Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi g‘olibi Mashhura Ikromova uylar va kichik ofislar uchun Smart Load Monitoring System loyihasini ishlab chiqdi.
IoT va sun’iy intellektga asoslangan ushbu tizim elektr iste'molini real vaqtda kuzatish, qurilmalarni masofadan boshqarish va ortiqcha yuklamalardan ogohlantirish imkonini beradi. Shuningdek, dastur smart-tahlil orqali energiya tejash bo‘yicha avtomatik tavsiyalar shakllantiradi.
Yangi raqamli yechim iste'molchilarga energiya sarfini optimallashtirish orqali elektr xarajatlarini kamaytirish hamda xavfsiz boshqaruv muhitini yaratishga xizmat qiladi.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7 6🤣3❤🔥1👍1
01. Notion AI — Loyihaning barcha rejalari, hujjatlari va vazifalarini bir joyda yig'ib, tizimlashtiradi.
02. Gamma App — Investorlarga taqdim etish uchun bir necha soniyada tayyor Pitch Deck (prezentatsiya) tuzadi.
03. Perplexity AI — Bozordagi raqobatchilarni tahlil qiladi va aniq manbalar bilan ma'lumot qidiradi.
04. Midjourney — Mahsulot va marketing uchun professional vizual kontent hamda rasmlarni generatsiya qiladi.
05. Decktopus — Biznes takliflar (proposal) va startapning moliyaviy hisobotlarini tayyorlashni avtomatlashtiradi.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dyson Buyuk Britaniyada qishloq xo‘jaligini tubdan o‘zgartiradigan yuqori texnologiyali issiqxonalarni ishga tushirdi. Bu yerda qulupnaylar joy va quyosh nurini tejash uchun xuddi charxpalak kabi aylanadigan 5,5 metrli vertikal konstruksiyalarda o‘stirilmoqda.
Xo‘sh, tizim qanday ishlaydi? Aqlli datchiklar va sun’iy intellekt (AI) dasturlari o‘simliklar muhitini uzluksiz optimallashtiradi, hosildorlikni oshiradi hamda hosilni yig‘ish va ekinlarni himoya qilish jarayonlarini avtomatlashtiradi. Dyson’ning ushbu loyihasi robototexnika va sun’iy intellekt an’anaviy tarmoqlarga jadal kirib, infratuzilma hamda ishlab chiqarish bilan qanchalik uyg‘unlashib borayotganiga yaqqol namuna hisoblanadi.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1 1
Dastur davomida ishtirokchilarga:
✅ Innovatsion g‘oyani to‘g‘ri tanlash va shakllantirish;✅ G‘oyani loyiha darajasiga yetkazish;✅ Loyiha prototipi va MVP ishlab chiqish;✅ Turli tanlov va grantlar uchun loyiha arizalarini tayyorlash;✅ Loyiha taqdimotini shakllantirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatiladi.
Dasturda ishtirok etish mutlaqo bepul!
- Dasturda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan, innovatsion g‘oyaga ega yoshlar ishtirok etishlari mumkin.
- Arizalar 20-iyun kuniga qadar qabul qilinadi.
- Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola orqali ariza qoldiring.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍3
#diqqat_tanlov
❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️
“Kelajak muhandislari” startap akseleratsiya dasturi ishtirokchilarining innovatsion ishlanmalarini dastlabki prototip holatiga keltirish jarayonini moliyalashtirish maqsadida 2026-yilda “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida ilmiy g‘oyalar tanlovida ishtirok eting!
Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan asosiy talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
- Yoshi, ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qat’iy nazar 40 yoshdan oshmasligi;
- Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi tomonidan tashkil etilgan akseleratsiya dasturi ishtirokchisi yoki dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan bo‘lishi;
- 1 nafar ishtirokchi faqat 1 ta loyiha bilan qatnashishi lozim.
❗️Eslatma: Arizalar 2026-yilning 25-iyunidan 25-iyul kuni soat 23:59 ga qadar startup.ilmiy.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.
🌐 Batafsil

Topshiriladigan ilmiy g‘oyalarga qo‘yiladigan talablar:
- Ilmiy dalil, muammo, faraz, nazariya turli fan sohalarining asosiy tamoyillari, ustuvor qoidalari asosida ishlab chiqilgan loyiha bo‘lishi;
- Jamiyat va iqtisodiyotdagi ma’lum bir muammoning yechimiga qaratilgan bo‘lishi;
- Ilmiy g‘oyani amalga oshirish uchun talab etiladigan mablag‘lar aniq va asoslangan hisob-kitob qilingan bo‘lishi;
- Ilmiy g‘oyaning aniq amalga oshirish mexanizmlari, muddati va dastlabki natijalari ko‘rsatilgan bo‘lishi;
- Amalga oshirishning eng ko‘p muddati 1 yilgacha bo‘lishi;
- So‘raladigan mablag‘ miqdori bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 400 baravarigacha bo‘lishi zarur;
- Ajratilgan mablag‘lar doirasida muallif va ijrochilarga oylik maosh (ish haqi) ko‘rsatish mumkin emas;
- G‘olib loyihalar doirasida maket va (yoki) prototip yaratilib, uning bir birlik namunasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi koʻrgazmalar zaliga (show-room) joylashtirilishi shart;
- Materiallar ishonchli va ko‘chirmachilikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmagan bo‘lishi lozim (ma’lumotlar haqqoniyligi va kutilayotgan natijalarning sifatli bajarilishiga loyiha rahbari shaxsan javobgar).
❗️Eslatma: Arizalar 2026-yilning 25-iyunidan 25-iyul kuni soat 23:59 ga qadar startup.ilmiy.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
🔥 Bugun 20:00 da — Yangi interaktiv o‘yin!
Bugun startap qurishda duch kelinadigan eng qiyin va bahsli strategik tanlovlarni o‘rtaga tashlaymiz.
❗️ Soat 20:00 da o‘yin kanalda e’lon qilinadi. Bildirishnomani (notification) yoqib qo‘ying, kech qolmang!
Bugun startap qurishda duch kelinadigan eng qiyin va bahsli strategik tanlovlarni o‘rtaga tashlaymiz.
Ssenariy oddiy: Biz keysni tashlaymiz, siz esa eng to‘g‘ri deb bilgan yo‘lingizni tanlab, sababini kommentda ko‘rsatasiz.
❗️ Soat 20:00 da o‘yin kanalda e’lon qilinadi. Bildirishnomani (notification) yoqib qo‘ying, kech qolmang!
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
🔥3 3
StartUpper
🔥 Bugun 20:00 da — Yangi interaktiv o‘yin! Bugun startap qurishda duch kelinadigan eng qiyin va bahsli strategik tanlovlarni o‘rtaga tashlaymiz. Ssenariy oddiy: Biz keysni tashlaymiz, siz esa eng to‘g‘ri deb bilgan yo‘lingizni tanlab, sababini kommentda…
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
26-iyundan 28-iyunga qadar Nukus shahri Techstars Startup Weekend Nukus Ideathon loyihasiga mezbonlik qiladi.
Atigi 54 soat ichida siz:
- Kuchli jamoa to‘plab, mahsulotingizning ilk namunasini (MVP) yaratasiz;
- Techstars metodologiyasi asosida gipotezalarni test qilish va biznes-model tuzish bo‘yicha amaliy vorkshoplarda qatnashasiz;
- Yetakchi ekspertlardan (AI, IT, biznes va marketing yo‘nalishlarida) bevosita mentorlik maslahatlarini olasiz;
- Tayyor mahsulotingizni yirik investorlar oldida himoya qilasiz (Pitching);
- 30 000 000 so‘mlik mukofot jamg‘armasi uchun kurashasiz!
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5
Andijonda “Investorlar kuni” tadbiri o‘tkazildi
Andijon davlat pedagogika instituti hamda Andijon Yoshlar texnoparki hamkorligida innovatsion g‘oyalar va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Investorlar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda yoshlar, talabalar va startap jamoalari o‘zlarining innovatsion ishlanmalari hamda biznes loyihalarini investorlar va soha ekspertlariga taqdim etdilar. Ishtirokchilar loyihalarning iqtisodiy samaradorligi, bozor salohiyati va kelgusidagi rivojlanish istiqbollari yuzasidan ma’lumot berib, mutaxassislarning tavsiya va takliflarini oldilar.
🌐 Batafsil
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2