Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
92.5K subscribers
7.35K photos
1.68K videos
135 files
7.72K links
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar:24/7rejimda 📞1198
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
E-mail: org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#muqaddasdir_vatan_bayrogi

🇺🇿18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

Ushbu sana munosabati bilan Davlat soliq xizmati organlari tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirokida piyoda yurish va velomarafon o‘tkazildi.

Unda DSQ markaziy apparati va uning tarkibidagi tashkilotlar, Kadastr agentligi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati DSB vakillari o‘z faolliklarini namoyish etdi.

Tadbir poytaxtimizdagi Mustaqillik maydoni atrofida piyoda yurishdan boshlandi.

Shundan so‘ng ishtirokchilar jamoalarga bo‘lingan holda Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri – “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi yo‘nalishidagi yo‘lni velosipedlarda bosib o‘tdi.

Tadbir yakunida eng faol jamoalar Davlat soliq qo‘mitasining maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ona vatanimiz va xalqimizning g‘ayrati va shijoatini, ajdodlar yodi hamda millat g‘ururini o‘zida mujassam etgan Vatanimiz bayrog‘i doimo hilpirab tursin!

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Muqaddasdir_Vatan_bayrogi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganiga 30 yil to‘ldi

Ushbu kun munosabati bilan davlat soliq xizmati organlari tizimida "Muqaddasdir Vatan bayrog‘i" shiori ostida sport marafoni o‘tkazildi.

Vatanimiz bayrog‘i xalqaro maydonlarda jahon ko‘rgazmalarida, sport musobaqalarida turli bayram va tantanalarda doimo sarbaland hilpirab tursin!

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Muqaddasdir_Vatan_bayrogi

18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun


Soliq qoʻmitasida Vatanimiz bayrogʻi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan maʻnaviy-maʻrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda “Maʻrifat” targʻibotchilar jamiyati aʻzosi, falsafa fanlari doktori, professor, Xalqaro toifadagi Notiqlik boʻyicha murabbiy Jamila Shermuhammedova “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi!” mavzusida maʻruza qildi.

Ta'kidlanganidek, bayroq nafaqat davlat ramzi, balki o‘tmish, bugun va ertamizning yorqin ifodasidir. Ruhiyatimiz, g‘urur, sha'n va iftixorimiz, kelajakka komil ishonch va milliy-madaniy an'analarimizni ifodalovchi muqaddas timsoldir u.

Oʻzbekistonning har bir farzandi xalq birdamligi uchun shu bayroq ostida sadoqat ila yurtga xizmat qilishni hayotining mazmuni deb bilishi lozim.

Zero “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!”.

👉 Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads