StartUpper
4.63K subscribers
1.42K photos
239 videos
11 files
1.19K links
🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.

Bog'lanish: @startupper_admin
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🥲 Siz asosan qaysi bosqichda qiynalasiz?

Kommentariyada yozib qoldiring, biz sizga yechimlarni beramiz.

"Investitsiya" bosqichidagilar tezroq harakat qilmasangiz, boshqalar sizni videodagidek turtib bo'lsa ham o'tib ketishadi 😁

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁2🤣2🤝1
✈️ XPeng “uchuvchi avtomobillar”ning ommaviy ishlab chiqarishini boshladi

Xitoyning XPeng kompaniyasi Guanchjou shahrida yo‘l va havo rejimida harakatlana oladigan modulli transport vositasini ommaviy ishlab chiqarishga kirishdi. Yillik 10 ming dona ishlab chiqarish quvvati ushbu sohada prototip bosqichidan real amaliyotga o‘tilganini anglatadi.

Mazkur tizim oddiy miniven va uning yukxonasiga o‘rnatilgan ajratib olinadigan yo‘lovchi dronidan iborat. Avtomobil yerda harakatlanadi, dron esa mustaqil ravishda havoga ko‘tariladi. Ushbu modulli yondashuv murakkab gibrid konstruksiyalarga xos bo‘lgan yuqori xarajat va past amaliylik kabi muammolarni bartaraf etadi.

Regulyator talablar ham soddaroq: XPengga yangi turdagi qonunchilik emas, balki mavjud dron qoidalariga kichik o‘zgartirishlar kifoya. Ko‘plab Xitoy shaharlari bunday transport uchun zarur infratuzilmaga ega.


Dastlabki modellar sinov va sertifikatlash bosqichiga yo‘naltiriladi, keng ommaga yetkazib berish esa 2026-yilda boshlanishi kutilmoqda.

Mazkur modulli yechim shaxsiy havo transportining amaliy, xavfsiz va kengaytirish imkoniyatiga ega yo‘nalishi sifatida e’tirof etilmoqda.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2
🚀 Startapingizni rivojlantirish uchun top 3 kitob tavsiyasi

🤫 20:00da

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥1
🚀 Startapchilar uchun 3 ta eng kuchli kitoblar

Agar siz g‘oya yaratish, fikrlash doirasini kengaytirish va haqiqiy startap mentalitetini shakllantirmoqchi bo‘lsangiz — mana boshlash uchun 3 ta eng to‘g‘ri asar:

1️⃣“Zero to One” — Peter Thiel
Bu kitob startaplar haqidagi eng original qarashlardan biri. Thiel sizni boshqalarga taqlid qilish emas, hech kim qilmayotgan narsani yaratishga undaydi. O‘ylash, farqlanish va monopoliya yaratish bo‘yicha kuchli konsepsiyalar beradi.

2️⃣“Innovatorlar” — Uolter Ayzekson
Texnologiyalarni yaratgan afsonaviy shaxslar tarixi — shaxsiy hikoyalar, ixtirolar va muvaffaqiyatlar ortidagi real jarayonlar. Innovatsiya qanday tug‘ilishi, jamoa qanday ishlashi va ijodiy fikr qanday shakllanishini chuqur ochib beradi.

3️⃣“Venture Zehniyati” — Alex Dang & Ilya Strebulaev
Investorlar qanday fikrlaydi? Riskni qanday baholaydi? Qaysi startapni tanlaydi? Bu kitob sizga aynan venchur kapital olamida qanday o‘ylashni, investor ko‘zidan dunyoni ko‘rishni o‘rgatadi. Startapni o‘stirishni xohlovchilar uchun eng amaliy qo‘llanma.


Bu xabarni startaplar oid kitoblarni izlab yurgan do‘stingizga yuborib qo‘ying 😉

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎗 Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan sizlarni Parvoz loyihasi jamoasi chin dildan tabriklaydi.

Konstitutsiyamiz — huquqiy erkinliklarimizni himoya qiladigan, taraqqiyot va islohotlar yo‘lida bizga yo‘nalish beradigan mustahkam mezondir. Bugungi kunda har bir yoshning innovatsion fikri, tashabbusi va bunyodkor g‘oyasi ana shu mezonlar bilan hamohang ravishda qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Ushbu qutlug‘ sana barchamizga yangi maqsadlar, yangicha qarashlar va kelajak sari dadil intilishlar bag‘ishlasin.
Yurt ravnaqi, taraqqiyot va yangiliklar yo‘lida parvozlaringiz barakali bo‘lsin!

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🎉1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔺 Startaplar uchun Demo Day

ISFT institutida 6 haftalik biznes-inkubatsiya yakuni bo‘yicha final pitchelar bo‘lib o‘tadi. Yosh tadbirkorlar o‘z g‘oyalarini investorlar, ekspertlar va biznes ekotizimi vakillari oldida taqdim etadilar.

Dastur davomida ishtirokchilar bozor tahlili, MVP yaratish va shaxsiy treker qo‘llab-quvvatlashidan foydalangan holda loyihalarini rivojlantirdilar. Demo Day esa eng yaxshi g‘oyalar uchun investitsiya va rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etadigan muhim tadbirdir.

🗓 Sana: 2025-yil 9-dekabr
📊 Vaqt: 10:00
📍 Manzil: ISFT (International School of Finance and Technology)
ℹ️ Kirish: Bepul, ro‘yxatdan o‘tish talab qilinmaydi

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
#diqqat_tanlov

“Yoshlarning ekologiya yo‘nalishidagi innovatsion loyihalarini rag‘batlantirish maqsadida startap loyihalar tanlovi”da ishtirok eting!

“Bo‘lajak olim” doirasidagi tanlovga faqat ekologiya yo‘nalishiga oid innovatsion startap loyihalar qabul qilinadi.

Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar:

- Ishtirokchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi kerak;
- Yoshi 40 yoshdan oshmasligi lozim;
- Ilmiy daraja, unvon yoki ish joyidan qat’i nazar barcha yoshlarga ochiq;
- Har bir ishtirokchi faqat 1 ta loyiha bilan qatnashishi mumkin.

Startap loyihalarga qo‘yiladigan talablar:

- Loyiha faqat ekologiya sohasiga tegishli bo‘lishi;
- Ilmiy yangilik yoki innovatsion elementga ega bo‘lishi;
- Jamiyat va iqtisodiyotdagi muammoning yechimiga qaratilgan bo‘lishi;
- Talab etiladigan mablag‘lar aniq ko‘rsatilishi va asoslantirilishi;
- Amalga oshirish mexanizmlari, muddati va dastlabki natijalari keltirilgan bo‘lishi;
- So‘ralgan mablag‘ miqdori BHMning 3000 baravarigacha bo‘lishi;
- Materiallar haqqoniy, ishonchli, plagiatsiz bo‘lishi;
- Amalga oshirish muddati 12 oydan oshmasligi;
- Keltirilgan ma’lumotlar uchun loyiha muallifi shaxsan javobgar hisoblanadi.


Tanlovga taqdim etiladigan arizalar belgilangan hujjat shakllari asosida to‘ldirilib, 2025-yilning 25-dekabr kuni soat 23:59 ga qadar faqat elektron shaklda (startup.ilmiy.uz) qabul qilinadi.

🌐Batafsil

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🤝1
Innovatsion rivojlanish agentligi
#diqqat_tanlov “Yoshlarning ekologiya yo‘nalishidagi innovatsion loyihalarini rag‘batlantirish maqsadida startap loyihalar tanlovi”da ishtirok eting! “Bo‘lajak olim” doirasidagi tanlovga faqat ekologiya yo‘nalishiga oid innovatsion startap loyihalar qabul…
🌱 Ekologiya yo‘nalishidagi tanlov ishtirokchilari diqqatiga!

Ertaga, 10-dekabr soat 11:00 da “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida e’lon qilingan startap tanlovida ishtirok etish tartibi bo‘yicha onlayn seminar o‘tkaziladi.

📌 Seminarda:
— Ariza topshirish tartibi
— Kerakli hujjatlar ro‘yxati
— Jarayon bo‘yicha to‘liq tushuntirishlar
— Mutaxassisdan barcha savollarga javoblar


🔺Seminar YouTube orqali jonli efirda:
Havola: youtube.com/@innovation.gov-uz

Biz nafaqat imkoniyat beramiz, balki unga yetadigan yo‘lni ham ko‘rsatamiz

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🤝1
🦄 "Unicorn" startap asoschisi bilan uchrashuv

Toshkent shahrida sun’iy intellekt sohasining yetakchi vakillaridan biri — Higgsfield AI kompaniyasi asoschisi va bosh ijrochi direktori Alex Mashrabov ishtirokida uchrashuv tashkil etiladi.
Higgsfield AI bugungi kunda video va foto generatsiyasi bo‘yicha dunyodagi eng ilg‘or yechimlardan biriga aylangan hamda yaqinda “unicorn” maqomiga ega bo‘lgan kompaniya hisoblanadi.

Alex Mashrabov — Markaziy Osiyodan chiqib, global texnologiyalar sanoatida katta muvaffaqiyatga erishgan kam sonli startap asoschilaridan biri. Tadbir davomida ishtirokchilar AI industriyasidagi tendensiyalar, startaplarni rivojlantirish strategiyalari hamda xalqaro bozorga chiqish bo‘yicha muhim tajribaga ega bo‘ladilar.


📍 Manzil: New Uzbekistan University
📊 Vaqt: 11-dekabr 17:30
👥 Ishtirokchilar soni: 300 kishigacha (joylar cheklangan)
📝 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: havola
🗣 Tadbir tili: Ingliz tili

👤 Tadbir tashkilotchilari:
Alpha, New Uzbekistan University, Stanbase

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍21
StartUpper
Video message
🔹 Seminar boshlandi

youtube.com/@innovation.gov-uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥21
Forwarded from Yoshlar Ventures
Dunyo bozorini o'zgartirishga tayyormisiz

UzCombinator startaplarni xalqaro bozorga olib chiqmoqchi bo‘lganlarga yordam berishga tayyor❗️

Startap
yaratish jarayonida ko‘plab asoschilar bir xil muammolarga duch kelmoqda: g‘oyani amaliy yechimga aylantirishdagi noaniqliklar, to‘g‘ri ekspertlardan maslahat olish imkoniyatining cheklanganligi, jamoa yig‘ishdagi qiyinchiliklar, shuningdek, loyihani mahalliy va xalqaro bozorlarga olib chiqish jarayonidagi to‘siqlar.

UzCombinator dasturi umidli startaperlarga quyidagilarni taklif etadi:

🟠Xarajatlar uchun $1000 stipendiya

Maqsad — 45 kun davomida to‘liq startapga fokuslanish uchun sharoit yaratish.
Bu o'z ichiga 3 mahal tekin ovqat va barcha kerakli ilovalar uchun premium versiyalarni uz ichiga oladi.


🟠Mahalliy va xalqaro ekspertlar bilan ishlash

Dastur StarX, Silkroad Innovation Hub, SilkBridge Ventures, Domino Ventures kabi tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boriladi. Bu ishtirokchilarga global standartlarga mos tajriba va ko‘nikmalar beradi.


🟠DemoDay va 1 000 000 $ investitsiya

Dastur yakunida asoschilar o‘z loyihalarini mahalliy biznes-angellar, venchur fondlar va xalqaro investorlar oldida taqdim etadilar.
DemoDay uchun Yoshlar Ventures tomonidan 1 000 000$ ajratilgan.


Faqatgina 30 nafar startapper ushbu Akseleratsiya dasturiga grant asosida qabul qilinadi.

UzCombinator haqida batafsil ma'lumot va topshirish 14-dekabr kuni soat 20:00 da yopiq taqdimotda bo'lib o'tadi.

Yopiq tadqimotga qatnashish uchun maxsus havola ⬇️
https://t.me/+y9rKiwPhbrA0YTVi
https://t.me/+y9rKiwPhbrA0YTVi
https://t.me/+y9rKiwPhbrA0YTVi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
📺 Fantastik kino — startapingizni uyg‘otadigan yashirin trigger

Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, fantastik filmlar va multfilmlar kreativlikni oshiradi, stressni kamaytiradi va miyani "yechim izlash"ga faollashtiradi.
Ayniqsa texnika yoki startap bilan shug‘ullanuvchi odamlar sci-fi tomosha qilgandan keyin g‘oya ishlab chiqarishda yanada faol bo‘ladi.

Psixologiyada bu “kinoterapiya effekti” deb ataladi. Kino ko‘rish jarayonida miya:
- yangi tasavvurlar yaratadi;
- noodatiy yechimlar izlaydi;
- ruhiy energiyani tiklaydi;
- ichki motivatsiyani kuchaytiradi.

Shu sabab fantastik kino — oddiy ko‘ngilochar emas.
U miyani “g‘oya yaratish” rejimiga o‘tkazishga yordam berishi mumkin.

Agar kino tomosha qilgach birdan yangi fikr tug‘ilgandek bo‘lsa, bu tabiiy — ilmiy izohga ega holat.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤‍🔥11💯1
📺 Startapingiz uchun TOP 5 fantastik kino

🔢Muqaddima (Inception)

Nega startapchi uchun foydali?
G‘oyalar qanday shakllanishi, ong osti qanday ishlashi va kreativlik chegaralarini kengaytirishni ko‘rsatadi. Tasavvur “chegarasini yo‘q qiladi”.

🔢Interstellar (Interstellar)

Nega?
Murakkab muammolarni hal qilish, strategiya, uzoqni ko‘ra olish — startap tafakkurining eng asosiy elementlarini kuchaytiradi.

🔢 Marsda yolg'iz (The Martian)

Nega?
Resurs yetishmasa ham yechim topish, qadam-ba-qadam harakat qilish va motivatsiyani yo‘qotmaslik — haqiqiy startap ruhini beradi.

🔢 Birinchi o‘yinchi: O‘yin boshlansin (Ready Player One)

Nega?
VR, metaverse, kelajak texnologiyalari haqidagi tasavvurni kengaytiradi. Yangi IT-startap g‘oyalari aynan shunday fantaziyalardan tug‘iladi.

🔢Avatar (Avatar)

Nega?
Butunlay yangi dunyo yaratish, dizayn, vizual storytelling va kreativ fikrni keskin kengaytiradi. O‘z loyihangizga boshqacha ko‘z bilan qaray boshlaysiz.

Bu xabarni kino ko‘rishni yaxshi ko‘radigan startapchi tanishlaringizga yuborib qo‘ying!

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🤝1
Yoshlar texnoparklarida inkubatsiya va akseleratsiya dasturini tamomlaganlar bormi?
Anonymous Poll
23%
Ha, menman
48%
Yo'q, afsuski
30%
Nima u?