Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
92.5K subscribers
7.35K photos
1.68K videos
135 files
7.72K links
soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar:24/7rejimda 📞1198
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
E-mail: org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#aylanma
#tadbirkorlik_subyektlari

Tadbirkorlik subyektlarining aylanmasi 650 trln so‘mdan oshdi

2022-yilning birinchi yarmida 336 408 ta tadbirkorlik subyekti tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlariga ko‘ra 650,4 trln so‘mlik mahsulot va xizmatlar aylanmasi amalga oshirilgan bo‘lsa, shundan 198,6 trln so‘mi soliqqa tortilmaydigan imtiyozli aylanmalar.

Faoliyat turlari kesimida umumiy aylanma hajmining 43,7% sanoat tarmog‘ida faoliyat yurituvchi 40 656 tadbirkorlik subyekti tomonidan amalga oshirilgan. Ularning birinchi yarim yillikda tovar aylanmasi 284,5 trln so‘mga yetdi.

Jami tovar aylanmasining chorak qismidan koʻprog‘i – 168,3 trln soʻm (25,9%) — savdo sohasida faoliyat yurituvchi 132 603 ta subyekt tomonidan amalga oshirilgan.

Tovar aylanmasining qolgan qismi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlandi:
🏗qurilish - 50 trln so‘m (7,7%);
🚚 tashish va saqlash – 30,4 trln so‘m (4,7%);
👨🏼‍🌾 qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 21,7 trln so‘m (3,3%);
💻axborot va aloqa – 11 trln so‘m (1,7%);
🛏 yashash va ovqatlanish xizmatlari – 5,4 trillion so‘m (0,8%);
👩🏻‍⚕️sog‘liqni saqlash
– 2,5 trln so‘m (0,4%);
📑boshqa tarmoqlar – 76,6 trln so‘m (11,8%).
__________
#оборот
#субъекты_предпринимательства

Оборот субъектов предпринимательства превысил 650 трлн сумов

В первом полугодии 2022 года реализация товаров и услуг 336 408 субъектов предпринимательства в соответствии с представленной ими налоговой отчетностью составила 650,4 трлн сумов, из них 198,6 трлн сумов - льготный оборот, не облагаемый налогами.

В разрезе видов деятельности 43,7% от общего объема реализации приходится на промышленную сферу. В ней задействовано 40 656 субъектов предпринимательства, оборот которых в первой половине года достиг 284,5 трлн сумов.

Чуть более четверти общего оборота занимает доля сферы торговли – 168,3 трлн сумов (25,9%) от продажи товаров 132 603 субъектами предпринимательства.

Остальная треть оборота распределилась между следующими сферами:
🏗строительство – 50 трлн сумов (7,7%);
🚚перевозка и складирование – 30,4 трлн сумов (4,7%);
👨🏼‍🌾дехканские, лесные и рыбные хозяйства – 21,7 трлн сумов (3,3%);
💻информатизация и связь – 11 трлн сумов (1,7%);
🛏услуги проживания и питания – 5,4 трлн сумов (0,8%);
👩🏻‍⚕️здравоохранение – 2,5 трлн сумов (0,4%);
📑другие отрасли – 76,6 трлн сумов (11,8%).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#infografika #aylanma

Tadbirkorlik subyektlarining aylanmasi avvalgi yilga nisbatan 127,8 %ga o‘sdi

Mamlakatimizda Prezidentimiz boshchiligida uzoqni ko‘zlab amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida biznes uchun erkin va teng raqobat maydoni yuzaga kelmoqda. Buning samarasi tadbirkorlik subyektlarining umumiy tovar aylanmasida ham aks etmoqda.

💹187,4 ming subyekt aylanmasi o‘tgan yilga nisbatan ko‘paygan. Jami tovar aylanmasi o‘sishi 127,8 %.

📊Yil boshidan tovar va xizmatlar aylanmasi hajmi gradatsiyasi:

👉 500 mln so‘mgacha aylanmaga ega 282 858 subyekt;
👉 1 mlrdgacha 20 688 subyekt;
👉 10 mlrdgacha26 878 subyekt;
👉 100 mlrdgacha — 5 253 subyekt;
👉 1 trlngacha667 subyekt;
👉 1 trlndan ko‘p aylanmaga ega 64 subyekt.

👩🏻‍💼 4,5 ming yakka tartibdagi tadbirkor aylanmadan olinadigan soliq (AOS) to‘lashga o‘tgan.
🏢 26,7 ming korxona AOSdan umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tgan.

Тelegram | Facebook | Youtube
#infografika #aylanma

2022-yil birinchi yarimida tovar va xizmatlar aylanmasini amalga oshirgan 336 408 ta tadbirkorlik subyekti:

🔸112 990 tasi – umumbelgilangan soliqlar to‘lovchilari;
🔹227 688 tasi – aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilari.

Respublikaning barcha hududlarida tadbirkorlik subyektlari aylanmasining avvalgi yilga nisbatan ijobiy o‘sishi qayd etilgan.

Tovar aylanmasi o‘sishining eng yuqori ko‘rsatkichlari:
▫️Andijon viloyati - 51,8%;
▫️Toshkent shahri - 47,4%;
▫️Toshkent viloyati - 45,8%;
▫️Jizzax viloyati - 42,6%;
▫️Farg‘ona viloyati - 38,1%.

Tovar aylanmasi hajmi bo‘yicha yetakchilar:
Toshkent shahri – 121 trln so‘m;
Toshkent viloyati – 32,1 trln so‘m;
Farg‘ona viloyati – 23,9 trln so‘m.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram