Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
92.4K subscribers
7.28K photos
1.66K videos
133 files
7.65K links
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar:24/7rejimda 📞1198
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
E-mail: org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#soliqchi_komakchi

Tadbirkorlar bilan uchrashuv

📍 Poytaxtimizning Shayxontohur va Olmazor tumanlarida tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Savdo-sanoat palatasi, Toshkent shahar prokuraturasi hamda shahar soliq boshqarmasi rahbariyati biznes vakillarining murojaatlarini tingladi.

🔸Shayxontohur tumanida tashkil etilgan uchrashuvda 70 dan ortiq tadbirkorlar ishtirok etdi. Ular faoliyatini kengaytirish uchun kredit olish, yer ajratish va soliq ma'murchiligi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaat qildi.

🔸Olmazor tumanidagi uchrashuvda 50 dan ortiq tadbirkorlar qatnashdi. Murojaatlarning yarmi joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha vaqt talab qiladigan masalalarni tez va sifatli hal etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni hal qilish yuzasidan ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda

📍 Toshkent shahar soliq boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi uchrashuvda 50 dan ortiq biznes vakillari ishtirok etdi. Ular tomonidan qator loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslar ilgari surildi, faoliyatini kengaytirish borasida to‘siq bo‘layotgan muammolar o‘rtaga tashlandi.

📝 Murojaatlar joyida hal etildi, qo‘shimcha vaqt talab qiladigan masalalarni ijobiy va tezkor hal etish yuzasidan mas'ullarga topshiriqlar berildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Tadbirkorlarga berilayotgan keng imkoniyatlar xususiy sektor rivoji va iqtisodiy barqarorlikka erishishda muhim omildir.

👉Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Tadbirkorlik subyektlari soliq organlarida masofadan hisobga qo‘yiladi

💻 Tadbirkorlikka berilayotgan e'tibor, ro‘yxatdan o‘tkazishdagi qulayliklar natijasida ular soni ortib bormoqda. Joriy yil boshidan bugungi kunga qadar 59,7 mingta yuridik shaxs va 58 mingta YTT davlat roʻyxatidan oʻtib bir vaqtda soliq organlarida ham hisobga olindi.

📊 2022-yil tovar aylanmasi boʻyicha soliq to‘lovchilarning 492,4 mingtasi kichik, 8,6 mingtasi oʻrta va 1,4 mingtasi yirik tadbirkorlik subyektini tashkil etmoqda.

Oʻtgan 7 oy davomida tovar aylanmasi 10 mlrd soʻmdan oshgan oʻrta tadbirkorlik subyektlari 9622 tani tashkil etib, 1-yanvar holatiga nisbatan 1 024 taga koʻpaydi.

👉 Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

To‘lov topshiriqnomalarini elektron ravishda ijrosiz chaqirtirib olish

♻️Toʻlov topshiriqnomasi toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasidan ortiqcha shakllangan boʻlsa uni masofadan ijrosiz chaqirtirib olish imkoniyati bor.

📌Buning uchun my.soliq.uz saytidan “Yuridik shaxslarning soliqlarini toʻlash” soʻngra “Topshiriqnomalar roʻyxati” tanlanadi. U yerdan chaqirtirib olinishi kerak boʻlgan toʻlov topshiriqnomasi tanlanadi hamda amallar ustunidan “Qaytarish” soʻngra “Joʻnatish” tugmasi bosiladi.

❗️Hurmatli soliq toʻlovchilar, toʻlov topshiriqnomalarini toʻlov muddatidan avvalroq va bank ish kunida shakllantirish tavsiya etiladi. Bu soliq organlarining inkasso topshiriqnomalari bilan bir vaqtda toʻlov topshiriqnomalari shakllanib qolishining oldini oladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi qanday soliq imtiyozlarini taqdim etadi?

📎 Dasturga kiritilgan tadbirkorlar “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan fuqarolarni ishga qabul qilib MHTEKMning 1 baravaridan kam boʻlmagan oylik ish haqi toʻlaganda va ular jami ishchilar sonining kamida 20% ni tashkil qilganda mol-mulk va yer soligʻidan imtiyozlarga ega boʻladi.

♻️Fuqarolar ishga qabul qilinganda hamda MHTEKMning 1 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi hisoblanganda, daromad solig‘i ish beruvchiga qaytarib beriladi, ijtimoiy soliq stavkasi 50% ga kamaytirilgan holda qo‘llaniladi.

👉 Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Soliq islohotlari tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan

📍 Buxoro viloyati soliq boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlari manziliga borgan holda soliq qonunchiligidagi yangiliklar, yengillik va imtiyozlardan foydalanish to‘g‘risida tushuntirishlar berilmoqda.

👉Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Soliq islohotlari tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan

📍 Xorazm viloyati soliq boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlari manziliga borgan holda soliq qonunchiligidagi yangiliklar, yengillik va imtiyozlardan foydalanish to‘g‘risida tushuntirishlar berilmoqda.

👉Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Yoshlar tadbirkorligi qo‘llab-quvvatlanmoqda

📍 Toshkent viloyati soliq boshqarmasi xodimlari yosh tadbirkorlar bilan uchrashib soliq qonunchiligidagi yangiliklar, yengillik va imtiyozlardan foydalanish yuzasidan tushuntirishlar bermoqda.

👉 Youtubeda ko‘rish