Forwarded from Soliyev
💬 "Insondan hamma narsani tortib olish mumkin, faqat bitta narsani emas — bu esa har qanday holatga qanday munosabatda bo‘lishni tanlash erkinligidir." — Viktor Frankl
Ba’zi odamlar juda katta musibat yetganda ham tik turadi, mag‘lub bo‘lmaydi, tushkunlikka tushmaydi. Ayrimlar esa kichik to‘siqlarda ham o‘zini yo‘qotib qo‘yadi, sinadi.
Odamlar bizga adolatsizlik qilishi mumkin. Atrofdagi hamma voqea bizga qarshi bo'lishi mumkin. Lekin shu holatga qanday munosabatda bo‘lish o‘z qo‘limizda.
Aksincha, baxtli onlarda, omad kulib boqib muvaffaqiyatga erishganda ham "bundanda yaxshirog'iga erishishim yoki orqaga qarab ketishim mumkin" degan munosabatda bo'lsak, yashash nisbatan osonroq bo'ladi.
Sog‘ bo‘lasiz...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from 1% Bilim
Sportchi seni sport bilan shug’ullansang - muhokama qilmaydi, biznesmen seni biznesni noto'g'ri boshlaganing uchun masxara qilmaydi, Hunarmand seni biror narsani «xunuk yasagansan» deb malomat qilmaydi. Odamlar ichida sani eng ko'p muhokama qiladiganlari - o'zi hech nima qilmaydiganlaridir.
- muallifini topa olmadim.
Juma barokatli kelsin.
@birfoizbilim
- muallifini topa olmadim.
Juma barokatli kelsin.
@birfoizbilim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Taniqli bastakor Sulton Ali Rahmatov olamdan o‘tibdi.
Kichkinaligimda bu insonning kimligini bilmasdim, lekin "Assalom, O‘zbekiston!" ko‘rsatuvidagi, umuman, telekanallardagi ko‘plar dasturlardagi musiqalarni juda yaxshi eslayman.
Sulton Ali Rahmatov kim ekanini tanigan vaqtim "nomidan ko‘ra san’ati mashhurroq ekan" degan fikr xayolimdan o‘tgandi.
O‘zbek musiqa san’ati katta insonni yo‘qotdi. Yaqinlariga sabr bersin.
Videoda marhumning eng taniqli asarlaridan birini tinglashingiz mumkin.

Hayot xohishlaringga tupurib qo‘ygan. Dod solsang ham, o‘t qo‘ysang ham hech narsani o‘zgartirolmasliging mumkin.
Ulg‘ayish yoshida bo‘lsang, orzularing parchalanishiga tayyor tur.
Seni eshitmaganlar hozir ham, keyin ham tinglashni istamaydi.
Muhimi sen ham qachondir, kimningdir taqdirini o‘z xohishlaring, ahmoqona qarashlaring bilan barbod qilma...

Nega oxirgi paytlar asablarim tarang bo‘layotganini bildim. Olimlar aniqlashibdi.
Pressuz
Oʻzbek talabalari Ginnes rekordini yangilamoqchi
Faqat tonnalab osh tayyorlash emas, shunaqa ishlar bilan ham rekord qilsa bo‘larkan. O‘sish bor.
Forwarded from 1% Bilim
Sportchi seni sport bilan shug’ullansang - muhokama qilmaydi, biznesmen seni biznesni noto'g'ri boshlaganing uchun masxara qilmaydi, Hunarmand seni biror narsani «xunuk yasagansan» deb malomat qilmaydi. Odamlar ichida sani eng ko'p muhokama qiladiganlari - o'zi hech nima qilmaydiganlaridir.
- muallifini topa olmadim.
Juma barokatli kelsin.
@birfoizbilim
- muallifini topa olmadim.
Juma barokatli kelsin.
@birfoizbilim
Susambillik
https://telegra.ph/Nikoh-hech-qachon-baxt-haqida-bolmagan-ekan-08-28
Har bir bo‘ydoq o‘qishi kerak bo‘lgan gaplar ekan. Faqat bitta "no" joyi bor. Hamma ham tushunavermaydigan gaplar yozilgan, miyaga ozroq "nagruzka" bo'lishi mumkin.
Telegraph
Nikoh hech qachon baxt haqida bo‘lmagan ekan
Baxtga qarshi, mahalliy hamjamiyatda yetarlicha uzoq ishlaganim bois odamlar mendan maslahat so‘ray boshlashdi. Avvaliga, bunday iltimoslarni qat’iyan rad etardim – axir, men kim edimki, boshqalarga maslahat bera olsam? Ammo keyinchalik odamlar beradigan…
Forwarded from 1% Bilim
Insonlar hamma narsaga erishyapti, go‘yoki faqat men orqada qolib ketdim-mi?
Siz ham o‘zingizga har kuni shunday savol berasizmi?
Javobingiz ha bo‘lsa, aynan sizning bu holatingiz ilmiy tilda FOMO yaʼni fear of missing out (qolib ketish qo‘rquvi) deb ataladi.
Agar sizda quyidagi belgilar kuzatilayotgan bo‘lsa, demak siz ham ayni paytda FOMO ni boshdan kechiryapsiz:
-“Boshqalar mendan yaxshiroq yashayapti, ular mendan omadliroq”, degan hayollar paydo bo‘lsa;
-Ijtimoiy tarmoqlarda boshqalarning hayotini kuzatib, o‘zingizni ulardan pastroq his qilsangiz;
- O‘z hayotingizdan qoniqmay, ekran ortidagi “ideal” voqealar bilan o‘zingizni solishtirsangiz.
Shular ham FOMO ni bir turi.

Forwarded from Aziz Rahimov
Texno gigantlar farzandlarimiz yoshligidan smartfon ishlatishini xohlashadi. O’zlari esa farzandlarini smartfon taqiqlangan maktablarga berishadi. (Rahimov schoolga o’xshagan)
Tiktok yoshlarimizning minglab soatini bekorchi videolar bilan o’ldiryapti. Xitoyda esa bolalarga faqat ilmiy videolar ko’rsatishga qaror qilgan. Yana qirq daqiqadan ko’p emas.
Stiv Jobs iPad g’oyasining muallifi edi. Farzandlariga ishlatishga ruxsat bermasdi. Bill Geyts esa kompyuter ishlatishni ham cheklardi.
Feysbukni uch milliard odam ishlatadi. Lekin asoschisi Sukerbergning farzandlari ishlatmaydi.
Bizga ham o’ylab ko’rishning vaqti kelgandir balki?

Bilishning o’zi, amal qilishga aylanib ketsa. Unday emas-da!
Hayotimda chorrahalarga ko’p duch keldim. To’g’ri yo’l qaysi ekanligini doimo bilar edim. Istisnolarsiz bilar edim. Lekin hech qachon to’g’ri yo’llarni tanlamadim. Bilasizmi nimaga? U juda qiyin edi.
Neo, ertami kechmi, xuddi menga o’xshab, tushunib yetasan: Yo’lni bilish bilan, yo’lni yurishning farqi bor.
Buyog’iga, o’zini majburlay olish – eng qimmat ko’nikma bo’lib qolsa kerak.
Bizni majburlay oladiganlar esa, eng aziz insonlar bo’lib qolsa kerak.
Aziz Rahimov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Bu juda kichik qatlam haqidagi gap, lekin baribir qiziq — yuqori daromadlilar haqida, deylik.
Qimmatroq restoran va qahvaxonalarning deyarli barchasida (istisnosiz) menyular faqat rus tilida, ba’zan inglizchada bo‘ladi, o‘zbekchada esa yo‘q. Xizmat ko‘rsatuvchilarning ham aksariyati rusiyzabon; o‘zbekcha gapirsangiz ham, ko‘pincha ruscha javob berishadi.
Qimmatroq segmentga xizmat qiladigan barcha xizmat turlari — sartoroshxonalardan tortib, yuridik xizmatlargacha, hattoki gul do‘konlari va kiyim do‘konlarigacha, barchasi (dizayn studiyalari, atelyelar, fotograflar, hatto to‘y tashkilotchilari — ha, to‘g‘ri o‘qidingiz) — hammasida mijoz bilan dastlab rus tilida gaplashiladi. Balki sal vaqt o‘tib, mijozga qarab o‘zbekchaga o‘tishar, lekin birinchi kontakt — SMS, qo‘ng‘iroq yoki yozishmada — albatta ruschada bo‘ladi.
Bir epizod, Toshkentdagi bir restoranda yonimizdagi stolda 8–10 nafar ayol o‘tirgan edi. Shunda ulardan biri yoshroq ayolga qarab: “Sen hammaga zakaz qilib qo‘ya qol, chunki ichimizda ruschada eng yaxshi sen gapirasan,” dedi. Bu menga qiziq tuyuldi. Chunki o‘sha restoranda haqiqatan ham ofitsiantlar o‘zbekcha gapirishmaydi. Lekin mijozlar orasida ruscha gapirmaydiganlar, o‘zbekcha gapirmaydiganlardan ancha ko‘p edi. Ya’ni, xizmat ko‘rsatuvchi bilan bir tilda gaplasha olmaslik mijozlar uchun “noqulaylik” emas, balki xuddi tabiat qonuniyatidek qabul qilinmoqda. Sal surishtirsam, but tabiat qonunidek emas, qandaydir sifati belgisidek o'qilar ekan hatto.
Bu sohada ishlaydiganlarga ko'ra, restoranga nisbatan kutilmalar shunday shakllanib qolgan: agar narxi yuqori bo‘lsa demak xizmat ham ruschada bo‘lishi kerak degan ijtimoiy kutilma bo'lgan u hali ham mavjud. Xuddi interyer, yoritish yoki servis sifati muhim bo‘lgani kabi, rus tilida gapiradigan ofitsiantlar — restoranning “kategoriya belgisi”ga aylangan (istisnolar bor, masalan Turklar ochgan restoranlarda unaqa emas vhkz).
Xuddi shunday, bir nechta xususiy maktab ochganlar bilan suhbatlashgan edik. Ularning aytishicha, o‘zi rus tilini bilmasa ham, aksar ota-onalar farzandlarini rus sinfiga berishni xohlashadi. Rus sinflariga navbat katta, lekin o‘sha maktabning o‘zbek sinfiga talab juda past. Nega bunday ekanini ular aniq tushuntira olishmaydi. Ota-onalar, odatda bolalarga yaxshilik istashadi, bizni jamiyatda yaxshilik, jumladan, yaxshi rus maktabini bitirishdan ham iborat.
Men buni tanqid uchun emas, tushunish uchun yozyapman. Ya’ni “bunaqa qilmanglar” degan ma’noda emas, balki “nega bunday qilishadi?” degan savol bilan. Chunki jarayonni tushunish, to‘g‘ri tashxis qo‘yishga yordam beradi.
Qanday qilib shu muvozanat saqlanib qolayapti degan savol qiziq. Deskriptiv ma’noda aytganda, nega shu o‘ta kichik elitar qatlam mutlaq rusiyzabon bo‘lmasa ham, xizmat ko'rsatishda rus tilida muloqot qilishni afzal ko‘radi?
Rus tilida so'zlashish, xuddi Sovet ittifoqi paytidagidek, hali ham, "elita tili"dek saqlanib kelmoqda. Xuddi 19-asr Rossiyasida, elita asosan fransuzcha gaplashgani kabi, bolasiga fransiyadan repetitor olib bergani kabi, bizda ham rus tiliga munosabat shunaqaroq. Lekin bu uzoq yillik tendensiya emas.
20-30 yildan keyin rus tilida gaplashadiganlar mutlaq kamchilikka aylanadi, lekin bu “hamma narsa o‘zbekchalashadi” degani emas. Menimcha, biz, shunchaki, yana bir ijtimoiy statusni belgilovchi til topamiz — xolos. Bu, ehtimol, ingliz tili bo‘ladi.
Ya’ni hali ham, rus tilida gapirish ijtimoiy mavqe belgisi sifatida saqlanib turibdi. Rus madaniyati yaqinligi bor, ayniqsa elitada. Ammo rusiyzabonlar ulushi kamaygan sari jamiyatda “elita gapiradigan til” sifatida ingliz tili tezda shu o‘rinni egallaydi. Hozir 5–15 yoshdagilar orasida ingliz tilini yaxshi biladiganlar soni oshgani sari, ertangi Toshkent qahvaxonalarida “moda tili” inglizcha bo‘lib qoladi.

Paynet ilovasining Telegram kanalidagi oxirgi post izohlarida mijozlar ushbu holat sabablarini so‘rashmoqda.
https://t.me/Paynetuz_official/2331
https://t.me/Paynetuz_official/2331
Bir muddatdan so‘ng o‘ziga O‘zi halovat ekanini anglaydi kishi.
Ana o‘shanda na ketganlarning va na kelganlarning hech qanday ahamiyati qolmaydi...
Ana o‘shanda na ketganlarning va na kelganlarning hech qanday ahamiyati qolmaydi...
Forwarded from Soliyev
〽️ Dunyo shunchalik jadal rivojlanyaptiki, orqada qolib ketdim, degan fikr odamni ezib yuboradi.
⚠️ Nimalargadir erishish hirsi qalbdan halovatni, ko‘zdan uyquni, yuzdan nurni olib qo‘ygandek.
Bo‘lmasa, yarim tunda ekranga tikilib, birovning dardu hasratini o‘qishga balo bormi, darrov uxlang! 😁
✍️ Sanjar Said
Go‘yoki hamma nimalargadir erishyaptiyu bitta sen quruq qolyapsan.
⚠️ Nimalargadir erishish hirsi qalbdan halovatni, ko‘zdan uyquni, yuzdan nurni olib qo‘ygandek.
Bo‘lmasa, yarim tunda ekranga tikilib, birovning dardu hasratini o‘qishga balo bormi, darrov uxlang! 😁
✍️ Sanjar Said
Forwarded from Turakulov Economics
Kun.uz | Rasmiy kanal
Bu jamoa bilan yo‘lim tugadi – Islombek Ismoilov O‘zbekiston U17 bilan xayrlashdi
Katta ishlarda, kichik detallar: butsa tishi, U-17, nutritsiolog, Ismoilov va Aleks Fergyuson.
Avvalo, U17 va Ismoilovga hammasi uchun rahmat aytmoqchiman! Sizlar bilan ko‘plab g‘alabali kunlarni ko‘rdik va ko‘ramiz!
.
Shu o‘rinda umumiy bir fikr, katta ishlarda mayda detallar haqida. Dunyo shu qadar integratsiyalashdiki, endi dunyo xalqlari orasidagi rivojlanish uchun mavjud imkoniyatlar deyarli bir xil (parallel) holatga keldi. Demak, umumiylik yuzaga kelgach, endi rivojlanish xoslikka bog‘liq bo‘lib boraveradi. Ya’ni, hammada katta ishlarni qilishga imkon bo‘lgan bir vaqtda muvaffaqiyat mayda detallarigacha e’tibor berganlar bilan bo‘ladi.
.
Mayda detallar qanday aniqlanadi? Ilm bilan! O‘z nomi bilan, mayda detallar mayda bo‘ladi, ko‘zga ko‘rinmaydi. Shuning uchun ularni topishga ilm kerak bo‘ladi, va shuning uchun ham kichik detallar sizni boshqalardan boshqacha qila oladi.
.
O‘yinni ko‘rgan bo‘lsangiz, yoshlarimiz yiqilib tushaverishdi, sirg‘anib ketaverishdi. Natijada italyanlar oxirgi 2 golni ayni shu sirg‘anishlar hisobiga urib ketishdi. Ayni shu masalani Ismoilov ham “men yigitlarga har doim oldilaringda turli xil sharoitlarda ish beradigan (tishi kalta va uzunroq) butsalar bo‘lsin” deb ko‘p aytganman deya intervyu beribdi. Lekin afsus, bu masala oxirigacha e’tibor berilmagan ko‘rinadi. Kerak bo‘lsa, bu masalada komanda tarkibiga “butsashunos” murabbiylar shtabi ham qo‘shilishi kerak, nazdimda!
.
.
Milliy jamoaning Misr va Eronga qarshi o‘yinini ham ko‘rgan bo‘lsangiz, jamoamizda qisqa paslar, pressinglardan chiqib ketish, o‘yin oxirida holdan toyib qolmaslik kabi nuqtalarda o‘sishni ko‘ra olasiz. Demak, Kannavaro qaysidir detallarga e’tibor bergan. Kerak bo‘lsa, xorijdan o‘sha mayda detallarga ilm bilan yondasha oladigan nutritsiologlar jamoasini ham taklif qilgan.
.
Aytganday, Ismoilov U17 yigitlardan telefonlarini yig‘ishtirib olib qo‘yganini ham ko‘rdingiz. Aslida bu ham bir kichik detal: uyqu sifati yaxshilanadi, chalg‘ishmaydi, tarmoqlardagi negativ gaplardan ta’sirlanishmaydi. Bu detalni esa Ismoilov ko'ra oldi!
.
Ha, men futbol eksperti emasman. Lekin men shaxsiy va jamoaviy rivojlanish ilmini o‘rganishni yaxshi ko‘raman va yuqoridagilar mening umumiy fikrlarim. Futbol uchun bu detallarni topish va qo'llashni o'z mutaxassislariga qo'yib beramiz.
@v_turakulov

Diego Forlanning “Manchester Yunayted”dagi faoliyati “Chelsi”ga qarshi o‘yindan so‘ng ayni shu butsalar sababli yakunlanganini bilsangiz kerak. O‘sha o‘yinda ser Aleks Fergyuson ho‘l maydon uchun baland tishli butsa kiyishni talab qilgan edi, ammo Forlan yashirincha past tishli butsani kiyib oladi, bu futbolchilarga qulayroq ekan. U sirpanib ketib, yomon oyoq kiyimi tufayli ikkita gol urish imkoniyatini boy berganidan so‘ng o‘yin davomida butsasini almashtirmoqchi bo‘ladi. Biroq Fergyuson buni payqab qoladi va yangi butsalarni uloqtirib yuboradi hamda uni o‘yinni o‘zining butsasida yakunlashga majbur qiladi. Va bu o‘yin Forlanning klubdagi so‘nggi o‘yini bo‘lib qoldi.
.
Milliy jamoaning Misr va Eronga qarshi o‘yinini ham ko‘rgan bo‘lsangiz, jamoamizda qisqa paslar, pressinglardan chiqib ketish, o‘yin oxirida holdan toyib qolmaslik kabi nuqtalarda o‘sishni ko‘ra olasiz. Demak, Kannavaro qaysidir detallarga e’tibor bergan. Kerak bo‘lsa, xorijdan o‘sha mayda detallarga ilm bilan yondasha oladigan nutritsiologlar jamoasini ham taklif qilgan.
.
Aytganday, Ismoilov U17 yigitlardan telefonlarini yig‘ishtirib olib qo‘yganini ham ko‘rdingiz. Aslida bu ham bir kichik detal: uyqu sifati yaxshilanadi, chalg‘ishmaydi, tarmoqlardagi negativ gaplardan ta’sirlanishmaydi. Bu detalni esa Ismoilov ko'ra oldi!
.
Ha, men futbol eksperti emasman. Lekin men shaxsiy va jamoaviy rivojlanish ilmini o‘rganishni yaxshi ko‘raman va yuqoridagilar mening umumiy fikrlarim. Futbol uchun bu detallarni topish va qo'llashni o'z mutaxassislariga qo'yib beramiz.
@v_turakulov
Forwarded from Soliyev
Kortizol (stress gormoni) kechqurun pasayishi kerak. Ammo tanangizda u yarim tunga borib ham eng yuqori cho‘qqiga chiqadi.
❓ Nima uchun?
❗️ Gadjetlar. Dedlaynlar. Bezovtalik. Uyqusizlik.
Tanangiz sizni tunda ham xavf ostida deb o‘ylaydi. U sizni kun-u tun omon qolish rejimida ushlab turadi. Ammo bu “xavf” hech qachon tugamaydi. Va siz asta-sekin ichingizdan yonib borasiz. Tomirlar tortiladi. Yuragingiz doimiy zo‘riqishda qoladi.
⚠️ Siz qarimayapsiz — shunchaki sekin-asta yemirilyapsiz...
Azamat Akbar yozgan yuqoridagi gaplarni o‘qib men haqimda yozilibdi degan o‘y birrovga xayolimdan o‘tdi. Chindan ham hayotimiz shu qadar shiddat bilan, katta tezlikda ketyaptiki, stress hayotimizning ajralmas bo‘lagiga aylanishga ham ulgurdi.
📲 Men bularga asosiy sabab ushbu gaplarni o‘qishingizga sabab bo‘layotgan qo‘limizdagi gadjetlar deb bilaman. Va og‘iri ham shu — bilib turib uni tark etolmaslikda...

Hayot og‘ir mehnat va tashvishlarsiz sizga hech narsa hadya etmaydi.
✍️ Goratsiy
Forwarded from Nasihatchi
Yolg‘on, o‘tkinchi narsalar – boylik, mol-mulk va unvon-mansablar ortidan quvmang: bular o‘n yillar davomida yo‘qotilgan sog‘ligingiz, umringiz hisobiga orttiriladi, ammo bir kechada musodara qilinishi, olib qo‘yilishi mumkin.
Kulfatdan qo‘rqmang va baxtni ko‘pam intizor bo‘lib kutmang. Baribir bir kam dunyoda yashaymiz.
Sovqotmayotgan, ochlik ich-ichingizni tirnamayotgan bo‘lsa shuning o‘zi yetarli...
Umurtqa suyagingiz sinmagan bo‘lsa, ikki oyoq, ikki qo‘lingiz ishlasa, ko‘zlaringiz ko‘rib, quloqlaringiz eshitsa – yana kimga va nimaga hasad qilishingiz mumkin?
Boshqalarga hasad qilsak, eng avvalo o‘z-o‘zimizni yeb, adoyi tamom qilamiz.
Ko‘zingizni kattaroq oching, qalbingizni poklang va kim sizni o‘ziga yaqin olsa va yaxshi ko‘rsa o‘shalarning qadriga yeting. Ularni xafa qilmang, urishmang.
Hech kim bilan janjallashib ajrashib ketmang. Axir aynan xuddi shu janjal sizning bu hayotdagi eng oxirgi ishingiz bo‘lishi va odamlar xotirasida bir umr shu taxlit qolishingiz mumkin.
© Aleksandr Soljenitsin