StartUpper
4.8K subscribers
1.38K photos
236 videos
11 files
1.18K links
🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.

Bog'lanish: @startupper_admin
Download Telegram
Kechga qaysi kinoni koʻramiz?

Tavsiya qilingizlarchi?
9
“Facebook” ning yaralish tarixi haqidagi kinoga nima deysiz?

“The Social Network” — filmda ulkan texnologik muvaffaqiyat ortidan kelgan yuksak ambitsiyalar, do‘stlik va xiyonat mavzulari juda aniq ochib berilgan.

Hammasi 2003-yilda Garvard universitetida boshlanadi. Dasturlash bo‘yicha vunderkind talaba Mark Zukerberg qiz do‘sti tashlab ketganidan so‘ng, alam ustida talabalarni o‘zaro solishtiradigan shov-shuvli “FaceMash” saytini yaratadi. Bu loyiha universitetning badavlat talabalari — egizak aka-uka Uinklvosslarning e’tiborini tortadi va ular Markni o‘zlarining talabalar tarmog‘iga kod yozish uchun ishga yollashadi. Biroq Zukerberg ularning konseptidan ilhomlanib, o‘zining yaqin do‘sti Eduardo Saverin bilan birgalikda shaxsiy loyihasini yo‘lga qo‘yadi va u keyinchalik global Facebook platformasiga aylanadi.


Film shunchaki muvaffaqiyat hikoyasi emas, balki startapchilar uchun “g‘oya aslida hech narsa, ijro (execution) esa hamma narsa” degan saboqni anglatadi.

📺 Tamosha qilish uchun 👉 havola

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍331🤝1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Startapda mijozni tahlil qilish uchun 3 ta AI promti

1. Target reklama va marketing matnlari uchun mijoz portretini aniqlash:

Biz [startap sohasi/mahsulot nomi] loyihasi ustida ishlayapmiz. Yechayotgan asosiy muammomiz — [muammoni yozing]. Biz uchun eng yuqori LTV bera oladigan ideal mijoz personasini eng mayda detallarigacha ishlab chiq. Javobni quyidagi tizimda ber: 1. Demografiya va Psixografiya (Yoshi, kasbi, daromadi, qadriyatlari). 2. Empathy Map (U atrofidan nimalarni eshitadi/ko'radi? Ichida nimalarni o'ylaydi/his qiladi?). 3. Pains & Gains (Ushbu sohada uni eng ko'p qiynaydigan top-5 muammo va u intilayotgan ideal natija). Ma'lumotlarni jadval va punktlar ko'rinishida ber.


2. Mahsulotga real talab borligini tekshirish (CustDev intervyu skripti):

Biz [maqsadli auditoriyani yozing] bilan gipotezalarimizni tekshirish uchun CustDev intervyulari o'tkazmoqchimiz. Bizning gipoteza: [Gipotezani yozing, masalan: Ular proyektlarni boshqarishda vaqtni ko'p yo'qotishadi]. Rob Fitspatrikning "The Mom Test" qoidalariga rioya qilgan holda, mijozni mahsulotimizni maqtashga majburlamaydigan, uning o'tmishdagi real tajribasini ochib beradigan intervyu skriptini tayyorlab ber. Skriptda: suhbatni boshlash uchun 2 ta iliq savol, muammoning o'tmishdagi tahlili uchun 4 ta chuqur savol va hozirda bu muammoni qanday yechayotganini aniqlash uchun 3 ta savol bo'lsin.


3. Sotuvda mijoz qayerda tiqilib qolayotganini topish:

Bizning [startap/mahsulot nomi] loyihamiz uchun to'liq Customer Journey Map (CJM) modelini ishlab chiq. Tahlilni 5 ta bosqichga bo'l: 1. Muammoni anglash, 2. Yechim qidirish, 3. Xarid, 4. Foydalanish, 5. Tavsiya qilish. Har bir bosqich uchun alohida ustunlar bilan jadval shaklida quyidagilarni yoz:
- Mijozning ushbu bosqichdagi maqsadi nima?
- Tegish nuqtalari (Touchpoints) qayerlar? (Ijtimoiy tarmoq, bot, sayt va h.k.)
- Uni jarayonni tashlab ketishga majbur qiladigan to'siqlar (Pain points) nima?
- Startapimiz mijozni keyingi bosqichga oson o'tkazishi uchun qanday imkoniyatlar bor?


Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
31🔥11
➡️ Agar siz Yoshlar texnoparkida muvaffaqiyatli startap ustida ishlayotgan bo‘lsangiz bu e’lon aynan siz uchun!

Yoshlar texnoparklarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan startap loyiha mualliflari “Singapur–O‘zbekiston kelajak ilm-fan yetakchilari dasturi” doirasidagi xorijiy ilmiy stajirovkalar tanlovida ishtirok etishlari mumkin.

📌 Stajirovka yo‘nalishlari:
• Muhandislik;
• Robototexnika;
• Sun’iy intellekt;
• Elektronika;
• Raqamli texnologiyalar;
• Ilg‘or materiallar va biomanufacturing;
• Kosmik texnologiyalar;
• Transport va logistika;
• Barqaror energetika;
• Molekulyar biologiya;
• Genomika;
• Immunologiya;
• Yuqumli kasalliklar;
• Bioinformatika;
• Oziq-ovqat fanlari;
• Nutritsiologiya;
• Bioprotsessing va boshqa zamonaviy ilmiy yo‘nalishlar.

🔵Stajirovka tili: ingliz tili
🔵Davomiyligi: 3 oy
🔵Stajirovka muddati: 2026–2027-yillar

➡️Hujjatlar internship.ilmiy.uz orqali 2026-yilning 30-iyul kuni soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi.

🤖 Murojaat uchun: @ilmiystajirovkabot

➡️ Batafsil
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔝 Siz startapchisiz va davlat tomonidan tashkil etiladigan quyidagi tanlov va dasturlarda ishtirok etishingiz mumkin:

Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi — iqtidorli yoshlarning istiqbolli g‘oyalarini aniqlash va rag‘batlantirish.
InnoX” biznes-inkubator dasturi — startaplarni dastlabki bosqichdan boshlab ekspertlar ko‘magida rivojlantirish.
Singapur–O‘zbekiston kelajak ilm-fan yetakchilari dasturi — Yoshlar texnoparki startapchilari uchun xorijiy ilmiy stajirovka.
IdeaFit 30” dasturi — startap g‘oyalarni shakllantirish va pre-inkubatsiyaga tayyorlash.

Dasturlarning boshlanish muddatlari va ro‘yxatdan o‘tish havolalari shu yerda e’lon qilinadi. Kanalni kuzatishda davom eting!

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
“IdeaFit 30” dasturidagi ilk darsimiz boshlandi! 👋
🔥1272
Naqd 2 soatli dars boʻldi 👀
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥42🔥2
StartUpper
Naqd 2 soatli dars boʻldi 👀
Siz:

- Darslar 2 soat davom etadigan;
- Mavzu toʻliq oʻrganiladigan;
- Har bir startapga individual fedbek beriladigan;
- Alohida mentor va koordinatorlari bor boʻlgan dasturda ishtirok etgan boʻlarmidingiz?

Ha, albatta -> ⚡️
Yoʻq -> 💔
24🔥6🤝43
⚡️ Qadrli yoshlar!

Bugun yurtimizda "Yoshlar kuni" keng nishonlanmoqda. Bu kun – yangicha fikrlaydigan, orzu va maqsad sari intilayotgan, Vatanimiz kelajagini bunyod etayotgan yoshlarimiz bayramidir.

“StartUpper” jamoasi sizlarni bugungi Yoshlar kuni bilan chin dildan tabriklaydi.
Sizlarga mustahkam sog'lik, katta muvaffaqiyatlar, yorqin kelajak tilaymiz!

