Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
92.5K subscribers
7.31K photos
1.66K videos
133 files
7.67K links
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar:24/7rejimda 📞1198
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
E-mail: org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

👩‍🎓2018-yilda to‘langan kontraktdan daromad solig‘ini qaytarib olish mumkinmi?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#savol_javob #mol_mulk_soligi

🔴 Bank krediti asosida koʻp kvartirali uy xarid qilganman. Menga ushbu kvartira uchun mol-mulk soligʻidan imtiyoz bormi?

🔵 2020-yil 1-iyulgacha
“2017-2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi”ni amalga oshirish doirasida “Ipoteka bank” ATIB, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB va “Asaka bank” ATB tomonidan berilgan ipoteka kreditini toʻlab boʻlgunga qadar sotib olingan kvartiralar boʻyicha jismoniy shaxslar (qarzdorlar) mol-mulk soligʻidan ozod qilinadi.
👉PQ-2660 17-bandi “a” kichik bandi 22.11.2016-yil

👉Ipoteka krediti oylik ish haqidan toʻlansa, daromad soligʻidan imtiyoz beriladimi?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#savol_javob #AOS

🔴 AOS* toʻlovchi xodimlariga ish haqini natura shaklida toʻlaganda AOS boʻyicha soliq majburiyati yuzaga keladimi?

🔵 Soliq agentlari tomonidan oʻz xodimlariga natura shaklida ish haqi toʻlanganda, tovar qiymati soliq toʻlovchining jami daromadi tarkibiga, yaʼni AOS boʻyicha soliq solish bazasiga kiritiladi va belgilangan tartibda AOS toʻlanadi.
👉Soliq kodeksi 297-modda

Eslatma: fevral oyi uchun AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni – 15-mart
👉
Soliq kodeksi 470-modda

*aylanmadan olinadigan soliq

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#savol_javob #QQS

🔴 2022-yilda tuzilgan shartnoma boʻyicha (QQS stavkasi 15 % koʻrsatilgan) 2023-yilda tovar yetkazib berilganda soliq stavkasi 15 % qoʻllaniladimi yoki 12%?

🔵 01.01.2023-yildan QQS stavkasi 15 %dan 12 %ga tushurilganligi sababli ushbu sanadan boshlab barcha tadbirkorlik subyektlari shartnomada koʻrsatilgan stavkadan qatʼiy nazar, 12 % QQS stavkasini qoʻllaydi.

👉QQS bo‘yicha qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#savol_javob

🔴 Men ulgurji savdo bilan shug‘ullanmoqchiman. Yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lib uy manzilimda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tsam bo‘ladimi va qanday tartibda soliq to‘layman?

🔵 Ulgurji savdo bilan yuridik shaxs
sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar shug‘ullanishlari mumkin.
👉VMQ-407 26.11.2022-yil

Yuridik shaxslar tomonidan ulgurji savdo faoliyati bilan shug‘ullanganda AOS yoki QQS va foyda solig‘ini to‘lashni tanlashi mumkin.

Soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi 1 mlrd so‘mdan oshganda majburiy tartibda foyda va QQS to‘lovchisi hisoblanadi.
________________
#вопрос_ответ

🔴 Я хочу заниматься оптовой торговлей. Могу ли я зарегистрироваться в качестве индивидуального предпринимателя по месту проживания и в каком порядке буду уплачивать налоги?

🔵Оптовой торговлей могут заниматься хозяйствующие субъекты, зарегистрированные в качестве юридических лиц.
👉ПКМ № 407 от 26.11.2002 г.

Юридические лица, осуществляющие оптовую торговлю, могут по выбору уплачивать налог с оборота или налог на прибыль и НДС.

Если юрлицо является плательщиком налога с оборота и его доход от реализации товаров (услуг) за налоговый период превысит 1 млрд сумов, то он в обязательном порядке признается плательщиком налога на прибыль и НДС.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#savol_javob

🔴 Korxonalar yuridik manzilini o‘zgartirishda yoki boshqa korxona tarkibiga qoʻshilish jarayonida Davlat xizmatlari markazida taqiq mavjudligi aniqlansa, qanday bartaraf etiladi?

🔵 Yuridik shaxs manzilini o‘zgartirish, shuningdek, yuridik shaxsni boshqa yuridik shaxsga qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish bilan bog‘liq qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda quyidagi holatlar rad etish uchun asos bo‘ladi:
🔹yuridik shaxsning BHMning 50 baravaridan ortiq soliq qarzi mavjud boʻlsa;
🔹amalga oshirilgan tovar aylanma yoxud tovarlar importi bo‘yicha realizatsiya hajmi soliq hisobotlarida to‘liq aks ettirilmaganda;
🔹soliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda topshirmaganligi aniqlanganda;
👉 VMQ-66 09.02.2017-yil

Bunda mavjud kamchiliklar yuridik shaxslar tomonidan bartaraf qilinganda yoki asoslantirilganda qayta roʻyxatdan oʻtkazish amalga oshirilishi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#JShShIR
#savol_javob

Yaqinda ishga kirdim. Ish beruvchi mendan STIR* so‘radi. Hozirgi kunda ishga kirganlardan STIR soʻralishi to‘g‘rimi?

Oʻzbekistonda mahalliy fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet el fuqarolari ishga qabul qilinayotganda ish beruvchining STIR talab qilishi mumkin emas.

Soliq organlarida jismoniy shaxslarning hisobini yuritish JShShIR**dan foydalangan holda amalga oshiriladi.
👉 PF-6191-son 4-band 23.03.2021

Bunda, Oʻzbekiston fuqarolari soliq organlarida avtomat hisobga qo‘yiladi, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar JShShIR olgandan so‘ng, my.soliq.uz sayti orqali soliq organlarida hisobga olinadi.

Buning uchun, my.soliq.uz saytida “STIR yoki JShShIRingizni tekshiring” xizmati oynasida JShShIR hamda himoya kodi kiritilib “Izlash” tugmasi bosiladi.

Agar ekranda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxs haqidagi ma'lumotlar (F.I.Sh.) paydo bo‘lsa, demak JShShIR Personallashtirish agentligi ma’lumotlar bazasida mavjud ekanligi tasdiqlanadi va ushbu jismoniy shaxs haqidagi ma’lumotlar shu zahoti Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasida shakllanadi. Ya’ni chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxs soliq organlarida hisobga qo‘yiladi.

JShShIR toʻgʻrisidagi ma’lumotlar aniqlanmagan taqdirda ushbu JShShIR Personallashtirish agentligi ma’lumotlar bazasida mavjud emasligini anglatadi. Ushbu holatda, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs istalgan Davlat xizmatlari markazi yoki Ichki ishlar vazirligining hududiy Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga murojaat qilishlari kerak.

*soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami
**jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#savol_javob

🔴Jismoniy shaxsga tegishli bo‘lgan noturarjoy sotilsa, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisoblanadimi?

🔵 Soliq to‘lovchilarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan noturar joylarni sotishdan olinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortiladi.

Bunda noturar joyni sotib olish va sotish o‘rtasidagi ijobiy farq summasidan daromad solig‘i hisoblanadi.

Noturar joyni sotib olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmaganda kadastr qiymati hamda realizatsiya qilish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq daromad deb eʼtirof etiladi.

Soliq kodeksi 375-modda
____________
#вопрос_ответ

🔴Начисляется ли налог на доходы при продаже нежилого помещения, принадлежащего физическому лицу?

🔵 Доходы от продажи нежилых помещений, принадлежащих налогоплательщику на праве частной собственности, облагаются налогом на доходы физических лиц.

В этом случае налог на доходы исчисляется исходя из суммы положительной разницы между ценой реализации нежилого помещения и стоимостью его приобретения.

При отсутствии документального подтверждения
стоимости приобретения нежилого помещения доходом признается положительная разница между ценой реализации и кадастровой стоимостью.

👉ст.375 Налогового кодекса

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#savol_javob
#soliq_tekshiruvi

🔴 Soliq organi kameral soliq tekshiruvini oʻtkazishdan oldin bu haqda tadbirkorlik subyektini xabardor qilishi kerakmi?

🔵 Nazorat qiluvchi organlar “Xavfni tahlil etish” tizimi natijalariga asosan oʻtkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida tadbirkorlik subyektini kamida 10 ish kuni oldin xabardor qilishi lozim.
👉 PQ-374-son 13.09.2022-yil (3-bandning “a” kichik bandi)

Soliq organlari tomonidan oʻtkaziladigan kameral soliq tekshiruvidan oldingi tahlilda aniqlangan tafovutlar va (yoki) xatolar boʻyicha soliq toʻlovchiga soliq hisobotiga tegishli tuzatishlar kiritish yuzasidan shaxsiy kabinet orqali xabarnoma yuboriladi.

Soliq toʻlovchi ushbu xabarnoma olingan kundan eʼtiboran 10 kun muddatda aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shart.

Bunday majburiyatning bajarilmasligi soliq toʻlovchida kameral soliq tekshiruvini tayinlash uchun asos boʻladi.

👉 Soliq kodeksi 138-modda
__________
#вопрос_ответ
#налоговая_проверка

🔴 Должен ли налоговый орган уведомлять субъекта предпринимательства перед проведением камеральной налоговой проверки?

🔵 Контролирующие органы уведомляют субъект предпринимательства о начале проверок, проводимых на основании результатов системы «Риск-анализ», не позднее чем за 10 рабочих дней.
👉пп.а) п.3 № ПП-374 от 13.09.2022 г.

Налоговым органом через персональный кабинет налогоплательщика направляется уведомление о внесении соответствующих исправлений в налоговую отчетность по расхождениям и (или) ошибкам, выявленным в ходе предпроверочного анализа до проведения камеральной налоговой проверки.

Налогоплательщик обязан в 10-дневный срок со дня получения такого уведомления представить уточненную налоговую отчетность либо обоснование выявленных расхождений.

Невыполнение
такой обязанности является основанием для назначения налоговым органом камеральной налоговой проверки у налогоплательщика.

👉ст.138 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#savol_javob
#soliq_tekshiruvi

🔴 Korxonamizga soliq auditi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabarnoma keldi, avvalroq ushbu davr uchun kameral soliq tekshiruv o‘tkazilgan edi. Qayta tekshiruv o‘tkazilishiga cheklovlar mavjudmi va biz avval tekshirilgan davr uchun hujjatlarni qayta taqdim etmaslikka haqlimizmi?

🔵 Soliq organlari soliq to‘lovchida aynan bir davr va bir xil soliqlar bo‘yicha bir martadan ortiq soliq auditini o‘tkazishga haqli emas.
👉 Soliq kodeksi 143-modda

Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida tekshiruvlarni o‘tkazish bo‘yicha boshqa cheklov mavjud emas.

Soliq organining soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan mansabdor shaxsi tekshirilayotgan shaxsdan tekshiruv uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni talab qilib olishga haqli.

Soliq tekshiruvi va soliq nazoratining boshqa tadbirlari jarayonida soliq organlari tekshirilayotgan shaxsning kameral yoki sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilganda soliq organlariga ilgari taqdim etilgan hujjatlarni, shuningdek soliq monitoringini o‘tkazish jarayonida tasdiqlangan ko‘chirma nusxalar shaklida taqdim etilgan hujjatlarni tekshirilayotgan shaxsdan talab qilib olishga haqli emas.
👉 Soliq kodeksi 146-modda

👉 Soliq auditi haqida

❗️Ma'lumot uchun. 2022-yil 1-noyabrdan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olinadi, kameral soliq tekshiruvlari bundan mustasno.
👉Tekshiruvning qonuniyligini qanday bilish mumkin?
_____________
#вопрос_ответ
#налоговая_проверка

🔴 Наша организация получила уведомление о проведении налогового аудита, ранее за этот период уже была проведена камеральная налоговая проверка. Имеются ли ограничения на повторное проведение проверок и можем ли мы не представлять ранее представленные документы?

🔵 Налоговые органы не вправе проводить более одного налогового аудита налогоплательщика по одним и тем же налогам за один и тот же период.
👉 ст.143 НК

Других ограничений на проведение проверок в налоговом законодательстве нет.

Должностное лицо налогового органа, проводящее налоговую проверку, вправе истребовать у проверяемого лица необходимые для проверки документы.

В ходе налоговой проверки и иных мероприятий налогового контроля налоговые органы не вправе истребовать у проверяемого лица документы, ранее представленные в налоговые органы при проведении камеральных или выездных налоговых проверок проверяемого лица, а также документы, представленные в виде заверенных копий в ходе проведения налогового мониторинга.
👉 ст.146 НК

👉 О налоговом аудите

❗️Для информации. С 1 ноября 2022 года все проверки в деятельности субъектов предпринимательства, регистрируются в информационной системе «Единый государственный контроль», за исключением камеральных налоговых проверок.
👉 Как узнать о законности проверки?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter