O‘zbekiston talabalari uchun ilk bor Hult Prize tanlovi rasman boshlanmoqda. Bu tanlov talabalar uchun ijtimoiy startap yaratish va global muammolarga yechim topish imkoniyatini beradi. G‘oliblar $1,000,000 investitsiya uchun kurashadi.
🗒 Tanlov afzalliklari:
- G‘oyalarni amalda sinash
- Xalqaro mentorlar bilan ishlash
- Milliy bosqichda g‘alaba va O‘zbekistonni global finalda namoyish etish
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤🔥1🔥1
Markaziy Osiyo mintaqasi global sun’iy intellekt sanoatida o‘zining ilk yirik natijasini qayd etdi. Qozog‘istonlik tadbirkor Aleks Mashrabov tomonidan asos solingan Higgsfield AI startapi $1,2 milliardga baholanib, rasman "unicorn" maqomiga erishdi. Kompaniyaning yillik daromadi $200 milliondan oshgani uning ushbu murakkab bozorda naqadar mustahkam o‘rin egallaganini ko‘rsatmoqda.
Startap AI sohasining eng resurs talab qiluvchi segmenti — video generatsiya texnologiyalariga ixtisoslashgan. Video yaratish jarayoni ulkan hisoblash quvvatlari va yuqori operatsion xarajatlarni talab qilsa-da, Higgsfield’ning moliyaviy muvaffaqiyati mahsulotga bo‘lgan real bozor talabi shakllanganini isbotladi. Hozirda kompaniya daromad ko‘rish bilan birga, foydalanuvchilar bazasini kengaytirish orqali global miqyosda o‘z ta’sirini kuchaytirmoqda.
Investorlar loyihaning kelajagini ikki muhim omil bilan bog‘lamoqda. Bir tomondan, yangi texnologik yechimlar hisobiga video generatsiya tannarxining arzonlashishi kutilayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, startapning yirik texnologik gigantlar tomonidan sotib olinish ehtimoli yuqori baholanmoqda.
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤1
StartUpper
Xorazmlik yoshlar shu yerdamisiz? Sizlar uchun zo'r yangilik bor
Endi navbat Samarqandga. Shu yerdamisiz?
Anonymous Poll
41%
Ha, albatta
51%
Yo'q, afsuski
8%
Qanday e'lon
StartUpper
Endi navbat Samarqandga. Shu yerdamisiz?
Milliy AI Hackathon — Samarqand bosqichi
20–23-yanvar kunlari Samarqand shahrida Milliy AI Hackathon’ning hududiy bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Ushbu tadbirda ML Community Uzbekistan (O’zbekistondagi birinchi va yagona Sun’iy Intellekt Hamjamiyati) hamtashkilotchi sifatida ishtirok etmoqda.
Eng yaxshi jamoalar qimmatli sovg‘alar hamda loyihalarni rivojlantirish uchun qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
❗️ Muhim: ishtirok faqat Samarqand viloyati aholisi uchun.
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://ai-hackathon.uz/
20–23-yanvar kunlari Samarqand shahrida Milliy AI Hackathon’ning hududiy bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Ushbu tadbirda ML Community Uzbekistan (O’zbekistondagi birinchi va yagona Sun’iy Intellekt Hamjamiyati) hamtashkilotchi sifatida ishtirok etmoqda.
Hackathon doirasida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda sun’iy intellekt asosidagi yechimlar ustida ishlaydi:
- sog‘liqni saqlash;
- kiberxavfsizlik;
- ta’lim;
- tadbirkorlik.
Eng yaxshi jamoalar qimmatli sovg‘alar hamda loyihalarni rivojlantirish uchun qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥2❤🔥1🎉1
Kun davomida Instagramda qancha vaqt o'tkazasiz?
Anonymous Poll
57%
1-2-soat
19%
3-4-soat
14%
5-6-soat
11%
10 soatgacha
StartUpper
Kun davomida Instagramda qancha vaqt o'tkazasiz?
Keling, reelslarni foydalilariga almashtiramiz.
Quyida startap uchun muhim va foydali ma’lumot beruvchi Instagram sahifalari bilan tanishing:
🔸 @startup
Bugun chiqqan g‘oya — ertaga unicorn.
Dunyo startaplari, real hikoyalar va kelajakni belgilayotgan trendlar.🔸 @startup.pedia
“Bu startap nimasi bilan ishladi?” degan savolga aniq javob.
Asoschilar xatolari va muvaffaqiyatlari — siz uchun 30 soniyada.🔸 @startupswithoutborders
Chegarasiz startaplar.
Siz bilishingiz kerak bo‘lgan global imkoniyatlar, grantlar va xalqaro loyihalar.🔸 @all.about.startups
Startap olamidagi eng muhim yangiliklar — ortiqcha shovqinsiz.🔸 @wearelatech
Silicon Valley kayfiyati.
Tex tadbirlar, podkast parchalari va AQSh startap muhiti — bevosita siz uchun.
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡4👍3❤🔥2👏2
❗️ “Innovatsion yoshlar” loyihasi doirasida yoshlar startap va investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun venchur jamg‘armalari orqali qo‘llab-quvvatlanadi.
“Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-62-son, 14.02.2025 y.) doirasida “Innovatsion yoshlar” loyihasi amalga oshiriladi.
✅ 18–30 yoshdagi yoshlarning startap va investitsiya loyihalari davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi;
✅ Startap tashabbuslarini rivojlantirish uchun imtiyozli moliyaviy resurslar ajratiladi;
✅ Raqamli texnologiyalar asosidagi innovatsion startaplar ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanadi;
✅ Yoshlar tashabbuslarini moliyalashtirish venchur jamg‘armalari orqali amalga oshiriladi.
Mazkur loyiha yoshlarning innovatsion g‘oyalarini amaliy startapga aylantirish va ularni investitsiyaga olib chiqishga xizmat qiladi.
📄 Hujjatning rasmiy to‘liq matni:
https://lex.uz/docs/7387025
“Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-62-son, 14.02.2025 y.) doirasida “Innovatsion yoshlar” loyihasi amalga oshiriladi.
Mazkur loyiha yoshlarning innovatsion g‘oyalarini amaliy startapga aylantirish va ularni investitsiyaga olib chiqishga xizmat qiladi.
📄 Hujjatning rasmiy to‘liq matni:
https://lex.uz/docs/7387025
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Internetning kelajagi — YouTube tarixining takrorlanishidir
YouTube “dunyoda video kam” degani uchun paydo bo‘lmagan. Video bor edi, ammo uni yaratish qiyin edi. YouTube aynan shu to‘siqni olib tashladi — va birdan har kim video muallifiga aylandi. Kontent keskin ko‘paydi. Hammasi mashhur bo‘lmadi, ammo hatto eng yuqori 0,1% ham internetni o‘zgartirish uchun yetarli bo‘ldi. Avval imkoniyat paydo bo‘ldi, keyin taklif, undan so‘ng talab shakllandi.
Bugun xuddi shu jarayon sun’iy intellekt bilan takrorlanmoqda. AI dastur yaratishni soddalashtiryapti va yaqin kelajakda har kim o‘z ehtiyoji uchun shaxsiy ilova yarata oladi. Ilovalar soni portlaydi, dasturiy mahsulotlardan foydalanish esa kundalik holga aylanadi. Endi odamlar platformalarga moslashmaydi — platformalar odamga moslashadi.
YouTube videoni demokratlashtirdi.
AI esa butun internetni demokratlashtirmoqda.
Batafsil: https://a16z.substack.com/p/the-future-of-the-web-is-the-history

❤3🎉2❤🔥1
❗️Siz har kuni sotib olayotgan mahsulot aslida yaxshi yoki yomonligini qanday bilish mumkin?
Keyingi postimiz aynan shu haqida...
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡2❤1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Supermarketdagi “sog'lom” mahsulotlar haqiqatdan shundaymi?
Ko'p hollarda mahsulot qadoqlari ("eko", "fit", "shakarsiz") uning haqiqiy tarkibi haqida to'liq ma'lumot bermaydi. YaYo — sun'iy intellektga asoslangan platforma bo'lib, iste’molchilarga toʻgʻri tanlov qilishda yordam beradi.
YaYo ilovasi iste'mol qilinayotgan mahsulotlar sifatini real vaqt rejimida nazorat qilish uchun mo'ljallangan.

Ilova quyidagilarni oʻz ichiga oladi:🔸 Mahsulot skanerlanganda uning toʻliq tarkibi, jumladan yashirin shakar, trans-yogʻlar va qoʻshimchalar haqida hisobot beradi;🔸 Mahsulotning inson salomatligiga ta’sirini tahliliy ma’lumotlar asosida baholaydi;🔸 Kunlik ovqatlanish ratsioni va jismoniy faollikni tizimli ravishda kuzatish imkonini beradi.
