Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95K subscribers
7.69K photos
1.82K videos
144 files
8.14K links
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#8mart
#etirof

Hamkasbimiz “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Ana'naga ko‘ra, 8-Mart – Xalqaro Xotin-qizlar kuni arafasida samarali mehnati, boy amaliy tajribasi bilan Yangi O‘zbekistonni barpo etish, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda ulkan hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh xotin-qizlar “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ular qatorida uzoq yillardan beri Soliq sohasida sidqi dildan xizmat qilib kelayotgan matonatli, fidoyi xodima, Soliq qoʻmitasining Xalqaro soliq solish boʻlimi boshligʻi Alishayeva Rano Xamidovna ham bor.

Fursatdan foydalanib, uzoq yillardan buyon soliq xizmati organlarida burchini fidoyilik bilan ado etib kelayotgan Rano Alishayevani soliq organlari jamoasi nomidan ushbu mukofot bilan muborakbod etamiz!

Soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#etirof

Soliq qo‘mitasi “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovi g‘oliblari qatorida


Bugun, 15-dekabr kuni poytaxtimizdagi “Turkiston” san’at saroyida “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlov Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan har yili ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarga munosib baho berish va rag‘batlantirish maqsadida o‘zkaziladi.

Joriy yilda ham o‘z tizimida ushbu yo‘nalishda namunali ishlarni yo‘lga qo‘ygan bir qator vazirlik va idoralar taqdirlandi.

Xususan, soliq xizmati organlarida tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar, sogʻlom ijtimoiy muhit hamda xodimlarning islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish boʻyicha amaliyotga joriy etilgan samarali loyihalar munosib baholanib, Soliq qo‘mitasi “Eng namunali vazirlik va idora” Respublika tanlovida 2-o‘ringa loyiq deb topildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#8mart #etirof

Soliqchi ayol “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni sohibasi

Mamlakatimizda har yili 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida samarali mehnati, boy amaliy tajribasi bilan davlat va jamiyat hayotida faollik ko‘rsatgan ayollarni taqdirlash an’anaga aylangan.

Xususan, kasbiga fidoyi bo‘lgan va milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning bir guruhi “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.

Quvonarlisi, soliq organlarida xizmat qilayotgan xodimalar har yili mana shunday fidoyi ayollar safidan o‘rin egallab keladi.

Joriy yilda ham Soliq qo‘mitasida uzoq yillardan buyon xizmat qilib kelayotgan Gulmira Maxmudova “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Shu munosabat bilan tizimda sidqidildan mehnat qilib kelayotgan Gulmira Maxmudovani soliq organlari jamoasi nomidan muborakbod etamiz!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#etirof

Uchrashuvda
“Perfekt invest biznes” korxonasi vakili U.Sultonov tadbirkorlar 10 yil oldin soliqchilar kelishidan qo‘rqib turishini, hozirgi kunda soliq tizimining tartibga tushganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#etirof

Prezidentimizning Farmoni bilan Soliq qo‘mitasi raisi Kudbiyev Sherzod Davlyatovich "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlandi

Hurmatli Sherzod Davlyatovich, yurtimiz taraqqiyoti va farovonligini ta’minlash yo'lidagi hissangizning munosib e’tirofi muborak bo‘lsin.

Davlat soliq xizmati organlarining ko‘p sonli jamoasi nomidan Sizni ushbu yuksak mukofot bilan tabriklaymiz.
_______
#признание

Указом Президента председатель Налогового комитета Кудбиев Шерзод Давлятович награжден орденом «Дустлик»

Уважаемый Шерзод Давлятович, поздравляем с заслуженным признанием Вашего вклада в обеспечение развития и благосостояния нашей страны.

От имени большого коллектива органов государственной налоговой службы поздравляем Вас с этой высокой наградой.