#pirotexnika
Pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
📆 Yangi yil bayramiga ham oz fursat qoldi. Yilning shu mavsumida pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanuvchi, qo‘shtirnoq ichidagi “tadbirkorlar” faollashadi.
🔍 Inson sog'ligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo'lgan ushbu vositalarning noqonuniy savdosiga chek qo'yish maqsadida davlat soliq xizmati organlari joylarda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda nazorat tadbirlarini o'tkazmoqda.
Xususan, poytaxtimizning Yunusobod va Bektemir tumanlarida 64 turdagi jami 35 751 dona, umumiy qiymati 304,9 mln so'mdan ortiq, shuningdek, Toshkent viloyati Qibray tumanida 31 turdagi jami 1 586 dona umumiy bahosi 98,5 mln so'm bo'lgan pirotexnika vositalari savdosiga chek qo‘yildi.
Pirotexnika vositalari masala qonuniy hal bo‘lguniga qadar vaqtinchalik olib qo‘yilib, to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
‼️Nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter