StartUpper
4.81K subscribers
1.38K photos
236 videos
11 files
1.18K links
🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.

Bog'lanish: @startupper_admin
Download Telegram
O‘zbekiston venchur fondlari: Kim qaysi sohaga pul tikadi?

Bugungi kunda mamlakatimizda 20 ta eng yirik venchur fondi faoliyat yuritmoqda va ular turli sohalarga (Fintex, IT, Tibbiyot, Agrotex) investitsiya kiritadi. Biz esa qaysi fond aynan qaysi yo‘nalishga investitsiya kiritishi haqida batafsil tahliliy ma’lumot tayyorladik.

To‘liq jadval bugun soat 20:00 da e’lon qilinadi.

🔝 Bildirishnomani yoqib qo‘ying.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
31
🤔 Fondlar qaysi sohalarga investitsiya kiritadi?

Startaplar uchun investor tanlashda adashmaslik va vaqtni tejash maqsadida, mamlakatimizdagi 20 ta yirik venchur fondining investitsiya yo‘nalishlari xaritasini taqdim etamiz.

Bozordagi fondlar yo‘nalishiga ko‘ra 4 guruhga bo‘linadi:

Universal (Barcha yo‘nalishlar): UzVC, Yoshlar Ventures, Sarmo, Imkon, DOMINO va Big Sky Capital.
Faqat IT va Fintex: Aloqa Ventures, Semurg', Uzcard Ventures, Avlod, AIS va Paynet fondlari.
Ko‘p tarmoqli (IT, Fintex + boshqa sohalar): Sturgeon Capital, Togo-x Capital (Agrotech, B2B, Healthtech) va IT Park Ventures (+Meditsina).
Tor ixtisoslashgan: Asaka Ventures (faqat farmatsevtika va meditsina) hamda YanGo Ventures (faqat Fintex va B2B).


Ma’lumotni saqlab qo‘ying va investor qidirayotgan hamkorlaringizga ulashing.


Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
42🔥2
IdeaFit 30” challenge-ga ro‘yxatdan o‘tish yakunlanishiga bor-yo‘g‘i 4 KUN qoldi!

💡Eslatib o‘tamiz: Dastur mutlaqo bepul, lekin joylar soni chegaralangan!

👉 Hozirroq ro‘yxatdan o‘ting va g‘oyangizni startapga aylantiring: @startupperuzbot

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
“Bo‘lajak olim” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Bugun, 20-iyun kuni Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi iqtidorli yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Bo‘lajak olim” ilmiy g‘oyalar tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi rahbariyati ishtirok etib, joriy yilning 20-fevralidan 30-apreliga qadar davom etgan bosqichda g‘olib bo‘lgan 11 nafar yoshga mukofotlarni topshirdi.

Tanlov yoshlarning ilm-fan, texnologiya va innovatsiya yo‘nalishlaridagi istiqbolli loyihalarini rag‘batlantirish hamda amaliyotga joriy etish maqsadida tashkil etildi.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
4
“BlackBerry” (2023)

Bugun kechki payt vaqtingiz bo‘lsa, bitta foydali film ko‘rishni tavsiya qilaman.

Hozir hamma iPhone yoki Samsung ishlatadi, lekin yaqin o‘tmishda dunyo biznesmenlari va vazirlari faqat bitta telefondan foydalangan — u ham bo‘lsa, BlackBerry. U bozor qiroli edi, lekin bir zumda yo‘q bo‘lib ketdi.

Men sizga tavsiya qilmoqchi kino esa, startapchi va biznesmenlar uchun tayyor dars bo‘la oladi. Chunki unda zo‘r mahsulot yaratib, uni sota olmaslik, biznes o‘sish tezligiga dosh berolmaslik va eng asosiysi — yangi raqibni (iPhone) pisand qilmay, bozorni butkul boy berish muammolari mukammal ko‘rsatilgan.

📺 Ko‘ring, xulosa qiling va fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍31💯1
IdeaFit 30” challenge-ga ro‘yxatdan o‘tish yakunlanishiga bor-yo‘g‘i 3 KUN qoldi!

Eslatib o‘tamiz: Dastur mutlaqo bepul, lekin joylar soni chegaralangan!

👉 Hozirroq ro‘yxatdan o‘ting va g‘oyangizni startapga aylantiring: @startupperuzbot

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
5👍2🤝2
❗️❗️❗️❗️

G‘oyadan startapgacha! ⚡️

Techstars Startup Weekend Nukus Ideathon tadbirida startap loyihalarni amalga oshirishda yordam beradigan eng kuchli ekspertlar bilan tanishing!

Bu siz uchun o‘z g‘oyangizni startap, AI, FinTech, marketing va dasturlash sohalaridagi yetakchi mutaxassislar bilan birga sinovdan o‘tkazish uchun ajoyib imkoniyatdir.

🔗 Mentorlarning to‘liq ro‘yxati

🥇 Sovrin jamg‘armasi: 30 million so‘m.
📆 Sana: 26–28 iyun.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3❤‍🔥21
🚑 Sun’iy intellekt tibbiy javoblar aniqligini keskin oshirdi

OpenAI hisobotiga ko‘ra, sun’iy intellekt tibbiy maslahatlarda sezilarli darajada aniqroq ishlamoqda. Bu natijaga 60 mamlakatdan 260 nafar shifokor 700 mingdan ortiq javobni tekshirib chiqishi orqali erishildi.

Ayni damda foydalanuvchilar uchun bepul bo‘lgan GPT-5.5 Instant modeli haftasiga 230 million tibbiy savolni qayta ishlamoqda. Biroq, aniqlik bo‘yicha bu ma’lumotlar OpenAI’ning o‘zi tomonidan taqdim etilgan va hali mustaqil klinik sinovlardan o‘tmagan.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥62