StartUpper
4.79K subscribers
1.38K photos
238 videos
11 files
1.18K links
🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.

Bog'lanish: @startupper_admin
Download Telegram
⚡️ Eco Expo Central Asia 2026: Nukus Yoshlar texnoparki a’zosidan yirik yutuq!

Joriy yilning 2–4-iyun kunlari Samarqand shahrida dunyoning 30 dan ortiq mamlakatidan kelgan ekspert va innovatorlarni jamlagan “Eco Expo Central Asia 2026” xalqaro ko‘kalamzorlashtirish va ekologiya ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida o‘tkazilgan innovatsion loyihalar tanlovida Nukus Yoshlar texnoparki a’zosi hamda “InnoX” biznes-inkubatori bitiruvchisi Shaxida Qarlibayeva muvaffaqiyatli ishtirok etdi. U o‘zining ekologik “Ecopots” loyihasi bilan faxrli 2-o‘rinni egalladi.

Ushbu yashil startap tashabbusini hayotga tatbiq etish va rivojlantirish uchun 125 000 000 so‘m miqdorida maqsadli moliyalashtirish mablag‘i ajratildi.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
531
#Yoshlar_texnoparklari

🔝 Surxondaryoda “Startaplar kuni!”

Surxondaryo viloyatida tayyor g‘oya, ishlanma yoki yangi mahsulot bosqichidagi startap loyihalarni mutaxassislar va investorlarga ko‘rsatish hamda ularni rivojlantirish uchun “Startaplar kuni!” o‘tkazilmoqda.

Imkoniyatlar:
- Loyiha, mahsulot yoki prototipni investor va mutaxassislarga taqdimot qilish;
- Tajribali ekspertlardan professional tavsiyalar va xulosalar olish;
- Loyihani amaliyotga joriy etish hamda hamkorlar bilan netvorking.

Ma‘lumotlar:
Sana: Har oyning birinchi payshanba kuni, soat 10:00 da
Manzil: Termiz yoshlar texnoparki DM
Ro‘yxatdan o‘tish: Havola
Aloqa: +998 (97) 535-70-10, +998 (90) 226-00-11

Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
42🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2026

Kelajakni o‘zgartiradigan innovatsiyalar qanday bo‘lishi kerak?


Bu savolga javobni eng yirik xalqaro innovatsiyalar haftaligi — InnoWeek–2026 da topasiz.

🟡 “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” mavzusida bo‘lib o‘tadigan xalqaro haftalik yetakchi olimlar, innovatorlar, startapchilar, investorlar va biznes hamjamiyatini bir maydonda jamlaydi.

Bu yerda siz:
🔤eng so‘nggi innovatsion ishlanmalar bilan tanishasiz;
🔤mahalliy va xalqaro startaplar ekotizimini kashf etasiz;
🔤ilm-fan yutuqlarini amaliy loyihalarga bog‘laydigan yangi yechimlarni ko‘rasiz;
🔤investorlar va biznes vakillari bilan istiqbolli hamkorliklarni yo‘lga qo‘yasiz;
🔤xalqaro ekspertlar ishtirokidagi forumlar, panel sessiyalar va mahorat darslarida qatnashasiz.


🟢Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va innovatsiyalar kelajagining bir qismiga aylaning!

📍27–29-oktabr | CAEx
Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli startapchilar, @startupper_uz kanalida shu vaqtga qadar e‘lon qilingan barcha qo‘llanma va materiallarni bir joyga jamladik.

Ushbu materiallardan foydalanib, startap g‘oyangizni bosqichma-bosqich loyihaga aylantirishingiz mumkin:

1. Startapga sarmoya: muvaffaqqiyat formulasi
2.
MVP qurishda muhim 6 bosqich!
3. G‘oyadan MVPgacha: 30 kunlik qo‘llanma
4
. Startaplar MVP (Minimum Viable Product)ni qanday yaratishi kerak?
5. G‘oyadan startapgacha 5 qadam

Yuqoridagi qo‘llanmalar asosida o‘z loyihangizni tizimlashtiring.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
221👍1
#kutilyotgan_yangilik

🚀 Qoraqalpogʻiston yoshlari uchun yirik imkoniyat!

Oʻzining innovatsion va ilmiy gʻoyasiga ega boʻlgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida yangi tanlovga start berilmoqda.

Tez orada tanlov shartlari, arizalar qabuli va ajratiladigan mablagʻlar haqida batafsil maʼlumot beramiz.

< 🚀

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
41
#diqqat_tanlov

❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️

Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi iqtidorli yoshlarning innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2026-yilda “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida ilmiy g‘oyalar tanlovida ishtirok eting!

Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan asosiy talablar:

- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
- Yoshi, ilmiy darajasi, unvoni va ish joyidan qat’iy nazar 40 yoshdan oshmasligi;
- Ilmiy g‘oya muallifi Qoraqalpog‘iston Respublikasida istiqomat qilishi;
- 1 nafar ishtirokchi faqat 1 ta loyiha bilan qatnashishi lozim.