Bayramingiz muborak bo'lsin!

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22
“Biz 2030-yilgacha iqtisodiyot hajmini 240 milliard dollardan oshirishni reja qilganmiz. Bunga erishish uchun barcha sohalarga yangi g‘oya olib kiradigan innovatsion startaplar kerak,

– dedi davlatimiz rahbari.

So‘nggi to‘qqiz yilda mahalliy startap ekotizimi 15 barobar o‘sib, 4 milliard dollardan oshdi. Venchur jamg‘armalar soni 23 taga, ularning umumiy kapitali 200 million dollarga yetdi. O‘tgan davrda 1 ming 200 dan ziyod istiqbolli startap loyihalar paydo bo‘ldi. Ayni yo‘nalishda 3 mingdan ziyod yoshlar yuqori daromad topyapti.

Ushbu yo‘nalishdagi ishlar xalqaro tashkilotlar tomonidan ham e’tirof etilmoqda. “Global startap indeksi”da O‘zbekiston 31 pog‘ona ko‘tarilib, dunyoda eng tez rivojlanayotgan startap ekotizimi, “2026-yil mamlakati” deb e’lon qilingani ham buning yaqqol isbotidir.

Hali bu sohada juda katta imkoniyatlar borligi ta’kidlandi. Endi har bir vazir, tarmoq rahbari va hokimlar “1 mingta masalaga – yoshlardan 1 mingta yechim” loyihasini ishga tushiradi.

Bunda har bir rahbar o‘z tizimidagi dolzarb muammolarni ochiq platformada joylashtirib, eng yaxshi yechimlar uchun mukofot e’lon qiladi. Buning uchun har bir vazir va hokim kamida 10 milliard so‘mlik venchur jamg‘arma tashkil etadi.

Ushbu mablag‘lar g‘oliblarni mukofotlash va 20 tadan eng yaxshi startapni g‘oyadan amaliyotgacha barcha bosqichlarni moliyalashtirishga sarflanadi.

Yoshlar agentligi biznes, AT, kreativ iqtisodiyot yo‘nalishida 100 ta eng yaxshi loyihani tanlab, ularga 1 milliard so‘mgacha investitsiya kiritadi.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
1
⚡️ Nukus Yoshlar texnoparkining “Aral Drive” jamoasi a’zosi Ayzada Asanovaga Prezident sovg‘asi topshirildi!

Bu kabi yuksak e’tibor yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning texnik ijodkorlik va muhandislik salohiyatini yanada yuzaga chiqarishda ulkan turtki bo‘ladi.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13🎉63
🔺 IMKON ACCELERATION dasturiga qabul boshlandi!

Agar siz MVPga ega startap ustida ishlayotgan bo‘lsangiz va uni keyingi bosqichga olib chiqmoqchi bo‘lsangiz, bu imkoniyat siz uchun.

Imkon Acceleration
- bu Imkon Ventures tomonidan boshqariladigan 12 haftalik dastur bo‘lib, ilk bosqichdagi startaplarni moliyalashtirishga tayyor, miqyosli biznesga aylantirishga qaratilgan.

Dastur davomida siz:
- Mahsulotingizni rivojlantirasiz;
- Savdo va marketingni tizimlashtirasiz;
- Investorlar uchun tayyorlanasiz;
- Demo Dayda o‘z startapingizni taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.


Arizalar qabuli: 10-iyulgacha
Ro‘yxatdan o'tish: https://acceleration.imkon.ventures/uz

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥321
🚀 “Qashqadaryo startap ligasi”ga arizalar qabuli boshlandi!

O‘z g‘oyangizni mentorlik, akseleratsiya va investitsiya orqali real biznesga aylantiring. 18–30 yoshdagi talabalar, yosh tadbirkorlar va ixtirochilar taklif etiladi.

Muddatlar (2026-yil):
1 – 15-iyul: Arizalar qabuli
16 – 30-iyul: OTM va tuman saralash bosqichlari
1 – 15-avgust: Viloyat finali
30-anvustgacha: G‘oliblarni taqdirlash

Ishtirok etish shartlari:
Yakka tartibda yoki 2–5 kishilik jamoada.
Kamida bitta asosiy a‘zo 18–30 yosh oralig‘ida bo'lishi shart.

Mukofot jamg'armasi — 150+ mln so'm:
1-o'rin: 50 mln so‘m
2-o'rin: 30 mln so‘m
3-o'rin: 20 mln so‘m
Maxsus nominatsiyalar (5 tagacha): 10 mln so‘mdan
Barcha finalchilarga elektron sertifikat beriladi.

Ustuvor yo‘nalishlar: IT va AI, Agrotex, Ta‘lim, Tibbiyot, Fintech, Govtech, Yashil texnologiyalar, Turizm, Sanoat va Logistika.


Arizani topshirish: https://tanlov.qashqadaryo.uz/ariza

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥1🤝1
Women in Tech Global Awards 2026 — STEM va texnologiyalar sohasidagi ayollar uchun xalqaro mukofotga arizalar qabuli boshlandi!

Tanlovda muhandislar, tadqiqotchilar, tadbirkorlar va loyiha rahbarlari ishtirok etishlari mumkin. Arizani mustaqil ravishda topshirishingiz yoki hamkasblar, jamoa yoxud hamjamiyat nomidan nomzod sifatida koʻrsatilishingiz mumkin.

➡️ Nomzodlar qanday baholanadi?

Baholash jarayonida sizning erishgan yutuqlaringiz, tajribangiz va amalga oshirgan ishlaringizning sohaga koʻrsatgan taʼsiri hisobga olinadi. Arizaga quyidagilarni ilova qilish muhim:
Rezyume (CV) va portfoliolar;
Loyihalar tavsifi;
Tavsiyanomalar.


⚫️Hujjat topshirishning soʻnggi muddati: 2026-yil 10-iyul
⚫️Aspiring Teen Award (Kelajagi porloq oʻsmir) nominatsiyasi uchun: ishtirokchilar 2005-yil va undan keyin tugʻilgan boʻlishlari shart.

Ariza topshirish: havola

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
“IdeaFit 30” dasturidagi ikkinchi dars boshlandi! 👋

Bu darsda mijozlarni topish boʻyicha eng “🥩” li ma’lumotlar berilmoqda
7🔥2
Nukusda agroloyihalar uchun akselerator: Biznesingizni rivojlantiring va 30 mln so‘m yutib oling!

Nukus yoshlar texnoparkida fermerlar, agrotadbirkorlar hamda qishloq xo‘jaligi sohasida innovatsion g‘oyaga ega jamoalar uchun oflayn-akselerator dasturi start olmoqda.

Atigi 1 oy ichida siz:
- Loyihani to‘g‘ri rivojlantirish va barqaror biznes-model yaratish;
- Mahsulotni bozorga muvaffaqiyatli olib chiqish;
- Tijoratlashtirish va sotuvlarni oshirish bo‘yicha eng muhim amaliy bilimlarni olasiz.
- Dastur yakunida eng kuchli jamoalar loyihasini rivojlantirish uchun 30 000 000 so‘m pul mukofotiga ega bo‘lishadi!


Dastur agroloyihasini yangi bosqichga olib chiqmoqchi bo‘lganlar yoki qishloq xo‘jaligi sohasida o‘z startapini yo‘lga qo‘yishni istaydigan barcha tashabbuskorlar uchun.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🇺🇸Startaplar uchun AQSh bozoriga chiqish dasturi

Texnologik startaplarni AQSh bozoriga kirishning huquqiy va soliq talablariga tayyorlash dasturi

Ishtirok etish shartlari:

• Loyihaning texnologik (tech) yo‘nalishda bo‘lishi.
• AQSh bozoriga chiqish aniq maqsad qilinganligi.

Beriladigan imkoniyatlar:

• Kompaniyani AQShda to‘g‘ri ro‘yxatdan o‘tkazish va biznes tuzilmasini tanlash.
• Federal va shtat darajasidagi soliq tizimi.
• Intellektual mulkni xalqaro darajada himoya qilish.
• Sinov tariqasida ("soft launch") va to‘liq bozorga kirish strategiyalari.


Ma’lumotlar va muddatlar:

Sana: 2026-yil 30-31-iyul
Joy: Toshkent sh., MOST C-Space Hub
Muddat: Arizalar 23-iyulgacha qabul qilinadi.
Saralash: Joylar cheklangan, ishtirokchilar anketalar asosida tanlanadi.

Ariza topshirish: forms.gle/fT61CqJTxnHuRrqT9

Bizni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Assalomu alaykum, qadrli startapchilar! 👋

Bugun sizlar bilan startaplarga oid eng muhim mavzulardan birini muhokama qilamiz, ya’ni startapda B2B va B2C sotuv yo‘nalishlari haqida gaplashamiz.

• Ular o‘rtasidagi asosiy farq nimada?
• Loyihangiz uchun qaysi modeldan foydalangan ma’qul?
• Eng muhimi, siz o‘z startapingizni aynan kimga sotishingiz kerak?
9
🚀 B2B yoki B2C: Startapingiz kimga sotasiz?

Agar siz B2B modelini tanlasangiz, korxona va tashkilotlarga sotasiz. Bu yerda savdo jarayoni uzoq va murakkab kechadi, chunki shartnoma bir nechta boʻlimlar roziligidan oʻtishi shart. Biroq, munosabatlar yirik qiymatli va uzoq muddatli hamkorlikka tayanadi. Marketingda esa faqat mantiq va biznes samaradorligi (ROI) rol oʻynaydi.

Agar B2C yoʻnalishini tanlasangiz, mahsulotni toʻgʻridan-toʻgʻri jismoniy shaxslarga sotasiz. Xarid jarayoni juda qisqa boʻlib, bitta odamning lahzali qarori bilan hal boʻladi. Munosabatlar koʻpincha qisqa muddatli boʻlgani uchun ommaviy marketingga urgʻu beriladi. Qaror qabul qilishda esa hissiyotlar, qulaylik va narx asosiy oʻrinda turadi.

Xulosa qilib aytganda, B2B modeli kamroq mijoz bilan yirik va barqaror shartnomalar tuzish imkonini beradi. Ommaviy va tezkor oʻsishni koʻzlagan startaplar uchun esa B2C qulayroq.


Sizning startapingiz qaysi modelni tanlagan? 👇

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥3
Biz ko‘p marta @startupper_uz kanali orqali ko‘plab pre-inkubatsiya va startap dasturlari, jumladan, g‘oyalarni saralash jarayonlari haqida gaplashgan edik. Ammo g‘oya qanchalik zo‘r bo‘lmasin, bozorni o‘rganmaslik uni barbod qilishi mumkin.

Bugun sizga dunyo startap ekotizimidagi eng qiziqarli keyslardan birini ulashmoqchiman. Ikki yigit sartaroshxona tizimidagi eskilikni ko‘rib, uni raqamlashtirishga qaror qilishadi. Ushbu startap yo‘li xatolar, tavakkal xaridlar va nihoyat, xalqaro muvaffaqiyat bilan to‘la bo‘ldi.

Biznesda maqsadli auditoriyani qayta belgilash (pivot) qanchalik muhimligini mana shu hikoya misolida ko‘rib chiqamiz.

👉 Maqolani o‘qish uchun: https://telegra.ph/Sartaroshlar-olamidagi-Uber-yoki-Squire-startapi-qanday-tugilgan-07-06

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
32