StartUpper
4.16K subscribers
1.53K photos
260 videos
11 files
1.25K links
🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.

Bog'lanish: @startupper_admin
Download Telegram
✅ O’zbekiston startap ekotizimi 6 yilda qanday o’zgardi? (2020 vs 2026) 

So’nggi yillarda mamlakatimiz startap sohasi bo’yicha erishilgan asosiy ko’rsatkich va raqamlarni to’pladik:

⏺Birinchi Milliard dollar (Unicorn) loyiha:

- 2020-yil: 0 ta unicorn. 
- 2024-yil: Uzum O’zbekistondagi ilk unicorn bo’ldi (bahosi $1 mlrd dan yuqori). 
- 2026-yil (mart): Uzum qiymati $2,3 mln/mlrdga, foydalanuvchilari soni ~20 mlnga yetdi. 


⏺Sarmoyalar hajmi (2 yilda 52 barobar o'sish):

- 2023-yil: $6,3 mln (34 ta bitim) 
- 2025-yil: $329 mln (140 ta bitim) 
- Xorijiy investorlar ulushi: 89% 
- Eng ko'p investitsiya olgan yo'nalish: Sun'iy intellekt (24,4%) 


⏺Fondlar va startaplar o'sishi:

- Faol venchur fondlar: 2021-yildagi 4 tadan 2024-yilda 11 taga oshdi. 
- Kuzatuvdagi startaplar: 2024-yildagi 400 tadan 2025-yil yakuniga ko'ra ~750 taga yetishi kutilmoqda. 


Keyingi unicorn siz bo’lishingiz mumkin! Loyihangiz haqida bizga yozib qoldiring:

Bizni kuzatib boring:


Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2❤1
SGP Life Sciences bitiruvchilar uchun $1 mln gacha investitsiya imkoniyatini e’lon qildi va arizalar muddatini 25-sentyabrgacha uzaytirdi.

DOMiNO Ventures va UzVC hamkorligidagi SGP Life Sciences akseleratsiyasi endi loyihalarni qoʻllab-quvvatlash bilan birga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya imkonini ham taqdim etadi.

⚫️$1 mln gacha — dasturni muvaffaqiyatli tugatgan startaplar uchun umumiy investitsiya fondi;
⚫️$20 000 — UzVC tomonidan tanlab olingan bitiruvchilarga xalqaro bozorga chiqish uchun beriladigan sarmoya.

Dastur Markaziy Osiyodagi Biotech, HealthTech va PharmaTech yoʻnalishida global salohiyatga ega startaplar uchun moʻljallangan.

🚀 Ariza topshirish

Bizni kuzatib boring:


Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Startap g‘oyangiz ishlaydimi?

Reddit foydalanuvchilaridan biri ortiqcha xarajatlarsiz o‘z g‘oyangizning muvaffaqiyat qozonish ehtimolini baholab beradigan sayt yaratdi.

G‘oyangiz qanday biznes ekanini qisqacha yozasiz. Sun'iy intellekt shunga o‘xshash loyihalarni qidirib topib, ularning yo‘lini, qanday xatoga yo‘l qo‘yganini va nima uchun yopilib ketganini tahlil qiladi.

Natijada g‘oyangiz nima sababdan o‘xshamasligi va boshqalar yiqilgan xatolarga uchramaslik uchun nima qilish kerakligi yozilgan batafsil hisobot beriladi.

Ushbu havola orqali foydalanishingiz mumkin!

Bizni kuzatib boring:


Telegram | Instagram | YouTube
❤2❤‍🔥2
#StartapLugati

📌 Pivot [pi'vot] — ot, inglizcha.

Startapning bozor signallariga (mijozlar, raqamlar) qarab mahsuloti, auditoriyasi yoki daromad modelini keskin o‘zgartirishi. Startap yopilmaydi: yo‘nalish o‘zgaradi, maqsad qoladi.

Misol:
⏺Slack avval Glitch nomli o‘yin edi. 2012-yilda o‘yin o‘zini oqlamadi, jamoa ichki muloqot vositasini alohida mahsulotga aylantirdi (2014).
⏺Instagram esa Burbn ilovasidan faqat foto, komment va layk qoldirdi.

Bizni kuzatib boring:


Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
“Startap — bu samolyotni yig'ib bo'lib, uni balandlikka ko'tarilish jarayonida pastga qarab sakrash va parvoz davomida dvigatelni ulash demakdir.”

Rid Hoffman


Bizni kuzatib boring:


Telegram | Instagram | YouTube
❤2🔥2😁2
AI Hackathon Namaganda!

