Ilm-fan raqamlarda
1.61K subscribers
1.12K photos
9 videos
324 links
Bu yerda O'zbekiston ta'limi va ilm-fani β€” quruq gap emas, aniq raqamlarda yoritiladi.

Siz bu yerda nimani olasiz:
πŸ“Š Haftalik ilmiy va ta'lim statistikasi
πŸ“ˆ OTMlar va viloyatlar kesimida tahlil
🌍 Global ta'lim tendensiyalari va imkoniyatlar
Download Telegram
βœ”οΈπŸŸ¦πŸŸ¦
DISSERTATSIYA ISHI HIMOYASI BO’LIB O’TDI

Toshkent toβ€˜qimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi majlisi o’tkazildi.

⏺2-iyul kuni Raxmatullayeva Umida Saydazimovnaning β€œMilliy kostyumni loyihalashning ilmiy metodologik asoslari” mavzusida – β€œTikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni” ixtisosligi bΠΎβ€˜yicha texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi bo’lib o’tdi.

#TTYSI_DSc
#TTYSI #TITLI #Π’Π˜Π’Π›ΠŸ

πŸ“± Telegram πŸ“± Facebook πŸ“± Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❀1πŸ‘1
#Xushxabar #THE #Reyting

🌍 Oβ€˜zbekiston oliy ta’limi xalqaro maydonda yana bir muhim natijani qayd etdi!

πŸŽ‰ 24 ta Oβ€˜zbekiston oliy ta’lim muassasasi nufuzli THE Sustainability Impact Ratings–2026 reytingida dunyoning TOP-1000 universitetlari qatoridan joy oldi.
πŸ“ˆ Joriy yilgi reytingda mamlakatimizning 50 ta OTMi ishtirok etdi. Shundan 24 tasi TOP-1000 talikka kirishga muvaffaq boβ€˜ldi. Bu esa universitetlarimizning ta’lim sifati, ilmiy tadqiqotlari, barqaror rivojlanish maqsadlariga qoβ€˜shayotgan hissasi va xalqaro nufuzining tobora ortib borayotganini koβ€˜rsatadi.
πŸ† Eng yuqori natijani qayd etgan OTMlar:
πŸ₯‡ 101–200-oβ€˜rinlar – Toshkent davlat oβ€˜zbek tili va adabiyoti universiteti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
πŸ‘ Barcha universitet jamoalarini ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! Bu natijalar Oβ€˜zbekiston oliy ta’lim tizimining xalqaro reytinglardagi mavqei yil sayin mustahkamlanib borayotganini yana bir bor isbotlaydi.

#IlmFanRaqamlarda #OliyTalim #THE #Top1000 #Universitetlar #BarqarorRivojlanish

πŸ“± Telegram πŸ“± Facebook πŸ“± Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ“Š USTUVOR YOβ€˜NALISHLAR: β„–7

🏒 SEYSMIK XAVFSIZLIKNI TA'MINLASH

Nima uchun ustuvor?
⚑️
Oβ€˜zbekiston seysmik faol hududda joylashgan. Kuchli zilzilalar inson hayoti, infratuzilma va iqtisodiyotga katta zarar yetkazishi mumkin. Shu sababli seysmik xavfsizlik boβ€˜yicha ilmiy tadqiqotlar davlat ahamiyatiga ega yoβ€˜nalish sifatida belgilandi.

πŸ” Tadqiqot yoβ€˜nalishlari:
β€’ Seysmologiya
β€’ Geofizika
β€’ Zilzilalarni prognozlash
β€’ Seysmik monitoring
β€’ Zilzilabardosh qurilish konstruksiyalari
β€’ Favqulodda vaziyatlarni modellashtirish

πŸŽ“ Yetakchi OTM va tashkilotlar:
β€’ Seysmologiya instituti
β€’ Toshkent davlat transport universiteti
β€’ Toshkent davlat texnika universiteti
β€’ Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

πŸ’Ό Kelajak kasblari:
β€’ Seysmolog
β€’ Geofizik
β€’ Konstruktor-muhandis
β€’ Risk tahlilchisi
β€’ Favqulodda vaziyatlar eksperti

πŸš€ Doktorantlar uchun imkoniyatlar:
βœ… Strategik davlat tadqiqotlarida ishtirok
βœ… Zamonaviy monitoring tizimlari bilan ishlash
βœ… Xalqaro seysmologik markazlar bilan hamkorlik
βœ… Qurilish va infratuzilma xavfsizligi boβ€˜yicha ilmiy loyihalar

πŸ“Œ Qiziqarli fakt: Yaponiya, AQSH va Turkiya seysmik xavfsizlik boβ€˜yicha dunyodagi eng ilgβ€˜or ilmiy maktablarga ega davlatlar hisoblanadi.


#SeysmikXavfsizlik #Seysmologiya #PhD #IlmFan

πŸ“± Telegram πŸ“± Facebook πŸ“± Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘©β€πŸŽ“ Magistraturadagi qizlar soni 8 barobar oshdi

Magistraturada ta'lim olayotgan xotin-qizlar:
2017 β€” 4 661 nafar
2026 β€” 38 309 nafar
πŸ“ˆ 8,2 barobar o'sish

"Yoshlar daftari" tizimi orqali moliyaviy yordam olganlar:
2021 β€” 584 ming nafar (380,5 mlrd so'm)
2026 β€” 1,5 mln nafar (2 trln so'm)
πŸ“ˆ 2,6 barobar o'sish

Ta'lim va qo'llab-quvvatlash β€” har bir yoshga teng imkoniyat.

πŸ“ Manba: O'zbekiston Prezidenti rasmiy kanali, 30-iyun

πŸ” Ulashing

#ilmfan #raqamlarda #talim #tenglik

πŸ“± Telegram πŸ“± Facebook πŸ“± Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ“’ Scopus Q2 jurnalida hammualliflik asosida maqola chop etish imkoniyati!

Hurmatli professor-oβ€˜qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar hamda ilmiy tadqiqotchilar!
Agar siz Scopus bazasiga kiruvchi Q2 darajadagi xalqaro jurnalda ilmiy maqola chop etishni rejalashtirayotgan boβ€˜lsangiz, quyidagi imkoniyat siz uchun qiziqarli boβ€˜lishi mumkin.
πŸ“š 2026-yil dekabr soni uchun quyidagi yoβ€˜nalishlarda 96 ta zamonaviy ilmiy maqola mavzulari taklif etilmoqda:
πŸŽ“ Pedagogika
AI in Education
Digital Education
Learning Analytics
Intelligent Tutoring Systems
Educational Technologies
πŸ“– Filologiya
Computational Linguistics
Natural Language Processing (NLP)
Academic Writing
Large Language Models (LLM)
Machine Translation
πŸ› Tarix
Digital Humanities
Islamic Heritage
Historical Manuscripts
Cultural Heritage Preservation
πŸ’Ό Iqtisodiyot
Digital Economy
Business Analytics
FinTech
Decision Support Systems
AI in Economics
πŸ“š Axborot-kutubxonashunoslik
Digital Libraries
Information Retrieval
Knowledge Organization
Recommendation Systems
πŸ₯ Tibbiyot
Medical Informatics
Digital Health
Biomedical Data Science
Clinical Decision Support
πŸ’» Computer Science / Artificial Intelligence
Generative AI
Explainable AI
Federated Learning
Edge AI
Knowledge Graphs
βœ… Jami: 96 ta ilmiy maqola mavzusi.
πŸ“… Nashr etilishi rejalashtirilgan: 2026-yil dekabr.
🌍 Jurnal: Scopus indeksatsiyasiga ega Q2 daraja.
🀝 Hammualliflik asosida ilmiy hamkorlik qilishni istaganlar yoki batafsil ma'lumot olishni xohlovchilar quyidagi manzil orqali bogβ€˜lanishlari mumkin:
πŸ“© Telegram: @Ortiqjon9600

⚠️ Eslatma: "Ilm-fan Raqamlarda" kanali ushbu e'lonni ilmiy hamkorlik imkoniyati sifatida ulashmoqda. Mualliflik, maqola sifati, nashr jarayoni, toβ€˜lovlar va boshqa shartlar boβ€˜yicha qaror qabul qilishdan oldin jurnalning haqiqatan ham Scopus bazasida indekslanganligi, kvartili (Q2), nashriyoti va barcha shartlarini mustaqil ravishda tekshirishingiz tavsiya etiladi.

#Scopus #Q2 #Hammualliflik #IlmiyMaqola #Doktorant #Magistrant #Tadqiqot #IlmFanRaqamlarda

πŸ“± Telegram πŸ“± Facebook πŸ“± Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁1
#Platforma #IlmFan
πŸ“š Oβ€˜zbekiston ilm-fanida yangi raqamli platforma β€” SLIB.UZ ishga tushganidan xabaringiz bormi?

Endi ilmiy jurnallar, maqolalar va tadqiqot natijalarini bitta platforma orqali topish va boshqarish mumkin.
πŸ” SLIB.UZ imkoniyatlari:
βœ… Ilmiy jurnallar va maqolalarning yagona bazasi;
βœ… Onlayn maqola topshirish va taqriz jarayoni;
βœ… DOI olish va indeksatsiya xizmatlari;
βœ… Jurnallar uchun zamonaviy boshqaruv tizimi;
βœ… Tadqiqotchilar, doktorantlar va talabalar uchun qulay ilmiy muhit.
πŸš€ Platforma ilmiy faoliyatni raqamlashtirish va ilmiy nashrlar bilan ishlashni yanada osonlashtirishga xizmat qiladi.

🌐 Agar siz ilmiy izlanish bilan shugβ€˜ullansangiz, SLIB.UZ albatta e'tiboringizga loyiq platforma.

#IlmFanRaqamlarda #SLIB #RaqamliIlm #PhD #Doktorant #IlmiyMaqola #OpenScience #Research #

πŸ“± Telegram πŸ“± Facebook πŸ“± Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘1
πŸš€ 111-o'rindan 79-o'ringa β€” bir necha yilda

O'zbekistonning dunyo startap ekotizimidagi o'rni:
2023 β€” 111-o'rin
2026 β€” 79-o'rin
πŸ† 2026-yilda "Yil mamlakati" deb e'tirof etildi

Bu β€” bir haftalik raqamlar seriyamizning yakuni.
Ta'lim, ilm-fan, o'qish, tenglik va innovatsiya β€” hammasi o'sish yo'lida.

Sizni qaysi raqam ko'proq hayratlantirdi? πŸ‘‡

πŸ“ Manba: O'zbekiston Prezidenti rasmiy kanali, 30-iyun

πŸ” Seriya yoqgan bo'lsa β€” do'stlaringizga ulashing

#ilmfan #raqamlarda #startap #innovatsiya

πŸ“± Telegram πŸ“± Facebook πŸ“± Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❀1😁1
#IlmFan #RaqamliPlatforma
πŸ“š Endi millionlab ilmiy manbalar bitta platformada!

Oβ€˜zbekistonda tadqiqotchilar, doktorantlar va talabalar uchun yana bir muhim imkoniyat yaratildi. SData platformasi orqali xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalaridan oβ€˜zbek tilidagi interfeys orqali foydalanish mumkin.
πŸ” Platforma orqali siz:
βœ… 336 milliondan ortiq ilmiy resurs;
βœ… 316 milliondan ortiq ilmiy maqola;
βœ… 118 milliondan ortiq tadqiqotchi profili;
βœ… 283 mingdan ortiq ilmiy jurnal;
βœ… 125 mingdan ortiq universitet va ilmiy tashkilot ma’lumotlariga kirishingiz mumkin.
🌍 Shuningdek, platforma OpenAlex, Zenodo va DOAJ kabi nufuzli xalqaro ilmiy tizimlar bilan integratsiya qilingan.
πŸš€ Bu β€” Oβ€˜zbekiston ilm-fani uchun muhim qadam. Endi ilmiy maqola izlash, adabiyotlar bilan ishlash va xalqaro ilmiy manbalarga murojaat qilish ancha qulaylashadi.

(#)
πŸ’¬ Siz bu platformadan foydalanib koβ€˜rdingizmi? Fikringizni izohlarda yozing.
#IlmFanRaqamlarda #SData #OpenScience #Scopus #WebOfScience #Research #PhD #Doktorant #IlmiyTadqiqot

πŸ“± Telegram πŸ“± Facebook πŸ“± Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘1
Ilmiy ishlanmani baholashda eng muhim mezon qaysi?
anonymous poll

🏭 Korxonada joriy etilgani – 13
πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘ 50%

πŸ“„ Scopus maqola va iqtiboslar – 8
πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘ 31%

πŸ“œ Patent / mualliflik huquqi – 3
πŸ‘πŸ‘ 12%

πŸ’΅ Keltirgan daromadi – 2
πŸ‘ 8%

πŸ‘₯ 26 people voted so far.
❀2
Ilmni amaliyotga aylantirishda eng yuqori ko'rsatkichli OTM qaysi?
anonymous poll

Toshkent davlat transport universiteti – 13
πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘ 48%

"TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XOΚ»JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI" MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI – 3
πŸ‘πŸ‘ 11%

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – 3
πŸ‘πŸ‘ 11%

Toshkent davlat texnika universiteti – 2
πŸ‘ 7%

Buxoro davlat texnika universiteti – 2
πŸ‘ 7%

Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti – 1
πŸ‘ 4%

O'zbekiston Milliy universiteti – 1
πŸ‘ 4%

Farg'ona davlat texnika universiteti – 1
πŸ‘ 4%

Namangan davlat texnika universiteti – 1
πŸ‘ 4%

Qarshi davlat texnika universiteti
▫️ 0%

πŸ‘₯ 27 people voted so far.
Sizning-cha Ilmiy ishlanmalarning necha foizi real korxonada joriy etilgan?
anonymous poll

12% – 11
πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘ 65%

31% – 3
πŸ‘πŸ‘ 18%

55% – 3
πŸ‘πŸ‘ 18%

74%
▫️ 0%

πŸ‘₯ 17 people voted so far.
OTMlarda ilmiy faoliyatni rag'batlantirishning eng samarali yo'li?
anonymous poll

πŸ’΅ Moddiy rag'bat (bonus) – 29
πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘ 83%

⏳ O'quv yukini kamaytirish – 5
πŸ‘ 14%

πŸ”¬ Laboratoriya/infratuzilma – 1
▫️ 3%

🀝 Sanoat bilan bevosita aloqa
▫️ 0%

πŸ‘₯ 35 people voted so far.
πŸ”¬ TRL nima? Ilmiy ishlanma qachon "tayyor" hisoblanadi?

Har bir ilmiy g'oya bir kunda mahsulotga aylanmaydi. U laboratoriyadan real ishlab chiqarishgacha bosqichma-bosqich yetiladi. Aynan shu yo'lni o'lchash uchun butun dunyoda TRL shkalasi ishlatiladi.

TRL β€” Technology Readiness Level, ya'ni "texnologiya tayyorlik darajasi".

πŸ“œ Bu tizimni 1970-yillarda NASA ishlab chiqqan β€” kosmik texnologiyalar qanchalik tayyorligini baholash uchun. Bugun u Yevropa Ittifoqi (Horizon), ISO standarti va O'zbekiston OTMlari monitoringida ham qo'llaniladi.

9 ta daraja, 3 katta bosqichga bo'linadi:

πŸ”Ή LABORATORIYA (TRL 1–4)
1 β€” Asosiy ilmiy tamoyil kuzatildi
2 β€” Texnologik konsepsiya shakllandi
3 β€” Eksperimental tasdiq (proof-of-concept)
4 β€” Laboratoriyada sinovdan o'tdi

βš™οΈ SANOAT SINOVI (TRL 5–7)
5 β€” Tegishli sharoitda sinovdan o'tkazildi
6 β€” Real sharoitga yaqin prototip namoyishi
7 β€” Real ish sharoitida prototip namoyishi

🏭 KORXONADA JORIY (TRL 8–9)
8 β€” Tizim yakunlandi va sertifikatlandi
9 β€” Real ishlab chiqarishda to'liq tasdiqlandi

Nega bu muhim?
TRL β€” bu ilm bilan iqtisodiyot o'rtasidagi umumiy til. Grant, investitsiya va sanoat hamkorligida "ishlanmangiz qaysi TRL'da?" degan savol birinchi bo'lib beriladi.

πŸ“Š Eslatma: O'zbekistonda 41 OTM yaratgan 915 ilmiy ishlanmaning 286 tasi (31%) aynan eng yuqori β€” TRL 8–9 darajasida.

Sizning ishlanmangiz qaysi bosqichda? πŸ‘‡

πŸ“ Manba: NASA TRL shkalasi, ISO 16290

πŸ” Tadqiqotchi hamkasblaringizga ulashing

#ilmfan #raqamlarda #TRL #ilmiyishlanma

πŸ“± Telegram πŸ“± Facebook πŸ“± Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sizning ilmiy ishlanmangiz hozir qaysi bosqichda?
public poll

πŸ”¬ Laboratoriya (TRL 1–4) – 3
πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘ 43%
@Ruzimurodova, @AsrorDaminov, РасулбСк

βš™οΈ Sanoat sinovi (TRL 5–7) – 2
πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘ 29%
@usmonov1126, Нормурот

🏭 Korxonada joriy (TRL 8–9) – 1
πŸ‘πŸ‘ 14%
@Suyarov_Anvar

πŸ“ Hali g'oya bosqichida – 1
πŸ‘πŸ‘ 14%
@DostOnSaidoff

πŸ‘₯ 7 people voted so far.
Sizning sohangiz qaysi?
anonymous poll

πŸ›  Muhandislik / texnika – 14
πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘ 54%

πŸ“š Ijtimoiy-gumanitar – 6
πŸ‘πŸ‘πŸ‘ 23%

πŸ’» IT / raqamli texnologiyalar – 3
πŸ‘πŸ‘ 12%

🌾 Qishloq xo'jaligi – 2
πŸ‘ 8%

πŸ’Š Tibbiyot / farmatsevtika – 1
πŸ‘ 4%

πŸ‘₯ 26 people voted so far.