StartUp Math
735 subscribers
106 photos
5 videos
1 file
17 links
Raqamlar startaplar taqdirini qanday hal qilishi haqida kanal.
Oddiy tilda moliya, unit-iqtisodiyot, investitsiya va o‘sish haqida.

Канал о том, как цифры решают судьбу стартапов.
Простым языком о финансах, юнит-экономике, инвестициях и росте.
Download Telegram
Forwarded from Startup Ambassadors
Startap qurishni o’rganmoqchilar, nechtamiz?🧐
Anonymous Poll
76%
Men, o’rganmoqchiman 🙋🏻‍♂️🙋
24%
Startap qurayapman😎
3🔥1
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Janob Prezident, vazifa bajarildi.

24-fevral kuni Prezidentimiz yoshlarga mahalliy va global bozorlar uchun biznes hamda startap loyihalarini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturini e’lon qilgan edilar.

Asosiy ustuvor vazifalardan biri yosh asoschilarni dunyoning yetakchi akseleratorlari va biznes maktablari bilan bog‘lashdan iborat edi.
Shu hafta biz ushbu missiyani Amerika Qo‘shma Shtatlarida amalga oshirdik.

O‘tgan vaqt davomida Garvard biznes maktabi, Yel universiteti, Kornell universiteti, Uorton maktabi, Stenford universiteti, Massachusets texnologiya instituti, Founders Institute va Draper University kabi yetakchi muassasalar hamda boshqa qator nufuzli dasturlar bilan muzokaralar olib bordik.
Natijalar ijobiy bo‘ldi. Amaliy ko‘nikmalar, global tajriba va startaplar o‘sishiga qaratilgan O‘zbekiston uchun maxsus dasturlarni ishlab chiqishga real qiziqish mavjud.

Bu hali hammasi emas.
Endilikda biz ushbu missiyani nafaqat AQSH, balki undan tashqarida ham kengaytirmoqdamiz. Navbatdagi qadamlar Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya va butun Yevropaning eng nufuzli institutlari bilan hamkorlik o‘rnatishni o‘z ichiga oladi. Maqsadimiz — o‘zbek tadbirkorlariga dunyoning eng ilg‘or tajribasini taqdim etishdir.

Biz ijro bosqichiga o‘tmoqdamiz: yosh asoschilarimizni dunyoning yetakchi ekotizimlari bilan bog‘laydigan va ularga global miqyosda raqobatbardosh kompaniyalar qurishda yordam beradigan platformani ishga tushirmoqdamiz.

Barchani ushbu o‘zgarishlarda ishtirok etishga va o‘z hissasini qo‘shishga taklif etamiz.

@alisher_sadullaev
🔥5
Узбекистан впервые в топ-100 лучших стартап-экосистем мира.
98-е место.
Рост 132% за год - второй результат на всей планете.
За один год инвестиции выросли с $69M до $329M. Сделок стало почти в 4 раза больше - с 38 до 140. Стартапов с 400 до 750. Чешский фонд зашёл в узбекский проект впервые в истории. 20 наших стартапов питчили на Web Summit Qatar среди 1500 команд со всего мира.
Я помню, как ещё пару лет назад говорить про венчур в Узбекистане было немного странно. Люди смотрели с недоумением. Какой венчур, какие инвестиции, о чём ты вообще.
Сейчас глобальный инвестор смотрит в нашу сторону. Не из вежливости - потому что цифры говорят сами за себя.
Но вот что меня реально беспокоит. Деньги пришли быстрее чем изменилось мышление. Фаундеры всё ещё питчат локально, когда мир уже смотрит сюда. Всё ещё боятся называть глобальные амбиции вслух. Всё ещё строят для Ташкента, когда можно строить для региона.
🔥2
O'zbekiston birinchi marta dunyodagi eng yaxshi startup-ekosistemalar top-100 ro'yxatiga kirdi.
98-o'rin.
Yil davomida 132% o'sish - butun sayyorada ikkinchi natija.
Bir yil ichida investitsiyalar $69M dan $329M gacha o'sdi. Bitimlar soni deyarli 4 baravarga ko'paydi - 38 tadan 140 taga. Startaplar soni 400 dan 750 ga yetdi. Chexiya fondi tarixda birinchi marta o'zbek loyihasiga kirdi. 20 ta startapimiz dunyo bo'ylab 1500 ta jamoa orasida Web Summit Qatar da pitch qildi.
Bir necha yil oldin O'zbekistonda venture haqida gapirish biroz g'alati edi. Odamlar hayron bo'lib qarashardi. Qanday venture, qanday investitsiyalar, nima deyapsiz umuman.
Endi global investor bizga qarayapti. Mulozamatdan emas - chunki raqamlar o'zi gapiradi.
Lekin meni haqiqatan tashvishlantirayotgan narsa shu. Pul tafakkur o'zgarishidan tezroq keldi. Faunderlar dunyo allaqachon bu tomonga qarab turganida ham lokal pitchlashda davom etmoqda. Hali ham global ambitsiyalarini baland ovozda aytishdan qo'rqishadi. Hali ham mintaqa uchun qurish mumkin bo'lganida Toshkent uchun qurishmoqda.
🔥2💯1
Forwarded from Startup Ambassadors
Startup Ambassadors’da navbatdagi mehmonimiz bilan jonli workshop! 🚀

🎙 Kudrat Ruzmetov“Yoshlar Ventures”  da moliyaviy tahlilchi.

Mavzu: Startup moliyasi - pul oqimini boshqarish va moliyaviy xatolar

📅 28-aprel
16:00
📍 Onlayn

Ushbu sessiyada siz startaplarda moliyaviy rejalashtirish, xarajatlarni to‘g‘ri boshqarish va investorlar oldida ishonchli moliyaviy model yaratish bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lasiz.

Telegram Linkedin Instagram YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥41
Forwarded from Debocha
"Startap g'oyam bor, lekin nima qilishni bilmayman" degan bahonalar davri tugadi!

Obuna bo'ling. Katta yangiligimiz bor: Debocha
🔥21
Forwarded from UNICORNTECH | UZ
"Unicorn" tanlovida qatnashing va Startup School'da BEPUL o'qing

Ishtirok etish mutlaqo bepul.Faqat bir kichik vazifa bor: tanlovimiz haqida do‘stlaringizga ham xabar bering.

Ishtirok etish shartlari:
@UnicornTechTanlovBot orqali ro'yxatdan o'ting va do‘stlaringizni taklif qiling
• Har bir do‘stingiz botga kirib, to‘liq ro‘yxatdan o‘tsa sizga +1 ball qo‘shiladi
• Eng ko‘p ball to‘plagan 20 nafar ishtirokchi g‘olib bo‘ladi

G‘oliblarni nimalar kutmoqda?
• 20 nafar g‘olib uchun Startup School’da BEPUL ta’lim
• Eng kuchli bitiruvchilarga $10,000+ investitsiya yutish imkoniyati
• Tajribali mentorlar bilan real startup loyihalarda ishlash tajribasi

Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting.Bu oddiy tanlov emas — bu kelajagingiz uchun imkoniyat!

Bizni kuzatib boring
Telegram | Instagram | LinkedIn | YouTube | Website
🔥311
Noto‘g‘ri Co-founder tanlovi - startup’larni eng ko‘p sindiradigan omillardan biri.

Ko‘pchilik founderlar startup muvaffaqiyatini:
texnologiya, investitsiya yoki product bilan bog‘laydi.

Lekin global startup tadqiqotlari boshqa narsani ko‘rsatadi.

🤩 Startup muvaffaqiyatida eng katta omillardan biri - jamoa sifati.

CB Insights va Y Combinator tahlillariga ko‘ra, startup’lar yopilishining asosiy sabablaridan biri - founder va co-founder o‘rtasidagi ichki muammolar.

Y Combinator ham founder conflict’ni startup failure’ning eng xavfli omillaridan biri sifatida ko‘rsatadi.

⚡️Amaliyotda eng ko‘p uchraydigan xatolar:

🔴 co-founder’ni faqat do‘stlik asosida tanlash
🔴 bir xil skill set’ga ega insonlarni yig‘ish
🔴 rollar va mas’uliyatlarni oldindan aniqlamaslik
🔴 equity va ulush masalasini kechiktirish
🔴 uzoq muddatli vision haqida ochiq gaplashmaslik

Ko‘p founderlar product ustida oylar ishlaydi, lekin hamkorlik modeli ustida deyarli ishlamaydi.

Holbuki startup ichidagi konfliktlar: product’dan, bozordan, hattoki investitsiya yetishmasligidan ham tezroq kompaniyani parchalaydi.

Professional venchur amaliyotida investorlar founder jamoaga alohida e’tibor beradi.

Sababi: kuchli market ham noto‘g‘ri jamoani qutqara olmaydi.

Shu sabab tajribali founderlar quyidagi yondashuvni tavsiya qiladi:

investitsiyadan oldin kamida bir necha oy birga ishlash
qiyin senariylarni oldindan muhokama qilish
qaror qabul qilish mexanizmini aniqlashtirish
role va ownership’ni hujjatlashtirish

🤩Muhim savollar:

🔴 kompaniya o‘smasa nima bo‘ladi?
🔴 kim yakuniy qaror qabul qiladi?
🔴 co-founder ketmoqchi bo‘lsa qanday mexanizm ishlaydi?
🔴 kompaniya sotilsa qaror kimda bo‘ladi?

🤩 Startup ekotizimida bitta muhim prinsip bor:

Shartnoma - ishonchsizlik belgisi emas.

Shartnoma - kelajakdagi munosabatlarni himoya qiluvchi tizim.

Ayniqsa O‘zbekiston startup bozori endi shakllanayotgan paytda founderlar:
faqat product qurishni emas, hamkorlik arxitekturasini ham professional darajada qurishi kerak.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘pchilik startup’ni yopiq xonada quradi.

User bilan gaplashmaydi.
Bozorni test qilmaydi.
Pitchni esa investorga chiqqanda birinchi marta sinaydi.

Keyin “nega investitsiya olmadik?” deb hayron bo‘ladi.

UzCombinator Open Talk’da esa boshqa muhit.

Har hafta startup’lar:
venture mutaxassislari,
founderlar
va ekotizim vakillari oldida pitch qiladi.

Bu oddiy prezentatsiya emas —
g‘oyani stress-test qilish.

Startup:
savollarga bardosh beradimi?
Bozor tayyormi?
Founder fikrini aniq tushuntira oladimi?

Eng kuchli jihati:
feedback, networking va real tajriba.

Ba’zan bitta savol —
6 oylik noto‘g‘ri development’dan qutqaradi.

UzCombinator Open Talk —
startup’lar uchun mini venture arena.
2🐳1
🔥1
Toy harajatlari.xlsx
190.8 KB
To'y qilmoqchimisiz? Avval buni o'qing!

To'y xarajatlarini oldindan hisiblamasdan, ko'pchilik to'ydan keyin qarzga botib qoladi.
Moliyachi sifatida men sizlar uchun to'y xarajatlarini rejalashtiruvi bepul Excel fayl tayyorladim.

Taxminiy xarajatni kiritasiz - fakt xarajat bilan farqini o'zi hisoblaydi. To'ydan keyin "qayerga ketdi bu pullar?" deb hayron qolmaysiz.
Faylni bepul yuklab oling:

To'y qilmoqchi bo'lgan do'stingizga ham yuborib qo'ying - qarzga kirib ketmasin!
🔥3
«Kechasi soat 3. Qorong'i xona. Jimlik. Faqat miyangiz baqiradi:

"Ertaga mashina buzilsa-chi?"
"Ishdan haydashsa-chi?"
"Shoshilinch pul kerak bo'lsa-chi?"

Va eng dahshatlisi - bitta kutilmagan to'lov butun hayotingizni ag'darib yuborishi mumkinligini tushunasiz.

Ko'pchilik moliyaviy ozodlik millionlardan boshlanadi deb o'ylaydi - Yo'q.

Haqiqiy ozodlik - bank ilovasini ochishdan qo'rqmaslik paytida boshlanadi.Va bu raqam - 10.000 dollar. Aynan shu summadan keyin hayot psixologik jihatdan o'zgaradi. Boy bo'lib ketganingiz uchun emas. Balki birinchi marta omon qolish rejimida yashashni to'xtatganingiz uchun.

Bu summaga qadar har bir muammo tahdid kabi his qiladi:
Mashinadan g'alati tovush - vahima;
Bankdan xabar - stress;
Noma'lum raqam – tashvish.

Siz yashamisiz. Siz hayotdan himoyalanasiz. Keyin g'alati narsa sodir bo'ladi. Hisobingizda birinchi 10.000 dolllarni ko'rasiz. Va uzoq vaqtdan beri birinchi marta miyangiz jimib qoladi.
Siz hali boy emassiz. Siz hali ishlayapsiz. Lekin ichingizda ko'pchilikda hech qachon bo'lmagan his paydo bo'ladi.

Nazorat.

Endi mashina muammosi - falokat emas, shunchaki muammo;
Endi ishdan bo'shatish - hayot tugashi emas, vaqtinchalik qiyinchilik;
Endi yomon ishga "yo'q" deyishingiz mumkin;

Chunki qo'rquv endi bo'g'zingizni siqmaydi. Va mana shu yerda hech kim aytmaydigan pulning haqiqiy sehri boshlanadi.

Pullar hashamat sotib olmaydi. Pullar bosh ichidagi jimlikni sotib oladi.

Ertalab uyg'ongandagi jimlik. Bankdan bildirishnoma kelgandagi jimlik.
Shuning uchun 10.000 dollar tejagan odam ko'pincha uch barobar ko'p ishlab, hammasini sarflaydigan odamdan baxtliroq.
Chunki boylik - nechta narsa ko'rsatishingiz emas. Boylik - qancha muammoni vahimasiz yengib o'tishingiz.
Kambag'al odam pulni kuchliroq ko'rinish uchun ishlatadi. Boy odam - ozodroq bo'lish uchun.
Biri diqqatni sotib oladi, ikkinchisi vaqtni. Biri atrofidagilarga taassurot qoldirmoqchi, ikkinchisi ularga hech qachon bog'liq bo'lmaslikni xohlaydi.
3💯32👍1🔥1
O'zbekistonda yangi moliya bozori tug'ilyapti.
Bir vaqtlar moliya bozori deganda valyuta, aksiya, obligatsiya. Keyin kripto paydo bo'ldi va moliya dunyosi yana bir yangi bozor bilan tanishdi. Endi navbat islomiy moliyaniki. Va bu dunyo uchun yangi emas. 2025 yil yakunlariga ko'ra, global islomiy moliya aktivlari hajmi - 4,4 trln dollar. Saudiya Arabistoni, Malayziya, BAA, Indoneziya - bu tizim u yerlarda ancha yillardan beri bank, investitsiya va sug'urta bozorlarining muhim qismi hisoblanadi. Ya'ni bu "yangi g'oya" emas - bu dunyoda ishlayotgan, sinovdan o'tgan model.
 
O'zbekiston qayerda turibdi?
O'tgan yili 7 ta mikromoliya tashkiloti tomonidan jami 21,1 mlrd so'mlik islomiy moliyalashtirish xizmatlari ko'rsatildi. Absolyut raqamda kichik - ha, to'g'ri. Lekin 2026 yilning birinchi choraginiyoq qarang: 11,2 mlrd so'm. Bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 8 barobar o'sish. Bir yilda 8 barobar. Bu tasodif emas - bu signal.
 
Eng ko'p so'ralayotgan xizmat nima?
Murabaha - 69%. Ya'ni odamlar tovar, uskunа yoki aktiv uchun foizsiz moliyalashtirishni xohlashyapti. Qanday ishlaydi? Bank kerakli narsani sotib oladi va sizga oldindan belgilangan narxda bo'lib to'latadi. Foiz yo'q. Narx birinchi kundan ma'lum. Undan keyin Mudaraba - 19% (bir tomon kapital beradi, ikkinchisi boshqaradi, foyda bo'linadi). Va Islomiy ijara - 12% (aktiv yoki uskunani muddatga foydalanishga berish).
 
Endi eng qiziq fakt:
Xizmatlarning 94 foizi faqat Toshkentda. Namanganда - 6 foiz. Qolgan hududlarda bozor deyarli yo'q. Bu nima degani? O'sish uchun joy bor - juda katta joy. Butun O'zbekiston bo'ylab hali ochilmagan bozor yotibdi.
 
Kimlar foydalanayapti?
Xizmatlarning 46 foizi yuridik shaxslarga, 28 foizi yakka tartibdagi tadbirkorlarga va 26 foizi jismoniy shaxslarga berilgan. Ya'ni bu faqat oddiy aholi uchun emas - biznes ham qiziqish bildirаyapti. Va bu mantiqan to'g'ri: foizsiz moliyalashtirish nafaqat e'tiqod masalasi, balki iqtisodiy manfaat ham.
 
Bozorning hozirgi cheklovlari
Hozircha islomiy moliya xizmatlarini asosan mikromoliya tashkilotlari ko'rsatyapti. Eng katta ishtirokchi - Apex Moliya, umumiy hajmning taxminan 75 foizi shu tashkilot hissasiga to'g'ri kelgan. Lekin asosiy savol shunda: agar kelajakda tijorat banklari ham to'liq va tizimli ravishda bu yo'nalishga kirsa - bozorning miqyosi butunlay o'zgaradi. Chunki banklarda kapital bor, filiallar bor, mijozlar bazasi bor va katta loyihalarni moliyalashtirish imkoniyati bor.
 
Faqat "islomiy" degan nom yetarlimi?
Yo'q. Bu yerda gap shunchaki oddiy kreditning nomini o'zgartirish haqida emas. Shartnoma tuzilishi, aktiv, savdo, ijara, sherikchilik va riskni taqsimlash mexanizmi muhim. Mijoz shartnomani tushunishi, tovarning haqiqiy narxi, ustama, muddat, kechiktirish shartlari va risklarini aniq bilishi kerak. Bozor o'sishi uchun shaffoflik, mutaxassislar, to'g'ri nazorat va aholining moliyaviy savodxonligi ham kerak bo'ladi. Aynan shu sababli men bu jarayonni ijobiy, lekin ehtiyotkorlik bilan baholayman.
 
Men nima deb o'ylayman?
Hozir biz tayyor va katta bozorni emas - uning tug'ilish jarayonini ko'ryapmiz. Birinchi qoidalar bor. Birinchi tashkilotlar ish boshladi. Birinchi mijozlar paydo bo'ldi. Birinchi statistika shakllandi. Agar banklar kirsa, qonunchilik rivojlansa va mijozlarda ishonch paydo bo'lsa - bu bozor yaqin yillarda bir necha o'n barobar o'sishi mumkin. Bugungi 21 mlrd so'm juda kichik ko'rinadi. Lekin har bir katta moliya bozori bir vaqtlar aynan shunday - birinchi shartnoma, birinchi mijoz va birinchi raqamdan boshlangan.
3👍2🔥2