Соғлиқни сақлаш вазирлиги | Вакцина – ягона чора!
129K subscribers
9.9K photos
4.22K videos
53 files
13K links
Соғлиқни сақлаш вазирлиги расмий телеграм канали — t.me/ssvuz

Вазирликнинг Матбуот хизмати томонидан юритилади.

Расмий сайт: ssv.uz
Электрон почта: info@ssv.uz
Cаҳифаларимиз:
facebook.com/ssvuz

Манзил: Тошкент ш. Навоий кўчаси, 4.
Тел: 1003
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 ❤️💙💜❤️❤️❤️💛

❗️SSV: “103” brigadasi tez tibbiy yordam avtomashinasida shoshilinch tug‘uruqni amalga oshirdi

🔎 Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent shahar filialining Yangihayot tumanidagi 13-sonli podstansiyasi xodimlari yana bir bor o‘z kasbiy mahorati va tezkorligini namoyon etdi.

🚑 Gap shundaki, tibbiy brigada "Tez yordam" avtomashinasida shoshilinch tug‘uruqni muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

🕓 Voqea kecha, 13-iyul kuni ertalab soat 06:50 da kuzatildi. Yangihayot tumanidagi 1-son tug‘uruq kompleksiga yetmasdan 22 yoshli homilador ayolga yo‘lda tezkor ravishda tibbiy yordam ko‘rsatishga kirishildi.

👨‍⚕️ Vaziyatni tezda baholagan "103" brigadasi barcha sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya qilgan holda chaqaloqni tug‘dirib olishga muvaffaq bo‘ldi.

🟡 Tug‘uruqni Respublika tez tibbiy yordam markazi feldsheri Rustam Saidazimov amalga oshirdi. Tug‘uruq natijasida 3900 gramm vaznli qiz farzand dunyoga keldi.

🏥 Shundan so‘ng ona va bola Yangihayot tumanidagi 1-son tug‘uruq kompleksiga joylashtirildi. Hozirda ularning ahvoli yaxshi.

‼️Ma'lumot uchun, feldsher Rustam Saidazimov 5 yillik faoliyati davomida uchinchi marta tez tibbiy yordam avtomashinasida shoshilinch tug‘uruqni muvaffaqiyatli amalga oshirgan.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍67🔥29🤩8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

☀️ Ayni kunlarda yurtimizda jazirama kuzatilmoqda. Bunday sharoitda sog‘lom ovqatlanish ratsioniga amal qilish juda muhim.


Xo‘sh, issiq havoda qanday mahsulotlarni iste'mol qilish lozim?

Ovqatdan zaharlanmaslik uchun nimalarga amal qilish kerak?

📹 Shu kabi savollarga tibbiyot fanlari doktori, professor Nizom Ermatov javob berdi.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴

📍 Yaqinda Bolalar milliy tibbiyot markazi mutaxassislari yurtimizning olis manzillari — Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlarida bo‘lib qaytdi.

 
🩺 Shu jarayonda Prezidentimizning Qurbon hayiti arafasidagi tegishli qarori ijrosi doirasida tibbiy tekshiruvlar hamda murakkab operatsiyalar o‘tkazildi.
 
Buni aholi qanday kutib oldi?

Qancha bola tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazildi?
 
Joylarda yuqori texnologik amaliyotlar ham bajarildimi?
 
📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob topasiz.
 
🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 📝📝📝📝📝📝

📄 Prezidentimizning shu yil 24 iyundagi qaroriga ko‘ra, tibbiyotimiz tarixida ilk bor Saratonga qarshi kurashish milliy dasturi qabul qilindi.


Xo‘sh, u xalqimiz uchun nima beradi?

🎥 Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori o‘rinbosari Dilshod Egamberdiyev shu haqda batafsil ma’lumot berdi.

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥3
🔴 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
 
❗️O‘zbekiston — Eron: Tibbiyot sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama etildi

🇺🇿🇮🇷 Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov Eron Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Muhammadali Iskandariy bilan uchrashdi.

 
🖥 Muloqotda mazkur davlat bilan tibbiyot yo‘nalishidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
 

🔺 Qayd etilganidek, keyingi yillarda davlatlarimiz rahbarlari tomonidan erishilgan kelishuvlar natijasida ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar barcha sohalarda bo‘lgani kabi sog‘liqni saqlash yo‘nalishida ham izchil rivojlanmoqda. Buni ikki davlat Sog‘liqni saqlash vazirliklari, tibbiyot markazlari hamda oliy ta’lim muassasalari aloqalari faollashib borayotgani yaqqol tasdiqlaydi.
 
🔬Uchrashuvda hamkorlikni yanada kengaytirish masalasiga katta e’tibor qaratildi. Xususan, yetakchi tibbiyot markazlari o‘rtasida kardioxirurgiya, transplantologiya, onkologiya, yuqori texnologiyali tibbiy yordam sohalarida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
 
💊 Muloqot davomida farmatsevtika mahsulotlari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan ham fikr almashildi.

‼️Yakunda tomonlar yaqin istiqbolda O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilishiga ishonch bildirdi.
 
🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 ⭕️⭕️⭕️
 
Tibbiyot yo‘nalishida korrupsiyaviy holatlarga qarshi murosasiz kurash olib borilmoqda.

 
➡️ Bu borada sohada yangi eksperimentlar yo‘lga qo‘yilayotgani, ayniqsa, e’tiborga molik.
 
🎤Sog‘liqni saqlash vazirligining Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boshqarmasi boshlig‘i Sardor Mamanov bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar va galdagi dolzarb vazifalar yuzasidan “O‘zbekiston 24” telekanalining “Stop korrupsiya” ko‘rsatuviga intervyu berdi.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining tibbiyotni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Tamila Aliyeva hamda sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirgan ishchi tashrifi doirasida qator yuqori darajadagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
 
Safar davomida Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin, Hukumat Raisining o‘rinbosarlari Aleksey Overchuk va Dmitriy Grigorenko bilan muzokaralar o‘tkazildi.
 
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Aleksey Gromov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
 
Muzokaralarda sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, tibbiyotni raqamlashtirish hamda o‘zbekistonlik mutaxassislarning Rossiyaning yetakchi ixtisoslashtirilgan tibbiyot va ilmiy muassasalarida malakasini oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
 
O‘zbekiston delegatsiyasi tashrifning mazmunli tashkil etilgani, samimiy va iliq kutib olingani hamda sermahsul uchrashuvlar uchun Rossiya Federatsiyasi Hukumatiga minnatdorlik bildirdi. Mazkur uchrashuvlar ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.



В рамках рабочего визита в Российскую Федерацию делегации Республики Узбекистан под руководством заместителя Руководителя Администрации Президента по реформированию здравоохранения Тамилы Алиевой и министра здравоохранения Эльдора Адилова состоялся ряд встреч на высоком уровне.

Проведены переговоры с Председателем Правительства РФ Михаилом Мишустиным, заместителями Председателя Правительства РФ Алексеем Оверчуком и Дмитрием Григоренко. Также состоялась встреча с первым заместителем Руководителя Администрации Президента РФ Алексеем Громовым.

Обсуждены перспективы развития сотрудничества в сфере здравоохранения, цифровизации медицины и повышение квалификации узбекских специалистов в ведущих российских специализированных и научных учреждениях.

Делегация Узбекистана искреннее благодарна Правительству РФ за содержательную организацию визита, теплый, радушный прием и продуктивные встречи, которые послужат дальнейшему развитию плодотворного сотрудничества.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligida vazir Mixail Murashko bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakatning tibbiyot, ilmiy va ta’lim muassasalari rahbarlari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.
 
Muzokaralar doirasida tibbiy yordamni tashkil etish tizimini takomillashtirish, sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish, telemeditsinani rivojlantirish, bemorlarni masofadan turib kuzatish hamda tibbiyot kadrlarini tayyorlash masalalariga bag‘ishlangan ekspertlar sessiyasi o‘tkazildi.

Tomonlar onkologiya, radiologiya, yadro tibbiyoti, gematologiya, shoshilinch tibbiy yordam, tibbiy reabilitatsiya va palliativ yordam sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
 
O‘zbekiston delegatsiyasi Majburiy tibbiy sug‘urta federal jamg‘armasi, Federal halokatlar tibbiyoti markazi, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Ishlar boshqarmasi tasarrufidagi Markaziy klinik shifoxona va poliklinika hamda «Barvixa» klinik sanatoriysi faoliyati bilan tanishdi.
 
