Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
98.2K subscribers
8.02K photos
1.93K videos
161 files
8.48K links
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#innovatsiya

Davlat soliq xizmati organlari "Soliq, bojxona, texnik jihatdan tartibga solish sohalarining ilmiy ishlanma va innovatsion mahsulotlari" haftaligida ishtirokini boshladi

Joriy yilning 15-avgustida Innovatsion rivojlanish vazirligida start olgan mazkur haftalikda Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmalari direktorlari, Fiskal institut, “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi va Kadastr agentligi rahbariyati ishtirok etmoqda.

Haftalik tadbirlari doirasida davlat soliq xizmati organlari tomonidan “Soliq va kadastr tizimini innovatsiya va raqamlashtirish orqali rivojlantirish” mavzusida ilmiy-texnik taqdimotlar o‘tkaziladi.

Unda Fiskal institutda taʼlim va ilmiy ishlarga innovatsiyalarni joriy etish holati, soliq tizimini raqamlashtirish va bunda “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazining roli, geodeziya, kartografiya va iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz uchish apparatlarini qo‘llash amaliyoti va tartiblari haqida taqdimotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram