StartUpper
4.8K subscribers
1.38K photos
237 videos
11 files
1.18K links
🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.

Bog'lanish: @startupper_admin
Download Telegram
#Startap #Ilmiy_loyihalar

Talaba-yoshlar uchun ilmiy-innovatsion va startap loyihalar bo‘yicha seminar tashkil etildi


O'zbekiston Respublikasi
Huquqni muhofaza qilish
akademiyasi talaba-yoshlari uchun Innovatsion rivojlanish agentligi xodimlari ishtirokida ilmiy-innovatsion va startap loyihalarni shakllantirishga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi. Tadbir davomida loyiha g‘oyasini aniqlash va asoslash, muammoni tahlil qilish, maqsad va vazifalarni belgilash, kutilayotgan natijalarni shakllantirish hamda loyiha hujjatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirish masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, davlat grantlari va tanlovlarda ishtirok etish tartibi, ariza topshirish jarayoni, baholash mezonlari, ustuvor yo‘nalishlar hamda loyihalarga investitsiya jalb qilish mexanizmlari haqida ma’lumot taqdim etildi. Seminar yakunida talabalar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berilib, loyihalarni amaliyotga joriy etish va moliyalashtirish imkoniyatlari yuzasidan qo‘shimcha izohlar taqdim etildi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🎉1
Hududingizda "Yoshlar kuni" munosabati bilan qanday tadbirlar o'tkazildi.

Kommentariga yuboring-chi 😉
3👍1
#Startap

Talabalar o‘rtasida “Startap loyihalar” tanlovi tashkil etildi


Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida talabalar o‘rtasida “Startap loyihalar” tanlovi tashkil etildi. Tanlovning bosh maqsadi yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni amaliy natijaga yo‘naltirish hamda ilmiy-texnik va tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Shu asosda 18–30 yoshdagi ishtirokchilar yakka tartibda yoki 3 nafargacha bo‘lgan jamoa shaklida o‘z loyihalarini taqdim etdilar. Taqdim etilgan ishlanmalar dolzarbligi va amaliy ahamiyati, innovatsion yondashuvi, ixtirochilik qobiliyati hamda istiqbolliligi kabi mezonlar asosida kompleks baholandi.

Tanlov jarayoni belgilangan tartibda, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazildi, yakuniy natijalar esa yaqin kunlarda rasman e’lon qilinadi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
52👍1🔥1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ O‘zi MVP nima?

MVP — bu katta loyihaning pul va vaqtni tejaydigan eng sodda ishchi namunasidir. Uning maqsadi darrov qimmat mahsulot yaratish emas, balki kichik bir yechim orqali odamlarga mahsulotingiz haqiqatda kerakmi yoki yo‘qligini bilib olishdir.

Sodda qilib aytganda, MVP — bu “hovli supurmasdan, to‘y boshlamaslik“ degani, ya‘ni katta xarajatga tushishdan oldin, xalqning talabini kichik qadam bilan tekshirib ko‘rishdir.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7🤝21
MVP qurishda muhim 6 bosqich! .pdf
26.5 MB
#foydali

📢 MVP qurishda muhim 6 bosqich!

Startapingiz MVP ni qurishdan avval albatta bu qo'llanmani o'qib chiqing

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
#innovatsion_tumanlar #Startap

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Innovatsion rivojlanish agentligi direktori (v.v.b) Asror Norov Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutiga tashrif buyurib, muassasaning ilmiy-innovatsion faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Institut rektori Sh. Hasanov hamrohligida o‘tgan uchrashuv davomida iqtidorli talabalarning startap loyihalari ko‘zdan kechirilib, ularning muammolarga taklif etayotgan yechimlari, iqtisodiy samaradorligi va amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, sohani modernizatsiya qilishga qaratilgan ishlanmalar va chop etilgan mualliflik adabiyotlari namoyish etildi.

Uchrashuv yakunida institutning ilmiy salohiyati va erishilgan natijalari yuqori baholanib, kelgusida Agentlik bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥211👍1🔥1🤝1