StartUpper
4.81K subscribers
1.38K photos
236 videos
11 files
1.18K links
🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.

Bog'lanish: @startupper_admin
Download Telegram
StartUpper
Video message
❗️‼️

Startapi bor yoshlar eshiting!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
542
🔝 G‘oyadan Inkubatorgacha — 30 Kunda!

Startap ekotizim va hududiy rivojlanish boshqarmasi “IdeaFit 30” 30 kunlik onlayn intensiv dasturi uchun arizalar qabulini ochiq deb e’lon qiladi!

Dastur nimalarni taqdim etadi?

30 kunlik onlayn intensiv: Haftada 2 marta onlayn dars va faqat amaliy vazifalar.
Mentor va 3 ta koordinator: Ekspertdan aniq yo‘nalish, koordinatorlardan esa kontent, texnika va intizom bo‘yicha kunlik ko‘mak.
Trello orqali tekshiruv: Har bir jamoaning topshiriqlari Trello platformasida ochiq-oydin tekshirib boriladi.
Inkubatsiyaga tayyorlash: G‘oyangizni real bozor filtri (CustDev, Lean Canvas, MVP) orqali professional startap darajasiga olib chiqish.


- Qabul soni: Saralangan maxsus 20 nafar ishtirokchi
- Ishtirok etish: Mutlaqo BEPUL (Saralash asosida)

Ro‘yxatdan o‘tish:
@startupperuzbot
(Ariza topshirish bo‘limi orqali)

⏱️ Arizalar qabul qilish muddati 24-iyunga qadar!

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
176
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
5🔥3❤‍🔥2👍22
StartUpper
Video message
Bor yoʻgʻi 20 ta ishtirokchi qabul qilinadi!

Sizni dasturda koʻrishni xohlaymiz 😉
55❤‍🔥2
StartUpper pinned a photo
Gooooolllllllllll
🔥84
🔥🔥🔥🔥
🔥31
Gazini boossss Abboossss
😁12🔥83
StartUpper
🔝 G‘oyadan Inkubatorgacha — 30 Kunda! Startap ekotizim va hududiy rivojlanish boshqarmasi “IdeaFit 30” 30 kunlik onlayn intensiv dasturi uchun arizalar qabulini ochiq deb e’lon qiladi! Dastur nimalarni taqdim etadi? 30 kunlik onlayn intensiv: Haftada…
Chiroyli o‘yin bo‘ldi, yigitlar borini berishdi. Endi esa ishga qaytamiz! 🔥

Startaplar oqimi to‘xtamayapti: oxirgi 12 soat ichida 200 ga yaqin ariza kelib tushdi! Qabul yopilishiga esa 6 kun qoldi.

Arizangizni topshirishga ulgurib qoling👉@startupperuzbot

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥951👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz terma jamoamizning ruhini ko‘tardi:
"Futbolchilarimiz juda katta tajribali jamoaga qarshi kuchli xarakterini ko‘rsatdi. Biz uchun birinchi jahon chempionatida birinchi golimiz - bu ham g‘alaba".


Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
❤‍🔥136🔥4
IdeaFit 30” challenge-ga ro‘yxatdan o‘tish yakunlanishiga bor-yo‘g‘i 6 KUN qoldi!

💡Eslatib o‘tamiz: Dastur mutlaqo bepul, lekin joylar soni chegaralangan!

👉 Hozirroq ro‘yxatdan o‘ting va g‘oyangizni startapga aylantiring: @startupperuzbot

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda!

Yurtimiz oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan mazkur tanlovning final bosqichi bolib otmoqda.

Joriy yilning 25-mayidan 23-iyuniga qadar davom etadigan jarayonlarda respublika miqyosida 94 ta universitetning 282 ta eng sara va innovatsion loyihasi qatnashmoqda.

Tanlov yakuniga ko‘ra, g‘olib deb topilgan ishtirokchilar oliygohlarning maxsus jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan munosib ravishda moliyaviy rag‘batlantiriladi. Shuningdek, eng istiqbolli loyihalar investorlar e’tiboriga havola etilib, inkubatsiya dasturlariga yo‘naltiriladi.

