StartUpper
4.79K subscribers
1.38K photos
238 videos
11 files
1.18K links
🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.

Bog'lanish: @startupper_admin
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👓 Ray-Ban Display aqlli ko‘zoynaklari uchun yugurish mashg‘ulotlarini o‘yinga aylantiruvchi yangi ilova ishlab chiqildi.

Dastur yordamida yuguruvchilar real vaqtda o‘zlarining oldingi eng yaxshi ko‘rsatkichi (virtual arvohi") bilan musobaqalashadilar. Mashg‘ulot davomida bir maromdagi tempni saqlash va maxsus tezlanish zonalaridan o‘tish evaziga virtual tangalar beriladi. Yakuniy natijalar shaxsiy reyting jadvaliga kiritilib, foydalanuvchini o‘z ko‘rsatkichlarini yaxshilashga undaydi.

Hozirda beta-versiyada bo‘lgan ushbu loyihani tez orada Strava platformasiga qo‘shimcha (mod) sifatida integratsiya qilish rejalashtirilgan.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
5👍3🔥3
Har bir yoʻnalishda boʻlgani kabi, sizga ham tajribali ustoz tavsiya qilmoqchimiz.

Ushbu ekspert haqida toʻliq maʼlumot bugun soat 20:00 da eʼlon qilinadi. Ungacha esa quyidagi maʼlumotlar asosida uning kimligini taxmin qilib koʻring:

- Sobiq venchur fondi asoschisi va bosh direktori;
- Investor;
- "The Art of The Pitch" kursi muallifi.


Taxminlaringizni kommentariyada yozib qoldiring.
5🤝21
Pitchingni eplay olmagan startap investitsiyasiz qoladi.

G‘oyangiz qanchalik zo‘r bo‘lmasin, investor unga faqat taqdimot paytida imkoniyat beradi. Taqdimotlarda doimiy rad javobini eshitishni istamasangiz, investorlar nima xohlashini ichkaridan biladigan soha eksperti Azizbek Kurbonovni kuzatishingiz kerak.

Azizbek Kurbonov — venchur fondining sobiq asoschisi va CEO'si bo‘lib, g‘oyani investor tiliga o‘girib beruvchi mashhur "The Art of The Pitch" kursi muallifi hisoblanadi. U tajribasi orqali loyihangizni birinchi urinishdayoq investitsiya olishga tayyorlashga yordam beradi.

Vaqtni boy bermay, hoziroq uning kanaliga a’zo bo‘ling:
👉 https://t.me/praktikAzizbek

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
73
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Startap asoschisi — doimiy talaba. Bugun bilganlaringiz ertaga eskirishi mumkin. Texnologiyalar, bozor trendlari va boshqaruv uslublarini muntazam o‘rganib boring. O‘sishdan to‘xtagan asoschi — loyihaning "tormoziga" aylanadi. Bilimga tikilgan investitsiya har doim eng yuqori dividend beradi.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
🔥61
🔝 Everand Amazon kompaniyasining raqobatchisiga aylandi!

Scribd kompaniyasiga qarashli Everand platformasi Amazon gegemonligiga chek qo‘yish uchun elektron kitoblar, audiokitoblar va onlayn klublarni bitta obunaga birlashtirdi. Buning uchun platforma o‘zi sotib olgan Fable ijtimoiy ilovasi imkoniyatlaridan foydalanmoqda.

Tizim qanday ishlaydi?
Kitobni matnda o‘qishni to‘xtatgan joyingizdan audiokitob sifatida eshitib ketishingiz mumkin.
1,5 milliondan ortiq kitoblar va Fable’ning 200 000 ga yaqin onlayn kitob klublari.
Ishlatilmagan kitob limitlari oy oxirida o‘chmaydi, 6 oygacha saqlanadi.

Narxlar va tariflar:
Oyiga $11.99 – 1 ta kitob
Oyiga $16.99 – 3 ta kitob
Oyiga $28.99 – 5 ta kitob
(Taqqoslash uchun: Amazon’ning faqat 1 ta audiokitob beradigan Audible xizmati oyiga $14.95 turadi).

Nega bu trendga aylandi, chunki hozirgi yosh kitobxonlar (ayniqsa BookTok ta'sirida) kitobni shunchaki o‘qimay, uni jamoa bilan muhokama qilishni xohlamoqda. Everand esa ikki xil format va ijtimoiy muloqotni bitta joyga yig‘ib, global bozorga chiqmoqda.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
431
StartUpper
Photo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
⚡️ “Skolkovo” jamg‘armasi qurilish va ko‘chmas mulk sohasidagi startaplar uchun Build UP akseleratoriga arizalar qabul qilmoqda.

Loyihalash, qurilish, ekspluatatsiya va savdo yo‘nalishlaridagi texnologik yechimlar (MVP bosqichidan boshlab) saralovi;

Arizalar 15-iyungacha dasturning rasmiy saytida qabul qilinadi. Shu bilan birga, 9-iyun kuni soat 11:00 da (Msk) arizani to‘g‘ri topshirish bo‘yicha onlayn-vebinar bo‘lib o‘tadi;

Saralangan loyihalar mahsulotni Rossiyaning yirik developerlari (“Gals-Development”, “Osnova”, “FSK”, Setl Group va b.) top-menejmentiga taqdim etadi, ularning real obyektlarida sinovdan o‘tkazadi hamda “Skolkovo”dan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

🔗 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun: havola

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21
🚀 Nukusda IT va biznes yo‘nalishida 2 kunlik bepul “Bootcamp” bo‘lib o‘tadi

Nukus yoshlar texnoparkida startap boshlash va biznesni yuritish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tadi. Unda soha mutaxassislari yig‘ilib, o‘z tajribalari bilan bo‘lishishadi.

Tadbir dasturi:

- 6-iyun (1-kun): AI orqali kodlash, mahsulot ishlab chiqish, ommaviy nutq va biznes modellarini tuzish;
- 13-iyun (2-kun): Mijozlar talabini o‘rganish (validation) va xalqaro standartlar asosida loyiha taqdimotini (pitching) tayyorlash.

👉 Faol qatnashganlarni maxsus sovg‘alar kutmoqda.

- Sana: 6 va 13-iyun
- Manzil: Jaslar Texnoparkí
- Shartlar: Ishtirok etish bepul

Ro‘yxatdan o‘tish: https://go.hackonnect.uz/swn26bc1

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7❤‍🔥3
🚀 Nukuslik yoshlardan yana bir natija!

Nukus yoshlar texnoparkida “InnoX” biznes-inkubator dasturi 9-mavsumining yakuniy tadbiri — “Demo Day” bo‘lib o‘tdi. Unda dastur ishtirokchilari o‘z startap loyihalarini ekspertlar e’tiboriga havola etishdi.

Yosh innovatorlar taqdimotda o‘z loyihalarining dolzarbligi, bozordagi salohiyati va ularni tijoratlashtirish rejalari haqida ma’lumot berdi. Mazkur bosqich startap tashabbuslarini mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazish hamda ularni real biznes darajasiga olib chiqish imkonini berdi.

Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
53🔥2