StartUpper
4.61K subscribers
1.42K photos
239 videos
11 files
1.2K links
🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.

Bog'lanish: @startupper_admin
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax politexnika instituti qoshida tashkil etilgan Avtomobilsozlik muhandislik maktabi faoliyati bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью Школы автомобильной инженерии, организованной при Джизакском политехническом институте.

#Mirziyoyev #safar #Jizzax #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
3🔥2❤‍🔥1
StartUpper
#diqqat 🔺 Xorijiy tashkilotlarda ilmiy stajirovka o‘tash istagida yurgan yoshlar diqqatiga! 🔸 Bugun 7 ta tanlov e’lon qilinadi! 🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
🔺 Xorijiy ilmiy stajirovkalarga hujjatlar qabul qilinmoqda

Innovatsion rivojlanish agentligi quyidagi yetakchi xorijiy ilmiy va ta’lim muassasalarida stajirovka o‘tash uchun nomzodlar qabuli boshlanganini ma’lum qiladi:

🔸 Tatariston Respublikasi, Qozon Federal universiteti
🔸 Eron Islom Respublikasi, Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari, ta’lim va kengaytirish tashkiloti
🔸 Tatariston Respublikasi, Innopolis universiteti
🔸 Shveytsariya, Jeneva xalqaro instituti
🔸 Rossiya Federatsiyasi, “Xalqaro kvant optikasi va kvant texnologiyalari” tashkiloti
🔸 Malayziya, “Sultan Idris” universiteti
🔸 AQSh, Texas universiteti (Dallas shahri)

Tanlov g‘oliblari belgilangan tartib va muddatlarga muvofiq mazkur tashkilotlarda ilmiy stajirovkaga yuboriladi.

Hujjat topshirish tartibi

Hujjatlar 2026-yil 15-yanvar kuni soat 23:55 gacha xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etishning yagona elektron tizimi —
👉 internship.ilmiy.uz orqali qabul qilinadi.

ℹ️ Eslatma:
Boshqa elektron manzillar (edo.ijro.uz, exat, Agentlik yoki Vazirliklarning rasmiy elektron pochta manzillari va boshqalar) orqali yuborilgan hujjatlar qabul qilinmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.


📞 Aloqa uchun: +998 (71) 203-32-23 (541)
🔗 Batafsil ma’lumot: gov.uz
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from StartUp Math
Aksariyat ta’sischilar muhim narsalar ustida bosh qotirishmaydi.
G‘oya, logotiplar, taqdimotlar...
Ammo haqiqiy o‘sish raqamlar paydo bo‘lgan joydan boshlanadi.

Shuning uchun sizga www.startupplan.uz - startda kerak bo‘lgan hamma narsani yopadigan vositani tavsiya qilaman:
• Tezkor finmodelni qurish - Excelsiz, og‘riqsiz. Barcha formulalar allaqachon kiritilgan.
• O‘z unit-iqtisodingizni hisoblang - biznes modeli ishlayaptimi yoki loyiha zarar ko‘ryaptimi, tekshirib ko‘ring.
• Hamma narsani grafiklarda ko‘rish - Daromadlar, xarajatlar, MRR, ARPU, CAC, LTV - barchasi vizual va tushunarli.
• Boshlovchi ta’sischilar uchun bepul mini-kitobni FAQ - Bosqichma-bosqich ko‘rsatmalar bo‘limida yuklab oling: g‘oyani qanday tekshirish, ko‘rsatkichlarni qanday hisoblash, investitsiyalarga qanday tayyorgarlik ko‘rish.
👏2
Kelajakda “unicorn”ga aylanishi mumkin bo‘lgan startaplarga eng ko‘p erta bosqichda (Series A va undan oldin) investitsiya kiritgan venchur fondlar reytingi.

Eng erta sarmoya eng katta o‘sishga sabab bo‘ladi — qaysi fond sizning startapingizga ham imkon berishi mumkin deb o‘ylaysiz? 🚀

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💨 Aholi tashabbuslarini ilgari surish uchun maxsus forum o‘tkaziladi

“Kelajak uchun” forumi istiqbolli tashabbuslar yo‘llanadigan ochiq muloqot maydoni. Undan asosiy maqsad soha va hududlarni rivojlantirishga jamoatchilikni jalb etish, aholi takliflarini yuzaga chiqarish, islohotlarning xalqchilligini ta’minlashdir.

Forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil14 iyuldagi “Islohotlarni amalga oshirishda istiqbolli tashabbuslarni yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq o‘tkaziladi. Buning uchun mas’ul tashkilotlar hamkorligida tizim yo‘lga qo‘yildi, kelajakuchun.gov.uz kraud-platformasi ishga tushirildi.

Muhokamalarda eng dolzarb deb topilgan tashabbuslar “Top-50” va “Top-10” tarzida saralanadi.

G‘olib deb topilgan 10 ta eng ilg‘or tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimot qilinadi. Yakunda ma’qullangan tashabbuslar hayotga tatbiq etiladi. Ularning mualliflari moddiy rag‘batlantirilib, loyihalari davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Forumda qatnashib, mamlakatimiz taraqqiyoti uchun o‘z taklifingizni yo‘llang! Aynan Sizning tashabbusingiz g‘olib deb topilishi mumkin.

“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumida ishtirok etish uchun kelajakuchun.gov.uz kraud-platformasi yoki QR-kod orqali havolaga o‘ting.

📞Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 71-203-03-08 (ichki raqam 197, 109)

Bizni kuzating


Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Startaplarda MVP qanday qurilishi kerak?" shu mavzusidagi eng qimmatli tavsiya va bilimlarni yuborsak nima deysiz?
Anonymous Poll
73%
Zo'r bo'lardi
10%
Kerakmas
17%
So'rab o'tirasizmi, yuboring
StartUpper
"Startaplarda MVP qanday qurilishi kerak?" shu mavzusidagi eng qimmatli tavsiya va bilimlarni yuborsak nima deysiz?
Startaplar MVP (Minimum Viable Product)ni qanday yaratishi kerak?

Aynan shu mavzu yuzasidan Y Combinator tomonidan tayyorlangan maqolani sizlarga taqdim etamiz.

Shunchaki kommentga “maqola” deb yozing, biz sizga eng muhim tavsiyalarni o‘z ichiga olgan, aniq va amaliy maqolamizni yuboramiz.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3❤‍🔥11👍1👏1
Ta'lim yo'nalishidagi startaplarga qiziqadiganlar bormi? Siz uchun ajoyib imkoniyat tayyorladik
Anonymous Poll
78%
Ha, albatta
11%
Yo'q, qiziqmas
12%
Qanday imkoniyat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Chet elda o‘qishni xohlaysiz-u, qayerdan boshlashni bilmayapsiz?

TopCoach — dunyoning eng nufuzli universitetlariga kirish yo‘lida yoshlarga yo‘lboshchi bo‘ladigan global mentorlik platformasi.

🗂 TopCoach orqali siz:

Eng yaxshi xorijiy universitetlar haqida ishonchli ma’lumot olasiz;
Mentorlar bilan individual konsultatsiyalardan o‘tasiz;
Grant va stipendiyalarga topshirish bo‘yicha amaliy yo‘riqnomalar olasiz.


Bugungi kunda “TOP 100 UNI” va "TopCoach" orqali 45 mingdan ortiq yoshlar chet elga qabul jarayonini o‘rganmoqda va 60 dan ortiq yetakchi universitetga qabul qilinib, jami ≈ $3 millionlik grantlarga ega bo‘lganlar.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22🔥2
StartUpper
🔥 Chet elda o‘qishni xohlaysiz-u, qayerdan boshlashni bilmayapsiz? TopCoach — dunyoning eng nufuzli universitetlariga kirish yo‘lida yoshlarga yo‘lboshchi bo‘ladigan global mentorlik platformasi. 🗂 TopCoach orqali siz: Eng yaxshi xorijiy universitetlar…
✈️ "Parvoz" loyihasi doirasidagi navbatdagi haftalik ovozli suhbatimiz mehmoni "TopCoach" platformasi

👤 Spiker: Bahmanyor Adhamjonov
TopCoachuni.com start up
Co-founder/COO
🗓 Sana: 6-dekabr
📊 Vaqt: 20:00
🎤 Format: Telegramda ovozli chat

Suhbat davomida siz platformaning hozirgacha erishgan yutuqlari, startapning ayniqsa ta’lim sohasidagi afzalliklari va ustunliklari haqida bilib olasiz. Shu bilan birga, siz o‘z savollaringizni berib, batafsil javoblar olishingiz mumkin.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2❤‍🔥2🎉21🔥1
Albaniyada sun'iy intellekt vaziri poraxo'rlik bilan hibsga olindi

Albaniyada sun’iy intellekt vaziri Diella 14 ta bitkoin (1,3 mln yevro) pora olganlikda gumonlanib hibsga olindi.

Tender hujjatlarini “optimallashtirish” evaziga olingan mablag‘lar noma’lum hisoblarga ketgani aytilmoqda. Vazir esa bitkoinlarni serverlarni yangilashga sarflamoqchi bo‘lganini aytgan.

Eng qiziq joyi — Diella yaqinda “83 ta mini Diella” AI yordamchilarini yaratmoqchi bo‘lgandi. Voqea jiddiy, tafsilotlari esa komediya!

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣5😁2
Live stream scheduled for
Live stream started
StartUpper
Qaysi bosqich siz uchun qiyinroq?
Diqqat ❗️

Yaqin daqiqalarda hozirgi startap holatingiz yoritilgan material yuboriladi.

Reaksiya va komment yozish majburiy. Kimdan kim bu vazifadan nisbatan e'tiborsizlik qilsa, startapi uchun katta yo'qotishni qabul qilgan bo'ladi 👀

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁4🎉2🤣1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🥲 Siz asosan qaysi bosqichda qiynalasiz?

Kommentariyada yozib qoldiring, biz sizga yechimlarni beramiz.

"Investitsiya" bosqichidagilar tezroq harakat qilmasangiz, boshqalar sizni videodagidek turtib bo'lsa ham o'tib ketishadi 😁

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁2🤣2🤝1
✈️ XPeng “uchuvchi avtomobillar”ning ommaviy ishlab chiqarishini boshladi

Xitoyning XPeng kompaniyasi Guanchjou shahrida yo‘l va havo rejimida harakatlana oladigan modulli transport vositasini ommaviy ishlab chiqarishga kirishdi. Yillik 10 ming dona ishlab chiqarish quvvati ushbu sohada prototip bosqichidan real amaliyotga o‘tilganini anglatadi.

Mazkur tizim oddiy miniven va uning yukxonasiga o‘rnatilgan ajratib olinadigan yo‘lovchi dronidan iborat. Avtomobil yerda harakatlanadi, dron esa mustaqil ravishda havoga ko‘tariladi. Ushbu modulli yondashuv murakkab gibrid konstruksiyalarga xos bo‘lgan yuqori xarajat va past amaliylik kabi muammolarni bartaraf etadi.

Regulyator talablar ham soddaroq: XPengga yangi turdagi qonunchilik emas, balki mavjud dron qoidalariga kichik o‘zgartirishlar kifoya. Ko‘plab Xitoy shaharlari bunday transport uchun zarur infratuzilmaga ega.


Dastlabki modellar sinov va sertifikatlash bosqichiga yo‘naltiriladi, keng ommaga yetkazib berish esa 2026-yilda boshlanishi kutilmoqda.

Mazkur modulli yechim shaxsiy havo transportining amaliy, xavfsiz va kengaytirish imkoniyatiga ega yo‘nalishi sifatida e’tirof etilmoqda.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2