StartUpper
3.7K subscribers
1.56K photos
266 videos
11 files
1.27K links
🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.

Bog'lanish: @startupper_admin
Download Telegram
#dayjest

⚡️ Hafta davomida startap ekotizimi bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirildi?

#4-son

Innovatsion rivojlanish agentligi: Haftalik “STARTUP WEEKEND” dayjesti!

Startap ekotizim va hududiy rivojlanish boshqarmasi joriy haftaning (2026-yil 12-19-aprel holatiga ko‘ra) eng muhim va qiziqarli voqealari jamlangan haftalik dayjestni taqdim etadi.

📖 Dayjestni quyidagi havola orqali mutolaa qilishingiz mumkin:
👉 https://online.pubhtml5.com/qxrce/sjag/

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3💯2❤1👍1🤝1🫡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
InnoX ga qaytamiz 😉

Guliston yoshlar texnoparkida InnoX dasturi doirasida yangi co-working maydoni ish boshladi. Ushbu joy startapchilar va innovatsion g‘oyalar egalari uchun ochiq maydon vazifasini o‘taydi.

Yangi co-working zonasida quyidagi imkoniyatlar yaratilgan:

✅ startap loyihalarni noldan rivojlantirish;
✅ mutaxassislar va hamfikrlar bilan jamoalarga birlashish;
✅ innovatsion yechimlar ustida ishlash.


O‘z startapi uchun jamoa va qulay ish maydoni qidirayotgan yoshlar Guliston yoshlar texnoparkiga murojaat qilishlari mumkin.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝3❤2🔥1
Sening lavoziming sening
qadr-qimmatingni belgilamaydi,
E'tiborliroq bo'l.
---------------------------------
Твоя должность не определяет твою ценность, будь понаблюдательнее.
🔥5💯5❤4👍2
📢 Urganch yoshlar texnoparkida “InnoX” dasturiga qabul boshlandi

Urganch yoshlar texnoparki 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yoshlar, yosh olimlar va startap tashabbuskorlari uchun “InnoX” biznes-inkubatsiya va akseleratsiya dasturining yangi mavsumini e’lon qiladi.

Ishtirokchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar:

✅ Tajribali mentorlar yordamida startap loyihalarni takomillashtirish;
✅ Biznes yuritish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni egallash;
✅ G‘oyalarni MVP (minimal ishchi mahsulot) darajasigacha rivojlantirish;
✅ Treninglar va hamfikr yoshlar bilan tajriba almashish muhiti.


Ro‘yxatdan o‘tish: 1-maydan 6-mayga qadar;
Ariza topshirish: Havola
Ma’lumot uchun: +998 97 221 14 41 | +998 94 234 40 42

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston va Gruziya texnoparklari o‘rtasida doimiy hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Innovatsion rivojlanish agentligi va Gruziya innovatsiyalar va texnologiyalar agentligi (GITA) oʻrtasidagi uchrashuvda innovatsion ekotizimni rivojlantirish hamda startaplarni qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Yakunda ikki mamlakat texnoparklari oʻrtasida doimiy tajriba almashish tizimini joriy etish boʻyicha kelishuvga erishildi.

🌐 Batafsil

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
❤4❤‍🔥1👍1🔥1🤝1
Samarqandda “Jamoat salomatligi va xavfsizlgini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusida global forum bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 50 dan ortiq davlat vakillari, 500 dan ziyod xalqaro ekspertlar hamda BMT, Interpol, Yevropa Ittifoqi, MDH va SHHT kabi yetakchi tashkilotlar delegatlari ishtirok etdi. Anjuman doirasida uyushgan narkojinoyatchilikka qarshi kurashishning zamonaviy usullari muhokama qilinib, sohadagi texnologik yechimlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish agentligi giyohvandlikka qarshi kurashishga qaratilgan 10 dan ortiq mahalliy startap va tijoratlashtirish loyihalari bilan qatnashdi.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
🚀 “Kelajak muhandislari” stajirovkasi uchun arizalar qabuli boshlanmoqda!

O‘zbekiston Respublikasi yosh muhandislari va olimlari uchun xalqaro tajriba almashish dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Ishtirok etish shartlari

✅ 20 yoshdan 40 yoshgacha.
✅ Bakalavr, magistratura talabalari yoki professor-o‘qituvchilar.
✅ Muhandislik yo‘nalishida amaliy ko‘nikma va xorijiy tillarni (ingliz yoki qabul qiluvchi davlat tili) bilish.
✅ Mualliflik huquqiga asoslangan, innovatsion va tijoratlashtirish salohiyatiga ega ishlanma (g‘oya/ixtiro).

Dasturning afzalliklari

✅ Dunyoning nufuzli muhandislik markazlarida amaliyot o‘tash.
✅ Ilmiy ishlanmani xalqaro standartlar darajasida sinovdan o‘tkazish va takomillashtirish.
✅ Xorijiy mutaxassislar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish.


🔗 Batafsil ma’lumot va hujjat topshirish tartibi: muhandis.edu.uz
Arizalar onlayn tarzda qabul qilinadi.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝3⚡1🎉1
🔝 The Pitch by Deel: Global startaplar tanloviga arizalar qabuli

Deel platformasi startaplarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida umumiy qiymati 15 million AQSH dollari bo‘lgan investitsiya dasturini e’lon qildi.

Investitsiya va imtiyozlar:

✅ Global g‘oliblar uchun: 1 000 000 dollargacha investitsiya.
✅ Mintaqaviy g‘oliblar uchun: 50 000 dollargacha investitsiya.
✅ Logistika: Global final bosqichiga borish va yashash xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.

Ishtirok etish shartlari:

✅ Pre-seed, Seed yoki Series A.
✅ Shakllangan jamoa va tayyor mahsulot (MVP) mavjudligi.
✅ Cheklov yo‘q (istalgan soha va davlatdan arizalar qabul qilinadi).


Global final: 2026-yil, may oyi.
Arizalar quyidagi havola orqali qabul qilinadi: https://www.deel.com/the-pitch-by-deel/

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xato qilishdan qo‘rqma.
Qo‘rqadigan narsa — umuman harakat qilmaslik.
⚡20
👾 OpenAI kompaniyasi GPT-Image 2 tasvir generatorini taqdim etdi

OpenAI kompaniyasi tasvirlarni maksimal darajadagi reallik bilan shakllantiruvchi yangi GPT-Image 2 modelini taqdim etdi. Ushbu model yordamida ilova interfeyslari, reklama maketlari va qo‘lyozma matnlar kabi murakkab elementlarni sun’iy intellektga xos vizual xatolarsiz, yuqori aniqlikda yaratish imkoniyati paydo bo‘ldi. Hozirda barcha foydalanuvchilar, jumladan bepul versiya egalari ham yangi tizimni chatgpt.com manzili orqali sinovdan o‘tkazishlari mumkin.

Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡6❤1❤‍🔥1🔥1🤝1