Oltin qoidalar (I qism)
- Endi yettinchi sinfman, maktabni bitirishimga hali 4 yil bor deb yurgan o'quvchi ertaga 25 yoshni qarshilab turib, tasavvuriga yillar tez o'tib ketganligini sig'dira olmay, o'ylanib qoladi.
- Birovning haqqi birovda qolib ketmaydi.
- Halol pul topish qiyin emas. Keraksiz narsalarga xarajatlar ko'p xolos. Shunga qo'lda pul turmay qoladi ko'pchilikda.
- Ma'ruzalar, podkastlar va boshqalarning fikri bilan o'zgarib bo'lmaydi. O'zgarishga bo'lgan shijoat, jasorat insonning ich-ichidan yonib chiqadi - 30 sekundlik, chiroyli studiyada olingan gaplardan emas.
- Sayohat qilish kerak, universitetda o'qish kerak, tabiatga safar qilib turish kerak. Miyyadagi xayollarga ozroq dam berib turish kerak )
- Oila qurishga harakatni ertaroq boshlash kerak.
- Uxlayverish faqat dangasalik emas, balki kasalliklarning boshlanishi hamdir: qon yaxshi aylanmasligi, hazm qilish yomonlashishi, tananing harakatsiz yashashga o'rganishi.
- Ibodatda bardavomlik, chiroyli muomala va kitob o'qishga muhabbat.
- Ota-ona va oilaning oldida har doim ham birga bo'la olmaslik mumkin, asosan, ular bilan maroqli vaqt o'tkazish kerak. Ko'chadagi hayotni afzal ko'rmasdan; chunki inson uydagina o'zini yaxshi his qilishi mumkin.
Bayramlarni qanday o'tkazish haqida baxslashish hech qachon tugamaydi, instagramda saqlangan videolar boshqa kirib ko'rilmaydi, ota-ona va aka-uka sizni ko'proq yaxshi ko'radi, oila qursangiz "U" ham )
@srsobirov

Buyuk tavsiya
Juda ko'p maslahatlar eshitdim: virtual hayotdagilardan; hayotni tartiblashtirish, o'z maqsadiga erishish haqida. Videolar shu qadar yoqdiki, hammasini saqlab oldim.
Keyin ularni qayta ko'rmadim. Chunki har kuni yangidan-yangi tavsiyalar chiqaverardi.
O'zimni to'g'rilayapman. Endi faqat onamni eshitaman, akamni eshitaman.
U kim bo'lishi ahamiyatsiz, bizga eng to'g'ri maslahatni ota-onamiz, aka-ukamiz beradi, virtual maslahatchilar emas.
Qarz bo'lib qolsak, diqqatchilik bo'lib qolsa, imtihondan yiqilsak, ularni gapini eshitib dardimizni yengillashtirmaymiz.
Tavsiyalar Ota-Onadan eshitilishi kerak!
Videolardagi 5 minutda esdan chiqadi.
Ertalab dasturxona ustida ularning yuziga qarab energiya olamiz )

0 dan boshlash
O’tgan yilgi bahorda uyimizdagi kichik bog’ga anjir ekkandim. Boshida yaxshi ko’kardi, barg yozdi; lekin nimadir bo’lib qurib qoldi. Qurib qolsa ham yerdan ko’chirmadim – yana ko’karib qolar deb o’yladim.
Qaytib ko’karmadi, keyin qarasam, hatto tomir ham otmagan ekan.
Bu yil xuddi o’sha joyga, anjir daraxti ildizini ekdim – endi kuniga o’sayapti. Har kuni ertalab ataylab uni ko’rgani boraman: 0 dan boshlash qanday bo’lishini o’zimga eslatish uchun.
Boshida o’xshamasligi mumkin; voz kechishdan oldin yana bir necha bor boshidan boshlab ko’rish kerak.
Muammo joy yoki atrof bilan bog’liqdir. Balki, yetarli bilim yo’qdir; sabrli bo’lish kerakmikin?
Hammasini 0 dan boshlayotgan inson sifatida meni o’zim ekkan anjir ildiziga qiyoslayvering.

Jaydari tajriba
Chet elda o'qishga ketish. U yerda o'qish sizga foyda keltirishiga ishonasizmi? Keting.
Blog boshlashni yillab maqsad qilish, lekin qo'rquv bor. Millionlab odam ko'rmasa ham ichingizdagi olovni so'ndirish uchun blogingizni boshlang: keyinchalik "boshlasam bo'lar edi" dan ko'ra "harakat qilib ko'rdim" deyish yaxshiroq.
Biznes boshlash. Zararga kirsangiz ham boshlang. Yo'l-yo'lakay to'g'rilanib ketadi. Agar o'xshamasa sizga bu kasb mos emasligini bilib olasiz.
Bir boshidan, nimaga qiziqsangiz shunga harakat qilib ko'ring.
Men blogerlikni ham boshlaganman, biznes ham boshlab ko'rganman. Menda yarimida to'xtab qoldi.
Siz, agar boshlasangiz, oxirigacha tugatib qo'ying. Yarimida qolib ketish - o'ylantiradi. Tugatib qo'yish - xotirjam qiladi.
Qisqasi, tavakkal qilganlar yutadi. Tavakkalni faqat yaxshi amallar ustida qilish kerak!

Motivatsiya erasi yakunlandi
Maqsad, muvaffaqqiyat, pul, hayot haqida yetarlicha aytildi. Maqsadli inson bo'lish haqidagi ba'zi loyihalar to'xtab qoldi, ba'zilari endi to'xtaydi (gapi tugaguncha, yoki mavzusi).
Bir xil gaplarni qaytaraverish xuddi essay'dagi (insho) paraphrasing (gapning ma'nosini saqlab, strukturasini o'zgartirish) ga o'xshaydi.
Butun Yer kurrasiga yetadigan motivatsiyalar aytildi. Endi ularni amalda bajarish qoldi xolos.
Lekin har doim yaxshi kishilarning hayot tajribasini eshitish insonga foyda keltiradi: bobo-buvi, ota-ona, ustozlar...
Buning uchun YouTube'dan podkast qidirish shart emas.
Motivatsiya erasi tugaganidan xursandman. Real hayotga qaytish payti bo'ldi.

2023-yil, oktabr oxiri. Qo'shimcha ishlayman deb Yoshlar agentligiga bordim (asosiy ofisiga). "Mutolaa" loyihasiga SMM menejer va YouTube analitik bo'lib ishga kirdim. Qo'shimchasiga "Top100 universitetlar" loyihasini yurgizishga IbratAcademy studiyasidan foydalanishga ruxsat olgandim.
Shuncha imkoniyatlarga qaramasdan bu ishlardan ham ketdim.
Yillar o'tdi: "Mutolaa" kuchli brendga aylandi. "Top100 universitetlar"ni boshqa inson boshqarayapti.
Toshkentda universitetdagi bir do'stim "Andijonga ketasanmi yoki Toshkentda qolasanmi" deganida men "Kimdir qishloqni ham rivojlantirishi kerak" deb aytgandim.
Qishloqda o'zimning aoramni topa olmasam-da, do'stimga aytgan javobimni ustidan chiqayapman.
@srbrands

Institutimizga Amerikadan bir guruh talabalar, professorlar tajriba almashgani kelishdi; faqatgina ikki kungina darslariga qatnasha oldim.
Quyida ulardan o'rganganlarimni bo'lishmoqchiman:
1. Miss Mabry suhbat davomida: "Just give me a book and a cup of coffee. I feel relaxed then". (Menga, shunchaki, kitob va kofe bering. Shunda men o'zimni dam olgandek his qilaman".
2. Mr. Alish suhbat davomida: "I don't use an Instagram. I need to focus on my studies". (Men Instagramdan foydalanmayman. O'qishimga e'tibor qaratishim kerak".
Bizda 5-sinf maktab o'quvchisi Instagramdan foydalanadi.
Bizda kitob va kofening o'rniga choyxona, Real-Barcelona o'yini (erkaklar uchun) muhimroq. Dam olishni faqat tog' va adirlardan qidiramiz.
Haqiqatda, o'zlari ijtimoiy tarmoqlarni butun dunyoga tanishtirib, avlodlariga kitob o'qishni o'rgatishayapti ekan.

Har kuniga ishga onamning duosini olib ketaman. Ishonamanki, dadamning ham duosini olib ishga ketish menga ikki barobar motivatsiya bo'lar edi.
Erishayotgan yutuqlarimni dadamga aytib berish boshqacha baxt bo'lar edi.
Dadamga aytadigan bir dunyo gaplarim bor: o'zi bilan ko'rishib, suhbat qurish nasib qilsin.
Har doim o'rni bilingan.
Buni dadam 51 yoshga kirgan bo'lar edi.
Alloh Jannati bilan siylasin.

Xohlasa ham xohlamasa ham
Bolaligida ertalab 9 gacha uxlagan bola yoshi katta bo'lgan sayin ertaroq turishni boshlaydi, oilali bo'lgandan keyin, balki azondan ham oldin.
Play station, video o'yinlardan bezib ham ketadi, qachondir boshiga mushkul ish tushsa.
Internetda bexuda vaqt o'tkazmay qo'yar, balki ko'z nuri ketayotganligini bilib, sal tiyilar.
Muammolarga ko'milib qolganida, balki katta bo'lib qolganini, endi bolalarcha beg'uborligi ketib bo'lganini anglar.
Vaqti kelib xohlasak ham xohlamasak ham tartibli hayot kechiramiz, vaqtimizni qizg'ana boshlaymiz. Mas'uliyatlar ortgani sayin biz ham "to'g'rilana boshlaymiz".
Aytgancha, bu to'g'rilanish hammaga ham nasib etmaydi.
Lekin ongli tarzda oldinroq ham tartibga tushsa bo'ladi. Bu mazmunli umr kechirish uchun bir necha yillarni bizga "sovg'a qiladi".

Hawdy!
Institutimizga Texas shtati, Amerikadan bir necha talabalar, professorlar va biznes egalari talabalarga Ingliz tili ko'nikmalarini oshirishda yordam berish uchun kelishdi.
Men ham ularni kutib olishda qatnashdim. Deyarli hammasi bilan yaxshi chiqishib ketdik.
Sandra va John Ray ispanchani ham bilishar ekan, John Ray kecha va bugun bizga Salsa raqsini o'rgatdi. Keli va Kirk interaktiv darslar o'tishdi storytelling bo'yicha, Ashlan va Tailor "Kulgu va uning organizmga ta'siri" mavzusida dars o'tib berishdi.
Turli mavzularda nutq so'zladik. Ingliz tilim biroz o'sgandek bo'ldi, sababi native speaker'lardan dars olayapmiz.
Keyinchalik alohida suratga tushib yuborarman, esdalik uchun.
Amerikaga borsam, boradigan joylarim ko'paymoqda.
Ulardan ko'p narsalar o'rganayapman: aynan ingliz tili va madaniyatlar xilma-xilligi, muloqotimizdagi farqlar, iqtisodiy holatlarimiz, turmush tarzimiz haqida. Ko'pchiligining yoshi katta bo'lganligi uchun turli foydali maslahatlar ham berishayapti.
Aniq va ravon holatda ularni ham yozaman, nasib qilsa.
Iyun oyidan shular, hozircha.

Bugun ertalabdan Amerikalik do'stlarimni kuzatish uchun Andijon Temir Yo'l Vokzaliga bordim.
Poyezdning ichigacha kirib, joyiga joylashtirib, xayrlashib qaytdim.
Ularning rahmatlarini eshitib, to'g'risi, maza qildim. Ko'pchilik "Necha pul oldingiz bulardan?", "Kamida $300-400 olgandirsiz?" deb so'rashdi.
Pul hayotimizdagi asosiy maqsad emas, balki yaxshilik va boshqalarga manfaat keltira olish - u odam amerikalikmi, afrikalikmi bu muhim emas.
Ko'plab chet ellik mehmonlarga xizmat ko'rsatganman; pulga emas, shunchaki, butun umrlik xotiralar uchun. Eslasangiz, braziliyalik do'stlarim bilan birga videolar olganmiz: o'sha videolarni YouTube'da minglab braziliyalik, portugaliyaliklar tomosha qilishgan. Mana shu muvaffaqqiyat.
Xotiralarni pulga sotib ololmaymiz. Ayniqsa, Vatanim haqida va uning odamlari haqidagi iliq fikrlar, taasurotlar men uchun muhim.

12 yoshimdan to bugungacha olgan xulosalarim
1. Balki, siz yaxshi insondirsiz. Lekin hammani o'zingiz kabi yaxshi inson deb o'ylamang. Ya'ni odamlarga nisbatan kutuvlaringiz juda yuqori bo'lmasin.
2. Chin do'stlar juda oz bo'ladi. Ishoning barmoqlaringiz sonicha ham bo'lmaydi.
3. Bir necha odamlar oldida suhbat qursangiz, ko'p so'zlamaslik. Gapirmaslik afzalroq bo'ladi.
4. Yashashning qiyinlashib ketayotganligi, ob-havo, pul, to'y, uyning remonti haqida so'zlamaslik.
5. Ilmga har doim pul sarf etish. Doimiy izlanishda bo'lishlik.
6. Qarindoshlardan qarz olmaslik, agar qarz berishga arziydigan odam bo'lsa, albatta, yordam qilish kerak. Pul oldi-berdisi rishtalarga sovuqchilik tushirishi mumkin.
7. Qiynalib topilgan pulni behuda narsalarga emas, yana qaytib keladigan investitsiyalarga sarf etish kerak.
8. Kasal bo'lib qolinsa, davoni faqat dorilardan emas, sportdan, tabiiy mahsulotlardan ham izlash kerak.
9. Siqilib hech kim muammoga yechim topmagan.
10.
O'ninchisiga siz yozib ko'ring. Men keyinroq yozaman.

🇺🇸 Pinnacle Academic Program 2025
Ustozlar va amerikalik do'stlarim bilan.

Bildirmay
Bildirmay ibodat qil.
Bildirmay mashina ol.
Bildirmay uy ol.
Bildirmay sayohatga ket.
Bildirmay o'qishga kir.
Bildirmay yoqtirgan ishingda ishla.
Bildirmay sovg'a qil.
@srsobirov
Bildirmay ibodat qil.
Bildirmay mashina ol.
Bildirmay uy ol.
Bildirmay sayohatga ket.
Bildirmay o'qishga kir.
Bildirmay yoqtirgan ishingda ishla.
Bildirmay sovg'a qil.
@srsobirov
Instagramni 4 oy oldin o'chirib yuborgandim. Kecha bir masala bilan qayta kirishga to'g'ri keldi.
Lentadagi videolardan biroz ko'rdim, xabarlarga javob berdim.
Bugun bir-ikkita video ko'rib xursand bo'ldim. Vanihoyat o'zbeklarimiz (ba'zilari) Instagramdagi soxtaliklardan, fitnalardan, safsatalardan, yolg'onlardan to'yib ketib, o'z fikrlarini bildirishni boshlashibdi (ba'zilari yig'lab, ba'zilari achchig'idan, ba'zilari afsus ohangida).
Hayoti o'ziga kerakli odamlar vaqtini qadrlashni boshlashibdi; xotirjam fikrlar, tiniq g'oyalar, kuchli iroda paydo bo'la boshlabdi.
Siz nima deysiz?

Hammasi tugadi
Kirk, amerikalik do'stim, 57 yoshda. Yuzini ajin qoplagan bo'lsa-da, sportni tashlamaydi, "Hayotning muhim 3 qoidasi" ga amal qiladi (Keyinroq alohida yozaman). Ko'rganlar uni 57 ga kiribdi deyishmaydi.
Mahallamizda 57 ga kirgan erkaklarni "chol" deb atashadi. Chunki yuz ifodasi, tananing holati shuni "aytib turadi". Asosiy sabablari: 45 yoshgacha Rossiyada ishlagan; topganiga o'g'lini uylagan keyin 18 qizga kirgan qizini uzatgan. O'g'lini to'yiga $5000, qizini to'yiga $8000 sarflagan. To'ylargacha uyini buzib boshqatdan solgan $25,000 ga. Shu gaplarni yana bir amerikalikka aytsam, hayron qoldi: bir do'sti 7 kishilik to'y qilibdi, butun to'y 2 soat davom etibdi. Men esa hamma haqiqatlarni aytmadim. Bizni boy deb o'ylamasin dedim.
Aytgancha, haligi 57 ga kirgan kishi quvvatsiz bo'lib qolgan, har 3 oyda licheniya qilib turishi kerak.
Ortga qarasa, to'ydan boshqa narsa qilmabdi, hech bo'lmasa o'zi uchun.
Topaveribdi, topaveribdi, sarflayveribdi. Oxiri o'zini ham tugatibdi.
Orada variantga ham mashina olgan bo'lishi mumkin.
Ssenariyni o'zgartiramizmi? Men o'zgarishini xohlayman )