SDTU │ Rasmiy kanal
8.12K subscribers
37K photos
2.33K videos
744 files
8.81K links
Samarqand davlat texnika universiteti rasmiy telegram sahifasi

SDTU rektori Dr. Chidem Turkyilmaz telegram kanali - @Dr_ChidemTurkyilmaz

Rasmiy veb-sayt: sdtu.uz
📲 instagram.com/sstueduuz
📲 facebook.com/sstueduuz
📲 youtube.com/@sstueduuz
Download Telegram
SDTUda Nanjing universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv

🇺🇿🤝🇨🇳 Samarqand davlat texnika universitetida Xitoy Xalq Respublikasi Nanjing universiteti delegatsiyasi bilan rasmiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

👮‍♂️ Uchrashuv universitet rektori prof. dr. Chidem Turkyilmaz hamda Arxitektura fakulteti dekani prof. dr. Dilnoza Kamalova rahbarligida tashkil etildi.

👥 Tadbirda Nanjing universitetining Center for Ethnic and Frontier Studies va Sino Digital Humanities Innovation Lab vakillari, shuningdek, mazkur yo'nalishlarda tadqiqot olib borayotgan doktorantlar ishtirok etdi.

📌 Muhokama qilingan asosiy yo'nalishlar:
🟣 Tarixiy me'morchilik va madaniy meros tadqiqotlari
🟣 Ipak yo'li bo'yicha qo'shma ilmiy izlanishlar
🟣 Madaniy merosni raqamli hujjatlashtirish
🟣 Digital Humanities yo'nalishida hamkorlik

✔️ Tomonlar qo'shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, doktorantlar va professor-o'qituvchilar almashinuvini yo'lga qo'yish, xalqaro grant dasturlarida birgalikda ishtirok etish, shuningdek, Digital Heritage va Digital Atlas kabi qo'shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.

✔️ Uchrashuv yakunida bildirilgan takliflar ikki universitet o'rtasidagi hamkorlikni tizimli asosga o'tkazish imkonini beradi. Belgilangan yo'nalishlar bo'yicha ish rejasi ishlab chiqiladi va qo'shma tadqiqot tashabbuslari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

✔️ Mazkur muloqot universitetimizning xalqaro ilmiy hamkorlik ko'lamini kengaytirish va madaniy meros tadqiqotlarida zamonaviy raqamli yondashuvlarni joriy etish yo'lidagi izchil sa'y-harakatlarining mantiqiy davomi bo'ldi.

___

Встреча с делегацией Нанкинского университета в СГТУ

🇺🇿🤝🇨🇳 В Самаркандском государственном техническом университете состоялась официальная встреча с делегацией Нанкинского университета Китайской Народной Республики.

👮‍♂️ Встреча была организована под руководством ректора университета проф. д-ра Чидем Туркйилмаз и декана архитектурного факультета проф. д-ра Дильнозы Камаловой.

👥 На мероприятии приняли участие представители Center for Ethnic and Frontier Studies и Sino Digital Humanities Innovation Lab Нанкинского университета, а также докторанты, ведущие исследования в данных направлениях.

📌 Основные обсуждённые направления:
🟣 Исследования исторической архитектуры и культурного наследия
🟣 Совместные научные изыскания по Великому шёлковому пути
🟣 Цифровое документирование культурного наследия
🟣 Сотрудничество в области Digital Humanities

✔️ Стороны обсудили перспективы проведения совместных научных исследований, организации обмена докторантами и профессорско-преподавательским составом, совместного участия в международных грантовых программах, а также реализации таких проектов, как Digital Heritage и Digital Atlas.

✔️ Предложения, высказанные по итогам встречи, позволят перевести сотрудничество между двумя университетами на системную основу. По намеченным направлениям будет разработан план работы, а совместные исследовательские инициативы будут реализовываться поэтапно.

✔️ Данный диалог стал логическим продолжением последовательных усилий СГТУ по расширению масштабов международного научного сотрудничества и внедрению современных цифровых подходов в исследования культурного наследия.


Пресс-служба СГТУ
Telegram  I Instagram
Facebook  I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
SDTU │ Rasmiy kanal
SDTUda Nanjing universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv 🇺🇿🤝🇨🇳 Samarqand davlat texnika universitetida Xitoy Xalq Respublikasi Nanjing universiteti delegatsiyasi bilan rasmiy uchrashuv bo'lib o'tdi. 👮‍♂️ Uchrashuv universitet rektori prof. dr. Chidem Turkyilmaz…
Meeting with the Nanjing University Delegation at SSTU

🇺🇿🤝🇨🇳 An official meeting with the delegation of Nanjing University of the People's Republic of China was held at Samarkand State Technical University.

👮‍♂️ The meeting was organised under the leadership of the University Rector, Prof. Dr. Chidem Turkyilmaz, and the Dean of the Faculty of Architecture, Prof. Dr. Dilnoza Kamalova.

👥 The event brought together representatives of Nanjing University's Center for Ethnic and Frontier Studies and Sino Digital Humanities Innovation Lab, as well as doctoral researchers working in these fields.

📌 Key areas discussed:
🟣 Research on historical architecture and cultural heritage
🟣 Joint scholarly studies on the Silk Road
🟣 Digital documentation of cultural heritage
🟣 Cooperation in Digital Humanities

✔️ The parties discussed prospects for conducting joint research, establishing exchange programmes for doctoral students and academic staff, participating jointly in international grant programmes, and implementing collaborative projects such as Digital Heritage and Digital Atlas.

✔️ The proposals put forward at the conclusion of the meeting will make it possible to place cooperation between the two universities on a systematic footing. A work plan will be developed for the agreed areas, and joint research initiatives will be implemented in stages.

✔️ This dialogue is a natural continuation of SSTU's consistent efforts to broaden the scope of its international academic cooperation and to introduce modern digital approaches into cultural heritage research.


Press Service SSTU
Telegram  I Instagram
Facebook  I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Forwarded from Edu.uz
🇺🇿Sietl shahri 1 sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi

AQSHning Sietl shahri meri Keti B. Uilson 2026-yil 1-sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb rasman e’lon qildi. Bu haqda shahar meri tomonidan imzolangan maxsus proklamatsiyada qayd etilgan.


🔷Hujjatda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi, mamlakatning shu davr mobaynida suverenitet, taraqqiyot va keng ko‘lamli o‘zgarishlar yo‘lini bosib o‘tgani alohida ta’kidlangan.

🔷Shuningdek, proklamatsiyada O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi eng ko‘p aholiga ega davlat ekani, iqtisodiyot yillik 5–6 foiz atrofida o‘sib borayotgani, ochiq bozor va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga intilayotgani qayd etilgan.

🔷Hujjatda O‘zbekistonning qadimiy Ipak yo‘li markazida joylashgani va bugungi kunda 100 milliondan ortiq iste’molchini qamrab oluvchi mintaqaga strategik darvoza vazifasini bajarayotganiga ham urg‘u berilgan. Bu esa savdo, investisiya, logistika, texnologiya va energetika sohalarida Sietl biznes hamjamiyati bilan hamkorlik uchun katta imkoniyat sifatida baholangan.

🔷Bundan tashqari, O‘zbekistonning Sietldagi Bosh konsulligi faoliyati ikki tomon o‘rtasida odamlar, biznes va davlat idoralari darajasida uzoq muddatli aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlangan.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegraml
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
👍 RASMIY OGOHLANTIRISH!

Telegramda firibgarlar tomonidan "Rasmiy kompensatsiya pullari berilayapti" ko`rinishidagi zararli havolalar tarqalmoqda.

Havolani bosdingizmi – akkaunt va pulingizdan ayrilasiz...

Telegram | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
#dam_olish_kunlari

Mustaqillik bayramida o’zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Javob: bu yil 1-sentyabr – Mustaqillik bayrami munosabati bilan haftada 5 kun ishlaydiganlar ketma-ket 4 kun, 6 kunliklar esa 3 kun dam oladi. Boisi 31-avgust, dushanba kuni qo’shimcha dam olish kuni etib belgilangan.


📄 Asos: 2025-yil 24-dekabrdagi PF-257-sonli Prezident farmoni.

SDTU Axborot xizmati
Telegram  I Instagram
Facebook  I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🕊1
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (birinchi qism):

📌Buyuk istiqlolimizning ildizlari uch ming yildan ziyod bo‘lgan davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi;

📌 Mustaqillik, eng avvalo, bizga shonu sharafimizni, muqaddas dinimizni, ona tilimizni, unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi;

📌 Bugungi erkin hayot uchun jonini fido qilgan ulug‘ ajdodlarimiz, jadidlar xotirasiga ta'zim bajo keltiramiz;

📌 Birinchi Prezidentimiz, atoqli davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasini ehtirom bilan yod etamiz;

📌 Islohotlarni boshlagan birinchi kunlardanoq xalqning qalbiga quloq soldik, aholining dardiga darmon bo‘lishni maqsad qildik;

📌 "Paxta qulligi", "majburiy mehnat va bolalar mehnati", "konvertatsiya cheklovi", "propiska" kabi odamlarni yillar davomida qiynab kelgan muammolarga barham berdik;

📌 Har bir inson erkin va farovon yashaydigan jamiyatni barpo etish uchun keyingi 10 yilda tinimsiz izlandik, qattiq mehnat qildik. O‘zbekistonni dunyoga keng ochdik;

📌 2030-yilga borib yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga yetkazishni reja qilgan edik. Bu vazifani shu yilning o‘zida ortig'i bilan amalga oshiramiz va daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kiramiz;

📌 Bugungi kunda kambag'allik darajasini 2017-yildagi 35 foizdan 4 foizga tushurishga erishdik. 10 million nafar insonning turmush sifati yaxshilandi;

📌 Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari talabalarining yarmidan ko‘pini qizlar va ayollar tashkil etadi. Bilimli qizlar — bilimli oila, bilimli avlod, ma’rifatli jamiyat deganidir;

📌Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalarni ham taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili deb bilamiz;

📌 Mening niyatim: O‘zbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilg‘or tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur.

Facebook
|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (ikkinchi qism):

📌 Aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 1991-yildagi 66,4 yoshdan 2025-yilda 75,4 yoshga yetgani, go‘daklar va onalar o‘limi ko‘rsatkichi 4 barobar kamaygani sohadagi islohotlarimizning eng muhim natijasidir;

📌 Mamlakatimiz taraqqiyotning mutlaqo yangi davriga qadam qo‘ymoqda. Kelgusi o‘n yillik biz uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi;

📌 Kelgusi yillarda yurtimizda inson qadrini yanada yuksaltiradigan 7 ta milliy dasturni amalga oshiramiz;

📌 Birinchi milliy dastur bilim va malakani kelgusi taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirishdan iborat bo‘ladi;

📌 Tibbiyotda profilaktikani kuchaytirish orqali salomatlikni asrash modeliga o‘tamiz. Davlat tibbiy sug‘urtasi mamlakatning barcha xonadonlariga kirib boradi;

📌 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmi 300 milliard dollarga yetkaziladi;

📌 To‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratiladi;

📌Fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha islohotlarimizni qat’iy davom ettiramiz;

📌Mahalla jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantiriladi;

📌 O‘zbekistonni xalqaro diplomatiyaning muhim markaziga aylantirish uchun ko‘pqirrali, vazmin va muvozanatli tashqi siyosatni davom ettiramiz;

📌 Biz bugun kechagidan kuchlimiz. Nasib etsa, ertaga bundan ham kuchli bo‘lamiz;

📌 Xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q. Bunday buyuk qudratga ega xalq va davlatni yenga oladigan kuchning o‘zi yo‘q;

📌 Matonatli, mard va olijanob xalqimiz o‘z oldiga qo‘ygan ulug‘ maqsadlarga albatta yetadi.

Facebook
|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 E’TIROF VA E’TIBOR!


Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti jamoasining bir guruh vakillari “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.

🎖 Mukofotlanganlar:
🔅 Muxammadiyev Utkir Axmedovich — dotsent
🔅 Xotamov Baxtiyor Axtamovich — komendant
🔅 Berdiyev Malik Xoliqulovich — katta o‘qituvchi
🔅 Abdusaidova Feruza Abduxafizovna — bo‘lim boshlig‘i
🔅 Ibragimova Musavar Ochilovna — o‘qituvchi


Barchalarini ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz!

🇺🇿 Yurtimiz taraqqiyoti va ta’lim rivojiga qo‘shayotgan munosib hissangiz uchun tashakkur bildiramiz. Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

SDTU Axborot xizmati
Telegram  I Instagram
Facebook  I YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍95🔥5👏2
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘ttiz besh yillik mustaqil taraqqiyot yo‘limiz bizga bir haqiqatni o‘rgatdi: xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
👍2
Ta’ziyanoma

Samarqand davlat texnika universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sherzod Uzoqovning qaynotasi Baxriddinov Kamol otaning vafoti munosabati bilan universitet jamoasi nomidan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etamiz.

Janoza marosimi ertaga, 30-avgust kuni soat 11-00 da.
Manzil: Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Qirqdarxon qishlog‘i
🕊23
🕊18
Forwarded from Edu.uz
#natija #oʻqishnikoʻchirish

⚡️O‘qishni ko‘chirish bo’yicha natijalar eʼlon qilindi

2026/2027-o‘quv yili uchun transfer.edu.uz platformasi orqali davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishni ko‘chirish (yoki ko‘chirib tiklash) yuzasidan ariza yuborganlar diqqatiga!

Davlat oliy taʼlim tashkilotlarining biridan boshqasiga o’qishni ko’chirish bo‘yicha yuborilgan arizalar to‘liq ko‘rilib chiqilib, yakuniy xulosalar shakllantirildi.

Talabalar o‘z arizalari natijasini transfer.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilishlari mumkin.

O‘qishi ko‘chirilishi tavsiya etilgan talabalar o‘qishi ko‘chirilayotgan oliy ta’lim tashkilotlariga murojaat qilishlari lozim.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1🕊1
Samarqand davlat texnika universiteti San'at kafedrasi katta o'qituvchisi To'lagan Yorqulovning akalari Jalilov Tursunqul boboning vafoti munosabati bilan universitet jamoasi nomidan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etamiz.

Janoza marosimi bugun 31-avgust kuni soat 11:00 da.

Manzil: Pastdarg'om tumani, "Chortut" mahallasi.
🕊121