StartUpper
4.79K subscribers
1.38K photos
238 videos
11 files
1.18K links
🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.

Bog'lanish: @startupper_admin
Download Telegram
Bugun dunyo aholisining 10 foizdan ortig‘i volontyorlik bilan shug‘ullanmoqda.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda volontyorlik faoliyatining huquqiy asosini yaratilgani, Volontyorlar maktabi, oliygohlarda markazlar tashkil qilinganining hisobiga bizda ham bunday yoshlar 5 karra ko‘paydi.

Ekologiya, tibbiy xizmat, ta’lim, favqulodda vaziyatlarda ko‘maklashish yo‘nalishidagi volontyorlarning soni 100 mingdan oshdi.

Mana shunday tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida vazirlik va idoralar rahbarlari, faol ko‘ngilli yoshlardan iborat Volontyorlik harakatini rivojlantirish bo‘yicha Vasiylik kengashini tashkil qilish taklif etildi.

Yoshlar ishlari agentligida “Volontyorlikni qo‘llab-quvvatlash” jamg‘armasi tashkil qilinadi. Ushbu jamg‘armaga har yili budjetdan 20 milliard so‘mdan mablag‘ beriladi. Bunga qo‘shimcha viloyat hokimlari ham mahalliy budjetdan 3 milliard so‘mdan ajratadi.

Mazkur mablag‘lar hisobidan yoshlarning volontyorlik loyihalariga 100 million so‘mgacha grant beriladi. Ko‘ngilli yoshlarga “ijtimoiy faollik kartasi” ochilib, ekologiya, ijtimoiy himoya, tibbiyot, ta’lim, jamoat xavfsizligi kabi yo‘nalishlardagi ishtirokiga qarab, ball berib boriladi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Har yili yurtimizda 270 mingga yaqin yangi oila paydo bo‘lmoqda.

Yosh oilalar uchun eng avvalo nima kerak? Albatta, qulay va shinam uy-joy zarur. Shuni hisobga olib, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida uy-joy ipoteka dasturi doirasida kredit stavkasini 14 foizdan oshgan qismi budjetdan qoplab beriladi,

– dedi Prezidentimiz.

Axborot xurujlari avj olayotgan bugungi kunda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni ommalashtirish muhim vazifalardan biri bo‘lib qolishi qayd etildi.

Bu ishlarni yangi bosqichga olib chiqish uchun tuzilgan “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish” jamg‘armasi orqali eng iste’dodli yozuvchilarga ijodiy buyurtma beriladi va bir yil davomida oyiga 20 million so‘mdan haq to‘lanadi.

Eng sara xorijiy adabiyotlarni o‘zbek tiliga, milliy adabiyotlarni xorijiy tillarga tarjima qilish va chop etish xarajatining yarmi qoplanadi.

Mutasaddilarga yangi o‘quv yiligacha eng yaxshi 100 ta asardan iborat kitoblar to‘plamini tayyorlab, barcha maktab va texnikumlarga yetkazish topshirildi. Maktablardagi eng faol kitobxon o‘quvchilarga 10 million so‘mdan mukofot beriladi.

Kutubxona, “book cafe” va kitob do‘konlari ochib, kitob savdosini oyiga 10 ming donadan oshirgan tadbirkorlarga uch yilga 1 milliard so‘mgacha 7 foizli ssuda berish yo‘lga qo‘yiladi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tab bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy hayotga tez moslashishini ta’minlash muhim ekani ta’kidlandi.

Buning uchun “Ikkinchi imkon" loyihasi boshlanadi.

Bunday yoshlar 8-12 oylik intensiv kurslarda dasturlash, veb-dizayn, kompyuter muhandisligi, boshqa kasblar va xorijiy tillarga o‘qitilib, daromadli ishga ega bo‘ladi.

Mazkur tizim 1-iyundan Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyatida, kelasi yildan esa barcha hududlarda joriy qilinadi.

Davlatimiz rahbari so‘zini yakunlagach, yoshlar bilan muloqot boshlandi.

Ayni paytda tadbirda mutasaddilarning hisobotlari, yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanmoqda.


🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
#foydali

🔺 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bugungi yoshlar bilan uchrashuvda startap loyihalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi imtiyoz va imkoniyatlarni belgilab berdi:

Yoshlarning eng yaxshi 40 ta startap loyihasini moliyalashtirish uchun 2 milliard so‘m ajratiladi;

O‘zini o‘zi band qilgan yoshlar uchun kredit miqdori 300 mln so‘mgacha, yosh tadbirkorlar uchun esa 10 mlrd so‘mgacha oshirildi;

Innovatsion startaplarga global bozorga chiqish uchun 100 ming dollargacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritishga ruxsat berildi;

Har bir hududda g‘oyani biznesga aylantirish, marketing va eksportni o‘rgatuvchi yoshlar biznes inkubatorlari ish boshlaydi;

“Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi doirasida 40 ming yosh biznesga o‘qitilib, eng yaxshi 1 000 ta loyihaga 200 mln so‘mgacha (7%li ssuda) mablag‘ ajratiladi;

“Yosh tadbirkorlar” tanlovida g‘olib bo‘lgan 100 ta loyihaga 1 mlrd so‘mgacha (Yoshlar venchurs jamg‘armasidan) mablag‘ ajratiladi;

Har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilandi, unda hokimlar va vazirlar startapchilar bilan bevosita uchrashib, grantlar ajratadi;

Toshkentda “Take Off” xalqaro startap sammiti, Samarqandda esa yoshlar parlamenti konferensiyasi o‘tkazilishi xalqaro hamkorlik uchun yangi maydon yaratadi;

“Upshift” startap loyihasi kengaytirilib, bu yil media, dizayn, hunarmandchilik, ishlab chiqarish va innovatsiya yo‘nalishlarida ham tanlov o‘tkaziladi;

O‘zbek startaplari AQSh, Koreya va BAA kabi global bozorlarni zabt etishni boshlagani mahalliy loyihalarning yuqori eksport salohiyatidan dalolat beradi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21👍1🫡1
Ertaga hududda "Demo Day" tashkil qilib bersak, nima deysiz?
Anonymous Poll
63%
Zo'r bo'lardi
8%
Kerakmas
29%
Qaysi hududda?
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_texnoparklari
#Startap

🔺 Qarshi: Innovatsion loyihalar taqdimoti — “Demo Day“

Qarshi Yoshlar Texnoparki, Savdo-sanoat palatasi hamda Innovatsion rivojlanish agentligi hududiy bo‘linmasi hamkorligida navbatdagi “Demo Day” tadbiri tashkil etilmoqda.

Tadbirning asosiy maqsadi hududdagi yosh ixtirochilarning innovatsion ishlanmalarini namoyish etish, ularni soha ekspertlari tahlilidan o‘tkazish va o‘zaro manfaatli professional hamkorlik platformasini yaratishdir. Ishtirokchilar uchun davlat va jamoat tashkilotlari vakillari bilan bevosita networking o‘rnatish hamda istiqbolli loyihalarni amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Tadbir tafsilotlari:

🗓 Sana: 26-fevral
📊 Vaqt: 14:00
📍 Manzil: Qarshi Yoshlar Texnoparki binosi

Ma’lumot uchun:

✈️ Telegram: @digital_ekonomist
📞 Telefon: +998 90 867 05 27

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
#yoshlar_texnoparki

Talabadan — Startapchiga: Nukus Yoshlar texnoparki bilan yangi imkoniyatlar!

Nukus davlat texnika universitetida Nukus Yoshlar texnoparki tomonidan tashkil etilgan “G‘oyadan Startapgacha” seminar-treningi talabalarning innovatsion salohiyatini yangi bosqichga olib chiqdi. Tadbirning asosiy maqsadi — kreativ g‘oyalarni real biznes loyihalar va prototiplarga aylantirish yo‘lini ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.

Seminar davomida ishtirokchilar texnoparkdagi zamonaviy infratuzilma, amaliy tajriba maydonchalari hamda startaplarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari bilan tanishdilar. Spikerlar g‘oyani prototip darajasiga olib chiqish va uni bozorga tayyor startapga aylantirish bo‘yicha aniq tavsiyalar berib, so‘nggi innovatsion ishlanmalar haqida ma‘lumot berdilar.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Startap #innovatsion_tumanlar

Viloyat hokimi yosh startapchilar bilan uchrashmoqda


Ayni damda Samarqand shahridagi Yoshlar markazida viloyat hokimi Aziz Boboyev yosh startap tashabbuskorlari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

Uchrashuvda hokim InnoX biznes-inkubatsiya va akseleratsiya dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan loyihalar bilan tanishib, ularning ishlanmalari, erishgan natijalari va kelgusidagi rejalari bo‘yicha fikr almashmoqda.

Tadbirda Samarqand Yoshlar Texnoparki vakillari ham faol ishtirok etmoqda.

Uchrashuvning asosiy maqsadi — yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, startap ekotizimini mustahkamlash va amaliy hamkorlikni rivojlantirish.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11
#Startap #Ilmiy_loyihalar

Talaba-yoshlar uchun ilmiy-innovatsion va startap loyihalar bo‘yicha seminar tashkil etildi


O'zbekiston Respublikasi
Huquqni muhofaza qilish
akademiyasi talaba-yoshlari uchun Innovatsion rivojlanish agentligi xodimlari ishtirokida ilmiy-innovatsion va startap loyihalarni shakllantirishga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi. Tadbir davomida loyiha g‘oyasini aniqlash va asoslash, muammoni tahlil qilish, maqsad va vazifalarni belgilash, kutilayotgan natijalarni shakllantirish hamda loyiha hujjatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirish masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, davlat grantlari va tanlovlarda ishtirok etish tartibi, ariza topshirish jarayoni, baholash mezonlari, ustuvor yo‘nalishlar hamda loyihalarga investitsiya jalb qilish mexanizmlari haqida ma’lumot taqdim etildi. Seminar yakunida talabalar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berilib, loyihalarni amaliyotga joriy etish va moliyalashtirish imkoniyatlari yuzasidan qo‘shimcha izohlar taqdim etildi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🎉1
Hududingizda "Yoshlar kuni" munosabati bilan qanday tadbirlar o'tkazildi.

Kommentariga yuboring-chi 😉
3👍1