Topshiriladigan ilmiy g‘oyalarga qo‘yiladigan talablar:

- Jamiyat va iqtisodiyotdagi ma’lum bir muammoning yechimiga qaratilgan bo‘lishi;
- Amalga oshirishning eng ko‘p muddati 1 yilgacha bo‘lishi;
- So‘raladigan mablag‘ miqdori bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 400 baravarigacha bo‘lishi zarur;
- Ajratilgan mablag‘lar doirasida muallif va ijrochilarga oylik maosh (ish haqi) ko‘rsatish mumkin emas;
- G‘olib loyihalar doirasida maket va (yoki) prototip yaratilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi koʻrgazmalar zaliga (show-room) joylashtirilishi shart;
- Materiallar ishonchli va ko‘chirmachilikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmagan bo‘lishi lozim.


❗️Eslatma: Arizalar 2026-yilning 5-iyunidan 4-iyul kuni soat 23:59 ga qadar (26 kun qoldi!) startup.ilmiy.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

🌐 Batafsil

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tanishing_startap

📢 Bu startap bilan video darslar yozish endi yanada oson!

WEGROWW TECH MChJ Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida “Onlayn ta’lim tizimi” startap loyihasini yo‘lga qo‘ydi. Loyihaning asosiy maqsadi — yoshlarga istalgan joyda va vaqtda sifatli hamda hamyonbop bilimlarni yetkazib berish.

Ushbu platformada deyarli barcha yo‘nalishlar bo‘yicha darslarni o‘qitish mumkin. Onlayn darslarni tayyorlash xarajatlari juda kam bo‘lgani uchun ham kurslarning narxi oddiy darslardan bir necha barobar arzonroq.

Mazkur tizim hududlardagi yoshlarga ortiqcha mablag‘ va vaqt sarflamay, uydan turib zamonaviy kasb va fanlarni mukammal o‘rganish imkonini beradi.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
#Yoshlar_texnoparklari

🔝 Andijonda “Startap kuni!”

Andijon viloyatida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Startaplar kuni” kuni tashkil etilmoqda.

Imkoniyatlar:

- Faol startap loyihalarining natijadorligini eshitish;
- Yangi innovatsion startap g‘oyalarini ko‘rib chiqish va saralash;
- “Innovatsion ishlab chiqarish poligoni”ga texnoturda ishtirok etish;
- Yoshlar va tashabbuskorlar uchun sayyor qabulda qatnashish.

Ma‘lumotlar:
Sana: 10-iyun 10:00 da
Manzil: Marhamat tumani, Mirishkor MFY hududidagi “Andijon tajriba-ko‘rgazma maydoni” MCHJ asosiy binosi.
Aloqa: +998 (97) 535-70-10, +998 (90) 226-00-11

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 60 kun ichida g‘oyadan real hardver startapigacha!

Hardver (qurilmalar va texnika ishlanmalar) yo‘nalishidagi loyihalar uchun akseleratsiya dasturiga arizalar qabuli boshlandi. Dastur Innotexnopark bazasida tashkil etiladi.

60 kunda 40 ta ishtirokchining 40 ta g‘oyasini 40 ta tayyor startapga aylantirish.
Mahsulotni yaratish, sinovdan o‘tkazish va ilk sotuv bosqichiga olib chiqish.
Mentor va trekerlar bilan individual ishlash.
Loyihalar uchun 100 mln so‘mgacha mablag‘ ajratiladi.

Arizalar qabuli: 8-iyundan 15-iyungacha

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://apply.yito.uz/

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
42🔥2
Farg‘onada “Startaplar kuni” bo‘lib o‘tdi

Avval, xabar berganimizdek Farg‘ona yoshlar texnoparkida o‘tgan “Startaplar kuni”da hududdagi oliy, professional va xususiy ta’lim muassasalaridan 80 dan ortiq vakillar hamda yosh startapchilar qatnashdi.

Ishtirokchilar IT, ta’lim, ekologiya, qishloq xo‘jaligi, sanoat va ijtimoiy yo‘nalishlardagi loyihalarini investor hamda ekspertlarga taqdim etib, ularni tijoratlashtirish bo‘yicha tavsiyalar olishdi. Tadbirkorlar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan tadbir yakunida faol qatnashchilarga sertifikatlar topshirildi.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
🔺 “InnoX” biznes inkubatori imkoniyatlari bo‘yicha ovozli chat!

Ertaga, 10-iyun kuni soat 20:00 da Startap ekotizim va hududiy rivojlanish boshqarmasining telegramdagi rasmiy kanalida onlayn seminar va ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat “InnoX” biznes inkubatorining dasturi, unda ishtirok etish tartibi, yoshlar va startapchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda loyihalarni saralab olish bosqichlari bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

Unda Innovatsion rivojlanish agentligi mutaxassisi Rustamjon Madrimov ishtirok etadi va ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob beriladi.

Ovozli chat manzili: 👉 https://t.me/startupper_uz

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
53👍3🔥1🎉1
Live stream scheduled for
🔺 Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi ochildi

“Qarshi yoshlar texnoparki” qoshida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi (TIQQM) o‘z faoliyatini boshladi.

Markazda quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi:

Patent-axborot xizmatlari: Jahonning yetakchi ilmiy-texnik va patent ma’lumotlar bazalaridan bepul foydalanish.
Huquqiy maslahatlar: Patentlash, foydali model, sanoat namunasi va tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha bepul ko‘mak.
Tijoratlashtirish xizmatlari: Innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish, litsenziyalash va bozorga olib chiqish bo‘yicha amaliy yordam.
Zamonaviy infratuzilma: Yuqori tezlikdagi internet, kompyuterlar va qulay ish muhiti.

📞 Murojaat uchun: +998 75 230 10 96

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3