StartUpper
5.22K subscribers
1.21K photos
220 videos
10 files
1.08K links
🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.

Bog'lanish: @startupper_admin
Download Telegram
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari taqdirlandi

To‘rt kun davom etgan bellashuvlarda mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan iqtidorli yoshlar o‘z ilmiy loyihalarini taqdim etib, o‘zaro tajriba almashishdi. 22-may kuni bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda g‘oliblar taqdirlandi.

Tadbirda “Ulug‘bek” jamg‘armasi raisi, akademik Oqil Salimov, Yoshlar ishlari agentligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi maslahatchilari, Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorlari, shuningdek, bir qator OTM rahbarlari ishtirok etishdi.

Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz!

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
👍52🔥1
Startapni sotish yoki katta natijaga erishish uchun uzoq vaqt kerak. Agar faqat yakuniy maqsadni o‘ylasangiz, kundalik mayda muammolardan tezda charchab qolasiz. Shuning uchun har bir hal qilingan texnik masala yoki kichik yutuqni muvaffaqiyat deb hisoblang.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
531🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xitoyda oilalarga SeeLight S1 robotlari bepul beriladi.

U sabzavot toʻgʻrash, tuxum qovurish, kir yuvish, kiyim ilish va joy yigʻishni biladi, shuningdek, uydagi oʻzgarishlarga moslasha oladi.

Ilk sinovlar 2027-yilda Uxanda, asosan bolali, qariyalari va uy hayvonlari bor oilalarda boshlanadi. Hozirda robot 15 ming dollar turadi, biroq tez orada narxi ikki barobar arzonlashishi kutilmoqda.

Kiberpank hayotimizga kirib kelmoqda.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
😢321🔥1
Faqat o‘zingizga yoqqan mahsulotni emas, odamlarga kerakli narsani quring. Agar mahsulotingiz zo‘r bo‘lsa-yu, uni sotib oladiganlar kam bo‘lsa, bu biznes emas, shunchaki xobbi. Loyihani boshlashdan oldin bozorni hisoblang. Kichik bozorda katta startap qurib bo‘lmaydi.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
3🔥1
Raqiblar borligi — bu yaxshi signal. Demak, siz tanlagan bozorda pul va talab bor. Diqqatingizni raqibni yengishga emas, mijozga ko‘proq qiymat berishga qarating. Raqiblarni kuzating, lekin ularning nusxasiga aylanib qolmang.

Sizning farqingiz — sizning ustunligingizdir.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
🔥531👍1
#startap_tahlil

PayPal — internet tarmog‘ida xavfsiz va tezkor onlayn to‘lovlar hamda pul o‘tkazmalarini amalga oshiruvchi global fintex platformasi. Loyiha bank ma’lumotlarini har bir saytga kiritish xavfini bartaraf etib, foydalanuvchilarga faqatgina elektron pochta orqali bir necha soniyada xaridni amalga oshirish imkonini beradi.

Moliyaviy qulayligi va xaridorlarni himoya qilish tizimi sababli eBay kabi e-commerce gigantlari ekotizimiga integratsiya qilingan startap hozirda dunyoning 200 dan ortiq davlatida yuz millionlab faol foydalanuvchilar va yirik B2B mijozlarga ega transmilliy biznesga aylangan.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
221🔥1
StartUpper
#startap_tahlil PayPal — internet tarmog‘ida xavfsiz va tezkor onlayn to‘lovlar hamda pul o‘tkazmalarini amalga oshiruvchi global fintex platformasi. Loyiha bank ma’lumotlarini har bir saytga kiritish xavfini bartaraf etib, foydalanuvchilarga faqatgina elektron…
🔝 PayPal loyihasi tahlili!

Bozorga moslashish (10/10)
Loyiha internetda xavfsiz onlayn to‘lovlar va pul o‘tkazmalari muammosini hal qildi. Har bir saytda karta ma’lumotlarini kiritish ovoragarchiligini bartaraf etdi. eBay va yirik e-commerce platformalariga integratsiya qilinib, global to‘lov standartiga aylandi.

Foydalanuvchini ushlab qolish (9/10)
Xaridorlarni himoya qilish (Buyer Protection) tizimi orqali kuchli ishonch qozongan. Kafolatlangan xavfsizlik va xarid jarayonining qulayligi sababli foydalanuvchilar platformadan kundalik ehtiyojlar uchun muntazam foydalanishadi.

Daromad modeli (8/10)
Tranzaksiya modeli: oddiy foydalanuvchilar uchun xizmatlar bepul. Asosiy daromad e-commerce do‘konlari va tadbirkorlardan (B2B) har bir muvaffaqiyatli to‘lov hamda valyuta konvertatsiyasidan foiz (komissiya) olish hisobiga shakllanadi.

Kengayish chegarasi (9/10)
Dastlab faqat AQShda ishlagan loyiha hozirda 200 dan ortiq davlatni qamrab olgan. Mahalliy cheklovlarga qaramay, Venmo’ni sotib olish, kriptovalyutalar va bo‘lib to‘lash (BNPL) xizmatlarini joriy etish orqali o‘z bozorini maksimal kengaytirdi.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Startapda taxminlarga tayanib qaror qabul qilish xavfli. Har bir qadamni aniq raqamlar va faktlar bilan asoslang.

Foydalanuvchilarning mahsulotdagi harakati va qaysi bosqichda chiqib ketayotganini tahlil qiling. Statistika aldamaydi, u loyihaning real holatini ko‘rsatadi.

Qarorlaringiz hissiyotga emas, ma’lumotlarga tayanishi kerak.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
2
🚀 Startaplarda SWOT tahlili haqida bilasizmi?

Har bir loyiha bozorga kirishdan oldin o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholashi kerak. Quyida jahonga mashhur “Airbnb” startap misolida buni qanday qilishni ko‘rsatib berdik.

Ushbu ma’lumotlar orqali o‘z startapingizni tahlil qiling.

💬 Amaliy topshiriqni olish uchun izohlarda “+” belgisini qoldiring.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤‍🔥1🔥11