StartUpper
4.79K subscribers
1.38K photos
238 videos
11 files
1.18K links
🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.

Bog'lanish: @startupper_admin
Download Telegram
#Startap

Talabalar o‘rtasida “Startap loyihalar” tanlovi tashkil etildi


Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida talabalar o‘rtasida “Startap loyihalar” tanlovi tashkil etildi. Tanlovning bosh maqsadi yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni amaliy natijaga yo‘naltirish hamda ilmiy-texnik va tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Shu asosda 18–30 yoshdagi ishtirokchilar yakka tartibda yoki 3 nafargacha bo‘lgan jamoa shaklida o‘z loyihalarini taqdim etdilar. Taqdim etilgan ishlanmalar dolzarbligi va amaliy ahamiyati, innovatsion yondashuvi, ixtirochilik qobiliyati hamda istiqbolliligi kabi mezonlar asosida kompleks baholandi.

Tanlov jarayoni belgilangan tartibda, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazildi, yakuniy natijalar esa yaqin kunlarda rasman e’lon qilinadi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
52👍1🔥1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ O‘zi MVP nima?

MVP — bu katta loyihaning pul va vaqtni tejaydigan eng sodda ishchi namunasidir. Uning maqsadi darrov qimmat mahsulot yaratish emas, balki kichik bir yechim orqali odamlarga mahsulotingiz haqiqatda kerakmi yoki yo‘qligini bilib olishdir.

Sodda qilib aytganda, MVP — bu “hovli supurmasdan, to‘y boshlamaslik“ degani, ya‘ni katta xarajatga tushishdan oldin, xalqning talabini kichik qadam bilan tekshirib ko‘rishdir.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7🤝21
MVP qurishda muhim 6 bosqich! .pdf
26.5 MB
#foydali

📢 MVP qurishda muhim 6 bosqich!

Startapingiz MVP ni qurishdan avval albatta bu qo'llanmani o'qib chiqing

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
#innovatsion_tumanlar #Startap

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Innovatsion rivojlanish agentligi direktori (v.v.b) Asror Norov Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutiga tashrif buyurib, muassasaning ilmiy-innovatsion faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Institut rektori Sh. Hasanov hamrohligida o‘tgan uchrashuv davomida iqtidorli talabalarning startap loyihalari ko‘zdan kechirilib, ularning muammolarga taklif etayotgan yechimlari, iqtisodiy samaradorligi va amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, sohani modernizatsiya qilishga qaratilgan ishlanmalar va chop etilgan mualliflik adabiyotlari namoyish etildi.

Uchrashuv yakunida institutning ilmiy salohiyati va erishilgan natijalari yuqori baholanib, kelgusida Agentlik bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥211👍1🔥1🤝1
#dayjest

#1-son

⚡️ Innovatsion rivojlanish agentligi: Haftalik “STARTUP WEEKEND” dayjesti!

Innovatsion ekotizim va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi joriy haftaning (2026-yil 23–28-fevral holatiga ko‘ra) eng muhim va qiziqarli voqealari jamlangan haftalik dayjestni taqdim etadi.

📖 Dayjestni quyidagi havola orqali mutolaa qilishingiz mumkin:
👉 https://online.pubhtml5.com/qxrce/yhbr/

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
41🔥1
#grant

🇪🇸 PizzaPitch: Ayollar tadbirkorligi uchun Ispaniya safari

PizzaPitch tadbirkor ayollar o‘rtasida tanlov e’lon qiladi. Tanlov natijasiga ko‘ra 5 nafar g‘olib Ispaniya startap-ekotizimi bilan tanishish uchun xalqaro sayohatga yuboriladi.

Tanlov tartibi:

Kelib tushgan arizalar orasidan 60 ta loyiha onlayn tarzda tanlab olinadi.
Eng yaxshi loyihalar 14-mart kuni oflayn formatda taqdimot qilinadi.

🗓 Arizalar qabuli: 7-mart, soat 18:00 gacha.
🗒 Oflayn bosqich: 14-mart, soat 15:00.
📍 Manzil: C-Space Yunusabad

❗️Muhim: Safar uchun Shengen vizasini rasmiylashtirish g‘oliblar tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: pizzapitch.uz/ru

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
#foydali

2026-yil fevral holatiga ko'ra sun'iy intellektdan foydalanish bo'yicha ma'lumotlar quyidagicha:


🔵 Hech qachon AI'dan foydalanmaganlar: Dunyoda taxminan 6,8 milliard kishi (84%) AI dan umuman foydalanmagan.
🔵 Bepul chat-botlardan foydalanuvchilar: Taxminan 1,3 milliard kishi (16%) AI vositalarining bepul versiyalaridan foydalanadi.
🔵 AI uchun 20 dollar to'laydiganlar: Taxminan 15-25 million kishi (~0,3%) AI xizmatlari uchun oyiga 20 dollar haq to'laydi.
🔵 Dasturlash uchun AI foydalanuvchilari: Taxminan 2-5 million kishi (~0,04%) dasturlashda AI vositalaridan foydalanadi.

Siz-chi, qaysi raqamlarga kirasiz?

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥3
Prezidentimiz tomonidan joriy yilda startap loyihalarni hayotga tatbiq etish hamda innovatsion faoliyatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida respublikamizning barcha hududlarida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Navbatdagi ma‘lumotlarimizda ushbu islohotlarning hududlar kesimidagi amaliy natijalari va loyihalar tafsilotlari bilan tanishtirib boramiz.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2❤‍🔥1
#dayjest

🔺 Joriy yilning 28-fevralidan 3-martiga qadar Innovatsion rivojlanish agentligi tashabbusi bilan Samarqand viloyatida ilmiy-innovatsion hamda startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator tadbirlar o‘tkazildi.

Innovatsion rivojlanish agentligi direktori (v.v.b)
A. Norov Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida yoshlarning startap loyihalari bilan tanishdi.
👉Batafsil

Agentlik rahbariyati O‘zbekiston – Koreya kartoshka urug‘chiligi markazi laboratoriyasidagi ish jarayonlarini o‘rgandi.
👉Batafsil

Samarqand davlat universitetining ilmiy imkoniyatlari va yangi ishlanmalari ko‘zdan kechirildi.
👉Batafsil

Samarqand shahrida yoshlar bilan ilmiy-tadqiqot va startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muloqot o‘tkazildi.
👉Batafsil

Payariq tumanida 450 nafar ehtiyojmand fuqaro uchun iftorlik tashkil etildi.
👉Batafsil

Ishtixon tumanida ijtimoiy reyestrdagi fuqarolar uchun iftorlik dasturxoni tashkil etildi.
👉Batafsil

Jomboy tumanida navbatdagi iftorlik tadbiri o‘tkazildi
.
👉Batafsil

Bulung‘ur tumanida ijtimoiy reyestrdagi fuqarolar uchun iftorlik dasturxoni yozildi.

👉Batafsil

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22👍1🤝1