StartUpper
4.79K subscribers
1.38K photos
238 videos
11 files
1.18K links
🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.

Bog'lanish: @startupper_admin
Download Telegram
#hamkorlik

🇰🇷🇺🇿 Siz uchun maxsus “Koreya“dan imkoniyatlar

Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Janubiy Koreya o‘rtasidagi hamkorlik yoshlarimiz uchun bir qator imkoniyatlarni taqdim etadi.

Endilikda siz quyidagi imtiyoz va loyihalardan foydalanishingiz mumkin:

🔵 Mashinasozlikning eng zamonaviy yo‘nalishlarida malaka oshirish;

🔵 Koreyaning yirik texnologik kompaniyalarida bevosita stajirovka o‘tash;

🔵 „Aqlli“ ishlab chiqarish va robototexnika bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallash;

🔵 Innovatsion tumanlardagi qo‘shma loyihalarda yuqori daromadli ish o‘rinlariga ega bo‘lish;

🔵 Muhandislik g‘oyalarini xalqaro standartlar asosida tayyor mahsulotga aylantirish.

Siz ham bu imkoniyatlardan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, kuzatishda davom eting. Eng muhim ma‘lumotlar bilan bo‘lishib boramiz 😉

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#hamkorlik

🎯 Startap tadbiringiz uchun "to'g'ri" auditoriya qidiryapsizmi?

Ko'pincha tashkilotchilar auditoriya yig'ishda sifatdan ko'ra songa e‘tibor berishadi. Biz esa sizga sifatli va maqsadli ishtirokchilarni kafolatlaymiz.

"Parvoz" loyihasi doimiy ravishda startaplar uchun hakaton, seminar yoki networking tadbirlarini yoritib boradi. Agar siz ham tadbirlaringiz uchun maqsadli auditoriya jalb qilmoqchi bo'lsangiz, hoziroq biz bilan bog'laning

📩 Bog'lanish uchun: @Parvoz_project_admin

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#grant

🚀 Startup Booster 2026: G‘oyadan sarmoyagacha 6 hafta

United Ventures o‘zining navbatdagi akseleratsiya dasturiga startaplarni taklif etadi. Bu — loyihangizni professional biznes darajasiga olib chiqish imkoniyati.

Sizni nima kutmoqda?

🔵 Mentorlik: 6 tadan ortiq tajribali mutaxassislar bilan haftalik 1-ga-1 uchrashuvlar.
🔵 Amaliyot: Pitch deck, moliyaviy model va bozorga chiqish (GTM) strategiyasini noldan qurish.
🔵 Sarmoya: Dastur yakunida investorlar (VC va angel investorlar) uchun Demo Dayda chiqish qilish.
🔵 Hamjamiyat: United Ventures tarmog‘iga a’zo bo‘lish va yirik hamkorlar bilan tanishish.

Kimlar qatnashishi mumkin?

MVP (mahsulot varianti) bor yoki g‘oyasini shakllantirgan jamoalar.
O‘z loyihasini kengaytirmoqchi bo‘lgan texnologik startaplar.


Asosiy ma’lumotlar:

📊 Muddat: 2026-yil, 20-martgacha.
🗓 Davomiyligi: 6 hafta (Onlayn format).
🏆 Maqsad: Loyihani investitsiyaga tayyor holatga keltirish

👉 Ariza topshirish: startupbooster.uz/apply

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#startap

👀 Bu startap hamshiralar faolyatini tugatishi mumkin

🟢❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️
❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️

Smart Drop — bu infuziya (tomchilab dori yuborish) jarayonini to‘liq avtomatlashtirilgan nazorat ostiga oluvchi innovatsion tibbiy qurilmadir. Maxsus datchiklar yordamida suyuqlik darajasi va tomchilash tezligini real vaqt rejimida kuzatib boruvchi ushbu texnologiya, dori tugashiga yaqinlashganda yoki tizimda nosozlik yuzaga kelganda darhol tibbiyot xodimlarini ogohlantiradi.

Bu nafaqat hamshiralarning ish yukini yengillashtirib, bir vaqtning o‘zida ko‘plab bemorlarni masofadan samarali kuzatish imkonini beradi, balki eng muhimi — qon tomiriga havo kirib ketishi yoki suyuqlikning noto‘g‘ri miqdorda yuborilishi kabi hayot uchun xavfli holatlarning oldini olib, bemor xavfsizligini kafolatlaydi.


Loyiha “InnoX” biznes-inkubator va akseleratsiya dasturi doirasida g‘oyadan tayyor startap holatiga keltirilgan.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏741
StartUpper
#hamkorlik 🇰🇷🇺🇿 Siz uchun maxsus “Koreya“dan imkoniyatlar Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Janubiy Koreya o‘rtasidagi hamkorlik yoshlarimiz uchun bir qator imkoniyatlarni taqdim etadi. Endilikda siz quyidagi imtiyoz va loyihalardan foydalanishingiz…
#hamkorlik

🇰🇷🇺🇿 O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi qanday hamkorliklarga erishilmoqda?

Hamkorlik bo‘yicha quyidagilarni yo‘lga qo‘yish kelishib olindi:

🔵 Janubiy Koreyaning Cheju Halla universiteti bilan ilmiy-tadqiqot va texnologiyalar transferi bo‘yicha qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish;

🔵 Zamonaviy uskunalar ishlab chiqarish va mashinasozlik sohasida koreyalik hamkorlarning ilg‘or tajribasini mahalliy korxonalarga tatbiq etish;

🔵 Koreya modeli asosida texnoparklarni samarali boshqarish va innovatsion infratuzilmani rivojlantirish;

🔵 Boyovut innovatsion tumanida maishiy chiqindilarni saralash, qayta ishlash va poligon gazidan elektr energiyasi olish tizimini joriy qilish;

🔵 Irrigatsiya kanallarining suv oqimidan foydalangan holda mini GESlar qurish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirish;

🔵 Hamkorlikdagi loyihalarni hayotga tatbiq etish uchun maxsus ishchi guruh tuzish va aniq vazifalarni belgilovchi “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#startap

Joriy yilning 11-fevral kuni qabul qilingan “Startaplarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-59-son Prezident qarori startap ekotizimini rivojlantirishda muhim huquqiy asosdir.

⚡️ Qarorga ko‘ra, 2026-yildan har yili startap loyihaga aylantirish salohiyati yuqori bo‘lgan g‘oyalarni aniqlash bo‘yicha “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovi o‘tkaziladi.

➡️ tanlov davlat oliy taʼlim tashkilotlarida o‘tkaziladi va g‘oliblarga 100 mln so‘m grant beriladi;

➡️ respublika bosqichi 10 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi, mukofot jamg‘armasi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan 10 mlrd so‘m etib belgilanadi.

Hujjatga ko‘ra belgilangan boshqa qator imkoniyatlar haqida hamkasbimiz J.O‘rinboyev ma’lumot beradi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2❤‍🔥2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Endilikda har yili xotin-qizlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun kamida 10 ta yo‘nalish bo‘yicha startap tanlovlari o‘tkaziladi. Bunda har bir yo‘nalish g‘olibiga Innovatsiya jamg‘armasidan 500 million so‘mgacha grant beriladi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍21🔥1
🚀 “Parvoz” loyihasi Innovatsion rivojlanish agentligining Startap ekotizim va hududiy rivojlanish boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, startap ekotizimidagi eng muhim yangiliklar va imkoniyatlarni yoritib boradi.

Loyiha orqali siz O‘zbekistonda startap va innovatsion ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda yaratilayotgan yangi imkoniyatlarni bevosita kuzatib borishingiz mumkin.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2❤‍🔥1
🟦🟦🟦

🇺🇿 Innovatsion rivojlanish agentligi hududiy bo‘linmalarining rasmiy Telegram kanallari

USTIGA BOSING! 🔵

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21
🌹 “Parvoz“ loyihasi barcha ayol-qizlarni 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni“ bilan tabriklaydi! Sizga yuksak maqsadlar, cheksiz parvozlar va doimiy muvaffaqiyat yor bo‘lishini tilaymiz.

Bayramingiz muborak!

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5❤‍🔥1🔥1
Hududingizda tashkil etilyotgan "Mirzo Ulug'bek vorislari" respublika tanlovida ishtirok etyapsizmi?
Anonymous Poll
25%
Ha, keyingi bosqichga o'tdim
14%
O'ta olmadim
48%
Endi bo'ladi
13%
Qiziqmayman
#vorislar

🔺 Hozirga qadar O‘zbekiston bo‘ylab “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining birinchi bosqichi yakunlangan hududlar:

Namangan viloyatining Norin tumanida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
👉Batafsil

Farg‘ona viloyatining Dang‘ara, Quva, Toshloq va Furqat tumanlarida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining navbatdagi bosqichlari o‘tkazildi.
👉Batafsil

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining navbatdagi shahar bosqichlari o‘tkazildi.

👉Batafsil

Namangan viloyatining Chortoq tumanida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining birinchi bosqichi o‘tkazildi.
👉Batafsil

Tanlovning 1-bosqich grafigi bilan tanishing.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝3🔥211
#dayjest

⚡️ Hafta davomida startap ekotizimi bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirildi?

#2-son

Innovatsion rivojlanish agentligi: Haftalik “STARTUP WEEKEND” dayjesti!

Startap ekotizim va hududiy rivojlanish boshqarmasi joriy haftaning (2026-yil 1-8-mart holatiga ko‘ra) eng muhim va qiziqarli voqealari jamlangan haftalik dayjestni taqdim etadi.

📖 Dayjestni quyidagi havola orqali mutolaa qilishingiz mumkin:
👉 https://online.pubhtml5.com/qxrce/ciyv/

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22👍1🔥1