Rossiya tomonidan mamlakatning yetakchi federal ixtisoslashtirilgan markazlari faoliyatini tashkil etishning zamonaviy usullari taqdim etildi. Jumladan, A.F. Tsib nomidagi Tibbiy radiologiya ilmiy markazi, N.N. Bloxin nomidagi Onkologiya milliy tibbiyot ilmiy markazi, Milliy tibbiyot ilmiy gematologiya markazi hamda Dmitriy Rogachyov nomidagi Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va immunologiyasi milliy tibbiyot ilmiy markazi faoliyati haqida ma’lumot berildi.



В Министерстве здравоохранения Российской Федерации состоялась встреча с министром Михаилом Мурашко с участием руководителей и профильных специалистов медицинских, научных и образовательных учреждений двух стран.

В рамках переговоров состоялась экспертная сессия по вопросам совершенствования организации медицинской помощи, цифровизации здравоохранения, развития телемедицины, дистанционного наблюдения пациентов и подготовки медицинских кадров.

Стороны обсудили развитие сотрудничества в области онкологии, радиологии, ядерной медицины, гематологии, экстренной медицинской помощи, реабилитации и паллиативной помощи.

Делегация Узбекистана ознакомилась с деятельностью Федерального фонда обязательного медицинского страхования, Федерального центра медицины катастроф, Центральной клинической больницы с поликлиникой Управления делами Президента РФ и клинического санатория «Барвиха».

Российской стороной были представлены современные методы организации работы ведущих федеральных специализированных центров, включая Медицинский радиологический научный центр имени А.Ф. Цыба, НМИЦ онкологии имени Н.Н. Блохина, НМИЦ гематологии и НМИЦ детской гематологии, онкологии и иммунологии имени Дмитрия Рогачёва.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥1
O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya Federal tibbiy-biologiya agentligi rahbari Veronika Skvorsova hamda Rossiya Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish federal xizmati (Rospotrebnadzor) rahbari, Rossiya Federatsiyasining Bosh davlat sanitariya shifokori Anna Popova bilan ishchi uchrashuvlar o‘tkazdi.
 
Veronika Skvorsova bilan qon xizmati, transplantologiya, biologik xavfsizlikni rivojlantirish, biomolekulyar va bioinjeneriya texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlash, donorlarni raqamli kuzatib borish tizimini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
 
Anna Popova tomonidan sanitariya-epidemiologik nazoratni tashkil etish, molekulyar-gigiyenik diagnostika, genomik epidemiologik tahlil, yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda aholi salomatligiga tahdidlar yuzaga kelganda tezkor chora ko‘rish borasidagi Rossiya tajribasi taqdim etildi.
 
Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi Rospotrebnadzorning ixtisoslashtirilgan ilmiy va laboratoriya bo‘linmalari faoliyati, sanitariya-epidemiologik xavflarni baholash, suv, havo va oziq-ovqat mahsulotlari sifatini nazorat qilishda qo‘llanilayotgan zamonaviy usullar bilan tanishdi.



Делегация Узбекистана провела рабочие встречи с главой Федерального медико-биологического агентства Вероникой Скворцовой и руководителем Роспотребнадзора, Главным государственным санитарным врачом РФ Анной Поповой.

С Вероникой Скворцовой обсуждены развитие службы крови, трансплантологии, биологической безопасности, подготовка специалистов в области биомолекулярных и биоинженерных технологий, а также цифровое сопровождение доноров.

Анной Поповой был презентован российский опыт организации санитарно-эпидемиологического надзора, молекулярно-гигиенической диагностики, геномного эпидемиологического анализа, профилактики инфекционных заболеваний и оперативного реагирования на угрозы здоровью населения.

Делегация также ознакомилась с деятельностью профильных научных и лабораторных подразделений Роспотребнадзора, применяемыми методами оценки санитарно-эпидемиологических рисков, контроля качества воды, воздуха и пищевой продукции.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11