vaqtda)
kürzlich – yaqinda
einst – bir zamonlar, qadimda

3. Zukunft (Kelasi zamon)

morgen – ertaga
bald – tez orada
demnächst – yaqin kunlarda
künftig – kelgusida
nachher – keyinroq
später – keyinroq, keyinchalik
gleich – hozirning oʻzida, saldan keyin
sofort – darhol
Briefe Schreiben B2 Teil 2.pdf
9.4 MB
🇩🇪Schreiben yozolmayman,
fikir kelmaydi, gap tuzolmayman, deydiganlar uchun bomba kitob
Heute ist meine Nichte geboren worden
(Qiz jiyanlik boldim)🥳🥳
❤1
📌 Konnektoren & Präpositionen

B1, B2 imtihonlariga tayyorgarlik uchun fayl

👉 ÖSD, Telc va Goethe imtihonlariga tayyorlanish uchun juda foydali

‼️1. Subjunktionen (Ergash gap bog‘lovchilari / Nebensatz)

- weil — chunki
- da — shuning uchun, negaki
- obwohl — garchi, bo‘lsa ham
- während — paytida, bir vaqtda
- sodass — shunday qilib, natijada
- wenn — agar
- dass — deb, -ki



‼️2. Konjunktionen (Teng bog‘lovchilar / Hauptsatz)

- und — va
- oder — yoki
- aber — ammo, lekin
- denn — chunki
- sondern — balki



‼️3. Präpositionen mit Kausal-/Folgebedeutung (Sabab va natija bildiruvchi predloglar)

👉 Kelishiklarga e'tibor bering!

- wegen (Genitiv) — tufayli, sababli
- aufgrund (Genitiv) — asosida, sababli
- dank (Genitiv / Dativ) — tufayli, sharofati bilan
- infolge (Genitiv) — natijasida
- verursacht durch (Genitiv) — sabab bo‘lgan, natijasida yuzaga kelgan



‼️4. Adverbien / Satzadverbien für Folgen & Ursache

(Sabab va natija bildiruvchi ravishlar)

- deshalb — shuning uchun
- daher — shu sababli
- deswegen — shu bois
- folglich — natijada
- infolgedessen — buning oqibatida
- somit — demak, shunday qilib
- sodass — natijada, shunday qilib
- daraus folgt — bundan kelib chiqadiki
- als Folge davon — buning natijasida
- aus diesem Grund — shu sababli



‼️5. Widerspruch / Gegensatz

(Qarama-qarshilik)

- trotzdem — shunga qaramay
- dennoch — shunga qaramasdan
- jedoch — biroq, ammo
- hingegen — aksincha
- dagegen — bunga qarshi
- im Gegensatz dazu — buning aksiga
- zwar … aber … — garchi … bo‘lsa-da, ammo …
- anstatt / statt (Genitiv) — o‘rnigav
- entgegen (Dativ / Genitiv) — qarshi, zid ravishda
- während (Genitiv / Dativ) — davomida
- trotz (Genitiv / Dativ) — qaramay



‼️6. Ergänzung / Zusatz*

(Qo‘shimcha ma'lumot qo‘shish)

- außerdem — bundan tashqari
- darüber hinaus — bundan tashqari, qolaversa
- zusätzlich — qo‘shimcha ravishda
- ebenfalls — shuningdek
- ebenso — xuddi shuningdek
- ferner — bundan tashqari
- nicht nur … sondern auch … — nafaqat … balki …
- sowohl … als auch … — ham … ham …



‼️7. Beispiele / Veranschaulichung

(Misol keltirish)

- zum Beispiel — masalan
- beispielsweise — misol uchun
- etwa — masalan
- wie zum Beispiel — masalan, kabi
- insbesondere — ayniqsa
- vor allem — eng avvalo, ayniqsa
- unter anderem — jumladan



‼️8. Meinung / Ansicht

(Fikr bildirish)

- meiner Meinung nach — mening fikrimcha
- meiner Auffassung nach — mening qarashimcha
- meiner Ansicht nach — mening nazarimda
- meines Erachtens — meningcha
- meiner Erfahrung nach — mening tajribamga ko‘ra
- ich bin der Ansicht, dass … — men shunday fikrdamanki ...
- ich glaube, dass … — menimcha ...



‼️9. Zusammenfassung / Fazit

(Xulosa chiqarish)

- zusammenfassend — xulosa qilib aytganda
- abschließend — yakunda
- insgesamt — umuman olganda
- zum Schluss — oxirida
- alles in allem — umuman olganda
- letztendlich — oxir-oqibat
- abschließend lässt sich sagen — yakunda shuni aytish mumkinki



‼️10. Reihenfolge / Struktur

(Ketma-ketlik va tuzilish)

- erstens — birinchidan
- zweitens — ikkinchidan
- drittens — uchinchidan
- zunächst — avvalo
- danach — undan keyin
- anschließend — so‘ngra
- schließlich — nihoyat
- am Anfang — boshida
- am Ende — oxirida


imtihoni bor yaqinlaringizga ham ulashing➡️
redemittel-teil-sprechen-doc.pdf
262.6 KB
#Redemittel

sprechen uchun judayam yaxshi qo'llanma!!
Malumotlarni tashlashda davom etaylikmi ha ❤️ yo'q 👎
❤4❤‍🔥1🥰1💋1
Deutschland
Malumotlarni tashlashda davom etaylikmi ha ❤️ yo'q 👎
20 ta likedan keyin Telc uchun juda foydali malumot tashayman
❤2💘2🥰1