Nukus yoshlar texnoparkida startap boshlash va biznesni yuritish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tadi. Unda soha mutaxassislari yig‘ilib, o‘z tajribalari bilan bo‘lishishadi.
Tadbir dasturi:
- 6-iyun (1-kun): AI orqali kodlash, mahsulot ishlab chiqish, ommaviy nutq va biznes modellarini tuzish;
- 13-iyun (2-kun): Mijozlar talabini o‘rganish (validation) va xalqaro standartlar asosida loyiha taqdimotini (pitching) tayyorlash.
👉 Faol qatnashganlarni maxsus sovg‘alar kutmoqda.
- Sana: 6 va 13-iyun
- Manzil: Jaslar Texnoparkí
- Shartlar: Ishtirok etish bepul
Ro‘yxatdan o‘tish: https://go.hackonnect.uz/swn26bc1
Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7❤🔥3
🚀 Nukuslik yoshlardan yana bir natija!
Nukus yoshlar texnoparkida “InnoX” biznes-inkubator dasturi 9-mavsumining yakuniy tadbiri — “Demo Day” bo‘lib o‘tdi. Unda dastur ishtirokchilari o‘z startap loyihalarini ekspertlar e’tiboriga havola etishdi.
Yosh innovatorlar taqdimotda o‘z loyihalarining dolzarbligi, bozordagi salohiyati va ularni tijoratlashtirish rejalari haqida ma’lumot berdi. Mazkur bosqich startap tashabbuslarini mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazish hamda ularni real biznes darajasiga olib chiqish imkonini berdi.

Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
❤5 3🔥2
(Mijoz bilan intervyu)
Ko‘p startaplar bozorda ehtiyoj bo‘lmagani ("No Market Need") tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Buning oldini olishning yagona yechimi esa, mahsulotni yaratishdan oldin mijozlar bilan chuqur intervyu o‘tkazish hisoblanadi.
Mijoz bilan intervyu o‘tkazishda uchta asosiy qoida:
- Maqsad loyihani maqtab o‘tkazish emas, mijozning bugungi real muammosi va unga sarflayotgan xarajatini bilish;
- Suhbatda 80% vaqt mijoz gapirishi, asoschi esa faqat tinglab, qaydlar yuritishi kerak;
- Mijozdan kelajakdagi taxminlari emas, aynan o‘tmishdagi real tajribasi va harakatlari haqida so‘rang.
Loyihangiz uchun ilk mijoz intervyusini o‘tkazib ko‘rganmisiz? Fikringizni izohlarda qoldiring. 👇
Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM