Uzum — O‘zbekistonning eng yirik raqamli ekotizimi — AQShning VR Capital fondidan 25 million dollar investitsiya jalb qildi. Bu 2025 yildagi kompaniyalar o‘rtasidagi ikkinchi bitim bo‘lib, fondning O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotiga ishonchini ko‘rsatadi.
Yangi mablag‘ Uzum’ning FinTech yo‘nalishini rivojlantirishga yo‘naltiriladi: raqamli bank xizmatlari, to‘lov tizimlari va iste’mol kreditlashni kengaytirish rejalashtirilgan. Shuningdek, bitim O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning kuchayib borayotganidan darak beradi.
Uzum onlayn savdo, bank xizmatlari va FinTech yechimlarini birlashtirgan yirik ekotizimni yaratishda davom etmoqda. Platformadan 20 milliondan ortiq foydalanuvchi foydalanadi.
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Innovatsion rivojlanish agentligi
Biz korrupsiyaga qarshimiz! Sizchi?
Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. Sen boshla – sening ortingdan boshqalar ham ergashadi.
Innovatsion rivojlanish agentligi:
📞 Ishonch telefon raqami: (71) 203-32-23 (840).
📤 Elektron pochta manzili: anti-corruptin@mininnovation.uz
🗳Telegram bot: @innovation_anticorruption_bot
Korrupsiyaga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 1253 Call-markaziga murojaat qilishingiz mumkin.
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube

Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Fundamental ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishidagi yirik tanlov haqida rasmiy e’lon tayyor.
Mazkur tanlov yo‘nalishlari, talablar va ishtirok tartibi bo‘yicha to‘liq ma’lumot yaqin daqiqalarda yuboriladi.
Ilmiy g‘oyasi, salohiyati va jamoasi borlar — diqqatliroq bo‘ling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡1❤🔥1💯1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, parlament va hukumat hujjatlari hamda davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning ilmiy yechimlariga yo‘naltirilgan fundamental tadqiqot loyihalari tanlovi rasman e’lon qilindi. Tanlov davlat buyurtmasi asosida o‘tkazilib, quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar qabul qilinadi:
🔸 Biologiya va biotexnologiya fanlari;🔸 Tibbiyot fanlari;🔸 Iqtisodiyot fanlari;🔸 Kimyo, kimyoviy va nanotexnologiyalar;🔸 Tarix va arxeologiya
- Ilmiy jamoa o‘rtacha yoshi — 45 yoshgacha
- Jamoada yosh olimlar va talabalar ishtiroki tavsiya etiladi
- Hamrahbar sifatida Scopus/Web of Science’da H-indeksi 5+ bo‘lgan xorijiy olim jalb etilishi lozim
- Bir rahbar — faqat bitta loyiha
Har bir fundamental loyiha uchun moliyalashtirish: BHMning 12 000 baravarigacha
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun shu va’damizni bajaramiz.
Ertaga startaplar uchun PATENT bo‘yicha maxsus vebinar bo‘lib o‘tadi.
Bu dars aynan sizga — g‘oyasini himoya qilishni istagan, bozorga chiqishdan avval huquqiy xatoga yo‘l qo‘ymaslikni xohlagan startap egalari uchun.
Vebinarda quyidagilar haqida gaplashamiz👇
🔸 Startap g‘oyasini qanday patent qilish mumkin?🔸 Nimalar umuman patentlanmaydi?🔸 Patent olish jarayoni nechta bosqichdan iborat?🔸 Patent narxlari, muddatlari va amaliy misollar🔸 Qaysi hujjatlar kerak bo‘ladi?🔸 Xatolar! Ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan, siz esa chetlab o‘tishingiz mumkin bo‘lganlari.
Va eng muhimi — ishtirokchilardan kelgan real savollarga jonli javoblar beriladi. ❗️
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡3❤1🤝1
Toshkent davlat agrar universitetining "Loyihalar, tajriba xo'jaliklari faoliyatini muvofiqlashtirish va tijoratlashtirish" bo'limi boshlig'i
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡4❤🔥1❤1🎉1🫡1
Startupbootcamp Energy & Climate Accelerator dasturi startaplarni qabul qilmoqda — 3 oylik global akselerator energiya va iqlim yo‘nalishida innovatsion yechimlar yaratadigan jamoalar uchun katta imkoniyat!
Bu dastur orqali siz:
🔸 25 000€ seed investitsiya + deal kit yordamida 100 000€+ qiymatga ega resurslar olasiz🔸 100+ mentorlar, global investorlar va hamkorlar tarmog‘iga ulanishingiz mumkin🔸 Loyihani xalqaro miqyosda kengaytirish, sarmoya va mijozlar jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz
Kimlar ishtirok etishi mumkin?✔️ Pre-seed / Pre-Series A bosqichidagi startaplar✔️ Prototip, pilot loyiha, birinchi mijozlar yoki kuchli g‘oya mavjud bo‘lsa✔️ Pitchga tayyor va o‘rganishga ochiq jamoalar✔️ Yo‘nalishlar: qayta tiklanuvchi energiya, alternativ yoqilg‘i, chiqindi qayta ishlash, energiya samaradorligi, smart grid, chiqindi monitoringi, AI asoslangan ekologik yechimlar
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari sun’iy intellekt sohasini rivojlantirish bo‘yicha rejalarni aytdi:
– "Nvidia" kompaniyasi bilan superkompyuter klasteri ishga tushiriladi, AQSHning Kremniy vodiysida Milliy transfer ofisi ochiladi, barcha hududlardagi "Kelajak markazlari"da SI bo‘yicha maktab dasturi joriy qilinadi;
– maktablar o‘rtasida har yili sun’iy intellekt yo‘nalishida eng yaxshi startap g‘oyalari bo‘yicha tanlov o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Har bir hududda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktabda eng zamonaviy sun’iy intellekt laboratoriyasi tashkil etiladi;
– Sun’iy intellekt bo‘yicha Prezident tanlovi tashkil etiladi. Har yili 100 nafar eng iqtidorli yoshlar saralab olinib, AQSH, Birlashgan Arab Amirliklari, Yevropaning ilg‘or texnologik kompaniyalariga stajirovkaga yuboriladi;
– yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yirik tashabbus – "5 million sun’iy intellekt yetakchilari" loyihasiga start beriladi.
– 2030-yilga qadar 4,75 million o‘quvchi va talaba, 150 ming o‘qituvchi, 100 ming davlat xizmatchisi o‘qitiladi. Bunda sun’iy intellekt maktab, kasb ta’limi va oliy ta’lim tizimlariga ham integratsiya qilinadi;
– har yili noyabr oyi "Yoshlar uchun sun’iy intellekt oyligi" deb e’lon qilinadi va doimiy ravishda "Ipak yo‘li sun’iy intellekt forumi" o‘tkazib boriladi.

1❤4
Second flowers Second bloom haqida eshitganlar bormi?
Anonymous Poll
33%
Ha, albatta
63%
Nima u?
4%
Zo'r ketyapti
StartUpper
Second flowers Second bloom haqida eshitganlar bormi?
Qisqa vaqt ichida ishga tushgan Second Flowers startapi sovg‘a qilingan, ammo hali chiroyini yo‘qotmagan gullarga “ikkinchi hayot” berish konseptsiyasiga asoslanadi. Loyihaning maqsadi oddiy: buket egalari xarajatning bir qismini qaytarib oladi, xaridorlar esa sifatli gullarni maqbul narxda xarid qiladi.
Platforma ishlash mexanizmi sodda: buket joylanadi, ishtirokchilar stavka qiladi, eng yuqori narx esa g‘olib bo‘ladi. Har bir buket videotasdiq orqali tekshiriladi, bu esa foydalanuvchilar orasida ishonchni oshiradi.
Ishga tushganiga atigi 4 kun bo‘lgan bo‘lsa-da, platforma 50 mingdan ortiq foydalanuvchini jalb qildi. Bu natija bozorga ehtiyoj yuqoriligi va taklif etilayotgan yechimning samaradorligini ko‘rsatadi.
Mutaxassislar bunga bir necha omillar sabab bo‘lganini ta’kidlashadi: g‘oya yangiligi, jarayonlarning shaffof va ishonchli tashkil etilishi, foydalanuvchilar uchun tushunarli mexanizm va xavfsizlik protokollari mavjudligi.
Second Flowers — bozordagi real muammoni hal qiluvchi, samarali startap sifatida o‘z o‘rnini mustahkamladi. Qisqa muddatda erishilgan auditoriya o‘sishi va foydalanuvchi qoniqishi loyihaning potensialini oshiradi va kelajakda kengroq hamjamiyatni jalb qilish imkonini beradi.
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👏2🔥1🎉1
Forwarded from Andijon Yoshlar Texnoparki
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡2❤1🎉1
Kim kompaniyani boshqaradi? Kim moliyasini nazorat qiladi? Kim daromadni oshiradi?
Tez orada soddalashtirilgan va tartibli taqqoslashni yuboraman.
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡3🔥3❤1🫡1
CEO (Bosh direktor / General Director)
Kompaniyani boshqaradi, strategiya va innovatsiyani belgilaydi, brend va investitsiya strategiyasini shakllantiradi.
CFO (Moliyaviy direktor)
Moliyaviy barqarorlikni ta’minlaydi, xatarlarni boshqaradi, foydadorlik va investitsiya portfelini nazorat qiladi.
COO (Operatsion direktor)
Kundalik jarayonlarni boshqaradi, bo‘limlar ishini muvofiqlashtiradi, ish samaradorligini oshiradi.
CIO (IT direktori)
Texnologiyalarni tanlaydi va joriy qiladi, IT strategiyasini ishlab chiqadi, biznes jarayonlarini avtomatlashtiradi.
CMO (Marketing direktori)
Brend va marketing strategiyasini boshqaradi, mijozlarni jalb qiladi, PR va kommunikatsiyani nazorat qiladi.
CRO (Savdo / Daromad direktori)
Daromad o‘sishini ta’minlaydi, savdo strategiyasini ishlab chiqadi, mijoz qiymatini oshiradi va bozorni kengaytiradi.
😎 Endi chalkashmaysiz — kuzatishda davom eting!
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡1❤🔥1🔥1🫡1
Tadbirda tanlab olingan startaplar qisqa pitch taqdimoti o‘tkazadi va o‘z natija ko‘rsatkichilarini namoyish etadi. Loyihalarni tahlil qilish jarayoniga I2BF Global Ventures investitsiya direktori Denis Kalyshkin boshchilik qiladi. U startaplar bilan AQSh va MDH bozorlarida ishlash bo‘yicha katta tajribaga ega.
Ma'lumot o‘rnida: Startap-projar — bu startaplarni tanqidiy baholab, ularga tez va aniq feedback beriladigan, kamchiliklar ko‘rsatilib, rivojlanish yo‘nalishlari aniqlab beriladigan formatdagi tahliliy sessiya.
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
IT Park Uzbekistan mamlakatning bir nechta hududlarida yoshlarga, talabalarga va startap g‘oya egalari uchun 1 oylik intensiv Inkubatsiya dasturini e’lon qiladi.
- Toshkent viloyati
- Samarqand viloyati
- Buxoro viloyati
- Qashqadaryo viloyati
- Surxondaryo viloyati
- Sirdaryo viloyati
- Namangan viloyati
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi👥 Kimlar qatnashishi mumkin?
- Oliy ta’lim muassasalari talabalari
- IT o‘quv markazi tinglovchilari
- IT kompaniyalari mutaxassislari
- Har qanday sohada startap g‘oyasiga ega yoshlar
Yo‘nalishlar cheklanmagan — istalgan sohada startap g‘oya bilan qatnashish mumkin. Dastur oflayn va onlayn formatlarda tashkil etiladi. Istaganlar virtual tarzda ham qatnashish imkoniga ega.
👉 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun: startupbase.uz
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM