Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi
530 subscribers
3.52K photos
358 videos
46 files
1.44K links
Ushbu kanal Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi haqida barcha yangiliklar va ma'lumotlar berib boriladigan rasmiy kanal hisoblanadi.
Download Telegram
#Diqqat_tanlov

📣 “Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi” nominatsiyasi boʻyicha tanlov o‘tkaziladi

📌 Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Adliya vazirligi yuridik texnikumlari va Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi Akademik litseyi oʻqituvchilari oʻrtasida “Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi” nominatsiyasi boʻyicha tanlov o‘tkaziladi.

Tanlov ushbu taʼlim muassasalarning oʻqituvchilari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish;
● fan boʻyicha qiziqarli va interfaol metodlarni keng jalb etish;
● oʻzaro tajriba almashish va ijobiy ish tajribasini ommalashtirish;
● oʻqituvchilar oʻrtasida shaxsiy imidjni yaratish boʻyicha ommalashtirish;
● oʻquvchilarni fanlarni oʻqishga va oʻrganishga motivatsiya berishda oʻqituvchilar masʼuliyatini yanada oshirish;
● malakali oʻqituvchilar zaxirasini yaratish maqsadida o‘tkaziladi.

📂 Tanlov dastlabki (ta’lim muassasalari) va yakuniy (respublika) bosqichdan iborat bo‘lgan ikki bosqichda oʻtkaziladi.

🎁 Tanlov gʻoliblari adliya vazirligi tomonidan maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/Adliya_yuridik_texnikum
🔰#DIQQAT_TANLOV

🏛 Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan o'quvchilar o'rtasida videoroliklar tanlovini e'lon qiladi.

🎉 G'oliblar sovg'a, faxriy yorliq hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlanadilar.

🎥 Videoroliklar mazmun, kreativ nazar, motivatsion yondashuv kriteriyalariga qarab baholanadi
.

📩 Murojaatlar hamda videoloyihalar quyidagi Telegram orqali qabul qilinadi.

⬇️Yangiliklarni kuzatib boring⬇️
Telegram | Facebook | Instagram | Websayt | Youtube
#DIQQAT_TANLOV

📣"ADLIYA AYOLI" tanlovi o'tkaziladi.

⚡️Joriy yilning 10-oktabr kuni Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi idoralarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o'rtasida "Adliya ayoli" tanlovining viloyat bosqichi o'tkaziladi.

⚡️Tanlovda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tizimida (boshqarma, tuman (shahar) adliya bo'limlari, yuridik xizmat ko'rsatish markazlari, davlat xizmatlari markazlari, FHDY organlari, yuridik texnikum, notarial arxiv) faoliyat yurituvchi barcha xotin-qizlar ishtirok etishi mumkin.

❗️Tanlovda ishtirok etish istagida bo'lgan xodimlar joriy yilning 7-oktabr kuniga qadar Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasining xotin-qizlar boshlang'ich tashkilotiga (R.Uralova) murojaat qilishlari lozim.

📚 Tanlov shartlari haqida +998 99 531 17 85 yoki +998 97 568 96 92 telefon raqamlari orqali bog'lanib, ma'lumot olishingiz mumkin.

🎗 Tanlov g'olibi respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

▶️ Kanalga ulanish:👉https://t.me/huquqiytargibot