#Alisher_Navoiy
9-fevral – davlat va jamoat arbobi, sheʼriyat mulkining sultoni, Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun.
Bu sanani yurtimizda har yili adabiyot va maʼrifat bayrami sifatida yuksak darajada nishonlash anʼanaga aylangan. Joriy yilda ham Alisher Navoiyning 581 yilligi keng nishonlanmoqda.
Hazrat Navoiy o‘zining sheʼriy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni, ona tilimizning latofatini, beqiyos so‘z boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini namoyon etib bergan.
Ulug‘ shoirning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida, balki jahon adabiyoti tarixida ham alohida o‘ringa ega.
Alisher Navoiy merosi – maʼnaviyat qomusidir!
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram