StartUpper
4.79K subscribers
1.38K photos
238 videos
11 files
1.18K links
🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.

Bog'lanish: @startupper_admin
Download Telegram
Assalomu alayku! Safimiz kengayib borayotganidan juda xursandmiz. Biz Innovatsion rivojlanish agentligi, innovatsion ekotizim va startap loyihalarni qo'llab-quvvatlash bo'limi tomonidan yaratilgan Parvoz loyihasi jamoasi, bu kanalni ochishdan maqsad startaplarga investitsiya jalb qilishga yordam berish va xatolarni oldini olishga turtki bo'lish bo'lgan. Biz ham xuddi siz kabi g'oyalarni real loyihaga aylantirishga ishtiyoqmandman.

Hozirga qadar loyihamiz doirasida:

- Butun respublika bo‘ylab “Startaplar festivali”
- Startap ekotizimining yetakchi vakillari ishtirokida — “Ilm-Start” marafoni
- Farmatsevtika yo‘nalishidagi startaplar uchun investorlar bilan ochiq muloqot — “Parvoz Pitch”
- ”Innstartap” akseleratsiya dasturi
- Startaplarni rivojlantirishga qaratilgan — Startaplar uchun onlayn darslar


Hozirda esa, MVP bosqichidagi startaplar uchun MENTORLAR MAKTABI ga qabul davom etmoqda

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3🤝31
Endi sizlar bilan yaqinroq tanishib olsak!

Izohlarda o'zingiz va loyihangiz haqida yozib qoldiring. Kim bilsin, balki aynan shu yerda bo'lajak hamkoringizni yoki birinchi mijozingizni toparsiz? 👇

1. Ismingiz va loyihangiz nomi.
2. Loyihangiz qaysi muammoni hal qiladi?
3. Kimlarni qidiryapsiz (dasturchi, dizayner, investor)?

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉21
Startaplarda MVP Qanday Qurilishi Kerak new (1).pdf
234.2 KB
🎁 Yangi qo'shilganlar uchun sovg'a

Startaplar MVP (Minimum Viable Product)ni qanday yaratishi kerak?

Mavzu yuzasidan Y Combinator tomonidan tayyorlangan maqola

Manba: Y Combinator

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤‍🔥11
#savol

Hududlarda startaplar uchun qanday imkoniyatlar bor?


Fikrlaringizni kommentarida yozib qoldiring, keyingi ma'lumotimiz aynan shu haqda
2🤝1
StartUpper
#savol Hududlarda startaplar uchun qanday imkoniyatlar bor? Fikrlaringizni kommentarida yozib qoldiring, keyingi ma'lumotimiz aynan shu haqda
Hududlarda startaplar uchun qanday imkoniyatlar yaratildi?

Hozirda startaplar uchun bir qancha imkoniyatlar mavjud. Shu jumladan, o‘tgan barcha hududlarni qamrab olgan Startaplar festivali bo‘lib o‘tdi va g‘oya bosqichidagi startaplar uchun mo‘ljallangan Inno-X inkubatsiya va akseleratsiya dasturi ham o‘tkazilib, ko‘plab tashabbuslar rivojlanish bosqichiga olib chiqildi.

👉 Keyingi postimizda ana shu imkoniyatlar bergan real natijalardan birini ko‘rib chiqamiz.
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_texnoparklari
#InnoX

Nukus yoshlar texnoparki “InnoX” biznes inkubatori bitiruvchisi Asanova Ayzada ayollar sumkalari uchun almashtiriladigan innovatsion "LUXCOVER" himoya g‘iloflari loyihasini ishlab chiqdi.

🟢❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️
❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️

Ushbu loyiha zamonaviy ayollarning kundalik muammolariga kreativ yechim bo‘lib, sumkalarning tez eskirishi, tirnalishi va har bir kiyimga alohida sumka sotib olishdagi katta xarajatlar masalasini hal qiladi. LUXCOVER g‘iloflari elastik va yengil materiallardan tayyorlanib, turli o‘lchamdagi sumkalarga mukammal moslashadi hamda qimmatbaho brendlarni tashqi ta’sirlardan ishonchli himoya qiladi.

Shu bilan birga, ushbu innovatsion yechim bitta sumkani bir nechta obrazlarda ishlatish imkonini beradi: g‘iloflar oson yechiladi, yuviladi va minimalistdan tortib premium dizayngacha bo‘lgan variantlarda taqdim etiladi. Hozirda loyiha ustida so‘nggi izlanishlar olib borilmoqda va tez orada butun O‘zbekiston bo‘ylab sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan ushbu mahsulot ayollar uchun ham qulay, ham foydali yangilik bo‘lishi kutilmoqda.


🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
🚀 Founders Hubochilish marosimi

Asoschilar, investorlar, venchur hamkorlar, korporativ innovatsiyalar bo‘yicha yetakchilar va startap ekotizimining barcha ishtirokchilarini Founders Hub markazining rasmiy ochilish marosimiga taklif etilmoqda.

Founders Hub — bu startap asoschilari uchun maxsus yaratilgan platforma va yuqori samaradorlikka yo‘naltirilgan ish maydoni (workspace) bo‘lib, u loyihalarni amalga oshirish, hamjamiyat bilan ishlash va keng imkoniyatlar eshigini ochishga xizmat qiladi. Bizning asosiy tashabbusimiz — 10 ta saralab olingan startap uchun mutlaqo bepul 12 haftalik rezidentlik dasturi. Shu bilan birga, markazimizda muntazam ravishda Pitch-kechalar, ko‘rgazmalar, amaliy vorkshoplar va tizimli networking tadbirlari tashkil etilib, startapchilar va investorlar uchun muloqot maydoni yaratiladi.


Tadbir dasturi:


🗓 15-fevral, Yakshanba | 2026-yil

13:00 – Mehmonlarni kutib olish va networking
14:00 – Tantanali ochilish qismi
15:00 – Kofe-breyk va networking
17:00 – Yakun

📌 Manzil: Toshkent sh., Yunusobod tumani, Ubay Orifov 1-tor ko‘chasi, 30-uy.
RSVP Link

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2
⚡️ Global Tech Weekend Tashkent 2026 — Amaliyot dasturiga qabul boshlandi!

Ushbu loyiha yirik xalqaro tadbirning tashkiliy jarayonlarida bevosita ishtirok etish, global startap asoschilari, yirik investorlar va soha yetakchilari bilan hamkorlik qilish hamda amaliy tajriba orttirish uchun imkoniyatdir.

📍 Toshkent | 2026-yil, 15–17-may. Butun shahar bo‘ylab o‘tkaziladigan, global innovatsion hamjamiyatni birlashtiruvchi markazlashmagan tadbirlar seriyasi.

🎯 Ariza topshirish va harakatga qo‘shilish: havola

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🤝1
⚡️Prezidentimiz tadbirkorlik va startap ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha yana bir muhim Qarorga imzo chekdilar!

Qarorga muvofiq startap g‘oyani shakllantirish, loyihani ishlab chiqish, ishga tushirish hamda masshtablashtirishni o‘z ichiga olgan 4 bosqichli startap ekotizimi joriy etiladi:

1. Venchur sarmoyalar hajmi 2 mlrd dollarga yetkaziladi;

2. 500 ta startap 1 mln, 100 tasi 10 mln va 25 tasi 100 mln dollarlik yirik kompaniyalarga aylantiriladi;

3. Yoshlarning 2 mingta g‘oyasi tijoratlashtirilib, 400 ta loyiha xalqaro bozorlarga olib chiqiladi;

4. Startap loyihalar ishga tushishi natijasida 20 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi;

5. 2026-yildan boshlab har yili “Yosh tadbirkorlar” chempionati o‘tkaziladi;

6. Eng yaxshi 100 ta loyihaning har biriga 1 mlrd so‘mgacha investitsiya kiritiladi;

7. Chempionat g‘oliblari davlat mukofotlari va ko‘krak nishonlariga tavsiya etiladi;

8. Loyihani brendga aylantirish uchun ekspertlarga 41 mln so‘mgacha xizmat haqi to‘lab beriladi;

9. Startap studiya va markazlarni tashkil etish uchun 20 ta loyihaga 5 yil muddatga 5 mlrd so‘mgacha foizsiz qarz ajratiladi;

10. Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari badal to‘lovlari uchun 41 mln so‘mgacha grant beriladi;

11. O‘quvchilar o‘rtasidagi “Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi o‘tkaziladi va g‘oliblariga 10 mln so‘mgacha mukofot beriladi;

12. “Eng innovatsion g‘oya” tanlovi o‘tkaziladi va mukofot jamg‘armasi 10 mlrd so‘m etib belgilanadi;

13. Talaba va ilmiy xodimlarning loyihalariga 20 ming dollargacha sarmoya kiritiladi;

14. Ideaton va xakaton g‘oliblariga inkubatsiya yoki akseleratsiya sharti bilan 20 ming dollargacha konvertatsiyalanadigan qarz ajratiladi;

15. “Raqamli startaplar” dasturi doirasida IT loyihalarga 10 ming dollargacha grant beriladi;

16. Yiliga 10 tagacha loyihaga MVP yaratish xarajatlarini qoplash uchun 50 ming dollargacha “R&D” vaucher taqdim etiladi;

17. Startapchilarning nufuzli akseleratsiya va o‘quv kurslarida qatnashish xarajatlarining 50 foizi (20 ming dollargacha) qoplab beriladi;

18. Startaplarni patentlash va intellektual mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari qoplab beriladi;

19. 2026-yil 1-apreldan hududlarda hokimlar rahbarligida “Startaplar klubi” tashkil etilib, startapchilar bilan har oy uchrashuvlar yo‘lga qo‘yiladi va hududlardagi yirik tadbirkorlik subyektlari startap loyihalariga biriktiriladi.

20. 2026-yildan boshlab har yili “Startap ekspo” ko‘rgazmasi tashkil etiladi va unda loyihalar investorlar, venchur jamg‘armalar hamda yirik korxonalarga taqdimot qilinadi;

21. Muvaffaqiyatli startaplar bilan davlat xaridlari shartnomalarida oldindan to‘lov 500 mln so‘mgacha bo‘lsa 50 foiz, undan yuqori bo‘lsa 30 foiz etib belgilanadi;

22. Startap ekotizimini rivojlantirishga 2026–2027-yillarda jami 160 mln dollar va 130 mlrd so‘m yo‘naltiriladi;

23. Texnologik startaplar uchun Jahon bankidan 100 mln dollar mablag‘ jalb qilinadi;

24. “Fondlar fondi” va “IT Park Ventures” venchur jamg‘armalariga 50 mln dollar ajratiladi;

25. Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi va “Yoshlar ventures” jamg‘armasiga 10 mln dollar beriladi;

26. “UzVC” milliy venchur fondiga byudjetdan 100 mlrd so‘m ajratiladi.

Manba: PQ-59 (11.02.2026)

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi o‘tkaziladi hamda tuman darajasidagi g‘oliblarga 5 mln so‘mgacha, viloyat darajasida – 10 mln so‘mgacha mukofot beriladi.

Manba: PQ-59 (11.02.2026)

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2❤‍🔥2
Maktablarda 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab har oyda kamida ikki marta “Mohirlik va biznes soati” tadbirlari tashkil etilib, o‘quvchilar loyihalari har chorakda ota-onalar va biznes vakillariga taqdimot qilinadi.

Manba: PQ-59 (11.02.2026)

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥3❤‍🔥2
Davlat oliy ta’lim tashkilotlarida har yili “Eng innovatsion g‘oya” tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblarga OTMlarning o‘z mablag‘lari hisobidan 100 mln so‘m grant ajratiladi.

“Eng innovatsion g‘oya” tanlovining respublika bosqichi 10 ta yo‘nalishda o‘tkazilib, uning mukofot jamg‘armasi 10 mlrd so‘m etib belgilanadi.

Manba: PQ-59 (11.02.2026)

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🤣1
Ideaton va xakatonlar g‘oliblariga boshlang‘ich loyihalar uchun 20 ming dollargacha konvertatsiya qilinadigan qarz yoki raqamli loyihalar uchun 10 ming dollargacha grant beriladi.

Manba: PQ-59 (11.02.2026)

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
Oliygohlarda “Oliygohohlar – startaplar generatori” dasturi joriy etiladi va OTMlarga istiqbolli loyihalarga 20 ming dollargacha o‘z mablag‘larini investitsiya qilish huquqi beriladi.

Manba: PQ-59 (11.02.2026)

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2
Har yili “Yosh tadbirkorlar” chempionati o‘tkazilib, 100 tagacha eng yaxshi loyihaning har biriga 1 mlrd so‘mgacha investitsiya kiritiladi hamda ularni brendga aylantirish xarajatlari qoplanadi.

Manba: PQ-59 (11.02.2026)

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3❤‍🔥1
Keyingi xabar startapi MVP bosqichidagilar uchun 😉

Loading...
🔥742
Startap loyihalarni sinovdan o‘tkazish (MVP yaratish) uchun yilliga 10 ta loyihaga 50 ming dollargacha “R&D” vaucherlari taqdim etiladi.

Manba: PQ-59 (11.02.2026)

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍321