StartUpper
4.74K subscribers
1.39K photos
238 videos
11 files
1.18K links
🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.

Bog'lanish: @startupper_admin
Download Telegram
StartUpper
Istalgan startap g‘oyangizni atigi bir daqiqa ichida tayyor dizaynga aylantirib beradigan sayt borligiga ishonasizmi? Ishonavering, bu haqiqat! Tez orada sayt havolasi va undan foydalanish tartibi bilan bo‘lishaman. Ungacha esa "🔥" belgilari bilan qo‘llab…
🔵 Screenflow.dev — g‘oyalarni bir necha soniyada professional UI dizaynga aylantiruvchi sun’iy intellekt platformasi. U Figma kabi dasturlarni bilmaydigan tadbirkor va dasturchilarga o‘z konsepsiyalarini tezda vizuallashtirishga yordam beradi.

🗒 Foydalanish tartibi:

1. Ro'yxatdan o'ting: screenflow.dev saytiga kiring va o'z hisobingizni oching.
2. G'oyani yozing: Maxsus qatorga (Prompt) o'z g'oyangizni batafsilroq tavsiflang. Masalan: "Dark mode uslubidagi kripto-hamyon ilovasi, balans va oxirgi tranzaksiyalar ro'yxati ko'rinsin".
3. Generate tugmasini bosing: Sun'iy intellekt bir necha soniya ichida sizga bir nechta variantdagi ekranlarni taqdim etadi.
4. Tahrirlang va yuklab oling: Agar biror joyi yoqmasa, qo'shimcha buyruq berish orqali dizaynni o'zgartirishingiz mumkin. Tayyor bo'lgach, uni loyihangiz uchun asos qilib olasiz.

Muhim eslatma: Bu vosita hali juda yangi va ko'pincha "Vibecoding" (tezkor, vizual kodlash) oqimining bir qismi sifatida ommalashmoqda.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
42👍2🔥2🤝1
Qaysi birini birinchi e'lon qilamiz?
Anonymous Poll
68%
Startaplar bilan uchrashuv
32%
Gemini Hackathon
StartUpper
Hakatonlarda ishtirok etadiganlar bormi?
🔺 Xorazmlik startapchilar uchun yana bir imkoniyat!

Xorazmlik kuchli startapchilar, tajribali mentorlar va angel investorlar bir maydonda jam bo‘lishadi. Tadbirning asosiy voqeasi — Startup Pitch, ya’ni loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

👤 Mehmon speakerlar:

🔸 Ravshan Ibrohimov — Pro Skill startup studio asoschisi. Startap qurishdagi shaxsiy tajribalari va strategiyalari bilan o‘rtoqlashadi.

🔸 Nurislombek Mahkamjonxo‘jizoda — Hult Prize Uzbekistan vakili. Global miqyosdagi 1 mln dollarlik yutuq sari qanday borish mumkinligi haqida so‘zlab beradi.

📌 Tadbirda sizni nimalar kutmoqda?

🔸 Al-Xorazmiy universitetida startaplar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish.
🔸 Coffee-break davomida kuchli startapchilar va hamfikrlar bilan aloqa o‘rnatish.
🔸 Real investorlar oldida taqdimot qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlov olish.


📍 Manzil va vaqt:
🗓 Sana: 24-yanvar 📊 Vaqt: 10:00 📍 Joy: Al-Xorazmiy Universiteti

🔗 Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting:
Startapingizni taqdim qilish (Pitch) uchun: havola
Ishtirokchi (Mehmon) sifatida qatnashish uchun: havola

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21❤‍🔥1👍1🔥1🎉1
StartUpper
🔺 Xorazmlik startapchilar uchun yana bir imkoniyat! Xorazmlik kuchli startapchilar, tajribali mentorlar va angel investorlar bir maydonda jam bo‘lishadi. Tadbirning asosiy voqeasi — Startup Pitch, ya’ni loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tadi. 👤 Mehmon speakerlar:…
Xorazmlilar uchun dim ajoyib imkoniyat yaratamiz 😉

Bu Xorazmda tashkil etilyotgan 2-uchrashuv bo'lib, boshqa hududlarda ham tashkil etilyotgan ko'plab tadbir va uchrashuvlar haqida ma'lumotlarni berib boramiz.

Kuzatishda davom eting!

Telegram| Instagram| YouTube
2
#inno_yangilik

💠 Siz ham buni shunchaki kartina deb o‘yladingizmi? Adashasiz, bu — zamonaviy akustik tizim!

Janubiy Koreyaning “Monar” startapi san’at va texnologiyani birlashtirib, haqiqiy san’at asarini yodga soluvchi g‘ayritabiiy karnay yaratdi.

“Canvas Speaker”
deb nomlangan ushbu qurilma shunchaki musiqa tinglash uchun emas, balki buyuk rassomlarning durdonalarini namoyish etuvchi raqamli polotno vazifasini ham o‘taydi.

Uning o‘ziga xosligi shundaki, sun’iy intellekt yordamida qo‘shiq matni va ma’nosini tahlil qilib, unga mos vizual tasvirlarni generatsiya qila oladi. Shuningdek, qo‘shiq matnini ekranda aks ettirib, uyingizni haqiqiy karaoke maydonchasiga aylantiradi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
ChatGPT sun’iy intellektlar o‘rtasida “chempion” bo‘ldi

OpenAI kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ChatGPT chat-boti Yaponiya universitetlariga kirish imtihonida to‘qqizta fandan eng yuqori ball to‘pladi.

LifePrompt kompaniyasi uchta kuchli sun’iy intellekt modeli – ChatGPT, Google Gemini hamda Claude Opus o‘rtasida “imtihon” o‘tkazib, bu haqida o‘z hisobotini e’lon qildi.

Xulosalarga ko‘ra, ChatGPT 15 ta fandan 9 tasida eng yuqori ball to‘pladi, uning javoblarining o‘rtacha aniqligi 97 foizni qayd etgan. Eng yuqori ballar matematika, informatika, kimyo, fizika, biologiya, siyosat va iqtisodiyot yo‘nalishlarida yig‘ilgan.

Anthropic kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Claude Opus modeli uchta fan yo‘nalishida maksimal ball to‘pladi. Google Gemini ikkita mavzuda mukammal natijani ko‘rsatdi.

Siz-chi, qaysi sun’iy intellekt modelidan ko‘proq foydalanasiz?

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
StartUpper
Qaysi birini birinchi e'lon qilamiz?
⚡️ Kelajakni Gemini 3 bilan yarating: $100,000 jamg‘armaga ega hakaton start oldi!

Google DeepMind’ning yangi Gemini 3 API texnologiyasi asosida o‘z raqamli mahsulotingizni yarating va global hakatonda ishtirok eting.

Gemini 3 API imkoniyatlaridan foydalangan holda, real muammolarga innovatsion va kreativ raqamli yechimlar topish.


🗒 Ishtirok etish uchun nima talab qilinadi?
🔸 Gemini 3 API’ga asoslangan g‘oya;
🔸 Loyihaning ishlovchi prototipi yoki ochiq kodli (open-source) yechimi;
🔸 Qisqa tavsif va loyihani tushuntirib beruvchi video-prezentatsiya.

💰 Mukofot jamg‘armasi: $100,000
G‘oliblar quyidagi tartibda taqdirlanadilar:

🥇 1-o‘rin: $50,000
🥈 2-o‘rin: $20,000
🥉 3-o‘rin: $10,000

🎁 Shuningdek, maxsus nominatsiyalar va rag‘batlantiruvchi sovg‘alar!

🗓 Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 2026-yil 9-fevral.
🔗 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish: gemini3.devpost.com

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_texnoparklari
#InnoX
#startap

⚡️Solar bloom“ — energiya muammosiga innovatsion yechim

Nukus yoshlar texnoparkining “InnoX“ biznes inkubatorida navbatdagi istiqbolli loyiha tayyorlandi. Mexrinur Uzakbayeva boshchiligidagi “Solar bloom“ loyihasi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishda yangi bosqichni taklif etmoqda.

Loyiha asosi — quyosh harakatini avtomatik kuzatuvchi ikki eksenli mobil tizimdir. Oddiy panellardan farqli o‘laroq, ushbu qurilma kun davomida quyosh nuri yo‘nalishiga qarab o‘z holatini o‘zgartiradi. Bu esa energiya yig‘ish samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.

Bu kabi mobil tizimlar markaziy tarmoqdan uzilgan chekka hududlarni barqaror va ekologik toza energiya bilan ta’minlashga xizmat qilishi mumkin.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#statistika

🔵 2025-yil global startap ekotizimi uchun chinakam "burilish nuqtasi" bo‘ldi. Dunyoning eng qimmat top-10 startapi ro‘yxati nafaqat yangilandi, balki ularning qiymati aql bovar qilmas darajada — trillion dollarlik marraga yaqinlashib qoldi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
StartUpper
#Yoshlar_texnoparklari #InnoX #startap ⚡️ “Solar bloom“ — energiya muammosiga innovatsion yechim Nukus yoshlar texnoparkining “InnoX“ biznes inkubatorida navbatdagi istiqbolli loyiha tayyorlandi. Mexrinur Uzakbayeva boshchiligidagi “Solar bloom“ loyihasi…
📢 Yoshlar texnoparklarida olib borilayotgan targ‘ibot ishlari va islohotlarni keng yoritib bormoqdamiz.

Aslida, Yoshlar texnoparklarining asosiy vazifalari nimalardan iborat va ular qanday imkoniyatlarni bera oladi?

Keyingi postimiz aynan shu haqida...

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2❤‍🔥11
#Yoshlar_texnoparklari

⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ ⭐️
🤖Yoshlar texnoparklari
⭐️haqida nimalarni bilasiz?
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ ⭐️

Yoshlar texnoparklari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-may sanasidagi 313-son qarori bilan tashkil etilgan.

📱Telefon: 203-32-23 (216)


🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2❤‍🔥2🤝2
🚀Har kuni dunyoda minglab startaplar yaraladi

Xo‘sh, ular haqidagi ma’lumotlarni qayerdan olish mumkin yoki yangi startaplar bazasini qanday topsa bo‘ladi?

Keyingi postda batafsil ma’lumot va sayt linki yuboriladi 🤫

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥41🎉1
StartUpper
🚀Har kuni dunyoda minglab startaplar yaraladi Xo‘sh, ular haqidagi ma’lumotlarni qayerdan olish mumkin yoki yangi startaplar bazasini qanday topsa bo‘ladi? Keyingi postda batafsil ma’lumot va sayt linki yuboriladi 🤫 🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| …
🔵 BetaList — bozorga chiqish arafasidagi (beta-bosqichdagi) yangi startaplar bazasi. Platforma hali ommaga e’lon qilinmagan texnologik loyihalarni birinchilardan bo‘lib topish va sinab ko‘rish imkonini beradi.

Asosiy vazifalari:

🔸 Startap asoschilari mahsulotni ommaga chiqarishdan oldin ilk foydalanuvchilarni yig‘ishadi va ulardan teskari aloqa olishadi;
🔸 Platforma orqali bozorda qaysi yo‘nalishlar (AI, SaaS va h.k.) ommalashayotganini aniqlash mumkin;
🔸 Foydalanuvchilar yangi servislarni birinchilardan bo‘lib sinash va maxsus chegirmalarga ega bo‘lish imkonini topadilar.

Yangi startaplar haqida ma’lumotlarni olmoqchi bo‘lsangiz, hoziroq sayt bilan tanishib chiqing 👉 https://betalist.com

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍211🔥1
🔸 Kichik va yirik venchur fondlar: iqtisodiy farqlar nimada?

Venchur kapital fondlari hajmi jihatidan keskin farq qiladi: ba’zilari bir necha million dollar bilan ishlasa, boshqalari yuzlab millionlarni boshqaradi. Ammo ularning asosiy maqsadi bir xil — istiqbolli startaplarga sarmoya kiritib, yuqori daromad olish.

Shunga qaramay, fond hajmi o‘zgargani sari uning ichki moliyaviy mexanizmlari ham sezilarli darajada farqlanadi.

Keyingi postlarda startapchilar va venchur olamiga endi kirib kelayotganlar uchun eng muhim 5 ta farqni sodda tilda tushuntirib beramiz.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1🤝1