24–27-sentyabr kunlari Namangan viloyatida National AI Hackathonning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Bu yerda shunchaki sun’iy intellekt haqida gapirilmaydi. Siz g‘oya o‘ylab topasiz, uni loyiha shakliga keltirasiz va jamoangiz bilan shu tashabbusni himoya qilasiz.

⏺ Sovrinlar:

1-o‘rin: Apple MacBook Air
2-o‘rin: 20 000 000 so‘m
3-o‘rin: 10 000 000 so‘m


⏺Talablar:

- 16 yoshdan oshgan, Namangan viloyatida yashovchi pasport/ID egasi;
- Har bir ishtirokchi alohida ro‘yxatdan o‘tishi shart (faqat tasdiqlangan nomzodlar qatnashadi).
Eslatma: Boshqa viloyat bosqichida qatnashganlar ishtirok eta olmaydi.


Ro‘yxatdan o‘tish: eventflow.uz
Murojaat uchun: +998990461459

Bizni kuzatib boring:


Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Eng yaxshi startap gʻoyalari uchun 30 000 000 soʻm: Techstars Startup Weekend Toshkentga qaytmoqda!

Mamlakatimiz boʻylab oʻtkazilgan shiddatli bosqichlardan soʻng, afsonaviy Techstars Startup Weekend 25–27-sentabr kunlari poytaxtimizda start oladi.

Bor-yoʻgʻi 54 soat ichida siz:

- Kuchli jamoa shakllantirib, mahsulotingizning ilk versiyasini (MVP) yaratasiz;
- Techstars metodologiyasi boʻyicha gipotezalarni sinash va biznes-model tuzish boʻyicha amaliy vorkshoplarda qatnashasiz;
- Sunʼiy intellekt (AI), IT, biznes va marketing yoʻnalishidagi kuchli ekspertlardan individual mentorlik olasiz;
- Oʻz loyihangizni investorlar qarshisida professional tarzda taqdim etasiz (pitching);
- 30 000 000 soʻmlik mukofot jamgʻarmasi uzoq kutilgan gʻoliblaridan biriga aylanasiz!


➡️ Manzil: MDIST (Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti)
➡️ Sana: 25–27-sentabr
➡️ Mentorlar: Markaziy Osiyoning yetakchi ekspertlari

Hoziroq roʻyxatdan oʻting!

Bizni kuzatib boring:


Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#StartapLugati

📌 Pre-seed [pri-si:d] — ot, inglizcha.

Startap uchun eng birinchi tashqi moliyalashtirish bosqichi: hali sotuv yoki foydalanuvchi ko'rsatkichi yo'q paytda, faqat g'oya, jamoa va MVPga ishonib kiritiladigan mablag' (odatda $25 ming – $1 mln).

Misol:
⏺2008-yilda Airbnb asoschilari investorlarni ishontira olmagach, «Obama O's» va «Cap'n McCain's» nomli maxsus dizaynli sereal qutilarini sotib, $30 ming pre-seed mablag' to'plashgan. 2009-yilda esa Y Combinator ularga $20 ming kiritgan.

Bizni kuzatib boring:


Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1❤‍🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☕ Aqlli chashka endi sotuvda

PixelMug – kundalik kofe ichish jarayonini texnologik va interaktiv tajribaga aylantiruvchi dunyodagi ilk aqlli chashka. Gadjetning piksel sensorli displeyi orqali ichimlik harorati, vaqt va ob-havoni kuzatish, shuningdek, ishdan chalg'ib qisqa o'yinlar o'ynash mumkin.
Foydalanuvchilar o'z animatsiyalarini yaratib, ularni boshqa egasiga yuborish imkoniyatiga ham ega.

Sizchi, ish jarayonida shunday gadjetdan foydalangan bo'larmidingiz?

Bizni kuzatib boring:


Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4🎉2❤1
UEnter da Women Cup dasturining Demo Day tadbiri bo‘lib o‘tadi!

124 ta arizadan saralangan 35 nafar ishtirokchi 6 haftalik intensiv o‘qish, mentorlik va amaliy sessiyalardan so‘ng o‘z loyihalarini taqdim etishadi.

➡️ Finalchilar: 12 nafar ishtirokchi o‘z loyihalarini hakamlar hay’atiga namoyish etadi.
➡️ Asosiy mukofot: G‘oliblar Dubai Design Week 2026 xalqaro festivalida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.
➡️ Qo‘shimcha: Mahsulotlar ko‘rgazmasi, networking va hamkorlik muhokamalari.

Sana: 30-sentabr, 14:00 dan
Manzil: UEnter
Ro‘yxatdan o‘tish uchun: havola

Bizni kuzatib boring:


Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2❤1❤‍🔥1