StartUpper
4.79K subscribers
1.38K photos
238 videos
11 files
1.18K links
🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.

Bog'lanish: @startupper_admin
Download Telegram
Nufuzli xalqaro akseleratsiya dasturlarida qatnashish xarajatlarining 50 foizi (20 ming dollargacha) davlat tomonidan qoplab beriladi.

Manba: PQ-59 (11.02.2026)

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍1
Startap studiyalar va inkubatsiya markazlarini tashkil etish uchun 5 mlrd so‘mgacha foizsiz qarz (ssuda) hamda mahalliy dasturlarda qatnashish uchun grantlar ajratiladi.

Manba: PQ-59 (11.02.2026)

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1
Muvaffaqiyatli startaplarga xorijda filial ochish va ularni moliyalashtirish uchun yiliga 500 ming dollargacha mablag‘ni alohida qarorlarsiz chetga o‘tkazishga ruxsat beriladi.

Manba: PQ-59 (11.02.2026)

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42
Ish vaqtida issiq ovqat yeyishga ulgurmayapsizmi?

Heatwave Go startapi mikroto‘lqinli pech funksiyasiga ega lanch-boksni yaratdi — u yo‘lda, ishda yoki o‘qishda ko‘p vaqt o‘tkazadiganlar uchun ayni muddao.

Konteyner nafaqat taomlaringizni kun bo‘yi yangi saqlaydi, balki ularni infraqizil nurlar yordamida isitib beradi. Bir porsiya ovqatni isitish uchun bor-yo‘g‘i 15 daqiqa kifoya, kerakli haroratni o‘rnatish va jarayonni kuzatish esa maxsus mobil ilova orqali amalga oshiriladi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Humanoid robotlardan navbatdagi yangilik

Xitoyning Oltoy mintaqasida o‘tkazilgan sinovlarda Unitree roboti −47°C sovuq haroratda 130 000 qadam bosib, hayratlanarli natija ko‘rsatdi.

Robot qorli va murakkab relyef bo‘ylab qariyb 100 km masofani bosib o‘tdi. Sinov davomida u maxsus himoya kiyimi bilan jihozlandi, bu esa unga o‘ta past haroratda ham barqaror harakatlanish imkonini berdi.

Ushbu muvaffaqiyat humanoid robotning bunday ekstremal sharoitlarda uzoq vaqt davomida operatsiyalarni bajara olishi bo‘yicha dunyodagi ilk hujjatlashtirilgan holatlardan biri sifatida qayd etildi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
G‘oyangiz pul olib keladimi yoki yo‘qmi?

Bu savol koplab startap boshlovchilarni oylantiradi. Lekin keyingi xabardan keyin bu haqda oylab ham otirmaysiz 😉
41🎉1
G‘oyangiz pul olib keladimi yoki yo‘qmi?

Accio — bu startapchilar uchun bozor xaritasidir. Uning asosiy vazifasi — g‘oyangiz pul olib keladimi yoki yo‘qmi, shuni sotuv boshlanmasidan oldin aniqlab berish.

Platformaning asosiy foydalari:

🔵 Talabni amalda tekshirish: Amazon va ijtimoiy tarmoqlardagi real savdo ma’lumotlarini tahlil qilib, mahsulotingizga haqiqiy talab bor-yo‘qligini ko‘rsatadi. Bu talab yo‘q g‘oyaga bekorga pul tikishdan asraydi.
🔵 Raqiblar tahlili: Raqobatchilarning qaysi mahsuloti yaxshi sotilayotgani va mijozlar nimalardan norozi ekanini fosh qiladi. Siz ularning xatosidan dars olib, yaxshiroq yechim taklif qilasiz.
🔵 Trendlarni egallash: Pinterest va Reddit’dagi qiziqishlar asosida hali ommalashib ulgurmagan, lekin ertaga "portlaydigan" yo‘nalishlarni bugun ko‘rsatib beradi.
🔵 Murakkablikdan qochish: Minglab qatorli statistikani o‘rganib o‘tirmaysiz — tizim hammasini tushunarli grafik va vizual hisobotlarga aylantiradi.


Agar mablag‘ingizni havoga sovurishni xohlamasangiz, iste’molchi ehtiyojlarini sayt orqali o‘rganib chiqing!

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2
🔺 Qarshi shahrida innovatsion startaplar uchun mahorat darsi

UEnter innovatsiyalar markazi American Makerspace Qarshi bilan hamkorlikda barcha startapchilar, talabalar va yangi g‘oyalar ustida ishlayotgan kreativ yoshlarni maxsus mahorat darsiga taklif etadi.

Ushbu vorkshop davomida ishtirokchilar o‘z loyihalarini qanday qilib noldan boshlash, mavjud qo‘llab-quvvatlash dasturlaridan unumli foydalanish hamda mentorlik platformalari orqali tajribali mutaxassislar bilan aloqa o‘rnatish mexanizmlari bilan yaqindan tanishadilar.

Sana: 2026-yil 17-fevral | Vaqt: 15:00 | Manzil: American Makerspace Qarshi |
Mo‘ljal: Qarshi sh., Bunyodkorlik ko‘chasi, 15-uy
Ro‘yxatdan o‘tish uchun: havola

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏21
Forwarded from Financopedia.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌟 FINANCOPEDIA | NAVBATDAGI BIZNES KEYS TADBIRIMIZGA 5 KUN QOLDI!

Hurmatli ishtirokchilar, navbatdagi tadbirimiz boshlanishiga atigi 5 kun qoldi — tayyorgarlikni boshladik!

📍 Tadbirimiz shu viloyatlarda bo’lib otadi:
Qoraqalpog'iston Respublikasi
Buxoro Viloyati
Samarqand Viloyati
Navoiy Viloyati
Jizzax Viloyati
Namangan Viloyati
Andijon Viloyati

Bu safar oddiy tadbir bo‘lmaydi — yangicha format, ajoyib keys va energiyaga boy atmosfera sizni kutmoqda.

🗓 22-Fevral
13:00
📍 Yoshlar ijod Saroyi

Loyihamiz Yoshlar ishlari agentligi va Markaziy Bank tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda

Energiyaga boy atmosfera, yangicha format va Eng Zo'r keyslar tayyor — siz tayyormisiz?

Xalqning moliyaviy savodxonligini rivojlantirish va iqtisodiy bilimlarini yuksaltirish bizning asosiy maqsadimiz!

Telegram | Instagram | Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3❤‍🔥1
Agar sizda $1000 va bitta noutbuk bo'lganda, qanday startap boshlardingiz?

Javoblaringizni kommentariyada yozib qoldiring
❤‍🔥31
Agar menda $1000 va bitta noutbuk bo'lganda, qanday startap boshlardim?

Mana sizga startapni qanday qilish bo'yicha 3 ta yo'l:

🔸 1-hafta: Tor muammoni tanlayman.
Hech qanday ofis va xodimlarsiz, men kichik bizneslar (masalan, stomatologiya yoki o'quv markazlari) uchun mijozlar bilan muloqotni AI yordamida avtomatlashtiradigan servisni tanlayman. Muammo aniq — ular mijozlarni kutishda yo'qotyapti.

🔸 2-hafta: MVP (Minimal mahsulot) yig'aman.
Dasturchi yollamayman! Bubble yoki Glide kabi no-code platformalarda 1 haftada birinchi versiyani quraman. Xarajat: maxsimum $200.

🔸 3-hafta: Bozorga chiqish.
Qolgan pulning $400 qismini maqsadli reklama (Target)ga tikaman. Maqsad — kamida 5 ta real mijoz. Ulardan tushgan birinchi daromadni mahsulotni yanada yaxshilashga yo'naltiraman.

👇 Sizda hozir $1000 bo'lsa, qaysi sohada startap boshlagan bo'lardingiz? G'oyangizni yozing, birga tahlil qilamiz!

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍72
#seminar

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan Navoiy davlat universitetidagi ilmiy hamda startap tashabbusiga ega bo‘lgan talabalar va universitet ilmiy jamoasi uchun seminar-trening tashkil etildi.

Seminar “Akademik harakatchanlik” va “Startap ekotizimida yaratilgan imkoniyatlar” mavzulariga bag‘ishlanib, talabalar uchun grantlar, ilmiy stajirovkalar, startaplarni shakllantirish va investorlar bilan ishlash imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Unda 50 dan ortiq talaba ishtirok etib, o‘z savollariga batafsil javob oldi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🎉2🤝2
Bugun startap loyihasi borlar va jamoa qidirayotganlar uchun foydali yangilik bo'ladi.

Kutib turing... 🔥
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥94❤‍🔥11👍1🎉1
StartUpper
Bugun startap loyihasi borlar va jamoa qidirayotganlar uchun foydali yangilik bo'ladi. Kutib turing... 🔥
GarajHub — Loyihangiz uchun hamkor topishda yordam beradi!

Sizda startap g‘oyasi bormi, lekin uni amalga oshirishga jamoangiz yetishmayaptimi? Masalan, dasturchisiz-u, sizga dizayner kerak yoki g‘oya egasisiz-u, texnik mutaxassis qidiryapsiz.

GarajHub aynan mana shunday maqsadli insonlarni bir-biri bilan bog‘laydi. Loyiha vazifasi — O‘zbekistondagi tadbirkorlar va mutaxassislarga bir jamoa bo‘lib, g‘oyalarini real biznesga aylantirishda ko‘maklashish.

Qanday foydalaniladi?

🔢@GarajHub_bot ga kirasiz.
🔢Kimni qidirayotganingiz yoki loyihangiz haqida e’lon qoldirasiz.
🔢Bot e’lonni tasdiqlaydi va u kanalda chiqadi.

Hozirda xizmat mutlaqo bepul.

Kanal: https://t.me/GarajHub_uz

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
🌙 "Parvoz" loyihasi jamoasi sizni va yaqinlaringizni muqaddas Ramazon oyi bilan muborakbod etadi!

Ushbu qutlug' oyda tutilgan ro'zalar, qilingan duolar va ezgu amallar ijobat bo'lishini tilaymiz. Qalbingizni xotirjamlik, xonadoningizni esa fayz va baraka tark etmasin. Ma’naviy yuksaklikka intilishda kuch-g‘ayratingiz yanada ziyoda bo'lsin!

Ramazon muborak bo'lsin!

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👏3
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi haqida bilasizmi?
Anonymous Poll
44%
Ha, albatta
50%
Yo'q, afsuski
6%
Ishtirok etganman
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔵“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi uchun arizalar qabuli davom etmoqda

Agar siz 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan, o‘zining ilmiy g‘oyasi yoki innovatsion ishlanmasiga ega iqtidorli yoshlardan biri bo‘lsangiz, ushbu tanlov aynan siz uchun.

Tanlovda ishtirok etish uchun:

www.vorislar.uz saytiga kiring.
Shaxsiy ma’lumotlaringiz va loyihangiz haqidagi ma’lumotlarni kiritib, ro‘yxatdan o‘ting.
Arizangizni 2026-yil 25-fevral soat 18:00 ga qadar yuborishga ulguring.

G‘oliblar qanday mukofotlanadi?

Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi va har bir bosqichda g‘oliblar pul mukofoti bilan taqdirlanadi:

🔵 Tuman va shahar bosqichi: 5 nafar g‘olibning har biriga BHMning 5 baravari miqdorida mukofot beriladi.
🔵 Viloyat va respublika bosqichi: 20 nafar eng yaxshi loyiha egasi BHMning 10 baravari miqdorida pul mukofotini qo‘lga kiritadi.

Imkoniyatni qo‘ldan boy berishni istamasangiz, hoziroq ro‘yxatdan o‘ting

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2