SOʻZGAR | FM 102.0
105 subscribers
2 photos
27 videos
28 links
Bir so‘z xato bo‘lsa, ma’no ham o‘zgaradi.
🎙 Imlo va talaffuz
📚 So‘zlar tarixi
🧠 Madaniyatli nutq

📻 @AvtoradioUz loyihasi
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xarajat - biror maqsad, ehtiyoj yoki faoliyat uchun sarflanadigan pul, moddiy vositalar yoki mehnat sarfi. Bu atama asosan moliyaviy mablag'larning sarflanishini, mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun ishlatiladigan mablag'larni anglatadi. 

So‘z arab tilidan kirib kelgan:
• arabcha: خَرَجَات (xarajāt)

Imlosi:
So‘z boshida “x” bilan yoziladi: xarajat
Urg’u oxirgi bo’g’inga tushadi

Demak, eslab qolamiz:
Xarajat bo’ladi-yu, yumshoq bo’ladimi?))
Doim qattiq x bilan yozamiz.
Xarajat
• sarflangan pul yoki mablag‘
• chiqim

Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
4🔥4🤯4😱1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ovorami, ovvora?

Biz kundalik hayotda “ovora bo‘ldim”, “seni ovora qildim” kabi iboralarni ko‘p ishlatamiz.

Ovora so‘zi fors tilidan kirib kelgan.

• Aslida forscha āvāra (آواره) shaklida bo‘lib,

• sarson, daydi
• boshpanasiz
• bir joyda to‘xtab turmaydigan

kabi ma’nolarni beradi.

O‘zbek tilida esa:

• band bo‘lib qolmoq
• birovni bekorga yugurtirmoq

kabi ma’nolarda ishlatiladi.

👉 Masalan:

• “Sizni ovora qilib qo‘ydim” — ya’ni bezovta qildim.
• “Kun bo‘yi ovora bo‘ldim” — ya’ni ancha yugurdim, charchadim.

Imlosi:

Bu so‘z ko‘pincha xato yoziladi:

avora
ovara
ovvora

To‘g‘ri shakli: ovora

Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
4🔥43🤯3💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
E’tibor

Bu so‘z arab tilidan olingan.

“E’tibor” so‘zining eng yaqin sinonimlari: diqqat, qarash, ehtirom, izzat, ahamiyat, parvo, qiziqish va nazarga olish kabi so‘z va iboralardir.

“E’tibor bering”

So‘zning to‘g‘ri yozilishi shunday:

O‘zbek lotin yozuvida: e’tibor (tutuq belgisi bilan)
O‘zbek kirill yozuvida: эътибор (ayirish belgisi bilan)

E’tiboringiz uchun rahmat!

Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
👍43🔥3💯2🤝2😱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xursand so‘zini to‘g‘ri yozyapmizmi?

Bu so‘z fors tilidan kirgan.

Qismlari:
• “xur” — yaxshi, go‘zal
• “sand” — holat

• xursand, shod, mamnun degan ma’nolarni beradi.

• “Sizni ko‘rib xursand bo‘ldim”

Imlosi:

hursand
hursant

xursand qattiq X va D harfi bilan yoziladi.

Sizni ko‘rib xursand bo‘ldim.

Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
9❤‍🔥5🔥4🤯2😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shoh yoki shox?

Ikkovi ham toʻgʻri, faqat bularning maʼnosi turlicha.

Shoh — podshoh, qirol, xalqboshi.

Misol: Oʻzga yurtda shoh boʻlguncha oʻz yurtingda gado boʻl.

Shox (1) — daraxtning butogʻi, uning tanasidan oʻsgan shox-shabba.

Misol: Daraxtlarning shoxini kesish vaqti keldi.

Shox (2) — Baʼzi hayvonlarning boshidan oʻsadigan suyak, muguz.

Misol: takaning kichkinagina shoxchalari bor edi, lekin doim raqibini shoxlashga tayyor turardi.

Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
6👍43🤯2💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Istihola nima?

Istihola arabcha “bir holatdan ikkinchi holatga oʻtish” maʼnosini anglatuvchi soʻzdan hosil boʻlgan va oʻzbek tilida tortinish, andishaga borish, uyalish, iymanish maʼnolarida ishlatiladi.

Koʻp hollarda qoʻshma feʼl bilan ifoda qilinadi:
— istihola qilmoq
— istiholaga bormoq
— istihola tortmoq

U fikrlarini ochiq-oydin ifodalashga istihola qildi.
• Juda istihola tortib, peshonamdan ter chiqib ketdi.
• Tinglovchilar vaqtini oʻgʻirlashimni oʻylab, istiholaga bordim va gaplarimni qisqa qildim.

Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
👍5🔥2🤝21🤯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Obdon yoki obdan?

Mana bu yerdagi holatda obdan deyilishi to‘g‘ri. Nima uchun?

Obdan ravishi juda ham, rosa, yaxshilab, batamom degan ma’nolarni anglatadi.

Obdon so‘zi ham bor, lekin uning ma’nosi umuman boshqa. Tojikcha ob oti va -don qo‘shimchasi yordamida hosil bo‘lgan bu so‘z suvdon, ya’ni suv solinadigan yoki saqlanadigan idish degan ma’noni bildiradi.

Bu so‘zning ovdan degan shakli ham bo‘lib, u yer osti va yomg‘ir suvlarini bir joyga yig‘ish uchun quriladigan inshootga aytiladi.

Demak:
Obdon urinmoq
Obdan urinmoq

Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
4🤝4👍2🔥2🤯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Haqiqatdan yoki haqiqatan?

Chindan, rostdan ma’nosida ishlatilganda haqiqatan tarzida aytiladi va yoziladi:

— O’zbekiston haqiqatdan ham yorqin kelajak sari odimlamoqda
— O’zbekiston haqiqatan ham yorqin kelajak sari odimlamoqda

Shu tarzda hosil bo’lgan boshqa so’zlar: nisbatan, aqlan, ruhan, odatan, taxminan.

———————

Haqiqat so’ziga chiqish kelishigi (-dan) qo’shimchasi qo’shilsa, haqiqatdan so’zi hosil bo’ladi:

— Bu gap haqiqatan yiroq
— Bu gap haqiqatdan yiroq

— Haqiqatdan ungan rivoyat.
— Haqiqatdan uzoq fikrlar.

Haqiqatan shakli ko’p hollarda ham bog’lovchisi bilan birga kelishini bilib olsangiz, esda qolishi oson bo’ladi.

Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
5👍3🔥31❤‍🔥1👀1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sariyogʻ / Sayroq

Nafaqat yosh bolalar, baʼzida kattalardan ham eshitib qolamiz: sariyogʻ soʻzini sayroq deyishadi. Agar talaffuz qilishda qiynalsangiz, soʻzni ikkiga boʻlib oling.
Sariq + yogʻ = sariyogʻ

Sayroq soʻzining sayroqi degan shakli ham bor va “sayraydigan” yoki “koʻp gapiradigan” degan maʼnolarni anglatadi.

Sayroq
Sariyogʻ

Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
3🔥3👍2🤝2❤‍🔥11🤯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Tomosha” so‘zi qanday yoziladi?

Kelib chiqishi va izohi (etimologiya):
• So‘z fors-tojik tilidan o‘zlashgan.
• Asli: “tamāšā”
• Ma’nosi: ko‘rish, diqqat bilan kuzatish, namoyish, sahna, qiziqarli manzara ma’nolarini bildiradi.

Imlo (yozuv qoidasi):
• Adabiy tilda to‘g‘ri shakl: tomosha

• Xato variantlar:
tamosha

Gapda qo‘llanishi:
• Biz kinoni tomosha qildik.
• Ular stadionda o‘yinni tomosha qilishdi.

Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
👏32🔥2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎓Qaysi so‘zlarning kelib chiqishi sizga qiziq?

Qaysi so‘zlarni yozish va talaffuz qilishda qiynalasiz? 🎓

Muloqotda ko’p foydalaniladigan, ammo ma’nosini bilmaydigan iboralaringiz bormi?

🌐 Instagram sahifamizga yozing, ularni birgalikda tahlil qilamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥42👍2🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Тво́рог или творо́г?

Tvorog (ruscha: творог) — sutni maxsus achitqi yordamida ivitib, hosil bo'lgan zardobini ajratib olish orqali tayyorlanadigan oqsilga boy sut mahsulotidir.

So’z rus tilidan olingan bo'lib, o'zbek tilida ba'zan "pishloq" yoki "ivigan sut" deb ham yuritiladi, ammo asosan "tvorog" nomi ishlatiladi.

Творог soʻzida urgʻuni birinchi boʻgʻinga ham, ikkinchi boʻgʻiniga ham qoʻyish mumkin. Rus tilida ham, oʻzbek tilida ham shunday.

Siz qanday talaffuz qilasiz?
Тво́рог
Творо́г ❇️

Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
3👍3🔥2🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kulgu yoki kulgi?

Eng keng tarqalgan xatoliklardan biri — kulgi soʻzini kulgu deb talaffuz qilish va yozish.

Kulgii harfi bilan yoziladi. Yodda qolish oson boʻlishi uchun kulgich soʻzini asos qilib oling.

Kulgu Kulgu ustasi
Kulgi Kulgi ustasi

Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
🔥52🤝2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Уже – allaqachon?

Rus tilidagi “уже”, yaʼni harakat yoki hodisaning amalga oshib boʻlganini ifodalovchi soʻz lugʻatlarda “allaqachon” deb berilgan. Lekin biror gapni tarjima qilayotganingizda, bu soʻzni lugʻatdagi soʻz bilan tarjima qilishga aslo yoʻl qoʻymang!

“Allaqachon” soʻzi harakat ancha vaqt avval sodir etilganlini bildiradi, lekin men hozirgina ovqatlanib boʻlgan boʻlsamchi? Bunday holatda “boʻlmoq” soʻzidan foydalaning. Fikrimcha, “allaqachon” soʻzi qoʻpolroq va yozma shaklda undan foydalanmagan yaxshi.

Я уже пообедал – Men allaqachon tushlik qildim
Я уже пообедал – Men tushlik qilib boʻldim

Vaziyatga qarab:
Men tushlik qilib boʻlganman
Men tushlik qilib boʻlgan edim

variantlari ham to’g’ri bo’ladi

Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
👍3🔥2🤝21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Saxovat nima degani?

​Hozir bu so‘z ko‘pincha "boy odamning ehsoni" yoki "pul berish" deb tushuniladi.
​Asl ma’nosi: "Saxa" — "issiq yer", "yumshoq tuproq" demakdir.

Saxovatli inson qalbi issiq va yumshoq tuproq kabi bo‘lgan kishidir. Qattiq yerga suv singmaganidek, qattiq qalbga ezgulik kirmaydi. Saxovat — bu mol berishdan avval, qalbning yumshashi va iliqligidir.

Saxovat so’zida 3 ta unli, 4 ta undosh xarf bor. Saxovat qattiq x bilan yoziladi.

Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
🔥43👍3🤝21😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Malol (Malol kelmoq)

​"Menga malol keldi" deganda biz "og‘ir botdi", "yoqmadi" deb tushunamiz.

​Asl ma’nosi: Arabchada "zerikish", "toqatning tugashi" demakdir.

​Psixologik jihati: Insonning ruhiyati bir xillikdan yoki ortiqcha yukdan charchagan holati "malol" deyiladi. Hadislarda ham "Amallarning Allohga eng seviklisi, garchi oz bo‘lsa-da, davomiysidir" deyilganda, inson o‘ziga "malol" keltirmaydigan (zeriktirib, charchatib qo‘ymaydigan) darajada amal qilishi nazarda tutilgan.

Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
6👍4🔥3🤯2🎉1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oshiq 🌿

​Bugun bu so‘z ko‘proq yengil-elpi tuyg‘ular, qo‘shiqlar va seriallar darajasidagi "ishqibozlik"ni anglatadi.