YaYo ilovasi iste'mol qilinayotgan mahsulotlar sifatini real vaqt rejimida nazorat qilish uchun mo'ljallangan.
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
100 dan ortiq sun’iy intellekt loyihalarini amalga oshirishga
🤫 Keyingi yangiligimiz aynan shu haqda!
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
StartUpper
Samarqand yoshlar texnoparki barcha qiziquvchilarni sun’iy intellekt sohasidagi yetakchi mutaxassis bilan tashkil etilayotgan eksklyuziv seminar-treningga taklif etadi.
🗒 Seminar dasturida nimalar kutilmoqda?🔸 Sun’iy intellektning kundalik hayot va biznesdagi real tatbiqi;🔸 Dunyo miqyosidagi AI taraqqiyoti va kutilayotgan tendensiyalar;🔸 Texnologik o‘zgarishlarning mehnat bozori va sanoatga ta’siri;🔸 Xalqaro darajadagi mutaxassis bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot va savol-javoblar.
https://calendar.app.google/pRMJGiX2t9AfKYSc9
Ushbu seminar talabalar, yosh tadqiqotchilar, startap asoschilari hamda yuqori texnologiyalarga qiziquvchi barcha mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥2🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tanishing_startap
🌱 SOF ECO — ekologiya va shahar infratuzilmasini himoya qilishga qaratilgan innovatsion qayta ishlash loyihasi.
Loyiha umumiy ovqatlanish shoxobchalari (restoran, qahvaxona, to‘yxonalar) va oziq-ovqat sanoati korxonalaridan chiqayotgan oqova suvlarni yog‘ chiqindilaridan tozalashga ixtisoslashgan. Startap maxsus yog‘ ushlagich (jiro-ulovitel) uskunalarini o‘rnatish, ularga xizmat ko‘rsatish va yig‘ilgan yog‘ chiqindilarini qayta ishlab, tayyor mahsulot — xo‘jalik sovuni olishni ko‘zda tutadi.
“SOF ECO” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur loyiha Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda g‘olib bo‘lgan.

❤2
StartUpper
Chatga qo'shilish uchun: meet.google.com/dgh-dyvq-arf
Istalgan startap g‘oyangizni atigi bir daqiqa ichida tayyor dizaynga aylantirib beradigan sayt borligiga ishonasizmi?
Ishonavering, bu haqiqat! Tez orada sayt havolasi va undan foydalanish tartibi bilan bo‘lishaman.
Ungacha esa "🔥 " belgilari bilan qo‘llab-quvvatlab turing!
Ishonavering, bu haqiqat! Tez orada sayt havolasi va undan foydalanish tartibi bilan bo‘lishaman.
Ungacha esa "
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥18❤3❤🔥2
StartUpper
Istalgan startap g‘oyangizni atigi bir daqiqa ichida tayyor dizaynga aylantirib beradigan sayt borligiga ishonasizmi? Ishonavering, bu haqiqat! Tez orada sayt havolasi va undan foydalanish tartibi bilan bo‘lishaman. Ungacha esa "🔥 " belgilari bilan qo‘llab…
1. Ro'yxatdan o'ting: screenflow.dev saytiga kiring va o'z hisobingizni oching.
2. G'oyani yozing: Maxsus qatorga (Prompt) o'z g'oyangizni batafsilroq tavsiflang. Masalan: "Dark mode uslubidagi kripto-hamyon ilovasi, balans va oxirgi tranzaksiyalar ro'yxati ko'rinsin".
3. Generate tugmasini bosing: Sun'iy intellekt bir necha soniya ichida sizga bir nechta variantdagi ekranlarni taqdim etadi.
4. Tahrirlang va yuklab oling: Agar biror joyi yoqmasa, qo'shimcha buyruq berish orqali dizaynni o'zgartirishingiz mumkin. Tayyor bo'lgach, uni loyihangiz uchun asos qilib olasiz.
Muhim eslatma: Bu vosita hali juda yangi va ko'pincha "Vibecoding" (tezkor, vizual kodlash) oqimining bir qismi sifatida ommalashmoqda.
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4⚡2👍2🔥2🤝1
Qaysi birini birinchi e'lon qilamiz?
Anonymous Poll
68%
Startaplar bilan uchrashuv
32%
Gemini Hackathon
StartUpper
Hakatonlarda ishtirok etadiganlar bormi?
Xorazmlik kuchli startapchilar, tajribali mentorlar va angel investorlar bir maydonda jam bo‘lishadi. Tadbirning asosiy voqeasi — Startup Pitch, ya’ni loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
👤 Mehmon speakerlar:🔸 Ravshan Ibrohimov — Pro Skill startup studio asoschisi. Startap qurishdagi shaxsiy tajribalari va strategiyalari bilan o‘rtoqlashadi.🔸 Nurislombek Mahkamjonxo‘jizoda — Hult Prize Uzbekistan vakili. Global miqyosdagi 1 mln dollarlik yutuq sari qanday borish mumkinligi haqida so‘zlab beradi.📌 Tadbirda sizni nimalar kutmoqda?🔸 Al-Xorazmiy universitetida startaplar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish.🔸 Coffee-break davomida kuchli startapchilar va hamfikrlar bilan aloqa o‘rnatish.🔸 Real investorlar oldida taqdimot qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlov olish.
Startapingizni taqdim qilish (Pitch) uchun: havola
Ishtirokchi (Mehmon) sifatida qatnashish uchun: havola
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡2❤1❤🔥1👍1🔥1🎉1
StartUpper
Xorazmlilar uchun dim ajoyib imkoniyat yaratamiz 😉
Bu Xorazmda tashkil etilyotgan 2-uchrashuv bo'lib, boshqa hududlarda ham tashkil etilyotgan ko'plab tadbir va uchrashuvlar haqida ma'lumotlarni berib boramiz.
Kuzatishda davom eting!
Bu Xorazmda tashkil etilyotgan 2-uchrashuv bo'lib, boshqa hududlarda ham tashkil etilyotgan ko'plab tadbir va uchrashuvlar haqida ma'lumotlarni berib boramiz.
Kuzatishda davom eting!
Telegram| Instagram| YouTube
❤2
#inno_yangilik
💠 Siz ham buni shunchaki kartina deb o‘yladingizmi? Adashasiz, bu — zamonaviy akustik tizim!
Janubiy Koreyaning “Monar” startapi san’at va texnologiyani birlashtirib, haqiqiy san’at asarini yodga soluvchi g‘ayritabiiy karnay yaratdi.
“Canvas Speaker” deb nomlangan ushbu qurilma shunchaki musiqa tinglash uchun emas, balki buyuk rassomlarning durdonalarini namoyish etuvchi raqamli polotno vazifasini ham o‘taydi.
Uning o‘ziga xosligi shundaki, sun’iy intellekt yordamida qo‘shiq matni va ma’nosini tahlil qilib, unga mos vizual tasvirlarni generatsiya qila oladi. Shuningdek, qo‘shiq matnini ekranda aks ettirib, uyingizni haqiqiy karaoke maydonchasiga aylantiradi.
Janubiy Koreyaning “Monar” startapi san’at va texnologiyani birlashtirib, haqiqiy san’at asarini yodga soluvchi g‘ayritabiiy karnay yaratdi.
“Canvas Speaker” deb nomlangan ushbu qurilma shunchaki musiqa tinglash uchun emas, balki buyuk rassomlarning durdonalarini namoyish etuvchi raqamli polotno vazifasini ham o‘taydi.
Uning o‘ziga xosligi shundaki, sun’iy intellekt yordamida qo‘shiq matni va ma’nosini tahlil qilib, unga mos vizual tasvirlarni generatsiya qila oladi. Shuningdek, qo‘shiq matnini ekranda aks ettirib, uyingizni haqiqiy karaoke maydonchasiga aylantiradi.
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1
ChatGPT sun’iy intellektlar o‘rtasida “chempion” bo‘ldi
OpenAI kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ChatGPT chat-boti Yaponiya universitetlariga kirish imtihonida to‘qqizta fandan eng yuqori ball to‘pladi.
LifePrompt kompaniyasi uchta kuchli sun’iy intellekt modeli – ChatGPT, Google Gemini hamda Claude Opus o‘rtasida “imtihon” o‘tkazib, bu haqida o‘z hisobotini e’lon qildi.
Xulosalarga ko‘ra, ChatGPT 15 ta fandan 9 tasida eng yuqori ball to‘pladi, uning javoblarining o‘rtacha aniqligi 97 foizni qayd etgan. Eng yuqori ballar matematika, informatika, kimyo, fizika, biologiya, siyosat va iqtisodiyot yo‘nalishlarida yig‘ilgan.
Anthropic kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Claude Opus modeli uchta fan yo‘nalishida maksimal ball to‘pladi. Google Gemini ikkita mavzuda mukammal natijani ko‘rsatdi.
Siz-chi, qaysi sun’iy intellekt modelidan ko‘proq foydalanasiz?

❤3