StartUpper
Naqd 2 soatli dars boʻldi 👀
Siz:
- Darslar 2 soat davom etadigan;
- Mavzu toʻliq oʻrganiladigan;
- Har bir startapga individual fedbek beriladigan;
- Alohida mentor va koordinatorlari bor boʻlgan dasturda ishtirok etgan boʻlarmidingiz?
Ha, albatta -> ⚡️
Yoʻq -> 💔

⚡24🔥6🤝4❤3
Bugun yurtimizda "Yoshlar kuni" keng nishonlanmoqda. Bu kun – yangicha fikrlaydigan, orzu va maqsad sari intilayotgan, Vatanimiz kelajagini bunyod etayotgan yoshlarimiz bayramidir.
“StartUpper” jamoasi sizlarni bugungi Yoshlar kuni bilan chin dildan tabriklaydi.
Sizlarga mustahkam sog'lik, katta muvaffaqiyatlar, yorqin kelajak tilaymiz!
Bayramingiz muborak bo'lsin!
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2 2
“Biz 2030-yilgacha iqtisodiyot hajmini 240 milliard dollardan oshirishni reja qilganmiz. Bunga erishish uchun barcha sohalarga yangi g‘oya olib kiradigan innovatsion startaplar kerak”,
– dedi davlatimiz rahbari.
So‘nggi to‘qqiz yilda mahalliy startap ekotizimi 15 barobar o‘sib, 4 milliard dollardan oshdi. Venchur jamg‘armalar soni 23 taga, ularning umumiy kapitali 200 million dollarga yetdi. O‘tgan davrda 1 ming 200 dan ziyod istiqbolli startap loyihalar paydo bo‘ldi. Ayni yo‘nalishda 3 mingdan ziyod yoshlar yuqori daromad topyapti.
Ushbu yo‘nalishdagi ishlar xalqaro tashkilotlar tomonidan ham e’tirof etilmoqda. “Global startap indeksi”da O‘zbekiston 31 pog‘ona ko‘tarilib, dunyoda eng tez rivojlanayotgan startap ekotizimi, “2026-yil mamlakati” deb e’lon qilingani ham buning yaqqol isbotidir.
Hali bu sohada juda katta imkoniyatlar borligi ta’kidlandi. Endi har bir vazir, tarmoq rahbari va hokimlar “1 mingta masalaga – yoshlardan 1 mingta yechim” loyihasini ishga tushiradi.
Bunda har bir rahbar o‘z tizimidagi dolzarb muammolarni ochiq platformada joylashtirib, eng yaxshi yechimlar uchun mukofot e’lon qiladi. Buning uchun har bir vazir va hokim kamida 10 milliard so‘mlik venchur jamg‘arma tashkil etadi.
Ushbu mablag‘lar g‘oliblarni mukofotlash va 20 tadan eng yaxshi startapni g‘oyadan amaliyotgacha barcha bosqichlarni moliyalashtirishga sarflanadi.
Yoshlar agentligi biznes, AT, kreativ iqtisodiyot yo‘nalishida 100 ta eng yaxshi loyihani tanlab, ularga 1 milliard so‘mgacha investitsiya kiritadi.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
❤1
Forwarded from Innovatsion rivojlanish agentligi
Bu kabi yuksak e’tibor yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning texnik ijodkorlik va muhandislik salohiyatini yanada yuzaga chiqarishda ulkan turtki bo‘ladi.
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13🎉6 3
Agar siz MVPga ega startap ustida ishlayotgan bo‘lsangiz va uni keyingi bosqichga olib chiqmoqchi bo‘lsangiz, bu imkoniyat siz uchun.
Imkon Acceleration - bu Imkon Ventures tomonidan boshqariladigan 12 haftalik dastur bo‘lib, ilk bosqichdagi startaplarni moliyalashtirishga tayyor, miqyosli biznesga aylantirishga qaratilgan.
Dastur davomida siz:
- Mahsulotingizni rivojlantirasiz;
- Savdo va marketingni tizimlashtirasiz;
- Investorlar uchun tayyorlanasiz;
- Demo Dayda o‘z startapingizni taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Arizalar qabuli: 10-iyulgacha
Ro‘yxatdan o'tish: https://acceleration.imkon.ventures/uz
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3⚡2❤1
O‘z g‘oyangizni mentorlik, akseleratsiya va investitsiya orqali real biznesga aylantiring. 18–30 yoshdagi talabalar, yosh tadbirkorlar va ixtirochilar taklif etiladi.
✅ Muddatlar (2026-yil):
1 – 15-iyul: Arizalar qabuli
16 – 30-iyul: OTM va tuman saralash bosqichlari
1 – 15-avgust: Viloyat finali
30-anvustgacha: G‘oliblarni taqdirlash✅ Ishtirok etish shartlari:
Yakka tartibda yoki 2–5 kishilik jamoada.
Kamida bitta asosiy a‘zo 18–30 yosh oralig‘ida bo'lishi shart.✅ Mukofot jamg'armasi — 150+ mln so'm:
1-o'rin: 50 mln so‘m
2-o'rin: 30 mln so‘m
3-o'rin: 20 mln so‘m
Maxsus nominatsiyalar (5 tagacha): 10 mln so‘mdan
Barcha finalchilarga elektron sertifikat beriladi.✅ Ustuvor yo‘nalishlar: IT va AI, Agrotex, Ta‘lim, Tibbiyot, Fintech, Govtech, Yashil texnologiyalar, Turizm, Sanoat va Logistika.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤2🔥1🤝1
Tanlovda muhandislar, tadqiqotchilar, tadbirkorlar va loyiha rahbarlari ishtirok etishlari mumkin. Arizani mustaqil ravishda topshirishingiz yoki hamkasblar, jamoa yoxud hamjamiyat nomidan nomzod sifatida koʻrsatilishingiz mumkin.
➡️ Nomzodlar qanday baholanadi?
Baholash jarayonida sizning erishgan yutuqlaringiz, tajribangiz va amalga oshirgan ishlaringizning sohaga koʻrsatgan taʼsiri hisobga olinadi. Arizaga quyidagilarni ilova qilish muhim:
Rezyume (CV) va portfoliolar;
Loyihalar tavsifi;
Tavsiyanomalar.
Ariza topshirish: havola
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
Nukus yoshlar texnoparkida fermerlar, agrotadbirkorlar hamda qishloq xo‘jaligi sohasida innovatsion g‘oyaga ega jamoalar uchun oflayn-akselerator dasturi start olmoqda.
Atigi 1 oy ichida siz:
- Loyihani to‘g‘ri rivojlantirish va barqaror biznes-model yaratish;
- Mahsulotni bozorga muvaffaqiyatli olib chiqish;
- Tijoratlashtirish va sotuvlarni oshirish bo‘yicha eng muhim amaliy bilimlarni olasiz.
- Dastur yakunida eng kuchli jamoalar loyihasini rivojlantirish uchun 30 000 000 so‘m pul mukofotiga ega bo‘lishadi!
Dastur agroloyihasini yangi bosqichga olib chiqmoqchi bo‘lganlar yoki qishloq xo‘jaligi sohasida o‘z startapini yo‘lga qo‘yishni istaydigan barcha tashabbuskorlar uchun.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Texnologik startaplarni AQSh bozoriga kirishning huquqiy va soliq talablariga tayyorlash dasturi
Ishtirok etish shartlari:
• Loyihaning texnologik (tech) yo‘nalishda bo‘lishi.
• AQSh bozoriga chiqish aniq maqsad qilinganligi.
Beriladigan imkoniyatlar:
• Kompaniyani AQShda to‘g‘ri ro‘yxatdan o‘tkazish va biznes tuzilmasini tanlash.
• Federal va shtat darajasidagi soliq tizimi.
• Intellektual mulkni xalqaro darajada himoya qilish.
