StartUpper
4.74K subscribers
1.39K photos
238 videos
11 files
1.18K links
🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.

Bog'lanish: @startupper_admin
Download Telegram
🟦🟦

Qarshida startaplar uchun “Demo Day” o‘tkazilmoqda

Qarshi yoshlar texnoparki hamda Yoshlar Ventures hamkorligida InnoX biznes-inkubator dasturi ishtirokchilari va talabalar uchun “Demo Day” tadbiri tashkil etilmoqda. Ayni daqiqalarda o‘tkazilayotgan jarayonda startapchilar o‘z loyihalarini namoyish etishmoqda. Tadbir doirasida “Yoshlar Venture” mutaxassislari tomonidan loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlari va fondning imtiyozlari haqida ma’lumot berilib, ekspertlar bilan jonli muloqot o‘tkazilmoqda. Yosh tadbirkorlar o‘z ishlanmalarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy maslahatlar olishmoqda.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥632👍1🤝1
Startaplar nega yopiladi?

Ko‘pchilik startaplar texnik xatolar yoki kuchli raqobat tufayli barbod bo‘ladi deb o‘ylaydi. Biroq 385 ta startap tahlili mutlaqo boshqa sabablarni ko‘rsatmoqda.

Texnik muammolar loyihalar barbod bo‘lishining atigi 3% qismini tashkil qiladi. Asosiy sabablar esa quyidagilar:

🔴 70% — Kapitalning tugashi (moliyaviy yetishmovchilik);

🔴 43% — Mahsulotning bozorga mos kelmasligi (talab yo‘qligi);

🔴 29% — Vaqtni noto‘g‘ri tanlash yoki makrosharoitlar.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥2🤝21👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍 “Startup Booster” — noldan startap boshlash bo‘yicha seminar-trening.

Seminarda mutaxassislar maslahatlari, interaktiv networking jarayoni va “Innox” inkubatori bitiruvchilarining tajribasi jamlangan. Seminar yakunida ishtirokchilar o‘z loyihalari taqdimotini o‘tkazishdi.

Jarayonning to‘liq tafsilotlari videoda aks etgan.

Ishtirok etish va bog‘lanish uchun: +998948930017

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🤝1
Qashqadaryolik yoshlar bormi?
Anonymous Poll
40%
Men
37%
Men emas
22%
Qanday yangilik bor?
🚀 Qashqadaryolik yoshlar va talabalar diqqatiga!

Qarshi davlat texnika universitetida Innovatsion rivojlanish agentligi rahbariyati bilan yoshlarning ochiq muloqoti bo‘lib o‘tadi.

Ma’ruzachi: Innovatsion rivojlanish agentligi rahbariyati.

Mavzu: Startap loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlari, davlat grantlarini qo‘lga kiritish tartibi va hududiy innovatsion infratuzilmani rivojlantirish.

Tafsilotlar:

Sana: 2026-yil 26-mart
Vaqt: 09:30 – 11:00
Manzil: Qarshi DTU, Iqtisodiyot fakulteti, 4-qavat, majlislar zali.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
31🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#startap

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan joriy yilda qabul qilingan “Startaplarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-59-son Prezident qarori doirasida startap ekotizimini rivojlantirish va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy tizim joriy etilmoqda.

⚡️ Hozirda yoshlar uchun g‘oyadan startapgacha bo‘lgan jarayonni qamrab oluvchi quyidagi imkoniyatlar mavjud:

maktab o‘quvchilari uchun “Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi: tuman bosqichida 5 mln so‘mgacha, viloyat bosqichida 10 mln so‘mgacha mukofot;

maktablarda har oy kamida 2 marta “Mohirlik va biznes soati”, loyihalar har chorakda taqdim etiladi;

OTMlarda har yili “Eng innovatsion g‘oya” tanlovi — 100 mln so‘m grant;

respublika bosqichi 10 ta yo‘nalishda, umumiy mukofot jamg‘armasi 10 mlrd so‘m;

“Oliygohlar – startaplar generatori” dasturi doirasida 20 ming dollargacha investitsiya imkoniyati.

Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil ma’lumotni hamkasbimiz J.O‘rinboyev taqdim etadi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
42🤝1
📢 Qashqadaryolik yoshlar bilan ochiq muloqot!

Qarshi davlat texnika universitetida “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida Innovatsion rivojlanish agentligi rahbariyati hamda faol yoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Agentlik mas’ul vakillari tomonidan ishtirokchilarga startap ekotizimini rivojlantirishga oid Prezident qarorlari hamda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish uchun “Spin-off” kompaniyalarini tashkil etish tartibi tushuntirildi.

Muloqot davomida startaplarni qo‘llab-quvvatlashda faqat davlat grantlari bilan cheklanib qolmasdan, mamlakatdagi 4 ta xususiy venchur fondi imkoniyatlaridan keng foydalanish masalalariga to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, uchrashuv doirasida universitet bilan hamkorlikda qo‘shma biznes-inkubator tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Tadbir yakunida yoshlar o‘z loyihalari bo‘yicha mutaxassislardan texnik maslahatlar va yo‘nalishlar oldilar.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22🤝1
🚀 Innovatsion rivojlanish agentligi rahbariyatining Qashqadaryo viloyatiga xizmat safari yakunlandi!

Safar davomida hududdagi innovatsion ekotizim drayverlari, ishlab chiqarish quvvatlari va yangi barpo etilayotgan infratuzilmalar ko‘zdan kechirildi:

📍 Muhandislik ilmiy-ishlab chiqarish markazi (FABLAB):
Qarshi davlat texnika universitetida bunyod etilayotgan ushbu maskan yoshlar uchun g‘oyalarni amaliy prototiplarga aylantirish imkonini beradi. Markaz mahsulotlarni tijoratlashtirish va amaliy ko‘nikmalarni oshirishga xizmat qiladi.

📍 Qarshi Yoshlar texnoparki:
Texnopark infratuzilmasi va yoshlar loyihalari ko‘zdan kechirildi. Startaplarni mentorlik asosida bozorga olib chiqish va moliyalashtirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi.

📍 “Turdi muazzam servis” oilaviy korxonasi:
Qarshi innovatsion tumanida yuqori bosimga chidamli isitish qozonlari ishlab chiqarish loyihasi o‘rganildi. Jahon bankining MUNIS dasturi (50 ming AQSh dollari) hisobidan moliyalashtirilgan ushbu korxonada 42 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

📍 “Shohista logo” oilaviy korxonasi:
Ijtimoiy innovatsiyalar yo‘nalishida MUNIS dasturi doirasida moliyalashtirilgan maxsus ehtiyojli bolalar reabilitatsiya markazi faoliyati tahlil qilindi.

Xizmat safari davomidagi yangiliklarni kuzatib borishda davom eting!

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Agentlik rahbariyatining Qashqadaryo viloyatiga xizmat safari yakunlari

Safar davomida hududdagi innovatsion infratuzilma ob’ektlari, texnoparklar va ishlab chiqarish quvvatlari faoliyati o‘rganildi.

▶️Jarayonlarni videolavhada tomosha qiling.

Navbatdagi manzilimiz qayer bo‘lishini xohlaysiz? Izohlarda yozib qoldiring

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥211
🔝 Muammo g‘oyada emas, jamoada!

Ko‘pchilik startap muvaffaqiyatsizligini g‘oya xatosi yoki mablag‘ yetishmasligi bilan bog‘laydi, biroq tahlillar boshqa natijani ko‘rsatmoqda. Harvard Business School professori Noam Wasserman 10 000 dan ortiq loyihani o‘rganib, startaplarning 65 foizi aynan asoschilar o‘rtasidagi ziddiyat, ishonchsizlik va kadrlar tanlovidagi xatolar tufayli yopilishini aniqladi. Mahsulot yoki bozor bilan bog‘liq texnik xatolar esa 35 foiz holatda loyihani to‘xtatishga sabab bo‘ladi.

CB Insights tadqiqotiga ko‘ra, “not the right team” omili (23%) bozordagi talab yo‘qligidan keyingi asosiy sababdir. Shu bilan birga, jamoaviy startaplar yakka asoschilarga nisbatan 163 foiz ko‘proq daromad keltiradi.

Xulosa shuki, startaplarning 2/3 qismi jamoaviy inqiroz tufayli faoliyatini to‘xtatadi. Mahsulot sifatli bo‘lsa-da, jamoa kuchsiz bo‘lishi mag‘lubiyatga olib keladi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6❤‍🔥22💯1