StartUpper
4.79K subscribers
1.38K photos
238 videos
11 files
1.18K links
🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.

Bog'lanish: @startupper_admin
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Esingizda bo‘lsa, IT va inklyuziv tadbirkorlik yo‘nalishidagi startaplarni rivojlantirishga qaratilgan USolve dasturiga arizalar qabulini e’lon qilgan edik.

Bugun — arizalar topshirishning so‘nggi kuni! Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslik uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting 👉 https://forms.gle/3Kxdn4mwLgXYKkW16

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1🤝1
📲 STARTAPLAR UCHUN TOP-3 ILOVA

Muvaffaqiyatli startap — bu tizimlashtirilgan jarayonlar yig‘indisidir. Quyidagi uchta platforma loyihani g‘oyadan professional darajagacha olib chiqishni ta’minlaydi:

1. Notion — Operatsion boshqaruv va bilimlar bazasi
2. Slack — Professional kommunikatsiya markazi
3. Canva — Vizual kommunikatsiya va brending

Rejalashtirish (Notion) —> Muvofiqlashtirish (Slack) —> Namoyish etish (Canva)

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2❤‍🔥2🎉1
UEnter volontyorlik harakatiga qo‘shiling!

UEnter o‘zining volontyorlik harakatini ishga tushirmoqda va faol, tashabbuskor yoshlarni jamoaga chorlaydi.

Siz nimalarga ega bo‘lasiz?

🔸 Tadbirlarni tashkil etish va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy tajriba
🔸 Yangi bilimlar va real ko‘nikmalar
🔸 Kuchli hamjamiyat va foydali professional tanishlar
🔸 Tadbirlar, loyihalar va stajirovkalarda ustuvor ishtirok etish imkoniyati

👥 Kimlarni izlayapmiz?
Quyidagi yo‘nalishlarga qiziqishi bor faol yoshlarni:

- startaplar va texnologiyalar
- ta’limiy tadbirlar va loyihalar
- stajirovkalar va karyera rivoji
- media: foto, video, SMM
- hamjamiyat va jamoalar bilan ishlash

Agar siz ham qo‘shilishni istasangiz — quyidagi havola orqali formani to‘ldiring

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Inno_yangilik

💉 Kelajakning yana bir texnologik loyihasi

Aletta — Gollandiyaning Vitestro kompaniyasi tomonidan yaratilgan dunyodagi birinchi to‘liq avtonom qon olish robotidir. Qurilma sun’iy intellekt, infraqizil skanerlash va ultratovush yordamida tomirlarni aniqlaydi, so‘ngra igna sanchish, probirkalarni almashtirish va plastir yopishtirish jarayonlarini mustaqil bajaradi. 2026-yil boshiga kelib, ushbu texnologiya Yevropada CE sertifikatiga ega bo‘ldi va AQShda klinik sinovlardan o‘tkazilmoqda; qurilmaning birinchi urinishdagi muvaffaqiyat ko‘rsatkichi 95% ni tashkil etdi. Robot tibbiyot xodimlari yetishmovchiligini qoplash hamda bemorlarda qo‘rquvni kamaytirishga xizmat qiladi, chunki jarayon to‘liq avtomatlashtirilgan va igna ko‘rinmaydigan qilib loyihalashtirilgan.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🤝1
🍕 PizzaPitch HealthTech

MedTech & HealthTech yo‘nalishi o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra eng yuqori qiziqish uyg‘otgan sohalardan biri bo‘ldi.

👤 Mehmon spiker:
Farhod Furkatov, Deepen startapi asoschisi.

🎉 Ishtirokchilar uchun imkoniyatlar va sovrinlar:
🔸 C-Space’dan coworking sertifikati
🔸 1-o‘rin — 3 000 000 so‘m
🔸 2-o‘rin — 2 000 000 so‘m
🔸 3-o‘rin — 1 500 000 so‘m

🔃 Premium ishtirok formati (cheklangan):
🔸 Tanlovsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri pitch qilish imkoniyati
🔸 Sohadagi ekspertlar bilan individual mentorlik
🔸 Startap profilingizni CS//Angels investorlari klubiga taqdim etish

Tadbir reglamenti:
🔸 5 daqiqa — loyiha taqdimoti
🔸 3 daqiqa — savol-javob


🗒 Tadbir tafsilotlari:
Sana: 10-fevral | Vaqt: 18:00 | Manzil: C-Space, Yunusobod

🔗 Ariza topshirish: pizzapitch.uz/ru
📊 Arizalar qabul qilish muddati: 8-fevral, 18:00


🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_texnoparklari

Tez o‘zgarayotgan zamonda g‘oya shunchaki o‘ylab topilmaydi — u mehnat bilan isbotlanadi.

G‘oyani kuchli qiladigan narsa esa vaqt emas, balki uning ortidagi qat’iyat va tinimsiz harakatdir.

Andijon yoshlar texnoparki o‘z ustida ishlashga tayyor, maqsadi aniq yigit-qizlar uchun doimo ochiq.

Andijon MTRK tomonidan tayyorlangan navbatdagi Maxsus reportajda ham ana shunday yoshlar haqida so‘z bordi.

🎞 YouTube'da ko‘rish

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔵 Startapingiz uchun $100,000 investitsiya

Yevroosiyo mintaqasi (O‘zbekiston, Qozog‘iston, Gruziya, Ozarbayjon va boshqalar) texnologik startaplari uchun dunyoning eng nufuzli venchur jamg‘armalaridan biri bo‘lgan 500 Global’dan investitsiya va bilim olish imkoniyati ochildi.

12 haftalik jadal akseleratsiya dasturi quyidagilarni taqdim etadi:

🔸 500 Global standart shartlari asosida (odatda ulush evaziga $100,000 dan boshlanadi) moliyalashtirish;
🔸 Silikon vodiysi mentorlari, 5,000 dan ortiq asoschilar va 2,800 dan ortiq portfel kompaniyalaridan iborat yopiq tarmoqqa kirish;
🔸 Marketing, savdo va Product-Market Fit bo‘yicha xalqaro ekspertiza yordamida tezkor o‘sishga erishish.

Ishtirokchilar uchun talablar:

🔸 Early-stage (ilk bosqich) texnologik startaplar;
🔸 Kamida MVP va dastlabki bozor talabi (traction/daromad) mavjudligi;
🔸 Global bozorda kengayish imkoniyati va kuchli jamoa.


Dastur raqamlarga asoslangan haftalik sprintlar, yunit-iqtisodiyotni tahlil qilish va savdo voronkalarini optimallashtirishni o‘z ichiga oladi. Jarayon yirik xalqaro investorlar ishtirokidagi Demo Day bilan yakunlanadi.

Muddat: Arizalar 2026-yil 11-fevralga qadar qabul qilinadi.
Batafsil ma’lumot: 500.co/founders/eurasia/accelerator

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Startapi g'oya bosqichidagilar shu yerdamisiz?

20:00 da siz uchun aynan shu kanalda mini-test bo'ladi, tayyor turing 😉

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7. Savol: Foydalanuvchilar soni o'smoqda, lekin ular mahsulotni bir marta ishlatib, qaytib kelishmayapti (Churn rate baland). Nima qilish kerak?
Anonymous Quiz
91%
Mahsulotning ichki logikasini tahlil qilib, nima uchun odamlar ketayotganini aniqlash
2%
Dizaynni butunlay o'zgartirish
7%
Reklamani ko'paytirish, yangi mijozlar oqimi hisobiga o'sish
8. Savol: Sizning innovatsion mahsulotingizni yirik va boy raqobatchi nusxalab oldi. U o‘zining katta resurslari hisobiga xuddi shu mahsulotni sizdan ancha arzon narxda sotuvga chiqardi. Qanday yo‘l tutish eng samarali?
Anonymous Poll
13%
Narxni undan ham pastga tushirib, bozor ulushi uchun kurashish
29%
Sudga berish yoki hamkorlik taklif qilish orqali uni to‘xtatish
58%
Faqat sifat va servis muhim bo‘lgan torroq (niche) segmentga o‘tish
9. Savol: Sizning startapingizga $1M investitsiya va’da qilishmoqda, lekin buning evaziga kompaniyaning 51% ulushini (nazorat paketini) so‘rashyapti. Sizda pul kam qolgan. Qaroringiz qanday bo‘ladi?
Anonymous Quiz
24%
Rozi bo‘lish, lekin boshqaruv huquqi asoschida qolishi haqida shartnoma tuzish
50%
Rad etish: Nazoratni yo‘qotish keyingi raundlarda boshqa investorlarni jalb qilishni imkonsiz qiladi
26%
Rozi bo‘lish: $1M bilan kompaniyani o‘stirib, qolgan 49% ulushni qimmatroq sotish