Tajriba maydoni
2 subscribers
1 link
SURAB URGANGAN OLIM SURAMAGAN UZIGA ZOLIM
Download Telegram
Channel created
Assalomu alaykum qadrli ustozlar
Bu nim,!a ekan deb darrov chiqib ketishga shoshilmang
Men bu kanalni tuzishimdan maqsad turli muhit da uquvchilarga turli vaziyatlar bilan talim berayotgan uqituvchilar jamoasini bir yerga jamlash fikr almashish bilmaganimizni sizlardan urganish
Yosh usib kelayotgan uqituvchilarga uz fikr muloxazalaringiz va tajribalaringizni ayamang
Forwarded from Boshlangich Attestatsiya Testlari
🔰Nima uchun yangi ishga kirgan xodimlar navbatdan tashqari attestatsiya topshira olmaydi?

🔰Attestatsiya nizomi (
https://lex.uz/docs/-5641270) 1-bob 4-bandiga ko'ra, o'z xohishiga ko'ra Navbati kelmasdan turib ham navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashishi mumkinligi belgilab qo'yilgan.
Lekin attestatsiyani ikki bosqichda o'tkazilishini hisobga oladigan bo'lsak, nizomning (
https://lex.uz/docs/-5641270) 3-bob, 34-bandida birinchi bosqichda pedagog kadrlarning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi ta’lim tashkilotining pedagogik (kuzatuv) kengashlari tomonidan o‘rganilishi hamda 20 ballik tizimda baholanishi belgilangan.
Va shu bandning davomida pedagogik mahorat va psixologik tayyorgarlikni baholash natijalari yuzasidan ma’lumotnoma attestatsiyadan o‘tish uchun hujjat topshirish boshlangan sanaga qadar (1-avgustga qadar) ko‘pi bilan to‘rt oy muddat ichida berilgan bo‘lishi lozimligi qayd etilgan. Bundan tushuniladiki, ped mahorat balini olish kuzgi attestatsiyada 1-may va 1-avgust oralig'ida tashkil etilgan bo'lishi kerak.
Afsuski, yangi kirgan xodim bu vaqtlarda faoliyat ko'rsatmagan bo'ladi, va maktab kuzatuv kengashi faoliyat ko'rsatmagan davr uchun va hujjat topshirish boshlanganda keyin (1-avgustdan keyin) ped mahorat bali bera olmaydi. Shuni hisobiga yangi ishga kirgan xodim attestatsiyaning birinchi bosqichida ishtirok eta olmaydi. Va tabiiyki ped mahorat balisiz, keyingi bosqichga ham hujjat topshira olmaydi.
Xulosa qiladigan bo'lsak, avgust-sentyabrdan ish boshlagan xodim kuzgi attestatsiyani o'tkazib yuboradi. Lekin bahorgi attestatsiyada navbatdan tashqari ishtirok etishi mumkin bo'ladi.

👉
@Attestatsiya_testlari_Bot