StartUpper
4.65K subscribers
1.41K photos
238 videos
11 files
1.19K links
🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.

Bog'lanish: @startupper_admin
Download Telegram
📺 Fantastik kino — startapingizni uyg‘otadigan yashirin trigger

Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, fantastik filmlar va multfilmlar kreativlikni oshiradi, stressni kamaytiradi va miyani "yechim izlash"ga faollashtiradi.
Ayniqsa texnika yoki startap bilan shug‘ullanuvchi odamlar sci-fi tomosha qilgandan keyin g‘oya ishlab chiqarishda yanada faol bo‘ladi.

Psixologiyada bu “kinoterapiya effekti” deb ataladi. Kino ko‘rish jarayonida miya:
- yangi tasavvurlar yaratadi;
- noodatiy yechimlar izlaydi;
- ruhiy energiyani tiklaydi;
- ichki motivatsiyani kuchaytiradi.

Shu sabab fantastik kino — oddiy ko‘ngilochar emas.
U miyani “g‘oya yaratish” rejimiga o‘tkazishga yordam berishi mumkin.

Agar kino tomosha qilgach birdan yangi fikr tug‘ilgandek bo‘lsa, bu tabiiy — ilmiy izohga ega holat.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤‍🔥11💯1
📺 Startapingiz uchun TOP 5 fantastik kino

🔢Muqaddima (Inception)

Nega startapchi uchun foydali?
G‘oyalar qanday shakllanishi, ong osti qanday ishlashi va kreativlik chegaralarini kengaytirishni ko‘rsatadi. Tasavvur “chegarasini yo‘q qiladi”.

🔢Interstellar (Interstellar)

Nega?
Murakkab muammolarni hal qilish, strategiya, uzoqni ko‘ra olish — startap tafakkurining eng asosiy elementlarini kuchaytiradi.

🔢 Marsda yolg'iz (The Martian)

Nega?
Resurs yetishmasa ham yechim topish, qadam-ba-qadam harakat qilish va motivatsiyani yo‘qotmaslik — haqiqiy startap ruhini beradi.

🔢 Birinchi o‘yinchi: O‘yin boshlansin (Ready Player One)

Nega?
VR, metaverse, kelajak texnologiyalari haqidagi tasavvurni kengaytiradi. Yangi IT-startap g‘oyalari aynan shunday fantaziyalardan tug‘iladi.

🔢Avatar (Avatar)

Nega?
Butunlay yangi dunyo yaratish, dizayn, vizual storytelling va kreativ fikrni keskin kengaytiradi. O‘z loyihangizga boshqacha ko‘z bilan qaray boshlaysiz.

Bu xabarni kino ko‘rishni yaxshi ko‘radigan startapchi tanishlaringizga yuborib qo‘ying!

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🤝1
Yoshlar texnoparklarida inkubatsiya va akseleratsiya dasturini tamomlaganlar bormi?
Anonymous Poll
23%
Ha, menman
48%
Yo'q, afsuski
30%
Nima u?
StartUpper
Yoshlar texnoparklarida inkubatsiya va akseleratsiya dasturini tamomlaganlar bormi?
🔺 “Yoshlar texnoparklarida tashkil etilgan akseleratsiya va inkubatsiya dasturlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan startap loyihalar“ uchun tanlov

“Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida Yoshlar texnoparklarining akseleratsiya va inkubatsiya dasturlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun arizalar qabul qilinadi.

Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar:
- Ishtirokchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi kerak;
- Yoshi 40 yoshdan oshmasligi lozim;
- Ilmiy daraja, unvon yoki ish joyidan qat’i nazar barcha yoshlarga ochiq;
- Har bir ishtirokchi faqat 1 ta loyiha bilan qatnashishi mumkin.

Startap loyihalarga qo‘yiladigan talablar:

- Startap loyiha Yoshlar texnoparkining akseleratsiya/inkubatsiya dasturlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan va tegishli sertifikatga ega bo‘lishi;
- Loyiha an’anaviy biznesdan ilmiy-innovatsion yangiligi bilan farqlanishi;
- Jamiyat yoki iqtisodiyotdagi dolzarb muammoning amaliy yechimiga qaratilgan bo‘lishi;
- Loyiha uchun zarur bo‘lgan mablag‘ aniq hisob-kitoblar bilan asoslangan bo‘lishi;
- Amalga oshirish muddati bir yildan oshmasligi;
- Aniq mexanizmlar, muddatlar va dastlabki natijalar ko‘rsatilgan bo‘lishi;
- So‘ralgan mablag‘ miqdori BHMning 3000 baravarigacha bo‘lishi;
- Materiallar haqqoniy, ishonchli, plagiatsiz bo‘lishi;
- Amalga oshirish muddati 12 oydan oshmasligi;
- Keltirilgan ma’lumotlar uchun loyiha muallifi shaxsan javobgar hisoblanadi.


Tanlovga taqdim etiladigan arizalar belgilangan hujjat shakllari asosida to‘ldirilib, 2026-yilning 5-yanvar kuni soat 23:59 ga qadar faqat elektron shaklda (startup.ilmiy.uz) qabul qilinadi.

🔗 Batafsil

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝21🔥1🎉1
Sizlar uchun zo'r narsa topdim 🤩

Tezlik bilan "🔥" chalarni bosib tashlasangiz, yuboraman
🔥1011🤝1
StartUpper
Sizlar uchun zo'r narsa topdim 🤩 Tezlik bilan "🔥" chalarni bosib tashlasangiz, yuboraman
📰 Startapchilar uchun eng foydali maqolalar joylanadigan sayt

Startupsmagazine.co.uk — startaplar va tadbirkorlar uchun yaratilgan professional sayt bo‘lib, unda biznesni boshlash va rivojlantirishga oid maqolalar, yangiliklar va maslahatlar mavjud. Sayt startapchilarga bozor trendlarini kuzatish, foydali g‘oyalar olish va loyihalarini samarali rivojlantirishda yordam beradi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
32🔥1🎉1
🤩 Andijon Yoshlar Texnoparki sizni ilhom va innovatsiyalar muhitiga chorlaydi!

⚫️Texnoparkda faoliyat yuritayotgan "InnoX" biznes-inkubator va akselerator dasturining 7-mavsum ishtirokchilari o‘zining uzoq mehnat va izlanishlar samarasini namoyon etuvchi “Demo Day” tadbiriga tayyor!

⚫️Bu kunda siz yoshlar tomonidan yaratilgan ijodiy g‘oyalar, zamonaviy yechimlar va startap loyihalar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lasiz. Ta’lim jarayonida shakllangan har bir loyiha – mehnat, intilish va orzularning yorqin mevasi.

✔️Agar siz ham innovatsiyalar olamiga kirib borishni, yangi startaplar bilan tanishishni yoki o‘z g‘oyangiz uchun ilhom topishni istasangiz, unda ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

🟢15-dekabr
🟢Soat 10:00
“Demo Day” tadbirida sizni kutib qolamiz!

🔅Keling, birgalikda yoshlarni innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatlaylik va ularga yangi marralar sari kuch bag‘ishlaylik!

👀 Bizni kuzatishda davom eting!

📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
StartUpper
Yoshlar texnoparklarida inkubatsiya va akseleratsiya dasturini tamomlaganlar bormi?
So'rovnoma natijalariga ko'ra, ko'pchilik bu imkoniyatni qo'ldan boy bergan yoki bexabar qolgan

Keling, buni to'g'irlaymiz 🔥
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3❤‍🔥1🎉1
🔺 Yoshlar texnoparklari — bu yoshlar yangi g‘oyalarini yaratishi, o‘rganishi va startaplarini rivojlantirishi uchun tashkil etilgan zamonaviy markazlardir.

Maqsadi: yoshlarning bilimini oshirish, ularni ilmiy ishlar va startap loyihalariga jalb qilish, g‘oyalarini amalda sinab ko‘rishga yordam berish.

Imkoniyatlari:

🔺 Startaplar ustida ishlash uchun qulay sharoit;
🔺 Treninglar, seminarlar va master-klasslar;
🔺 Ustozlar va ekspertlar bilan ishlash imkoniyati;
🔺 Xorijda tajriba orttirish yo‘llari;
🔺 Grant va tanlovlarga yo‘naltirish.


Umuman olganda Yoshlar Yoshlar texnoparklari — bu yoshlar yangi g‘oyalarini yaratishi, o‘rganishi va startaplarini rivojlantirishi uchun tashkil etilgan zamonaviy markazlardir.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Startapchilar uchun muhim bilimlarni beradigan oromgohga borishga nima deysiz? 😉
Anonymous Poll
87%
Zo'r bo'lardi
6%
Yo'q, kerakmas
7%
Qanaqa bo'ladi?
🚀 STARTUP AMBASSADORS — ARIZA TOPSHIRISH RASMAN OCHILDI!

Agar siz boshlamasangiz — hududingizda startap madaniyati umuman boshlanmasligi mumkin.
Bugun esa aynan siz uchun imkoniyat eshiklari ochildi.

Endilikda O‘zbekiston bo‘ylab 208 ta tuman va shahardan eng iqtidorli, tashabbuskor yoshlar Startup Ambassadors dasturiga rasmiy tarzda ariza topshirishlari mumkin.

📍 4–10 yanvar | Bo‘stonliq | Yoshlar oromgohi
➡️ 1 haftalik intensiv BOOTCAMP

Bootcamp davomida siz:
— startap ekotizimi bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz;
— yetakchilik va tashkiliy kompetensiyalaringizni rivojlantirasiz;
— o‘z tumaningizda startup klubini tashkil etishga tayyor holda qaytasiz.


🔗Ariza topshirish uchun havola: topcoachuni.com/events

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥 STARTAP REVOLYUTSIYASI QARSHIDA!

G'oyangizni sarmoyaga aylantirish vaqti keldi! 🚀

18-dekabr kuni Qarshida bo'lib o'tadigan "Demo Day" tadbirida:

Mustaqil Biznesingizni boshlang!
Investorlarni jalb qiling!
Kompaniyalar bilan hamkorlik o'rnating!

Tayyor MVP bilan keling va orzuingizni haqiqatga aylantiring! 🎯

Batafsil ma'lumot uchun:
@digital_ekonomist
+998908670527
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👓 Li Auto avtomobilni boshqaruvchi aqlli ko‘zoynaklarini taqdim etdi

Xitoylik elektromobil ishlab chiqaruvchisi Li Auto (Lixiang) o‘z avtomobillari bilan integratsiyalashgan, masofadan boshqaruv va sun’iy intellekt interfeysi vazifasini bajaruvchi aqlli ko‘zoynaklarni rasman namoyish qildi. Ushbu qurilma kompaniyaning raqamli ekotizimini avtomobil panelidan tashqariga olib chiqadi.

🔸 Lixiang Livis tizimi orqali foydalanuvchilar ko‘zoynak yordamida avtomobilni avtoturargohdan chaqirishi, yukxonasini ochishi, salon haroratini oldindan sozlashi hamda boshqa muhim funksiyalarni boshqarishi mumkin.

🔸 Qurilma birinchi shaxs nuqtayi nazaridan (POV) video yozib olish imkonini beruvchi kamera bilan jihozlangan. Ramkaga o‘rnatilgan Sony tasvir sensorlari qo‘llarni ishlatmasdan sifatli video yozishni ta’minlaydi.

🔸 Ko‘zoynakka AI yordamchi integratsiya qilingan bo‘lib, u ovozli buyruqlarni qabul qiladi va harakat davomida foydalanuvchiga kontekstga mos tavsiyalar beradi.

🔸 Li Auto ma’lumotiga ko‘ra, aqlli ko‘zoynak 19 soatgacha batareya quvvatiga ega bo‘lib, uni kundalik foydalanish uchun qulay va uzluksiz ishlovchi gadjetga aylantiradi.

Ushbu yangilik Xitoy elektromobil sanoatida avtomobil, sun’iy intellekt va kiyiladigan texnologiyalar tobora yagona platformaga birlashib, mashinalar shaxsiy raqamli muhitning ajralmas qismiga aylanayotganini yaqqol namoyon etadi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Startapni 0 so‘m bilan boshlash mumkinmi?
Anonymous Poll
63%
Ha
20%
Yo'q
17%
Qandaydir qo'shimcha g'oya bormi?
StartUpper
Startapni 0 so‘m bilan boshlash mumkinmi?
Keling, yaxshisi sizga "Startapni 0 so‘m bilan boshlash" formulasini beraman 🤩
👍32🎉2❤‍🔥1
StartUpper
Keling, yaxshisi sizga "Startapni 0 so‘m bilan boshlash" formulasini beraman 🤩
🔺 0 so‘m bilan boshlash formulasi (REAL)

1-qadam: Muammoni toping

🔸 Pul emas, muammo — startapning asosi.
🔸 “Odamlar nimadan shikoyat qilyapti?”

2-qadam: Bepul MVP yarating

🔸 Google Docs
🔸 Notion
🔸 Canva
🔸 Telegram

📌 Ideal emas, ishlaydigan bo‘lsin.

3-qadam: Birinchi foydalanuvchini toping

🔸 Do‘stlar
🔸 Telegram guruhlar
🔸 Shaxsiy profil

📌 10 foydalanuvchi = oltin.

4-qadam: Feedback oling

🔸 Savol bitta:

“Nimani o‘zgartirsak foydaliroq bo‘ladi?”

5-qadam: Keyin pul qidiring

🔸 Grant
🔸 Investor
🔸 Oldindan sotuv (pre-order)

📌 Avval isbot → keyin investitsiya.


Real misol (mini-case)

🔸 Telegram kanal ochildi — 0 so‘m
🔸 Auditoriya yig‘ildi
🔸 Muammo aniqlandi
🔸 Xizmat taklif qilindi
🔸 Daromad paydo bo‘ldi

📌 Ko‘plab startaplar shunday boshlanadi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4💯4🤝2