StartUpper
4.75K subscribers
1.39K photos
238 videos
11 files
1.18K links
🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.

Bog'lanish: @startupper_admin
Download Telegram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

👍 Guliston yoshlar texnoparki BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi huzuridagi maxsus maslahat maqomidagi tashkilot – International Association of Science Parks and Areas of Innovation (IASP) ning rasmiy aʼzosi hisoblanadi.

IASP a'zoligi – bu xalqaro sifat muhri bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab ilm-fan va texnologiya sohalarini rivojlantirayotgan eng ilg‘or innovatsion markazlar tarmog‘ida ishtirok etish imkoniyatini beradi.

Nega bu muhim?
Global innovatsion tadbirlarda ishtirok etish;
Dunyo miqyosidagi ilmiy-texnologik parklar bilan hamkorlik qilish;
Yutuqlarimizni xalqaro sahnaga olib chiqish.

Hozirda 81 ta davlat texnologik parklari IASP tarkibiga kiradi. O‘zbekistondan esa Guliston yoshlar texnoparki, IT Park Uzbekistan va “Kelajak metallari texnoparki“ ushbu tashkilotning aʼzosi hisoblanadi!

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
🔎 Buxoro: yosh olim va talabalar uchun maxsus seminar!

Buxoro davlat universitetida yosh olimlar va tadqiqotchilar uchun Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilinadigan ilmiy stajirovka hamda startap tanlovlari bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tadi.

Unda siz loyiha topshirishning barcha bosqichlari va g‘oliblik sirlari haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Muhim ma’lumotlar:

🗓 Sana: 18-mart
📊 Vaqt: 14:00
📍 Manzil: BuxDU, Katta majlislar zali

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍21🔥1👏1
Channel name was changed to «StartUpper»
Channel photo updated
🚀 Keyingi manzilimiz sizning hududingiz!

Startap ekotizimini rivojlantirish va hududiy boshqarmasi
tomonidan respublika bo‘ylab “Bo‘lajak olim”, “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” tanlovlari hamda “Akademik harakatchanlik” dasturi bo‘yicha seminarlar tashkil etilmoqda.

Ushbu uchrashuvlar nafaqat oliygohlarda, balki mahallabay tizimi asosida chekka hududlarda ham tashkil etilmoqda:

📍 Farg‘ona viloyati
📍 Surxondaryo viloyati
📍 Buxoro viloyati
📍 Qashqadaryo viloyati
📍 Xorazm viloyati
📍 Samarqand viloyati

Eslatma: Agar siz ham o‘z hududingizda tashkil etilayotgan seminarlarda ishtirok etishni va davlat tomonidan berilayotgan imkoniyatlardan foydalanishni istasangiz, bizning Telegram sahifalarimizni kuzatib boring!

👉 https://t.me/addlist/Rg6njyd8Lg43Zjgy

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
🚀 BRAND NEW STARTUPPER!

Yaqinlashib kelayotgan bayram munosabati bilan siz uchun ajoyib yangilik va global rebrending hozirlab qo‘yganmiz!

Biz O‘zbekistonning innovatsion ekotizimini bugungi kunda shakllantirayotgan startaplar va insonlar haqidagi ilk media platforma — StartUpper’ni ishga tushiryapmiz.

U ko‘z o‘ngimizda jadal rivojlanmoqda: akseleratorlar, venchur jamg‘armalari, texnologik mahsulotlar va g‘oyalari allaqachon jahon bozoriga chiqayotgan jamoalar paydo bo‘lmoqda.

StartUpper — bu:

— ish boshlayotgan faunderlar va superyulduzlar bilan suhbatlar
— loyihalar tarixi — g‘oyadan kengayishgacha
— investitsiyalar, akseleratorlar va bozor haqida insaytlar
— texnologiyalar va asosiy yo‘nalishlar tahlili
— hudud kelajagini shakllantirayotgan yangi nomlar.


—————

В честь предстоящего праздника у нас большие новости и глобальный ребрендинг!

Мы запускаем StartUpper — первую медиаплатформу о стартапах и людях, которые прямо сейчас формируют инновационную экосистему Узбекистана.

Она динамично развивается на наших глазах: появляются акселераторы, венчурные фонды, технологические продукты и команды, чьи идеи уже выходят на глобальный рынок.

StartUpper — это:

— интервью с начинающими фаундерами и суперзвёздами
— истории проектов — от идеи до масштабирования
— инсайты про инвестиции, акселераторы и рынок
— разборы технологий и ключевых направлений
— новые имена, которые формируют будущее региона.


🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11❤‍🔥5👏5👍3
❗️O‘zbekiston venchur bozori tizimga aylandi

2025-yil O‘zbekiston startap ekotizimi uchun investitsiyalar bo‘yicha rekord yil bo‘ldi. Hozirda bozorda 15 ta fond faoliyat yuritmoqda va ular asosan ajratadigan sarmoya miqdori bilan farqlanadi.

1. Erta bosqich (Early Stage):
Eng kichik startaplarga asosan Yoshlar Ventures, Sarmo Ventures va CS Angels sarmoya kiritadi. 2025-yilda ularning o‘rtacha cheki $45 ming atrofida bo‘ldi.

2. Bank fondlari:
SQB Ventures, Aloqa Ventures va United Ventures kabi fondlar o‘rtacha $150–200 ming miqdorida sarmoya ajratadi.

Aloqa Ventures: Bozorning eng faol ishtirokchisi (44 ta bitim, $5,2 mln).
United Ventures: Ko‘pincha koinvestor sifatida qatnashadi (4 ta bitim, $725 ming).
SQB Ventures: 2025-yilda tashkil etilganiga qaramay, 4 ta loyihaga $800 ming yo‘naltirdi.

3. Yirik sarmoyadorlar:

UCV (Uzcard): Kam, lekin yirik cheklar bilan ishlaydi (o‘rtacha $336 ming).
UzVC: Fondlar fondi. Ham startaplarga bevosita, ham boshqa fondlar orqali sarmoya kiritadi.
IT Park Ventures: Hajm bo‘yicha yetakchi. 2025-yilda $7,1 mln investitsiya kiritgan (o‘rtacha chek $187 ming, ayrim hollarda $1 mln gacha).


O‘zbekiston venchur bozori tarqoq bitimlardan yaxlit tizimga o‘tdi. Endi startaplar bir joyda to‘xtab qolmasdan, birinchi $10 mingdan boshlab, $150 ming va undan yuqori bosqichli raundlargacha bosqichma-bosqich ko‘tarilishi mumkin.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥3👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#innovatsion_tumanlar

🔵 Innovatsion sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishildi

Innovatsion rivojlanish agentligi Startap ekotizim va hududiy rivojlanish boshqarmasi boshlig‘i A. Ilkhamov Navoiy viloyatiga xizmat safari doirasida “GIDRO STANKO SERVIS” MCHJ faoliyati bilan tanishdi. 2007-yilda tashkil etilgan ushbu korxona bugungi kunda yirik sanoat tarmoqlari uchun avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va zamonaviy texnologik detallar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Hozirda 200 dan ortiq xodim mehnat qilayotgan korxonada 400 dan ortiq istiqbolli loyihalar muvaffaqiyatli amaliyotga joriy etilgan.

Korxonaning 60 dan ortiq mutaxassis faoliyat yuritadigan maxsus bo‘limi qurilmalar uchun dasturiy ta’minot yaratish, ularni sinovdan o‘tkazish va texnik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Ishlab chiqarish jarayonida tog‘-kon sanoati og‘ir texnikalari uchun boshqaruv bloklari, elektr energiyasini tejovchi nasos stansiyalari, aqlli svetoforlar va elektrodvigatellar uchun invertorlar kabi innovatsion mahsulotlar yaratilmoqda.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥43❤‍🔥22
Nega ba’zi startaplar yuksalmaydi?

“Muvaffaqiyatsizlikning eng asosiy sababi — bozorning yo‘qligi”.
— Mark Andrissen

Hammasi g‘oya yoki jamoaga bog‘liq emas. Agar mahsulot uchun pul to‘lashga tayyor odam bo‘lmasa — bu biznes emas.

Yaratishadi → ishga tushirishadi → o‘sishni kutishadi → o‘sish yo‘q. Va “sayqallashda” davom etishadi.

Lekin gap har doim ham mahsulotda bo‘lavermaydi. Ko‘pincha sabab — real talabning yo‘qligida. Avval bozorni o‘rganib, "kastdev" o‘tkazib, og‘riq va pul topib, keyin qaror qabul qilganlar yutadi.

StartUpper’da founderlarning yanada ko‘proq amaliyoti, insaytlari va keyslari bilan tanishing 🚀

Obuna bo‘ling — bundan buyog‘iga faqat foydali bo‘ladi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍54
🌙 Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

“StartUpper“ jamoasi barcha yurtdoshlarimizni va kanalimiz kuzatuvchilarini muqaddas Iyd al-Fitr bayrami bilan samimiy muborakbod etadi. Ushbu qutlug‘ ayyom xonadoningizga tinchlik-totuvlik, bitmas-tuganmas baraka va cheksiz quvonch olib kelsin.

Barcha ezgu niyatlaringiz ijobat bo‘lishini, kelajakdagi har bir xayrli ishingizda muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilaymiz.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥22👏2
Azizlar, barchangizni ulug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etaman!

Bu umrni qancha yashab o‘tish emas, balki qanday yashab o‘tish muhim.
Alloh har biringizga so‘raganingizdan ziyoda, hayrli va barakali umr bersin hamda ne’matlarini ziyoda qilsin.

Oila a’zolaringizni ham jamoamiz nomidan albatta tabriklab qo‘ying.
Bu fayzli kunlarni imkon qadar siylai rahm, mehr-muhabbat va yaqinlar davrasida o‘tkazasiz, degan umiddaman 😉.


🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6💯1
🪷 Assalom, Navro‘z!

StartUpper jamoasi barcha yurtdoshlarimizni yangilanish ayyomi bilan muborakbod etadi!

Navro‘z nafasi yurtimizga qut-baraka, ilm-fan ahliga esa bitmas-tuganmas ilhom baxsh etsin. Har bir innovatsion g‘oyangiz hayotga tadbiq etilib, xalqimiz farovonligiga xizmat qilsin.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4❤‍🔥2🎉2🔥1💯1
❗️ “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi jarayonlari davom etmoqda

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining tuman (shahar) bosqichlari doirasida saralash jarayonlari davom etmoqda. Hozirgi kunga kelib, quyidagi hududlarda g‘oliblar aniqlanib, keyingi bosqich yo‘llanmalari topshirildi:

📍 Andijon viloyati
📍 Namangan viloyati
📍 Buxoro viloyati
📍 Qashqadaryo viloyati
📍 Surxondaryo viloyati
📍 Jizzax viloyati
📍 Sirdaryo viloyati
📍 Samarqand viloyati
📍 Toshkent viloyati

Tanlov jarayonlarini kuzatib borish uchun sahifalarimizga obuna bo‘ling 👉 https://t.me/addlist/Rg6njyd8Lg43Zjgy

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21🤝1
🟦🟦

Qarshida startaplar uchun “Demo Day” o‘tkazilmoqda

Qarshi yoshlar texnoparki hamda Yoshlar Ventures hamkorligida InnoX biznes-inkubator dasturi ishtirokchilari va talabalar uchun “Demo Day” tadbiri tashkil etilmoqda. Ayni daqiqalarda o‘tkazilayotgan jarayonda startapchilar o‘z loyihalarini namoyish etishmoqda. Tadbir doirasida “Yoshlar Venture” mutaxassislari tomonidan loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlari va fondning imtiyozlari haqida ma’lumot berilib, ekspertlar bilan jonli muloqot o‘tkazilmoqda. Yosh tadbirkorlar o‘z ishlanmalarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy maslahatlar olishmoqda.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥632👍1🤝1
Startaplar nega yopiladi?

Ko‘pchilik startaplar texnik xatolar yoki kuchli raqobat tufayli barbod bo‘ladi deb o‘ylaydi. Biroq 385 ta startap tahlili mutlaqo boshqa sabablarni ko‘rsatmoqda.

Texnik muammolar loyihalar barbod bo‘lishining atigi 3% qismini tashkil qiladi. Asosiy sabablar esa quyidagilar:

🔴 70% — Kapitalning tugashi (moliyaviy yetishmovchilik);

🔴 43% — Mahsulotning bozorga mos kelmasligi (talab yo‘qligi);

🔴 29% — Vaqtni noto‘g‘ri tanlash yoki makrosharoitlar.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥2🤝21👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍 “Startup Booster” — noldan startap boshlash bo‘yicha seminar-trening.

Seminarda mutaxassislar maslahatlari, interaktiv networking jarayoni va “Innox” inkubatori bitiruvchilarining tajribasi jamlangan. Seminar yakunida ishtirokchilar o‘z loyihalari taqdimotini o‘tkazishdi.

Jarayonning to‘liq tafsilotlari videoda aks etgan.

Ishtirok etish va bog‘lanish uchun: +998948930017

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🤝1
Qashqadaryolik yoshlar bormi?
Anonymous Poll
40%
Men
37%
Men emas
22%
Qanday yangilik bor?
🚀 Qashqadaryolik yoshlar va talabalar diqqatiga!

Qarshi davlat texnika universitetida Innovatsion rivojlanish agentligi rahbariyati bilan yoshlarning ochiq muloqoti bo‘lib o‘tadi.

Ma’ruzachi: Innovatsion rivojlanish agentligi rahbariyati.

Mavzu: Startap loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlari, davlat grantlarini qo‘lga kiritish tartibi va hududiy innovatsion infratuzilmani rivojlantirish.

Tafsilotlar:

Sana: 2026-yil 26-mart
Vaqt: 09:30 – 11:00
Manzil: Qarshi DTU, Iqtisodiyot fakulteti, 4-qavat, majlislar zali.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
31🎉1