StartUpper
4.79K subscribers
1.38K photos
238 videos
11 files
1.18K links
🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.

Bog'lanish: @startupper_admin
Download Telegram
🔸 Kichik va yirik venchur fondlar: iqtisodiy farqlar nimada?

Venchur kapital fondlari hajmi jihatidan keskin farq qiladi: ba’zilari bir necha million dollar bilan ishlasa, boshqalari yuzlab millionlarni boshqaradi. Ammo ularning asosiy maqsadi bir xil — istiqbolli startaplarga sarmoya kiritib, yuqori daromad olish.

Shunga qaramay, fond hajmi o‘zgargani sari uning ichki moliyaviy mexanizmlari ham sezilarli darajada farqlanadi.

Keyingi postlarda startapchilar va venchur olamiga endi kirib kelayotganlar uchun eng muhim 5 ta farqni sodda tilda tushuntirib beramiz.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1🤝1
StartUpper
🔸 Kichik va yirik venchur fondlar: iqtisodiy farqlar nimada? Venchur kapital fondlari hajmi jihatidan keskin farq qiladi: ba’zilari bir necha million dollar bilan ishlasa, boshqalari yuzlab millionlarni boshqaradi. Ammo ularning asosiy maqsadi bir xil — istiqbolli…
1. “Skin in the game”: GP o‘zi qanchalik ishonadi?

“Skin in the game” — bu fond boshqaruvchisi (GP) o‘z pulidan ham fondga sarmoya kiritganini anglatadi. Oddiy qilib aytganda, o‘zi ishonmagan loyihaga pul tikmaydi.
🔸 Kichik fondlar (1–10 mln $): GP’lar odatda fond hajmining 2% yoki undan ko‘prog‘ini o‘z cho‘ntagidan kiritadi.
🔸 Yirik fondlar (100 mln $+): bu ko‘rsatkich ko‘pincha 1,5–2% atrofida bo‘ladi.

Foiz jihatdan kichik fondlarda GP’ning tavakkali yuqoriroq. Bu startapchilar uchun muhim signal: kichik fond sizga nafaqat pul, balki shaxsiy mas’uliyat bilan kirib keladi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥1🔥1🎉1
StartUpper
1. “Skin in the game”: GP o‘zi qanchalik ishonadi? “Skin in the game” — bu fond boshqaruvchisi (GP) o‘z pulidan ham fondga sarmoya kiritganini anglatadi. Oddiy qilib aytganda, o‘zi ishonmagan loyihaga pul tikmaydi. 🔸 Kichik fondlar (1–10 mln $): GP’lar odatda…
2. Kapital chaqiruvi: pul qanchalik tez keladi?

Fondlar sarmoya kiritishdan oldin LP’lardan (investorlardan) pulni “capital call” orqali yig‘adi.
🔸 Kichik fondlarda kapitalni kech topshirish holatlari ko‘proq uchraydi.
🔸 Yirik fondlarda esa investorlar odatda intizomli va pullar tezroq yig‘iladi.

Startap uchun bu nimani anglatadi?

👉 Yirik fondlar bilan ishlaganda bitimlar tezroq yopilishi ehtimoli yuqori.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
StartUpper
2. Kapital chaqiruvi: pul qanchalik tez keladi? Fondlar sarmoya kiritishdan oldin LP’lardan (investorlardan) pulni “capital call” orqali yig‘adi. 🔸 Kichik fondlarda kapitalni kech topshirish holatlari ko‘proq uchraydi. 🔸 Yirik fondlarda esa investorlar odatda…
3. Carried interest: fond foydani qanday bo‘lishadi?

Venchur olamida klassik model — “2 va 20”:
🔸 2% — fondni boshqarish uchun to‘lov
🔸 20% — fond foydasidan GP ulushi (carry)

Ammo:
🔸 Kichik fondlar ba’zan carry’ni 15–20% gacha tushiradi — investorlarni jalb qilish uchun.
🔸 Yirik va nufuzli fondlar esa 25–30% gacha carry olishi mumkin.

Bu shuni ko‘rsatadiki, tajriba va obro‘ — muzokaradagi asosiy kuch. Katta fondlar shartlarni o‘zi belgilaydi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
StartUpper
Davom etamizmi?
4. Operatsion xarajatlar

Odatda venchur fondlar 5 yillik investitsiya davriga ega bo‘lib, shu vaqt ichida kapitalning asosiy qismi sarflanadi.
1–10 million dollarlik fondlar ushbu davrda fond hajmining median hisobda 3,4% ini operatsion xarajatlarga sarflaydi.
100 million dollardan katta fondlarda esa bu ko‘rsatkich atigi 1% ni tashkil etadi.

Kichik fondlarda xarajatlar ulushi ancha o‘zgaruvchan bo‘lsa, yirik fondlarda bu tafovut ancha tor. Masalan, kichik fondlarda 25 va 75 foizlik ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farq deyarli 3%, yirik fondlarda esa 1% dan kam.

Bu tahlil faqat fondning o‘zidan to‘lanadigan xarajatlarni qamrab oladi. Ko‘pincha boshqaruv kompaniyasi (management company) dastlab xarajatlarni to‘lab, keyinchalik fond hisobidan qoplanadi. Ish haqi, ofis ijarasi kabi muhim xarajatlar esa bevosita boshqaruv kompaniyasi zimmasida bo‘ladi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1🤝1
StartUpper
4. Operatsion xarajatlar Odatda venchur fondlar 5 yillik investitsiya davriga ega bo‘lib, shu vaqt ichida kapitalning asosiy qismi sarflanadi. 1–10 million dollarlik fondlar ushbu davrda fond hajmining median hisobda 3,4% ini operatsion xarajatlarga sarflaydi.…
5. Yuridik va soliq xarajatlari

1–10 million dollarlik fondlarda dastlabki besh yil ichida amalga oshiriladigan operatsion xarajatlarning 8,6% i yuridik xizmatlarga to‘g‘ri keladi. Fond hajmi oshgani sari yuridik xarajatlar ulushi ham ortadi.
100 million dollardan katta fondlarda esa yuridik xarajatlar barcha operatsion xarajatlarning 22,7% ini tashkil etadi.

Aksincha, soliq xarajatlarining ulushi fond hajmi kattalashgan sari kamayadi. Kichik fondlarda soliq xarajatlari operatsion xarajatlarning median hisobda 12% ini tashkil etsa, yirik fondlarda bu ko‘rsatkich atigi 6,1% ga tushadi.

Bu farqlar fond iqtisodiyotidagi muhim omillardan birini — miqyoslash (scalability) masalasini yaqqol ko‘rsatadi. Soliq xarajatlari, yuridik xarajatlarga nisbatan, kamroq miqyoslanadi va ko‘proq doimiy xarajat sifatida namoyon bo‘ladi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_texnoparklari

💸 2026-yilda daromadli bo‘lishi kutilayotgan TOP-5 soha

Andijon yoshlar texnoparki jamoasi tahlillari asosida, 2026-yilga kelib mehnat bozorida eng talabgir va yuqori daromadli bo‘ladigan yo‘nalishlar aniqlandi:

🔸 Sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlili (Data Science);
🔸 Dasturlash (Veb va mobil ilovalar yaratish);
🔸 Zamonaviy tibbiyot texnologiyalari;
🔸 Kiberxavfsizlik;
🔸 Raqamli marketing va IT-tadbirkorlik.

Ushbu istiqbolli yo‘nalishlardan birini egallashni va IT sohasida muvaffaqiyatli karyera qurishni istasangiz, hoziroq Andijon yoshlar texnoparkiga murojaat qiling.

📞 Bog‘lanish uchun: +998 94 893 00 17

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tanishing_startap
#MUNIS

Dehqonobodning suvsiz adirlarida innovatsion texnologiya asosida bodom yetishtirilmoqda

❤️❤️❤️ko‘proq bilish uchun
❤️❤️❤️tugmani bosing
❤️❤️❤️

Qashqadaryo viloyatining qurg‘oqchil iqlimiga ega Dehqonobod tumanida lalmikor yerlardan samarali foydalanish maqsadida innovatsion loyiha ishga tushirildi.

“Ismaylov Hasan” xususiy korxonasi rahbari B.Toshboyev tomonidan amalga oshirilgan startap Jahon bankining “MUNIS” loyihasi doirasida 50 ming AQSH dollarlik grant hamda 80 ming AQSH dollari miqdoridagi o‘z mablag‘lari hisobiga shakllantirildi.

Loyihaning texnologik asosi hududdagi tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga tayanadi: bunda maxsus rezervuarlar orqali sel suvlari yig‘ilib, ular avtomatlashtirilgan va energiya tejamkor tomchilatib sug‘orish tizimiga ulangan.

Mazkur yondashuv og‘ir tuproq sharoitida ham suvsizlikka va sovuqqa chidamli, eksportbop bodom navlarini parvarishlash imkonini bermoqda.

Hozirda 4 nafar mahalliy aholini doimiy ish bilan ta’minlagan ushbu model Innovatsion rivojlanish agentligi ko‘magida ilm-fan va tadbirkorlik birlashmasi orqali hududning eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.


🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥21
Biz shu vaqtgacha startapchilar, katta va o‘rta yoshdagilar hamda talabalar uchun ko‘plab startap imkoniyatlarini taqdim etdik. Endi navbat maktab o‘quvchilariga.
Anonymous Poll
21%
Men borman
55%
Talabaman
24%
Qanday imkoniyat?
🚀 STEM for Youth | Toshkentda yirik ta’lim forumi!

4-fevral kuni soat 10:00 da barcha maktab o‘quvchilari va talabalarni ilm-fan, texnologiya va startaplar olamiga taklif etamiz.

Dasturda sizni nimalar kutmoqda?

🔸 Loyihalarni ishga tushirish va muvaffaqiyatli keyslar tahlili.
🔸 STEM, Sun’iy intellekt (AI) va robototexnika yangiliklari.
🔸 IT-tadbirkorlar va texnologik gigantlar (jumladan, Yandex Uzbekistan) ekspertlaridan master-klasslar.

📍 Manzil: Toshkent sh., Beshyog‘och ko‘chasi, 1-uy (American Center)
🗓 Sana: 2026-yil 4-fevral
📊 Vaqt: 10:00

🔗 Ishtirok etish bepul, lekin ro‘yxatdan o‘tish shart: havola

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_texnoparklari
#InnoX

Qandolatchilik sohasidagi yangi platforma — Yammiy

Qarshi yoshlar texnoparkidagi InnoX“ inkubatsiya dasturi bitiruvchisi Gulrux Ismoilova tomonidan asos solingan Yammiy loyihasi — qandolatchilik sohasini raqamlashtirishga qaratilgan innovatsion platformadir.

🔖 Ilovaning asosiy vazifalari:

🔸 Turli xildagi tort, desert va pishiriqlarni yagona katalogdan tanlash;
🔸 Bayramlar uchun shaxsiy dizayn asosida oldindan buyurtma berish;
🔸 Buyurtma tayyorlanish jarayoni va yetkazib berishni real vaqt rejimida kuzatish;
🔸 To‘lovlarni naqd yoki onlayn shaklda amalga oshirish.


Agar sizda ham startap g‘oya bo‘lsa, Qarshi yoshlar texnoparkiga tashrif buyuring va o‘z loyihangizni boshlang.

📲 Loyiha bilan tanishish uchun ilovani yuklab oling:
iOS: App Store
Android: Google Play

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍4
🎓 Bitiruvchi talabasiz, ish qidiryapsiz yoki startap g‘oyangiz bor, lekin loyihani qanday amalga oshirishni bilmayapsizmi?

Sizningcha, amaldagi qonunchilikda bu borada qanday imkoniyatlar mavjud?

Batafsil — keyingi postda...

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2❤‍🔥1👍1🎉1
StartUpper
🎓 Bitiruvchi talabasiz, ish qidiryapsiz yoki startap g‘oyangiz bor, lekin loyihani qanday amalga oshirishni bilmayapsizmi? Sizningcha, amaldagi qonunchilikda bu borada qanday imkoniyatlar mavjud? Batafsil — keyingi postda... 🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram|…
❗️ “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi talabalar va yosh tadbirkorlarning startap hamda innovatsion loyihalari moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi.

“Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori doirasida yoshlar uchun yangi imkoniyatlar belgilandi:

Eng yaxshi startap va innovatsion loyihalar tanlovi tashkil etiladi hamda g‘oliblarga 1 milliard so‘mgacha grant mablag‘lari ajratiladi;

Talabalarning korxonalarda amaliyot o‘tash davri uchun har oy BHMning 10 baravarigacha to‘lovlar amalga oshiriladi;

Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlarga 5 milliard so‘mgacha, 7 yil muddatga (2 yillik imtiyozli davr bilan) past foizli kreditlar beriladi;

Ish beruvchining buyurtmasiga asosan, talabalarning chet eldagi kurslarda qatnashish xarajatlari uchun BHMning 50 baravarigacha mablag‘ ajratiladi;

Dastur doirasida 8 ta vakolatli tijorat banki orqali jami 100 million AQSH dollari miqdoridagi resurslar yo‘naltiriladi.

Mazkur imkoniyatlar bitiruvchi yoshlarning nafaqat ish topishi, balki o‘z biznes g‘oyalarini amaliy startapga aylantirishi uchun xizmat qiladi.

📄 Hujjatning rasmiy to‘liq matni:
https://lex.uz/docs/7424613

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
U startap qilishni tanladi...

Siz-chi?


Balki, muvafaqqiyatsiz bo'lar, lekin xatolar mukammallikga yetaklaydi!

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏73❤‍🔥1🔥1😢1💯1🤣1🫡1
Hozir g'oyani real biznesga aylantirish bo'yicha juda muhim va amaliy material tayyorlayapman. Sizga maksimal darajada foydali bo'lishi uchun hozirgi holatingizni tushunib olishim kerak.

Pastdagi so'rovnomalarda qatnashing — bu mutlaqo anonim va bor-yo'g'i 10 soniya vaqtingizni oladi. Natijalarga qarab, siz uchun qiymatli material bilan bo'lishaman.
1🔥1
1
G'oyadan MVPgacha 30 kunlik step-by-step qo'llanma bo'lsa, foydalanasizmi?
Anonymous Poll
65%
Ha, menga aynan shu kerak
29%
Ha, agar reja tushunarli bo'lsa
6%
Yo'q, o'zim mustaqil qilaman
1
G'oyadan MVPgacha 30 kunlik reja tayyor.

Agar 30 ta 🔥 yig'ilsa, hoziroq tashlayman
🔥35
Startaplar uchun 30 kunlik qo'llanma _compressed (1).pdf
984.4 KB
🗺 G‘oyadan MVPgacha: 30 kunlik qo‘llanma

So‘rovnomalarimiz natijasida ko‘pchilikda asosiy muammo — g‘oyani shakllantirish va harakatlar rejasining yo‘qligi ekani ma’lum bo‘ldi. Shundan kelib chiqib, biz jarayonni tizimlashtirish va g‘oyadan ishlaydigan mahsulotga (MVP) 30 kunda yetib borish bo‘yicha amaliy qo‘llanmani tayyorladik.

Bu ma’lumotni startapchi do'stingizga yuborib qo’ying!

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥622🤝2