Barcha yosh innovatorlarimizga respublika bosqichida muvaffaqiyat tilaymiz!

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_texnoparklari

🔵 Qarshi Yoshlar Texnoparkida “Ideaton” tanlovi bo‘lib o‘tadi

Qarshi Yoshlar Texnoparki innovatsion g‘oyaga ega yoshlar va tadbirkorlar uchun “Ideaton” tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda ishtirokchilar o‘z loyihalarini mutaxassislar hamda investorlar oldida namoyish etishlari mumkin.

Tadbir 24-iyun kuni soat 10:00 da Qarshi Yoshlar Texnoparki binosida boshlanadi.

Tanlov yo‘nalishlari:

- IT va raqamli texnologiyalar;
- Agrotexnologiyalar va oziq-ovqat;
- Startap va biznes g‘oyalar;
- Yashil iqtisodiyot va ekologiya;
- Hududiy muammolarga innovatsion yechimlar;
- Ayollar tadbirkorligi.


Ishtirokchilar mentorlar tavsiyalariga ega bo‘lishadi va investorlar bilan hamkorlik o‘rnatish imkoniyatini qo‘lga kiritishadi. Eng yaxshi g‘oya mualliflari esa qimmatbaho sovrinlar hamda sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
32
O‘zbekiston venchur fondlari: Kim qaysi sohaga pul tikadi?

Bugungi kunda mamlakatimizda 20 ta eng yirik venchur fondi faoliyat yuritmoqda va ular turli sohalarga (Fintex, IT, Tibbiyot, Agrotex) investitsiya kiritadi. Biz esa qaysi fond aynan qaysi yo‘nalishga investitsiya kiritishi haqida batafsil tahliliy ma’lumot tayyorladik.

To‘liq jadval bugun soat 20:00 da e’lon qilinadi.

🔝 Bildirishnomani yoqib qo‘ying.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
31
🤔 Fondlar qaysi sohalarga investitsiya kiritadi?

Startaplar uchun investor tanlashda adashmaslik va vaqtni tejash maqsadida, mamlakatimizdagi 20 ta yirik venchur fondining investitsiya yo‘nalishlari xaritasini taqdim etamiz.

Bozordagi fondlar yo‘nalishiga ko‘ra 4 guruhga bo‘linadi:

Universal (Barcha yo‘nalishlar): UzVC, Yoshlar Ventures, Sarmo, Imkon, DOMINO va Big Sky Capital.
Faqat IT va Fintex: Aloqa Ventures, Semurg', Uzcard Ventures, Avlod, AIS va Paynet fondlari.
Ko‘p tarmoqli (IT, Fintex + boshqa sohalar): Sturgeon Capital, Togo-x Capital (Agrotech, B2B, Healthtech) va IT Park Ventures (+Meditsina).
Tor ixtisoslashgan: Asaka Ventures (faqat farmatsevtika va meditsina) hamda YanGo Ventures (faqat Fintex va B2B).


Ma’lumotni saqlab qo‘ying va investor qidirayotgan hamkorlaringizga ulashing.


Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
42🔥2
IdeaFit 30” challenge-ga ro‘yxatdan o‘tish yakunlanishiga bor-yo‘g‘i 4 KUN qoldi!

💡Eslatib o‘tamiz: Dastur mutlaqo bepul, lekin joylar soni chegaralangan!

👉 Hozirroq ro‘yxatdan o‘ting va g‘oyangizni startapga aylantiring: @startupperuzbot

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
“Bo‘lajak olim” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Bugun, 20-iyun kuni Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi iqtidorli yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Bo‘lajak olim” ilmiy g‘oyalar tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi rahbariyati ishtirok etib, joriy yilning 20-fevralidan 30-apreliga qadar davom etgan bosqichda g‘olib bo‘lgan 11 nafar yoshga mukofotlarni topshirdi.

Tanlov yoshlarning ilm-fan, texnologiya va innovatsiya yo‘nalishlaridagi istiqbolli loyihalarini rag‘batlantirish hamda amaliyotga joriy etish maqsadida tashkil etildi.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
4