StartUpper
4.8K subscribers
1.38K photos
236 videos
11 files
1.18K links
🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.

Bog'lanish: @startupper_admin
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 60 kun ichida g‘oyadan real hardver startapigacha!

Hardver (qurilmalar va texnika ishlanmalar) yo‘nalishidagi loyihalar uchun akseleratsiya dasturiga arizalar qabuli boshlandi. Dastur Innotexnopark bazasida tashkil etiladi.

60 kunda 40 ta ishtirokchining 40 ta g‘oyasini 40 ta tayyor startapga aylantirish.
Mahsulotni yaratish, sinovdan o‘tkazish va ilk sotuv bosqichiga olib chiqish.
Mentor va trekerlar bilan individual ishlash.
Loyihalar uchun 100 mln so‘mgacha mablag‘ ajratiladi.

Arizalar qabuli: 8-iyundan 15-iyungacha

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://apply.yito.uz/

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
42🔥2
Farg‘onada “Startaplar kuni” bo‘lib o‘tdi

Avval, xabar berganimizdek Farg‘ona yoshlar texnoparkida o‘tgan “Startaplar kuni”da hududdagi oliy, professional va xususiy ta’lim muassasalaridan 80 dan ortiq vakillar hamda yosh startapchilar qatnashdi.

Ishtirokchilar IT, ta’lim, ekologiya, qishloq xo‘jaligi, sanoat va ijtimoiy yo‘nalishlardagi loyihalarini investor hamda ekspertlarga taqdim etib, ularni tijoratlashtirish bo‘yicha tavsiyalar olishdi. Tadbirkorlar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan tadbir yakunida faol qatnashchilarga sertifikatlar topshirildi.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
🔺 “InnoX” biznes inkubatori imkoniyatlari bo‘yicha ovozli chat!

Ertaga, 10-iyun kuni soat 20:00 da Startap ekotizim va hududiy rivojlanish boshqarmasining telegramdagi rasmiy kanalida onlayn seminar va ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat “InnoX” biznes inkubatorining dasturi, unda ishtirok etish tartibi, yoshlar va startapchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda loyihalarni saralab olish bosqichlari bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

Unda Innovatsion rivojlanish agentligi mutaxassisi Rustamjon Madrimov ishtirok etadi va ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob beriladi.

Ovozli chat manzili: 👉 https://t.me/startupper_uz

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
53👍3🔥1🎉1
Live stream scheduled for
🔺 Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi ochildi

“Qarshi yoshlar texnoparki” qoshida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi (TIQQM) o‘z faoliyatini boshladi.

Markazda quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi:

Patent-axborot xizmatlari: Jahonning yetakchi ilmiy-texnik va patent ma’lumotlar bazalaridan bepul foydalanish.
Huquqiy maslahatlar: Patentlash, foydali model, sanoat namunasi va tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha bepul ko‘mak.
Tijoratlashtirish xizmatlari: Innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish, litsenziyalash va bozorga olib chiqish bo‘yicha amaliy yordam.
Zamonaviy infratuzilma: Yuqori tezlikdagi internet, kompyuterlar va qulay ish muhiti.

📞 Murojaat uchun: +998 75 230 10 96

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
StartUpper
🔺 “InnoX” biznes inkubatori imkoniyatlari bo‘yicha ovozli chat! Ertaga, 10-iyun kuni soat 20:00 da Startap ekotizim va hududiy rivojlanish boshqarmasining telegramdagi rasmiy kanalida onlayn seminar va ovozli chat o‘tkaziladi. Ovozli chat “InnoX” biznes…
Ovozli chatga 5 soat qoldi!

O‘z g‘oyangizni startap loyihaga aylantirmoqchisiz, lekin nimadan boshlashni bilmayapsizmi?

Unda bugungi ovozli chatni o‘tkazib yubormang!

Bugun | Soat 20:00 da

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3❤‍🔥21👍1
StartUpper
🔺 “InnoX” biznes inkubatori imkoniyatlari bo‘yicha ovozli chat! Ertaga, 10-iyun kuni soat 20:00 da Startap ekotizim va hududiy rivojlanish boshqarmasining telegramdagi rasmiy kanalida onlayn seminar va ovozli chat o‘tkaziladi. Ovozli chat “InnoX” biznes…
1 soat qoldi!

“InnoX” biznes inkubatori loyihalarni qanday saralab oladi? Yoshlar va startapchilar uchun qanday qo‘llab-quvvatlash tizimlari mavjud?

Barcha savollarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, jonli efirda javob olish imkoniyatini boy bermang.

🔔 Eslatma o‘rnatib qo‘ying: Soat 20:00 da @startupper_uz kanalida uchrashamiz!

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
31
Live stream started
Savollaringiz yozib qoldiring
Live stream finished (52 minutes)
Dars yoqdimi?

Fikrlaringizni yozib qoldiring
6👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Qarshida elektr sarfini nazorat qiluvchi smart tizim yaratildi

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi g‘olibi Mashhura Ikromova uylar va kichik ofislar uchun Smart Load Monitoring System loyihasini ishlab chiqdi.

IoT va sun’iy intellektga asoslangan ushbu tizim elektr iste'molini real vaqtda kuzatish, qurilmalarni masofadan boshqarish va ortiqcha yuklamalardan ogohlantirish imkonini beradi. Shuningdek, dastur smart-tahlil orqali energiya tejash bo‘yicha avtomatik tavsiyalar shakllantiradi.

Yangi raqamli yechim iste'molchilarga energiya sarfini optimallashtirish orqali elektr xarajatlarini kamaytirish hamda xavfsiz boshqaruv muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
76🤣3❤‍🔥1👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
32
🚀 Startapingizni 10x tezlashtiradigan Top 5 AI

01. Notion AI — Loyihaning barcha rejalari, hujjatlari va vazifalarini bir joyda yig'ib, tizimlashtiradi.

02. Gamma App — Investorlarga taqdim etish uchun bir necha soniyada tayyor Pitch Deck (prezentatsiya) tuzadi.

03. Perplexity AI — Bozordagi raqobatchilarni tahlil qiladi va aniq manbalar bilan ma'lumot qidiradi.

04. Midjourney — Mahsulot va marketing uchun professional vizual kontent hamda rasmlarni generatsiya qiladi.

05. Decktopus — Biznes takliflar (proposal) va startapning moliyaviy hisobotlarini tayyorlashni avtomatlashtiradi.

📥 Postni yo'qotib qo'ymaslik uchun saqlab oling va startapchi do'stlaringizga ulashing!

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10