StartUpper
4.6K subscribers
1.42K photos
239 videos
11 files
1.2K links
🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.

Bog'lanish: @startupper_admin
Download Telegram
Davlatimiz rahbari sun’iy intellekt sohasini rivojlantirish bo‘yicha rejalarni aytdi:

"Nvidia" kompaniyasi bilan superkompyuter klasteri ishga tushiriladi, AQSHning Kremniy vodiysida Milliy transfer ofisi ochiladi, barcha hududlardagi "Kelajak markazlari"da SI bo‘yicha maktab dasturi joriy qilinadi;

– maktablar o‘rtasida har yili sun’iy intellekt yo‘nalishida eng yaxshi startap g‘oyalari bo‘yicha tanlov o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Har bir hududda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktabda eng zamonaviy sun’iy intellekt laboratoriyasi tashkil etiladi;

Sun’iy intellekt bo‘yicha Prezident tanlovi tashkil etiladi. Har yili 100 nafar eng iqtidorli yoshlar saralab olinib, AQSH, Birlashgan Arab Amirliklari, Yevropaning ilg‘or texnologik kompaniyalariga stajirovkaga yuboriladi;

– yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yirik tashabbus – "5 million sun’iy intellekt yetakchilari" loyihasiga start beriladi.

– 2030-yilga qadar 4,75 million o‘quvchi va talaba, 150 ming o‘qituvchi, 100 ming davlat xizmatchisi o‘qitiladi. Bunda sun’iy intellekt maktab, kasb ta’limi va oliy ta’lim tizimlariga ham integratsiya qilinadi;

– har yili noyabr oyi "Yoshlar uchun sun’iy intellekt oyligi" deb e’lon qilinadi va doimiy ravishda "Ipak yo‘li sun’iy intellekt forumi" o‘tkazib boriladi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
Dars yoqqan bo'lsa, "🔥" chalarni bosib tashlang
🔥27❤‍🔥2🤝2😢1
Second flowers Second bloom haqida eshitganlar bormi?
Anonymous Poll
33%
Ha, albatta
63%
Nima u?
4%
Zo'r ketyapti
StartUpper
Second flowers Second bloom haqida eshitganlar bormi?
💐 Second Flowers: sovg‘a qilingan gullarga ikkinchi hayot beruvchi startap

Qisqa vaqt ichida ishga tushgan Second Flowers startapi sovg‘a qilingan, ammo hali chiroyini yo‘qotmagan gullarga “ikkinchi hayot” berish konseptsiyasiga asoslanadi. Loyihaning maqsadi oddiy: buket egalari xarajatning bir qismini qaytarib oladi, xaridorlar esa sifatli gullarni maqbul narxda xarid qiladi.

Platforma ishlash mexanizmi sodda: buket joylanadi, ishtirokchilar stavka qiladi, eng yuqori narx esa g‘olib bo‘ladi. Har bir buket videotasdiq orqali tekshiriladi, bu esa foydalanuvchilar orasida ishonchni oshiradi.

📊 Qisqa muddatda erishilgan natijalar

Ishga tushganiga atigi 4 kun bo‘lgan bo‘lsa-da, platforma 50 mingdan ortiq foydalanuvchini jalb qildi. Bu natija bozorga ehtiyoj yuqoriligi va taklif etilayotgan yechimning samaradorligini ko‘rsatadi.

Mutaxassislar bunga bir necha omillar sabab bo‘lganini ta’kidlashadi: g‘oya yangiligi, jarayonlarning shaffof va ishonchli tashkil etilishi, foydalanuvchilar uchun tushunarli mexanizm va xavfsizlik protokollari mavjudligi.


Second Flowers — bozordagi real muammoni hal qiluvchi, samarali startap sifatida o‘z o‘rnini mustahkamladi. Qisqa muddatda erishilgan auditoriya o‘sishi va foydalanuvchi qoniqishi loyihaning potensialini oshiradi va kelajakda kengroq hamjamiyatni jalb qilish imkonini beradi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👏2🔥1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💀 "Up-way" - ustoz-shogird an’analari va chellenj orqali bilim, ko‘nikma almashinuvi va ish topishni qo‘llab-quvvatlovchi innovatsion raqamli platforma.

🏃 Loyiha - Axmedov Ahadulloh Otabekovich tomonidan Andijon Yoshlar Texnoparkining 2025-yilgi 7-mavsum "InnoX" biznes-inkubator va akselerator dasturi doirasida yaratilgan.

😮 Uning afzalliklari va qulayliklari bilan intervyu orqali tanishishingiz mumkin.

👀 Bizni kuzatishda davom eting!

📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21🎉1
🔥 CEO, CFO, COO, CIO, CMO, CRO — barchasi kompaniya uchun muhim, lekin vazifalari turlicha.

Kim kompaniyani boshqaradi? Kim moliyasini nazorat qiladi? Kim daromadni oshiradi?

Tez orada soddalashtirilgan va tartibli taqqoslashni yuboraman.

Tayyor turing!

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥31🫡1
💼 CEO, CFO, COO, CIO, CMO, CRO — Kim nima qiladi? Bilasizmi?

CEO (Bosh direktor / General Director)
Kompaniyani boshqaradi, strategiya va innovatsiyani belgilaydi, brend va investitsiya strategiyasini shakllantiradi.

CFO (Moliyaviy direktor)
Moliyaviy barqarorlikni ta’minlaydi, xatarlarni boshqaradi, foydadorlik va investitsiya portfelini nazorat qiladi.

COO (Operatsion direktor)
Kundalik jarayonlarni boshqaradi, bo‘limlar ishini muvofiqlashtiradi, ish samaradorligini oshiradi.

CIO (IT direktori)
Texnologiyalarni tanlaydi va joriy qiladi, IT strategiyasini ishlab chiqadi, biznes jarayonlarini avtomatlashtiradi.

CMO (Marketing direktori)
Brend va marketing strategiyasini boshqaradi, mijozlarni jalb qiladi, PR va kommunikatsiyani nazorat qiladi.

CRO (Savdo / Daromad direktori)
Daromad o‘sishini ta’minlaydi, savdo strategiyasini ishlab chiqadi, mijoz qiymatini oshiradi va bozorni kengaytiradi.


😎 Endi chalkashmaysiz — kuzatishda davom eting!

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤‍🔥1🔥1🫡1
🚀 Stanbase, @UzVC_uz va @school21uz hamkorligida yopiq startap-projar tashkil etilmoqda.

Tadbirda tanlab olingan startaplar qisqa pitch taqdimoti o‘tkazadi va o‘z natija ko‘rsatkichilarini namoyish etadi. Loyihalarni tahlil qilish jarayoniga I2BF Global Ventures investitsiya direktori Denis Kalyshkin boshchilik qiladi. U startaplar bilan AQSh va MDH bozorlarida ishlash bo‘yicha katta tajribaga ega.

🗓 Sana: 10-dekabr
📊 Vaqt: 09:00
❗️ Joylar chegaralangan, oldindan ro‘yxatdan o‘tish kerak.
📩 Taklifnomalar ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilarga email orqali yuboriladi.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: havola
Ma'lumot ornida: Startap-projar — bu startaplarni tanqidiy baholab, ularga tez va aniq feedback beriladigan, kamchiliklar ko‘rsatilib, rivojlanish yo‘nalishlari aniqlab beriladigan formatdagi tahliliy sessiya.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Oʻzbekiston bo‘ylab 8 hududda 1 oylik intensiv Inkubatsiya dasturi boshlanmoqda!

IT Park Uzbekistan mamlakatning bir nechta hududlarida yoshlarga, talabalarga va startap g‘oya egalari uchun 1 oylik intensiv Inkubatsiya dasturini e’lon qiladi.

📍 Dastur quyidagi hududlarda amalga oshiriladi:

- Toshkent viloyati
- Samarqand viloyati
- Buxoro viloyati
- Qashqadaryo viloyati
- Surxondaryo viloyati
- Sirdaryo viloyati
- Namangan viloyati
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi

👥 Kimlar qatnashishi mumkin?

- Oliy ta’lim muassasalari talabalari
- IT o‘quv markazi tinglovchilari
- IT kompaniyalari mutaxassislari
- Har qanday sohada startap g‘oyasiga ega yoshlar

Yo‘nalishlar cheklanmagan — istalgan sohada startap g‘oya bilan qatnashish mumkin. Dastur oflayn va onlayn formatlarda tashkil etiladi. Istaganlar virtual tarzda ham qatnashish imkoniga ega.


🚀 Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda?

🔸 Lean Startup metodologiyasi asosida intensiv darslar
🔸 Mentorlar va ekspertlar bilan amaliy mashg‘ulotlar
🔸 Mahorat darslari
🔸 Jamoa bo‘lib ish yuritish
🔸 MVP yaratish bo‘yicha amaliy jarayonlar
🔸 Startapni venchur jamg‘armalar va investorlar oldida taqdim etish

👉 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun: startupbase.uz

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat

🔺 Xorijiy tashkilotlarda ilmiy stajirovka o‘tash istagida yurgan yoshlar diqqatiga!

🔸 Bugun 7 ta tanlov e’lon qilinadi!

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🎉1
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax politexnika instituti qoshida tashkil etilgan Avtomobilsozlik muhandislik maktabi faoliyati bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью Школы автомобильной инженерии, организованной при Джизакском политехническом институте.

#Mirziyoyev #safar #Jizzax #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
3🔥2❤‍🔥1