• Sinov tariqasida ("soft launch") va to‘liq bozorga kirish strategiyalari.
Ma’lumotlar va muddatlar:
• Sana: 2026-yil 30-31-iyul
• Joy: Toshkent sh., MOST C-Space Hub
• Muddat: Arizalar 23-iyulgacha qabul qilinadi.
• Saralash: Joylar cheklangan, ishtirokchilar anketalar asosida tanlanadi.
Ariza topshirish: forms.gle/fT61CqJTxnHuRrqT9
Bizni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
Assalomu alaykum, qadrli startapchilar! 👋
Bugun sizlar bilan startaplarga oid eng muhim mavzulardan birini muhokama qilamiz, ya’ni startapda B2B va B2C sotuv yo‘nalishlari haqida gaplashamiz.
• Ular o‘rtasidagi asosiy farq nimada?
• Loyihangiz uchun qaysi modeldan foydalangan ma’qul?
• Eng muhimi, siz o‘z startapingizni aynan kimga sotishingiz kerak?

❤9
Agar siz B2B modelini tanlasangiz, korxona va tashkilotlarga sotasiz. Bu yerda savdo jarayoni uzoq va murakkab kechadi, chunki shartnoma bir nechta boʻlimlar roziligidan oʻtishi shart. Biroq, munosabatlar yirik qiymatli va uzoq muddatli hamkorlikka tayanadi. Marketingda esa faqat mantiq va biznes samaradorligi (ROI) rol oʻynaydi.
Agar B2C yoʻnalishini tanlasangiz, mahsulotni toʻgʻridan-toʻgʻri jismoniy shaxslarga sotasiz. Xarid jarayoni juda qisqa boʻlib, bitta odamning lahzali qarori bilan hal boʻladi. Munosabatlar koʻpincha qisqa muddatli boʻlgani uchun ommaviy marketingga urgʻu beriladi. Qaror qabul qilishda esa hissiyotlar, qulaylik va narx asosiy oʻrinda turadi.
Xulosa qilib aytganda, B2B modeli kamroq mijoz bilan yirik va barqaror shartnomalar tuzish imkonini beradi. Ommaviy va tezkor oʻsishni koʻzlagan startaplar uchun esa B2C qulayroq.
Sizning startapingiz qaysi modelni tanlagan? 👇
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🔥3
Biz ko‘p marta @startupper_uz kanali orqali ko‘plab pre-inkubatsiya va startap dasturlari, jumladan, g‘oyalarni saralash jarayonlari haqida gaplashgan edik. Ammo g‘oya qanchalik zo‘r bo‘lmasin, bozorni o‘rganmaslik uni barbod qilishi mumkin.
Bugun sizga dunyo startap ekotizimidagi eng qiziqarli keyslardan birini ulashmoqchiman. Ikki yigit sartaroshxona tizimidagi eskilikni ko‘rib, uni raqamlashtirishga qaror qilishadi. Ushbu startap yo‘li xatolar, tavakkal xaridlar va nihoyat, xalqaro muvaffaqiyat bilan to‘la bo‘ldi.
Biznesda maqsadli auditoriyani qayta belgilash (pivot) qanchalik muhimligini mana shu hikoya misolida ko‘rib chiqamiz.
👉 Maqolani o‘qish uchun: https://telegra.ph/Sartaroshlar-olamidagi-Uber-yoki-Squire-startapi-qanday-tugilgan-07-06

❤3 2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏆 Startaplar uchun 6 million AQSH dollari miqdoridagi qo‘llab-quvvatlash dasturlari e’lon qilindi
“President Tech Award” — umumiy mukofot va investitsiya jamg‘armasi 5 million AQSH dollari. Dastur doirasida 70 tagacha startap jamoasi moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi.
“President AI Award” — sun’iy intellekt asosidagi yechimlar uchun umumiy investitsiya jamg‘armasi 1 million AQSH dollari. Har bir ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 3 tadan g‘olib (jami 15 ta startap) investitsiya jalb qiladi.
Muddat va ariza topshirish:
Arizalar boshlanishi: 2026-yil 1-iyul.
Ariza topshirish tartibi: Jamoalar o‘z arizalarini elektron shaklda awards.gov.uz yagona platformasi orqali yuborishlari shart.

“President AI Award” yo‘nalishlari:
Loyiha va arizalar quyidagi 5 ta ustuvor soha bo‘yicha qabul qilinadi:
Davlat boshqaruvi;
Sanoat va biznes;
Sog‘liqni saqlash;
Ta’lim;
Yashil iqtisodiyot va agrotexnologiyalar.
Ishtirok etish shartlari:
Jamoa tarkibi: 3 nafardan 8 nafargacha bo‘lgan a’zolar.
Yosh chegarasi: Ishtirokchilar 18 yoshdan katta bo‘lishi lozim.
Fuqarolik: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda mamlakat hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.
Muddat va ariza topshirish:
Arizalar boshlanishi: 2026-yil 1-iyul.
Ariza topshirish tartibi: Jamoalar o‘z arizalarini elektron shaklda awards.gov.uz yagona platformasi orqali yuborishlari shart.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTub
⚡2❤1🔥1
2026-yilning birinchi yarmi venchur bozori uchun haqiqiy portlash davri boʻldi: bor-yoʻgʻi olti oy ichida rekord darajadagi 510 milliard dollar investitsiya jalb etilib, hatto oʻtgan yilgi umumiy koʻrsatkich ham ortda qoldirildi.
Qizigʻi shundaki, ushbu ulkan mablagʻning deyarli yarmi — naqd 217 milliard dollari aynan ikki sunʼiy idrok giganti, OpenAI va Anthropic hissasiga toʻgʻri keldi.
Qizigʻi shundaki, ushbu ulkan mablagʻning deyarli yarmi — naqd 217 milliard dollari aynan ikki sunʼiy idrok giganti, OpenAI va Anthropic hissasiga toʻgʻri keldi.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTub
👍4🔥2
Quyidagi vositalar orqali professional pitch deck yaratish mumkin:
Pitch.com – Zamonaviy shablonlar, jamoaviy ishlash va investorlar qaysi slaydni koʻproq koʻrganini koʻrsatuvchi analitika.
Slidebean – Startaplar uchun maxsus platforma; unda Airbnb, Uber kabi gigantlarning tayyor shablonlari bor.
Beautiful.ai – Aqlli tizim; matn yoki rasm qoʻshilganda slayd dizaynini avtomat ravishda moslashtiradi.
Canva – Minglab tayyor pitch deck shablonlariga ega eng ommabop va tushunarli platforma.
Figma – Dizaynni noldan, oʻta aniqlikda va noodatiy kreativ uslubda chizmoqchi boʻlganlar uchun.
Gamma.app – Oddiy matnli buyruq (prompt) orqali bir necha soniyada tayyor taqdimot tuzib beruvchi AI vositasi.
Tome.app – Startap hikoyasini (storytelling) shakllantirish va unga mos vizual kontentni AI yordamida yaratish uchun qulay.
Tavsiya: Investorlar uchun pitch deck koʻp hollarda 10-12 ta slayddan oshmasligi, loʻnda va raqamlarga asoslangan boʻlishi lozim.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTub
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
G‘oyani boshlash, MVP yaratish, jamoani yig‘ish yoki investitsiya jalb qilish bo‘yicha qiyinchiliklarga duch kelayotgan bo‘lsangiz, savollaringizni bering.
👇 Bugun soat 21:00 ga qadar o‘zingizni qiziqtirgan savollarni yozib qoldiring. Biz ularga batafsil javob beramiz.
https://t.me/anonaskbot?start=rz1o4
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTub
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4 2🔥1
Jamoa qidirib yurganlar uchun @startupperuzbot botini yaratganmiz, nafaqat jamoa a’zolarini topasiz. Balki e'lonlaringizni joylashtirishingiz va hamkor topishingiz ham mumkin
🔥3❤2