StartUpper
4.72K subscribers
1.39K photos
238 videos
11 files
1.19K links
🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.

Bog'lanish: @startupper_admin
Download Telegram
Kun davomida Instagramda qancha vaqt o'tkazasiz?
Anonymous Poll
57%
1-2-soat
19%
3-4-soat
14%
5-6-soat
11%
10 soatgacha
StartUpper
Kun davomida Instagramda qancha vaqt o'tkazasiz?
😎 Bilaman — Instagramda ko‘p vaqt o‘tkazasiz.
Keling, reelslarni foydalilariga almashtiramiz.

Quyida startap uchun muhim va foydali ma’lumot beruvchi Instagram sahifalari bilan tanishing:

🔸 @startup
Bugun chiqqan g‘oya — ertaga unicorn.
Dunyo startaplari, real hikoyalar va kelajakni belgilayotgan trendlar.

🔸 @startup.pedia
“Bu startap nimasi bilan ishladi?” degan savolga aniq javob.
Asoschilar xatolari va muvaffaqiyatlari — siz uchun 30 soniyada.

🔸 @startupswithoutborders
Chegarasiz startaplar.
Siz bilishingiz kerak bo‘lgan global imkoniyatlar, grantlar va xalqaro loyihalar.

🔸 @all.about.startups
Startap olamidagi eng muhim yangiliklar — ortiqcha shovqinsiz.

🔸 @wearelatech
Silicon Valley kayfiyati.
Tex tadbirlar, podkast parchalari va AQSh startap muhiti — bevosita siz uchun.


Agar siz Instagramda vaqt o‘tkazayotgan bo‘lsangiz, uni shunchaki o‘tkazmang — uni investitsiyaga aylantiring.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3❤‍🔥2👏2
❗️ “Innovatsion yoshlar” loyihasi doirasida yoshlar startap va investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun venchur jamg‘armalari orqali qo‘llab-quvvatlanadi.

“Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-62-son, 14.02.2025 y.) doirasida “Innovatsion yoshlar” loyihasi amalga oshiriladi.

18–30 yoshdagi yoshlarning startap va investitsiya loyihalari davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi;

Startap tashabbuslarini rivojlantirish uchun imtiyozli moliyaviy resurslar ajratiladi;

Raqamli texnologiyalar asosidagi innovatsion startaplar ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanadi;

Yoshlar tashabbuslarini moliyalashtirish venchur jamg‘armalari orqali amalga oshiriladi.

Mazkur loyiha yoshlarning innovatsion g‘oyalarini amaliy startapga aylantirish va ularni investitsiyaga olib chiqishga xizmat qiladi.

📄 Hujjatning rasmiy to‘liq matni:
https://lex.uz/docs/7387025

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Internetning kelajagi — YouTube tarixining takrorlanishidir

YouTube “dunyoda video kam” degani uchun paydo bo‘lmagan. Video bor edi, ammo uni yaratish qiyin edi. YouTube aynan shu to‘siqni olib tashladi — va birdan har kim video muallifiga aylandi. Kontent keskin ko‘paydi. Hammasi mashhur bo‘lmadi, ammo hatto eng yuqori 0,1% ham internetni o‘zgartirish uchun yetarli bo‘ldi. Avval imkoniyat paydo bo‘ldi, keyin taklif, undan so‘ng talab shakllandi.

Bugun xuddi shu jarayon sun’iy intellekt bilan takrorlanmoqda. AI dastur yaratishni soddalashtiryapti va yaqin kelajakda har kim o‘z ehtiyoji uchun shaxsiy ilova yarata oladi. Ilovalar soni portlaydi, dasturiy mahsulotlardan foydalanish esa kundalik holga aylanadi. Endi odamlar platformalarga moslashmaydi — platformalar odamga moslashadi.

YouTube videoni demokratlashtirdi.
AI esa butun internetni demokratlashtirmoqda.


Batafsil: https://a16z.substack.com/p/the-future-of-the-web-is-the-history

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🎉2❤‍🔥1
❗️Siz har kuni sotib olayotgan mahsulot aslida yaxshi yoki yomonligini qanday bilish mumkin?

Keyingi postimiz aynan shu haqida...

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Supermarketdagi “sog'lom” mahsulotlar haqiqatdan shundaymi?

Ko'p hollarda mahsulot qadoqlari ("eko", "fit", "shakarsiz") uning haqiqiy tarkibi haqida to'liq ma'lumot bermaydi. YaYo — sun'iy intellektga asoslangan platforma bo'lib, iste’molchilarga toʻgʻri tanlov qilishda yordam beradi.

Ilova quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

🔸 Mahsulot skanerlanganda uning toʻliq tarkibi, jumladan yashirin shakar, trans-yogʻlar va qoʻshimchalar haqida hisobot beradi;
🔸 Mahsulotning inson salomatligiga ta’sirini tahliliy ma’lumotlar asosida baholaydi;
🔸 Kunlik ovqatlanish ratsioni va jismoniy faollikni tizimli ravishda kuzatish imkonini beradi.


YaYo ilovasi iste'mol qilinayotgan mahsulotlar sifatini real vaqt rejimida nazorat qilish uchun mo'ljallangan.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
100 dan ortiq sun’iy intellekt loyihalarini amalga oshirishga
Joriy yilgi Prezidentimiz qaror va farmonlari bilan sun’iy intellekt sohasiga keng yo‘l ochilgani hamda mehnat bozorida ushbu yo‘nalish mutaxassislariga talab kundan-kunga ortayotganini inobatga olib, siz uchun ajoyib imkoniyat hozirladik.

🤫 Keyingi yangiligimiz aynan shu haqda!

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
StartUpper
Joriy yilgi Prezidentimiz qaror va farmonlari bilan sun’iy intellekt sohasiga keng yo‘l ochilgani hamda mehnat bozorida ushbu yo‘nalish mutaxassislariga talab kundan-kunga ortayotganini inobatga olib, siz uchun ajoyib imkoniyat hozirladik. 🤫 Keyingi yangiligimiz…
🔺 Sun’iy intellekt olamiga xalqaro sayohat!

Samarqand yoshlar texnoparki barcha qiziquvchilarni sun’iy intellekt sohasidagi yetakchi mutaxassis bilan tashkil etilayotgan eksklyuziv seminar-treningga taklif etadi.

👤 Seminar mehmoni — Janubiy Koreyalik taniqli olim, sun’iy intellekt yo‘nalishidagi nufuzli ekspert, Professor Kim SoonGohn.

📌 Tadbir mavzusi — “Sun’iy intellekt: Amaliy qo‘llanilishi, imkoniyatlari va global trendlar”

🗒 Seminar dasturida nimalar kutilmoqda?

🔸 Sun’iy intellektning kundalik hayot va biznesdagi real tatbiqi;
🔸 Dunyo miqyosidagi AI taraqqiyoti va kutilayotgan tendensiyalar;
🔸 Texnologik o‘zgarishlarning mehnat bozori va sanoatga ta’siri;
🔸 Xalqaro darajadagi mutaxassis bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot va savol-javoblar.


🗓 Sana: 2026-yil, 20-yanvar
📊 Vaqt: 16:00
📍 Manzil: Samarqand yoshlar texnoparki binosi
🔗 Onlayn ishtirok etish uchun:
https://calendar.app.google/pRMJGiX2t9AfKYSc9

Ushbu seminar talabalar, yosh tadqiqotchilar, startap asoschilari hamda yuqori texnologiyalarga qiziquvchi barcha mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥2🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tanishing_startap

🌱 SOF ECO — ekologiya va shahar infratuzilmasini himoya qilishga qaratilgan innovatsion qayta ishlash loyihasi.

Loyiha umumiy ovqatlanish shoxobchalari (restoran, qahvaxona, to‘yxonalar) va oziq-ovqat sanoati korxonalaridan chiqayotgan oqova suvlarni yog‘ chiqindilaridan tozalashga ixtisoslashgan. Startap maxsus yog‘ ushlagich (jiro-ulovitel) uskunalarini o‘rnatish, ularga xizmat ko‘rsatish va yig‘ilgan yog‘ chiqindilarini qayta ishlab, tayyor mahsulot — xo‘jalik sovuni olishni ko‘zda tutadi.

“SOF ECO” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur loyiha Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda g‘olib bo‘lgan.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Istalgan startap g‘oyangizni atigi bir daqiqa ichida tayyor dizaynga aylantirib beradigan sayt borligiga ishonasizmi?

Ishonavering, bu haqiqat! Tez orada sayt havolasi va undan foydalanish tartibi bilan bo‘lishaman.

Ungacha esa "🔥" belgilari bilan qo‘llab-quvvatlab turing!

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥183❤‍🔥2
StartUpper
Istalgan startap g‘oyangizni atigi bir daqiqa ichida tayyor dizaynga aylantirib beradigan sayt borligiga ishonasizmi? Ishonavering, bu haqiqat! Tez orada sayt havolasi va undan foydalanish tartibi bilan bo‘lishaman. Ungacha esa "🔥" belgilari bilan qo‘llab…
🔵 Screenflow.dev — g‘oyalarni bir necha soniyada professional UI dizaynga aylantiruvchi sun’iy intellekt platformasi. U Figma kabi dasturlarni bilmaydigan tadbirkor va dasturchilarga o‘z konsepsiyalarini tezda vizuallashtirishga yordam beradi.

🗒 Foydalanish tartibi:

1. Ro'yxatdan o'ting: screenflow.dev saytiga kiring va o'z hisobingizni oching.
2. G'oyani yozing: Maxsus qatorga (Prompt) o'z g'oyangizni batafsilroq tavsiflang. Masalan: "Dark mode uslubidagi kripto-hamyon ilovasi, balans va oxirgi tranzaksiyalar ro'yxati ko'rinsin".
3. Generate tugmasini bosing: Sun'iy intellekt bir necha soniya ichida sizga bir nechta variantdagi ekranlarni taqdim etadi.
4. Tahrirlang va yuklab oling: Agar biror joyi yoqmasa, qo'shimcha buyruq berish orqali dizaynni o'zgartirishingiz mumkin. Tayyor bo'lgach, uni loyihangiz uchun asos qilib olasiz.

Muhim eslatma: Bu vosita hali juda yangi va ko'pincha "Vibecoding" (tezkor, vizual kodlash) oqimining bir qismi sifatida ommalashmoqda.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
42👍2🔥2🤝1
Qaysi birini birinchi e'lon qilamiz?
Anonymous Poll
68%
Startaplar bilan uchrashuv
32%
Gemini Hackathon
StartUpper
Hakatonlarda ishtirok etadiganlar bormi?
🔺 Xorazmlik startapchilar uchun yana bir imkoniyat!

Xorazmlik kuchli startapchilar, tajribali mentorlar va angel investorlar bir maydonda jam bo‘lishadi. Tadbirning asosiy voqeasi — Startup Pitch, ya’ni loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

👤 Mehmon speakerlar:

🔸 Ravshan Ibrohimov — Pro Skill startup studio asoschisi. Startap qurishdagi shaxsiy tajribalari va strategiyalari bilan o‘rtoqlashadi.

🔸 Nurislombek Mahkamjonxo‘jizoda — Hult Prize Uzbekistan vakili. Global miqyosdagi 1 mln dollarlik yutuq sari qanday borish mumkinligi haqida so‘zlab beradi.

📌 Tadbirda sizni nimalar kutmoqda?

🔸 Al-Xorazmiy universitetida startaplar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish.
🔸 Coffee-break davomida kuchli startapchilar va hamfikrlar bilan aloqa o‘rnatish.
🔸 Real investorlar oldida taqdimot qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlov olish.


📍 Manzil va vaqt:
🗓 Sana: 24-yanvar 📊 Vaqt: 10:00 📍 Joy: Al-Xorazmiy Universiteti

🔗 Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting:
Startapingizni taqdim qilish (Pitch) uchun: havola
Ishtirokchi (Mehmon) sifatida qatnashish uchun: havola

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21❤‍🔥1👍1🔥1🎉1
StartUpper
🔺 Xorazmlik startapchilar uchun yana bir imkoniyat! Xorazmlik kuchli startapchilar, tajribali mentorlar va angel investorlar bir maydonda jam bo‘lishadi. Tadbirning asosiy voqeasi — Startup Pitch, ya’ni loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tadi. 👤 Mehmon speakerlar:…
Xorazmlilar uchun dim ajoyib imkoniyat yaratamiz 😉

Bu Xorazmda tashkil etilyotgan 2-uchrashuv bo'lib, boshqa hududlarda ham tashkil etilyotgan ko'plab tadbir va uchrashuvlar haqida ma'lumotlarni berib boramiz.

Kuzatishda davom eting!

Telegram| Instagram| YouTube
2
#inno_yangilik

💠 Siz ham buni shunchaki kartina deb o‘yladingizmi? Adashasiz, bu — zamonaviy akustik tizim!

Janubiy Koreyaning “Monar” startapi san’at va texnologiyani birlashtirib, haqiqiy san’at asarini yodga soluvchi g‘ayritabiiy karnay yaratdi.

“Canvas Speaker”
deb nomlangan ushbu qurilma shunchaki musiqa tinglash uchun emas, balki buyuk rassomlarning durdonalarini namoyish etuvchi raqamli polotno vazifasini ham o‘taydi.

Uning o‘ziga xosligi shundaki, sun’iy intellekt yordamida qo‘shiq matni va ma’nosini tahlil qilib, unga mos vizual tasvirlarni generatsiya qila oladi. Shuningdek, qo‘shiq matnini ekranda aks ettirib, uyingizni haqiqiy karaoke maydonchasiga aylantiradi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
ChatGPT sun’iy intellektlar o‘rtasida “chempion” bo‘ldi

OpenAI kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ChatGPT chat-boti Yaponiya universitetlariga kirish imtihonida to‘qqizta fandan eng yuqori ball to‘pladi.

LifePrompt kompaniyasi uchta kuchli sun’iy intellekt modeli – ChatGPT, Google Gemini hamda Claude Opus o‘rtasida “imtihon” o‘tkazib, bu haqida o‘z hisobotini e’lon qildi.

Xulosalarga ko‘ra, ChatGPT 15 ta fandan 9 tasida eng yuqori ball to‘pladi, uning javoblarining o‘rtacha aniqligi 97 foizni qayd etgan. Eng yuqori ballar matematika, informatika, kimyo, fizika, biologiya, siyosat va iqtisodiyot yo‘nalishlarida yig‘ilgan.

Anthropic kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Claude Opus modeli uchta fan yo‘nalishida maksimal ball to‘pladi. Google Gemini ikkita mavzuda mukammal natijani ko‘rsatdi.

Siz-chi, qaysi sun’iy intellekt modelidan ko‘proq foydalanasiz?

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
StartUpper
Qaysi birini birinchi e'lon qilamiz?
⚡️ Kelajakni Gemini 3 bilan yarating: $100,000 jamg‘armaga ega hakaton start oldi!

Google DeepMind’ning yangi Gemini 3 API texnologiyasi asosida o‘z raqamli mahsulotingizni yarating va global hakatonda ishtirok eting.

Gemini 3 API imkoniyatlaridan foydalangan holda, real muammolarga innovatsion va kreativ raqamli yechimlar topish.


🗒 Ishtirok etish uchun nima talab qilinadi?
🔸 Gemini 3 API’ga asoslangan g‘oya;
🔸 Loyihaning ishlovchi prototipi yoki ochiq kodli (open-source) yechimi;
🔸 Qisqa tavsif va loyihani tushuntirib beruvchi video-prezentatsiya.

💰 Mukofot jamg‘armasi: $100,000
G‘oliblar quyidagi tartibda taqdirlanadilar:

🥇 1-o‘rin: $50,000
🥈 2-o‘rin: $20,000
🥉 3-o‘rin: $10,000

🎁 Shuningdek, maxsus nominatsiyalar va rag‘batlantiruvchi sovg‘alar!

🗓 Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 2026-yil 9-fevral.
🔗 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish: gemini3.devpost.com

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_texnoparklari
#InnoX
#startap

⚡️Solar bloom“ — energiya muammosiga innovatsion yechim

Nukus yoshlar texnoparkining “InnoX“ biznes inkubatorida navbatdagi istiqbolli loyiha tayyorlandi. Mexrinur Uzakbayeva boshchiligidagi “Solar bloom“ loyihasi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishda yangi bosqichni taklif etmoqda.

Loyiha asosi — quyosh harakatini avtomatik kuzatuvchi ikki eksenli mobil tizimdir. Oddiy panellardan farqli o‘laroq, ushbu qurilma kun davomida quyosh nuri yo‘nalishiga qarab o‘z holatini o‘zgartiradi. Bu esa energiya yig‘ish samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.

Bu kabi mobil tizimlar markaziy tarmoqdan uzilgan chekka hududlarni barqaror va ekologik toza energiya bilan ta’minlashga xizmat qilishi mumkin.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#statistika

🔵 2025-yil global startap ekotizimi uchun chinakam "burilish nuqtasi" bo‘ldi. Dunyoning eng qimmat top-10 startapi ro‘yxati nafaqat yangilandi, balki ularning qiymati aql bovar qilmas darajada — trillion dollarlik marraga yaqinlashib qoldi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
StartUpper
#Yoshlar_texnoparklari #InnoX #startap ⚡️ “Solar bloom“ — energiya muammosiga innovatsion yechim Nukus yoshlar texnoparkining “InnoX“ biznes inkubatorida navbatdagi istiqbolli loyiha tayyorlandi. Mexrinur Uzakbayeva boshchiligidagi “Solar bloom“ loyihasi…
📢 Yoshlar texnoparklarida olib borilayotgan targ‘ibot ishlari va islohotlarni keng yoritib bormoqdamiz.

Aslida, Yoshlar texnoparklarining asosiy vazifalari nimalardan iborat va ular qanday imkoniyatlarni bera oladi?

Keyingi postimiz aynan shu haqida...

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2❤‍🔥11