StartUpper
4.8K subscribers
1.38K photos
236 videos
11 files
1.18K links
🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.

Bog'lanish: @startupper_admin
Download Telegram
StartUpper
🔺 “InnoX” biznes inkubatori imkoniyatlari bo‘yicha ovozli chat! Ertaga, 10-iyun kuni soat 20:00 da Startap ekotizim va hududiy rivojlanish boshqarmasining telegramdagi rasmiy kanalida onlayn seminar va ovozli chat o‘tkaziladi. Ovozli chat “InnoX” biznes…
Ovozli chatga 5 soat qoldi!

O‘z g‘oyangizni startap loyihaga aylantirmoqchisiz, lekin nimadan boshlashni bilmayapsizmi?

Unda bugungi ovozli chatni o‘tkazib yubormang!

Bugun | Soat 20:00 da

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3❤‍🔥21👍1
StartUpper
🔺 “InnoX” biznes inkubatori imkoniyatlari bo‘yicha ovozli chat! Ertaga, 10-iyun kuni soat 20:00 da Startap ekotizim va hududiy rivojlanish boshqarmasining telegramdagi rasmiy kanalida onlayn seminar va ovozli chat o‘tkaziladi. Ovozli chat “InnoX” biznes…
1 soat qoldi!

“InnoX” biznes inkubatori loyihalarni qanday saralab oladi? Yoshlar va startapchilar uchun qanday qo‘llab-quvvatlash tizimlari mavjud?

Barcha savollarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, jonli efirda javob olish imkoniyatini boy bermang.

🔔 Eslatma o‘rnatib qo‘ying: Soat 20:00 da @startupper_uz kanalida uchrashamiz!

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
31
Live stream started
Savollaringiz yozib qoldiring
Live stream finished (52 minutes)
Dars yoqdimi?

Fikrlaringizni yozib qoldiring
6👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Qarshida elektr sarfini nazorat qiluvchi smart tizim yaratildi

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi g‘olibi Mashhura Ikromova uylar va kichik ofislar uchun Smart Load Monitoring System loyihasini ishlab chiqdi.

IoT va sun’iy intellektga asoslangan ushbu tizim elektr iste'molini real vaqtda kuzatish, qurilmalarni masofadan boshqarish va ortiqcha yuklamalardan ogohlantirish imkonini beradi. Shuningdek, dastur smart-tahlil orqali energiya tejash bo‘yicha avtomatik tavsiyalar shakllantiradi.

Yangi raqamli yechim iste'molchilarga energiya sarfini optimallashtirish orqali elektr xarajatlarini kamaytirish hamda xavfsiz boshqaruv muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
76🤣3❤‍🔥1👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
32
🚀 Startapingizni 10x tezlashtiradigan Top 5 AI

01. Notion AI — Loyihaning barcha rejalari, hujjatlari va vazifalarini bir joyda yig'ib, tizimlashtiradi.

02. Gamma App — Investorlarga taqdim etish uchun bir necha soniyada tayyor Pitch Deck (prezentatsiya) tuzadi.

03. Perplexity AI — Bozordagi raqobatchilarni tahlil qiladi va aniq manbalar bilan ma'lumot qidiradi.

04. Midjourney — Mahsulot va marketing uchun professional vizual kontent hamda rasmlarni generatsiya qiladi.

05. Decktopus — Biznes takliflar (proposal) va startapning moliyaviy hisobotlarini tayyorlashni avtomatlashtiradi.

📥 Postni yo'qotib qo'ymaslik uchun saqlab oling va startapchi do'stlaringizga ulashing!

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🍓 Endi fermerlarga hojat qolmaydimi? Dyson qulupnay yetishtirishni robotlarga topshirdi

Dyson
Buyuk Britaniyada qishloq xo‘jaligini tubdan o‘zgartiradigan yuqori texnologiyali issiqxonalarni ishga tushirdi. Bu yerda qulupnaylar joy va quyosh nurini tejash uchun xuddi charxpalak kabi aylanadigan 5,5 metrli vertikal konstruksiyalarda o‘stirilmoqda.

Xo‘sh, tizim qanday ishlaydi?
Aqlli datchiklar va sun’iy intellekt (AI) dasturlari o‘simliklar muhitini uzluksiz optimallashtiradi, hosildorlikni oshiradi hamda hosilni yig‘ish va ekinlarni himoya qilish jarayonlarini avtomatlashtiradi. Dyson’ning ushbu loyihasi robototexnika va sun’iy intellekt an’anaviy tarmoqlarga jadal kirib, infratuzilma hamda ishlab chiqarish bilan qanchalik uyg‘unlashib borayotganiga yaqqol namuna hisoblanadi.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥11
🚀 InnoX biznes-inkubator va akselerator dasturining 10-mavsumi uchun qabul boshlandi!

Dastur davomida ishtirokchilarga:


Innovatsion g‘oyani to‘g‘ri tanlash va shakllantirish;
G‘oyani loyiha darajasiga yetkazish;
Loyiha prototipi va MVP ishlab chiqish;
Turli tanlov va grantlar uchun loyiha arizalarini tayyorlash;
Loyiha taqdimotini shakllantirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatiladi.


Dasturda ishtirok etish mutlaqo bepul!

- Dasturda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan, innovatsion g‘oyaga ega yoshlar ishtirok etishlari mumkin.
- Arizalar 20-iyun kuniga qadar qabul qilinadi.
- Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola orqali ariza qoldiring.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3
#diqqat_tanlov

❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️

“Kelajak muhandislari” startap akseleratsiya dasturi ishtirokchilarining innovatsion ishlanmalarini dastlabki prototip holatiga keltirish jarayonini moliyalashtirish maqsadida 2026-yilda “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida ilmiy g‘oyalar tanlovida ishtirok eting!

Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan asosiy talablar:

- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
- Yoshi, ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qat’iy nazar 40 yoshdan oshmasligi;
- Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi tomonidan tashkil etilgan akseleratsiya dasturi ishtirokchisi yoki dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan bo‘lishi;
- 1 nafar ishtirokchi faqat 1 ta loyiha bilan qatnashishi lozim.

Topshiriladigan ilmiy g‘oyalarga qo‘yiladigan talablar:

- Ilmiy dalil, muammo, faraz, nazariya turli fan sohalarining asosiy tamoyillari, ustuvor qoidalari asosida ishlab chiqilgan loyiha bo‘lishi;
- Jamiyat va iqtisodiyotdagi ma’lum bir muammoning yechimiga qaratilgan bo‘lishi;
- Ilmiy g‘oyani amalga oshirish uchun talab etiladigan mablag‘lar aniq va asoslangan hisob-kitob qilingan bo‘lishi;
- Ilmiy g‘oyaning aniq amalga oshirish mexanizmlari, muddati va dastlabki natijalari ko‘rsatilgan bo‘lishi;
- Amalga oshirishning eng ko‘p muddati 1 yilgacha bo‘lishi;
- So‘raladigan mablag‘ miqdori bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 400 baravarigacha bo‘lishi zarur;
- Ajratilgan mablag‘lar doirasida muallif va ijrochilarga oylik maosh (ish haqi) ko‘rsatish mumkin emas;
- G‘olib loyihalar doirasida maket va (yoki) prototip yaratilib, uning bir birlik namunasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi koʻrgazmalar zaliga (show-room) joylashtirilishi shart;
- Materiallar ishonchli va ko‘chirmachilikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmagan bo‘lishi lozim (ma’lumotlar haqqoniyligi va kutilayotgan natijalarning sifatli bajarilishiga loyiha rahbari shaxsan javobgar).


❗️Eslatma: Arizalar 2026-yilning 25-iyunidan 25-iyul kuni soat 23:59 ga qadar startup.ilmiy.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

🌐 Batafsil

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
🔥 Bugun 20:00 da — Yangi interaktiv o‘yin!

Bugun startap qurishda duch kelinadigan eng qiyin va bahsli strategik tanlovlarni o‘rtaga tashlaymiz.

Ssenariy oddiy: Biz keysni tashlaymiz, siz esa eng to‘g‘ri deb bilgan yo‘lingizni tanlab, sababini kommentda ko‘rsatasiz.


❗️ Soat 20:00 da o‘yin kanalda e’lon qilinadi. Bildirishnomani (notification) yoqib qo‘ying, kech qolmang!

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
🔥33
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM