StartUpper
4.72K subscribers
1.39K photos
238 videos
11 files
1.19K links
🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.

Bog'lanish: @startupper_admin
Download Telegram
Hakatonlarda ishtirok etadiganlar bormi?
Anonymous Poll
56%
Ha, albatta
14%
Yo'q, qatnashmayman
30%
Ma'lumot bering
StartUpper
Hakatonlarda ishtirok etadiganlar bormi?
💸 $180 359 sizni kutmoqda! AI Vibe Coding Hackathonga qo‘shiling!

Ushbu hackathon — mashina o‘rganish, dasturiy ta’minot va boshqa texnik sohalardagi yetakchi mutaxassislar bilan hamkorlik qilish imkoniyatidir. Agar siz sun’iy intellektga qiziqsangiz, tajribali dasturchi bo‘lsangiz yoki innovatsion loyihalar yaratishga ishtiyoqmand bo‘lsangiz, bu tadbir aynan siz uchun.

🗓 Sana: 30-yanvar — 2-fevral, 2026
🎤 Format: Onlayn, istalgan joydan ishtirok eting
💰 Mukofot jamg‘armasi: $180 359

🚀 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: https://linkshooter.org/Z4cXUd

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Keyingi e'lon internship (amaliyot) izlayotganlar uchun!

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔺 Startaplar uchun stajirovka!

Silkroad Angels — AQSh va Silikon vodiysi startaplari va venchur ekotizimiga kirish imkonini beruvchi xalqaro biznes angellar hamjamiyati. Endi siz ham investitsiya, marketing va operatsion jarayonlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishingiz mumkin.

🔸 Stajirovka formati:

- 3 oy davomida
- Masofadan yoki gibrid formatda
- Haftasiga 20+ soat, yarim kunlik
- Haq to'lanmaydi

🔸 Vazifalar:

- Startaplarni tahlil qilish va investitsiya tadqiqotlari olib borish
- Investitsiya materiallarini tayyorlash
- Marketing, kontent yaratish, SMM va Reels tayyorlash
- Onlayn va oflayn tadbirlarni tashkil etish
- Klubning ma’muriy qo‘llab-quvvatlash ishlari

🔸 Talablar:

- Yuqori kurs talabasi yoki magistratura talabalari
- Venchur kapital va startaplarga qiziqish
- Ingliz tilini yuqori darajada bilish

🔸 Siz nimalarga ega bo‘lasiz:

- VC (venchur kapital) sohasida real tajriba
- Xalqaro loyihalarga kirish imkoniyati
- Networking va tavsiya xati
- Silkroad ekotizimida hamkorlikni davom ettirish imkoniyati


🔗 Ariza berish: havola

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
🔺 ANGEL PITCH DAY — G‘OYANGNI INVESTORLAR OLDIGA OLIB CHIQING!

TIIAME Startup Club taqdim etyotgan Angel Pitch Day — bu startup g‘oya yoki tayyor loyihani real angel investorlar oldida pitch qilish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri networking o‘rnatish uchun imkoniyat. Tadbirning maqsadi — yoshlarning innovatsion g‘oyalarini investitsiyaga yaqinlashtirish va yangi hamkorliklarga yo‘l ochish.

🗓 17-yanvar | 📊 14:00
📍 C-Space Startup Center, Yunusobod

Tadbir TIIAME Startup Club tomonidan C-SPACE Startup Center hamkorligida, bir qator faol startup hamjamiyatlari ishtirokida o‘tkaziladi.

Startup g‘oyang bormi? Investorlar seni kutmoqda.
Qatnashish uchun startup taqdimotingni @tiiamenru_admin ga yubor. 🚀

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Takomillashayotgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi jamoatchilik muhokamasida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan global oʻzgarishlar va zamonaviy tendensiyalarni inobatga olgan holda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi ishlab chiqildi.


Ayni paytda mazkur loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun uzbekistan2030.uz onlayn platformasiga joylashtirilgan. Fuqarolar loyiha bilan tanishib, “Fikr qoldirish” tugmasi orqali oʻz taklif va mulohazalarini bildirishlari mumkin.

Yangi fikrlar, yangi takliflar bilan - yangi davrga shiddatli qadam! Muhokamalarda faol qatnashing!

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yaqin daqiqalarda startap loyiha boshqaruviga oid muhim manba bilan bo‘lishamiz 🤩

Undagi ma’lumotlar yanada tushunarli va qiymatli bo‘lishi uchun, avval mavzuga doir ayrim qisqa va muhim tushunchalarni taqdim etamiz.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
StartUpper
Yaqin daqiqalarda startap loyiha boshqaruviga oid muhim manba bilan bo‘lishamiz 🤩 Undagi ma’lumotlar yanada tushunarli va qiymatli bo‘lishi uchun, avval mavzuga doir ayrim qisqa va muhim tushunchalarni taqdim etamiz. 🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| …
Agile — bu “avval hammasini mukammal qilaman” deb kutib o‘tirish emas,
balki: qil → ko‘r → tuzat → yana qil degan yondashuv.

Agile loyiha boshqaruvi — ishni kichik-kichik bo‘laklarda qilish.
Masalan, oshni birdan 100 kishilik qilib pishirmaysiz-ku 🙂
Avval bir qozon — ta’mini ko‘rasiz, tuzini to‘g‘rilaysiz, keyin ko‘paytirasiz.

Startapga kelganda, agile juda mos:

- pul kam,
- vaqt kam,
- lekin g‘oya ko‘p 😄
Shu sabab tez sinaysiz, odamlar nima deydi — eshitasiz, moslashasiz.

Xullas, agile — startap uchun “tez yur, yiqilsang ham tez tur” usuli.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
31🔥1
Startaplar uchun Agile boshqaruv nega muhim?

Bu maqola Agile metodologiyasini faol qo‘llaydigan yetakchi startaplar tajribasi asosida tayyorlangan.

Agile boshqaruv startaplarga vaqtni tejash, xatolarni erta ko‘rish va bozor talabiga tez moslashish imkonini beradi. Eng muhimi — mahsulotni reja bilan emas, real foydalanuvchi fikri asosida yaratishga yordam beradi.

Shunchaki kommentga “maqola” deb yozib qoldiring, biz sizga maqolani yuboramiz.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🔥1
🇺🇿 Bugun yurtimizda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni keng nishonlanmoqda. Bu sana — yurt tinchligi va xalq osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan mard va jasur o‘g‘lonlarimizga hurmat va e’tirof ifodasidir.

“Parvoz loyihasi” sizlarni Vatan himoyachilari kuni bilan chin dildan tabriklaydi.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, kuch-g‘ayrat va sharafli burchingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
StartUpper
Startaplar uchun Agile boshqaruv nega muhim? Bu maqola Agile metodologiyasini faol qo‘llaydigan yetakchi startaplar tajribasi asosida tayyorlangan. Agile boshqaruv startaplarga vaqtni tejash, xatolarni erta ko‘rish va bozor talabiga tez moslashish imkonini…
👀 Startapingiz to'xtab qolgandek tuyulyaptimi?

Balki, agile metodologiyasi asosida tayyorlangan maqolani o'qib ko'rgandan so'ng o'zgarar

Kommentariya qismiga "maqola" so'zini yozib qoldiring. Biz sizga maqolani yuboramiz

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Endilikda robotlar dorixonalarda 🥲

Kelajak startaplari sun’iy intellekt va robototexnika real hayotga kirayotganining yorqin misoli — City Pharm (Ц1) robot aptekasi.

Robotlar dorixonalarda qanday ishlamoqda:

- Dorilarni robot olib beradi
- Jarayon to‘liq avtomatlashtirilgan
- Inson xatosi kamayadi
- Tezlik va nazorat oshadi


Bu shunchaki “qiziqarli texnologiya” emas, balki AI laboratoriyadan chiqib, kundalik xizmatga kiryapti.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Talabalar shu yerdamisiz? Siz uchun $1,000,000 lik tanlov topib qo'ydim
Anonymous Poll
75%
Ha, shu yerdaman
13%
Talaba emasman, lekin qiziqyapman
12%
Tezroq ma'lumot bering
💸 Startap loyihangiz uchun $1,000,000 lik tanlov

O‘zbekiston talabalari uchun ilk bor Hult Prize tanlovi rasman boshlanmoqda. Bu tanlov talabalar uchun ijtimoiy startap yaratish va global muammolarga yechim topish imkoniyatini beradi. G‘oliblar $1,000,000 investitsiya uchun kurashadi.

🗒 Tanlov afzalliklari:

- G‘oyalarni amalda sinash
- Xalqaro mentorlar bilan ishlash
- Milliy bosqichda g‘alaba va O‘zbekistonni global finalda namoyish etish


ℹ️ O‘zbekistonning barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari qatnashishi mumkin.

🔗 Tanlovda ishtirok etish istagida bo’lsangiz, hozir quyidagi havola orqali startapingizni ro’yxatdan o’tkazing

➡️ Batafsil: https://t.me/hultprizeuzbekistan

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤‍🔥1🔥1
🔺 Markaziy Osiyoning ilk AI-unicorni: Higgsfield $1,2 mlrdga baholandi

Markaziy Osiyo mintaqasi global sun’iy intellekt sanoatida o‘zining ilk yirik natijasini qayd etdi. Qozog‘istonlik tadbirkor Aleks Mashrabov tomonidan asos solingan Higgsfield AI startapi $1,2 milliardga baholanib, rasman "unicorn" maqomiga erishdi. Kompaniyaning yillik daromadi $200 milliondan oshgani uning ushbu murakkab bozorda naqadar mustahkam o‘rin egallaganini ko‘rsatmoqda.

Startap AI sohasining eng resurs talab qiluvchi segmenti — video generatsiya texnologiyalariga ixtisoslashgan. Video yaratish jarayoni ulkan hisoblash quvvatlari va yuqori operatsion xarajatlarni talab qilsa-da, Higgsfield’ning moliyaviy muvaffaqiyati mahsulotga bo‘lgan real bozor talabi shakllanganini isbotladi. Hozirda kompaniya daromad ko‘rish bilan birga, foydalanuvchilar bazasini kengaytirish orqali global miqyosda o‘z ta’sirini kuchaytirmoqda.


Investorlar loyihaning kelajagini ikki muhim omil bilan bog‘lamoqda. Bir tomondan, yangi texnologik yechimlar hisobiga video generatsiya tannarxining arzonlashishi kutilayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, startapning yirik texnologik gigantlar tomonidan sotib olinish ehtimoli yuqori baholanmoqda.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51
StartUpper
Endi navbat Samarqandga. Shu yerdamisiz?
Milliy AI Hackathon — Samarqand bosqichi

20–23-yanvar kunlari Samarqand shahrida Milliy AI Hackathon’ning hududiy bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu tadbirda ML Community Uzbekistan (O’zbekistondagi birinchi va yagona Sun’iy Intellekt Hamjamiyati) hamtashkilotchi sifatida ishtirok etmoqda.

Hackathon doirasida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda sun’iy intellekt asosidagi yechimlar ustida ishlaydi:

- sog‘liqni saqlash;
- kiberxavfsizlik;
- ta’lim;
- tadbirkorlik.


Eng yaxshi jamoalar qimmatli sovg‘alar hamda loyihalarni rivojlantirish uchun qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

❗️Muhim: ishtirok faqat Samarqand viloyati aholisi uchun.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://ai-hackathon.uz/

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥2❤‍🔥1🎉1
Kun davomida Instagramda qancha vaqt o'tkazasiz?
Anonymous Poll
57%
1-2-soat
19%
3-4-soat
14%
5-6-soat
11%
10 soatgacha
StartUpper
Kun davomida Instagramda qancha vaqt o'tkazasiz?
😎 Bilaman — Instagramda ko‘p vaqt o‘tkazasiz.
Keling, reelslarni foydalilariga almashtiramiz.

Quyida startap uchun muhim va foydali ma’lumot beruvchi Instagram sahifalari bilan tanishing:

🔸 @startup
Bugun chiqqan g‘oya — ertaga unicorn.
Dunyo startaplari, real hikoyalar va kelajakni belgilayotgan trendlar.

🔸 @startup.pedia
“Bu startap nimasi bilan ishladi?” degan savolga aniq javob.
Asoschilar xatolari va muvaffaqiyatlari — siz uchun 30 soniyada.

🔸 @startupswithoutborders
Chegarasiz startaplar.
Siz bilishingiz kerak bo‘lgan global imkoniyatlar, grantlar va xalqaro loyihalar.

🔸 @all.about.startups
Startap olamidagi eng muhim yangiliklar — ortiqcha shovqinsiz.

🔸 @wearelatech
Silicon Valley kayfiyati.
Tex tadbirlar, podkast parchalari va AQSh startap muhiti — bevosita siz uchun.


Agar siz Instagramda vaqt o‘tkazayotgan bo‘lsangiz, uni shunchaki o‘tkazmang — uni investitsiyaga aylantiring.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3❤‍🔥2👏2
❗️ “Innovatsion yoshlar” loyihasi doirasida yoshlar startap va investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun venchur jamg‘armalari orqali qo‘llab-quvvatlanadi.

“Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-62-son, 14.02.2025 y.) doirasida “Innovatsion yoshlar” loyihasi amalga oshiriladi.

18–30 yoshdagi yoshlarning startap va investitsiya loyihalari davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi;

Startap tashabbuslarini rivojlantirish uchun imtiyozli moliyaviy resurslar ajratiladi;

Raqamli texnologiyalar asosidagi innovatsion startaplar ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanadi;

Yoshlar tashabbuslarini moliyalashtirish venchur jamg‘armalari orqali amalga oshiriladi.

Mazkur loyiha yoshlarning innovatsion g‘oyalarini amaliy startapga aylantirish va ularni investitsiyaga olib chiqishga xizmat qiladi.

📄 Hujjatning rasmiy to‘liq matni:
https://lex.uz/docs/7387025

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Internetning kelajagi — YouTube tarixining takrorlanishidir

YouTube “dunyoda video kam” degani uchun paydo bo‘lmagan. Video bor edi, ammo uni yaratish qiyin edi. YouTube aynan shu to‘siqni olib tashladi — va birdan har kim video muallifiga aylandi. Kontent keskin ko‘paydi. Hammasi mashhur bo‘lmadi, ammo hatto eng yuqori 0,1% ham internetni o‘zgartirish uchun yetarli bo‘ldi. Avval imkoniyat paydo bo‘ldi, keyin taklif, undan so‘ng talab shakllandi.

Bugun xuddi shu jarayon sun’iy intellekt bilan takrorlanmoqda. AI dastur yaratishni soddalashtiryapti va yaqin kelajakda har kim o‘z ehtiyoji uchun shaxsiy ilova yarata oladi. Ilovalar soni portlaydi, dasturiy mahsulotlardan foydalanish esa kundalik holga aylanadi. Endi odamlar platformalarga moslashmaydi — platformalar odamga moslashadi.

YouTube videoni demokratlashtirdi.
AI esa butun internetni demokratlashtirmoqda.


Batafsil: https://a16z.substack.com/p/the-future-of-the-web-is-the-history

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🎉2❤‍🔥1