​Asl ma’nosi: "Ashaqa" — bu bir o‘simlik (pechakgul) bo‘lib, u o‘zi chirmashgan daraxtning hamma sharbatini shimib oladi va daraxtni quritib qo‘yadi.

​Tasavvufiy jihati: Haqiqiy oshiq — o‘z "men"ligini butunlay quritgan, o‘zligidan kechib, suyuklisi (Xoliq yoki haqiqat) ichida yo‘q bo‘lgan insondir.

​Vazni: Hozir bu so‘zning "fidoiylik" va "yo‘qlik" ma’nosi yo‘qolib, faqat hissiy "egalik qilish" ma’nosi qolgan.

Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
👍64🔥2🤝2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
G‘iybat 😯

​Hozirda bu "birovning ortidan yomonlash" deb tushuniladi.

​Asl ma’nosi: Arabcha "g‘ayb" (ko‘rinmaydigan, yashirin) o‘zagidan.

​Etimologik nozikligi: "G‘iybat" — bu insonning yo‘qligida, ya’ni u "g‘oyib" bo‘lganida gapirishdir. Bu yerda qiziq nuqta shuki, gapirilayotgan gap rost bo‘lsa ham, inson o‘zini himoya qilolmaydigan (yo‘q) holatida aytilgani uchun bu ma’naviy jinoyat hisoblanadi. Agar yolg‘on bo‘lsa, u allaqachon bo‘hton bo‘ladi.

Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2🔥2🤯1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Esdalik" so'zi o'zbek tilida esdalik tarzida yoziladi.

Tarkibi: es-da-lik (3 bo'g'inli so'z)
Ma'nosi: Esda qolgan taassurot, xotira, yodgorlik. 

Masalan: Sayyohlar yurtimizdan esdalik uchun sovg’alar olishdi.
Sizga o’z esdaliklarimdan bir voqeani so'zlab berdim.

Ba’zan bu so’z esTalik tarzida t xarfi bn xato yoziladi.
Imlo lug'atiga ko'ra so'zning to’g’ri yozilishi, "esdalik" d xarfi bilan yoziladi.

Demak, eslab qolamiz: Esdalik — biror voqea, joy yoki insonni yodga solib turuvchi narsa, ya’ni xotira uchun saqlanadigan buyum.

Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
4🔥3🤝2💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BIR PAS NECHA DAQIQA?

Bolalikdagi she’riy mashqlarimning birida shabboda, to‘xta bir pas, deb yozgan ekanman. Devoriy gazeta muharriri: “O‘zbek adabiy tilida bir pas degan so‘z yo‘q, bir nafas deyish kerak”, deb o‘zi qizil qalam bilan to‘g‘rilab qo‘ygan.

Ko‘p yillar o‘tib Navoiyning “Layli va Majnun” ida shunday baytni ko‘rdim:

Bir pos chu tundin o‘di ul xayl,
Tushluq tushi qildi uyquga mayl.

Lug‘atlarga qaradim. Postunning sakkizdan biri, deb sharhlanibdi. Demak, taxminan bir soatga teng tungi muddat — pos, bir soatlik tungi soqchi — posbon, ruscha chasovoy ma’nosidagi atama bo‘lib chiqdi.

Pos — o‘zimizning so‘z, deb xato aytmadim. Asli forscha yoki arabcha o‘zakka ega bo‘lgan, asrlar davomida tilimiz tarkibida yashab bizga xizmat qilayotgan so‘zlar ham, albatta, o‘z so‘zlarimizdir.

Xuddi shunday, rus, mojar, arab, tojik va boshqa tillarda xizmat qilayotgan o‘zbek so‘zlari ham hozirgi egalariga buyursin.

Demak, o‘zbekning bir pasi bir soat bo‘lar ekan. Gapimni bir pasda tugataman, degan so‘zning ma’nosini o‘zingiz tushunavering.

Soʻzgar — oʻzing oʻzgar
3🔥2🤝2🤯1